Duvana — buloq, Qo’ng’irot tumani. «Devona, gadoy, savdoyi».
Yestek — ovul, Kegayli, Taxtako’pir tumanlari. Qoraqalpoqlar tarkibiga kirgan qipchoqlarning bir urug’i yestek deb atalgan.
Yeshkiii — ovul, Kegayli tumani. Qoraqalpoqlarning qo’ng’irot qabilasining bir urug’i ytshkili (echkili) deb atalgan.
Jamansha — ovul, Kegayli, Chimboy, Nukus tumanlari, Jaman, Jamanshaq — Kegayli tumani. Qoraqalpoqlarning qiyat, qtay qabila-lari tarkibida jaman, qoraqalpoqlarning mang’it qabilasi tarkibida ja-mansha urug’lari bo’Igan. Ko’pgina turkiy etnonimlar orasida jaman, yomon laqabli urug’-aymoq nomlari bir necha marta takrorlanadi.
Jetkinshek — ovul, To’rtko’I tumani. Jetkinshek qoraqalpoq tilida «o'smir, yosh avlod» degan mafnoni bildiradi.
Kepe ~ ovul, Kegayli, Chimboy, Qorao’zak tumanlari. Qoraqal-poqlarning qtay qabilasi tarkibida kepe urug’i qayd qilingan.
Ko’lsag’a — ovul, Chimboy tumani. Sag’a — arabcha saqo so’zining talaffuz shakli, Xorazmda, shuningdek, Qoraqalpog’istonda «kanal yoki ariqning boshi» ma'nosini bildiradi. Ko’lsag’a — kanal boshla-nadigan joydagi ko'l.
Manjuli — ovul, Chimboy tumani. Qoraqalpoqlaming qtay qabi-lasining bir urug’i manjuli deb atalgan.
Moylibolta — ovul, Kegayli, Qorao’zak tumanlari. Qoraqal-poqlarning qipshaq qabilasi tarkibida moylibolia (maylibalta) urug’i qayd qilingan.
Muytenovul — ovul, QonlikoM tumani. Qoraqalpoqlarning bir urug’i muyten deb atalgan.
Mo’ynoq — shahar, Mo’ynoq tumani markazi. Mo’ynoq ikki tarkibiy qismdan iborat: mo’yin — bo’yin, -oq kichraytirish qo’shimchasi. Mo’ynoq «kichik bo'yin», «bo'yincha» demakdir,
Nukus - shahar, Qoraqalpog’iston Respublikasining poytaxti (qoraqalpoqcha — No’kis). Nukus, no’kis, nekuz degan urug’ boigan. Rivoyatga ko’ra Nukus (no’kis) surgun qilingan to’qqizta qizning o’g’illaridan tarqalgan kishilaming avlodi bo’lib, «to'qqiz kishi» demakdir (tojikcha no'h - to’qqiz, kas — kishi). Bu rivoyat, xolos. Toponimning etimologiyasi hamon noma'lum.
Nukus qabilasi neko’z shaklida turk-mo’g’ul urug’lari tarkibida qadimgi tarixiy manbalarda, chunonchi, Rashid ad-dinning «Jome at-tavorix» asarida ham tilga olingan. Nukus urug’i nukas («yangi-qishloq») degan ma'noni anglatadi degan fikr xam bor. Nukus (Nikuz) degan joy nomlari Respublikamizmng boshqa yeriarida ham uchraydi,
Orol dengizi. Bu gidronimning kclib chiqishi haqida bir qancha fikrlar bayon etilgan. Nega dengiz (katta ko'1) Orol deb atalgan? Orol suv o’rtasidagi quruqlik-ku! Xiva xoni, yirik tarixchi olim Abulg’ozi Bahodirxon Amudaryo dengizga quyiladigan joyni, del-tani Orol deb atagan. Ana shu yerda orollilar degan xalq yashagan. L. Berg o’zining «Orol dengizi’ degan asarida (1908) Orol o’sha yerda yashagan xalq — orollilar nomidan kelib chiqqan deb yozadi va Richkovning (1755) «Ko’lda orollar ko’p bo’lganidan u shun-day atalgan’ degan fikrini o’rtaga tashlaydi. Chindan ham ushbu dengizda 300 dan ortiq orol bo’lgan.
Tevarak-atrofdagi o’zbeklar, qozoqlar dengizni Orol (Arai) deb atasa, qoraqalpoqlar Aral yoki Atau deb atashar ekan, Qoraqalpoq toponimisti Q. Abdirnuratov Orol dengizi chindan ham orol «suv o’rtasidagi quruqlik» so’zidan kelib chiqqan degan fikrni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |