TOSHKENT SHAHRI TOPONIMLARI
Shaharni davlat ichidagi davlat deyishadi. Har bir shahar o’zi bir dunyo. Shuning uchun bo’lsa kerak - shahar so’zi sanskritchada «podshohning qarorgohi» ma'nosini anglatadi. Shahar ham odamga o’xshaydi. Har bir shaharning o’z qiyofasi, o’z tarixi va qismati bor. Ma'lum va mashhur shaharlar bilan bir qatorda kichik shaharlar ham mavjudki, ularni ko’pchilik bilmasligi ham mumkin. Har qanday shaharning shon-shuhrati, awalambor, uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi.
Toshkent mamlakatimiz hayotida katta o’rin tutadi. Awalambor, u Vatanimizning poytaxti, ulkan iqtisodiy, siyosiy, madaniy vadiplo-matik markaz. Poytaxtimizni turlicha ulug’laydilar: «Toshkent - non shahri», «Toshkent - tinchlik shahri», «Toshkent - bog’-rog’lar shahri», «Toshkent — do’stlik shahri», «Toshkent — jasorat shahri» va hokazo.
Toshkent haqida qancha-qancha kitoblar, risolalar, maqolalar yozil-gan. Lekin yana bir muhim ahamiyatga ega kitob bor. Bu poytaxtdagi joy nomlari - ko’cha-ko’ylar, mahallalar, bozorlar, maydonlar, bog’lar, ariq-hovuzlar, qabristonlar, jarliklar va boshqa obyektlar nomlari haqida.
Poytaxtimiz ko’chalar soni jihatidan respublikamiz shaharlari orasida birinchi o’rinda turadi. Toshkentda 3000 ga yaqin katta-kichik ko’cha bor.
Quyida Toshkent so’zi, shahar obyektlarining nomlari (urbonim-!ar) hamda ularning kelib chiqishi to’g’risida so’z boradi.
Toshkent toponimini ko’p adabiyotlarda «Tosh shahar» deb izohla-nadi. Shu so’zda ma'lum ma'noda shahar tarixi ham o’z aksini topgan. Shahar hududida tosh asriga oid buyumlar uchragan. Toshkentdagi qabristonlardan birida topilgan haftjo’sh (bronza) ko’zgular, turli mamlakatlarning tangalari shaharning kamida 2000 yillik tarixidan darak beradi.
Toshkent haqidagi birinchi tarixiy ma'Iumotlar milodning dast-labki asrlariga to’g’ri keladi, Chunonchi, shaharning geografik o’rniga oid maiumotlar yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning «Geografiyadan qo'llanma» asarida uchraydi. Ptolemey bu asarida yer sharining obod qismini, ya'ni oykumenani 26 xaritada tasvirlagan. Shu xaritalardan birida o’rta Osiyo va uning atrofidagi o’lkalar tasvirlangan. Unda Xi-
toyga boradigan savdo yo’Ii ustida, aniqrog’i Yaksart (Sirdaryo) havzasining sharqida Terri Lapideya degan joy ko’rsatilgan. Olimlar ana shu yunoncha nomni «Tosh qo'rg’on» deb tarjima qilib, Toshkentga nisbat berishgan.
Toshkent shahrining nomi yozma manbalarda Choch, Chochiston, Shosh, Shoshkent shakllarida ham uchraydi. Choch so’zi ham sug’d tilida «tosh» demak. Shosh esa Choch nomining arabcha shaklidir. Choch yoki Shosh deganda Toshkent hamda uning atroflari tushunilgan.
X asrda noma'lum muallif tomonidan fors-tojik tilida yozib qoldi-rilgan «hudud ul-olam» («Dimyoning hadlari») nomli asarda bunday deyiladi: «Choch katta viloyat, xalqi jangovar, boy va sahiydir. U yerda o’q-yoy tayyorlanadi. Binkat Chochning poytaxti. Bu katta sha-har, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir»
Arabinavis olimlardan Istahriy, Ibn havqal, Muqaddasiy va boshqalar (IX-X asrlar) o’z asarlarda Shosh viloyatining markazi Binkat shahri deb ko’rsatganlar. Binkat hozirgi Eskijo’va va Chorsu oralig’ida bo’lgan. Binkat nomi foischa-tojikcha bo’lib, «ko'rimli sha-har» demakdir (bin - ko’rinish, ko’zga tashlanish, kat — sug’dcha «shahar, qishloq, manzilgoh» degan ma'noni bildirgan).
Buyuk Abu Rayhon Beruniy o’zining «Qonuni Mas'udiy» asarida «Binkat - bu Shoshning poytaxti, turkiy tilda «Toshkand», yunon-chadan arabchaga tarjima qilsang, — «Burj al-hijori» («Tosh mino-ra») deb yozgan. Beruniyning so’zlarini boshqa olimlar ham tasdiqla-gan. Masalan, Mahmud Koshg’ariy o’zining «Devonu lug’otit turk» asarida «Tarkan — Shoshning nomi, uning asli nomi Toshkand bo’lib, «toshdan qurilgan shahar demakdir», deb yozgan. Demak, poytaxtimiz nomining «Toshkent» shakli birinchi bor Beruniy asarlarida uchraydi va shahar boshqa nomlar bilan ham atalgan, nihoyat hozirgi nomi tilimizda qafiy o’rin olgan.
Toshkent haqida ozmi-ko’pmi ma'lumotlar XIV-XIX asrlarda o’rta Osiyoning siyosiy, haibiy va madaniy hayoti haqidagi asarlarda uchraydi.
Shaharning XIX asr tarixi, topografiyasi (geografiyasi), jumladan uning toponimlari haqida ma'lumotlar Muhammad Solihning «Tarixi jadidayi Toshkand» («Toshkentning yangi tarixi») asarida uchraydi. Qo’lyozma fors-tojik tilida bitilgan bo’Iib, Abu Rayhon Beruniy no-midagi Sharqshunosiik institutida saqlanadi.
Asar asli Toshkent viloyati tarixi haqida bo’lib, muallif shahar tarixini butun o’lkada kechgan voqealar ko’lankasida yoritgan.
soni 200 dan ortiq edi va shahar atroflarida har bir dahaga qarashli dala bog’ mahallalari - mavzelar bo’lgan.
Tarixiy toponimlar o’tmish guvohlari. Toshkentning eski mahal-lari nomlari esa shahar tarixining ajralmas qismi sanaladi. Toshkent shahrining XX asr boshlaridagi mahalla va mavzelarining professor N.G. Mallitskiy tomonidan tuzilgan ro’yxatini (1927) asliyatdagi tartibda keltiramiz.
Toshkent shahrining tarixi va toponimiyasiga oid mukammal ma'lumotlarni o’rta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyingi davrdagi rus mualliflari Ye.T.Smirnov («Drevnosti v okrestnostyax Tashken-ta», 1895), A.Mayev («Aziatskiy Tashkent», 1876), I.I.Dobrosmo’sIov («Tashkent v proshlom i nastoyaqem», 1912) NXokoshin (Poljizni v Turkestane, 1922), A.Shishov («Sarti», 1911) kabilar asarlaridan topish mumkin.
Poytaxtimizning joy nomlari, xususan mahalla va mavzelarining nomlari sho’rolar hokimiyatining dastlabki yillaridan boshlaboq olim-larning e'tiborini jalb qila boshlaydi. N.G.Mallitskiyning «Tashkents-kie maxallya i mauza»(1927), V.Shishkinning «0 nazvaniyax tashkent-skix maxallya», M.Ye.Massonning «Proshloe Tashkenta» (1954), F.Azadayevning «Tashkent vo vtoroy polovine XIX veka» (1959), Yu.A.Sokolovning «Tashkenti, tashkenttsi», (1965), Yu.F.Buryakovning «Istoricheskaya topografiya Tashkentskogo oazisa» (1975), o’zbekiston FA Arxeologiya instituti tomonidan tayyorlangan «U istokov drevney kulturi Tashkenta» (1982) kabi asarlarda, shuningdek «Toshkent» entsiklopediyasida (1982) Toshkent va uning atrofidagi ko’pIab obyektlarning nomlari, ularning kelib chiqishiga doir talaygina qiziqarli ma'Iumotlar bor.
Toshkent ichidagi tabiiy va madaniy obyektlar nihoyatda xilma-xil, ular shahar tarkib topgan davrdan tortib hozirgi kungacha paydo bo’lib, bir qanchasi esa yo’qolib ketgan. Shahar o’zining devorlari, tashqi istehkomlari, xandaq, darvoza, qabriston, machit-madrasa, ariq-zovurlari, hovuzlari, maydonlari, mahalla-mavzelari, bozor-rastalari, bog’u xiyobonlari bilan mashhur bo’lgan. XIX asr oxirlarida Toshkentda 12 darvoza, 40 ga yaqin qabriston (hatto yaponlar qabris-toni), 150 machit, 26 madrasa, 5 mingga yaqin do’kon, 200 ma-halla, 500 hovuz, 1500 bozor-rasta, ikki yuzga yaqin mavze (shahar chetlaridagi bog’ hovlilar mahallalari) bo’lgan.
«Ko’1 qurisa ham nomi qoladi». Ana shu obyektlarning aksari qismi yo’qoIib ketgan bo’lsa ham xalq xotirasida, qo’lyozmalarda va boshqa manbalarda ulaming nomlari saqlanib qolgan.
Ma'lumki, Toshkent XX asrning boshlarigacha to’rt dahadan (ma'muriy hududiy birlikdan) iborat bo’lgan: Beshog’och, Ko’kcha, Sebzor, Shayxontohur. Dahalar mahallalarga bo’lingan. 1865 yilda sha-harda 140 mahalla bo’lgan, XX asr boshlariga kelganda mahallalar
Do'stlaringiz bilan baham: |