Qo’ng’irot (qo’ngrat, qo’ngrad) etnonimi o’zbeklarning kenagas, qutchi qabilalari tarkibida, qozoqlarning qipshaq, qirg’izlarning adigine
qat?Uasi tarkibida qayd qilingan, Qoraqalpog’iston oykonimlari tarkibida esa Qo(ng'irodovul (Amudaryo tumani), Qo’ng’irotkoM ovullari nom-larida o’z aksini topgan.
Nayman qabilasi o’zbek, qozoq, qirg’iz va boshqa turkiy xalqlar tarkibida uchraydi va Qoraqalpog’iston oykonimlari orasida Nayman (Qonliko'1, Xo’jayli tumanlari), Naymanovul (Xo’jayli, Shumanay tumanlari), Naymanto’ba (Xo’jayli tumani), Naymanyap (Beruniy tumani) ovullari nomlarida o’z aksini topgan.
o’zbek, qirg’iz, turkmanlar tarkibida qayd qilingan sayat etno-nimini Shumanay, Qo’ng’irot tumanlaridagi Sayat ovullari nomida ko’rish mumkin.
Tama qabilasi qozoqlar, o’zbeklar, qirg’izlar, quramalar orasida uchraydi va Amudaryo, Ellikqal'a tumanlarida Tama ovuli nomida aks etgan.
Uyshun toponimi o’zbeklar, qoraqalpoqlar tarkibida qayd qilin-gan va Amudaryo tumanidagi bir ovul shunday nomlanadi.
Taylaq (tayloq) etnonimi qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, o’zbek, turkmanlar orasida uchraydi va Chimboy tumanidagi Taylaq ovulida o’z ifodasini topgan.
Qipchoq etnonirai ko’plab turkiy xalqlar oFasidaqayd qilingan. Qoraqalpog’istonda 15 ga yaqin ovul shu nomda (Qipchaq, Qipshaq shakllarida).
Nukuz (nukus) urug’i qo’ng’irot qabilasi hamda qoraqalpoqlar-ning keneges qabilasi tarkibida uchraydi (nekuz shakli ham qayd qilingan) va Amudaryo, Chimboy tumanlarida Nukusovul, Amudaryo tumanida NukusqaTa oykonimlarida o’z aksini topgan. Qoraqalpog’iston Respublikasining poytaxti Nukas shahri (qoraqalpoqcha — No’kis) nomi ham shu etnonimdart.
Nukus shahri nomi, umuman nukus etnonimining kelib chiqishi haqida har xil fikilar bor. Bu ncsn ayrim tadqiqotchilar fikricha, forscha-tojikcha nu+kas «to'qqiz kishi» degan ma'noni bildiradi. ‘ Nukuslar asli jno’g’ni qajbilasi bo’Iganini e'tiborga olsak, bu etno-nimning etimologiyasi haqidagi fikrlar uzil-kesil ha! bo’lmagan de-yish mumkin.
Shahar-qishloqlarning nomlarida o’lka tabiati ham o’z aksini to-padi.
Oykonimlarda relyef shakllarini bildiradigan quyidagi oronimiH Staim-lar uchraydi: tov (tog’) - Jumnrtov, Oqtov, Po’rtttov, Tozaqiriatw;
qum («qumlik», «qumli cho'I») - Jalg’izqum, Jindiqum, Juvanqum, Oqqum, Oqqumovul; jar — Qiziljar, Qorajar; shungV («chuqur joy», «botiq») — MuratshungMI, Oqshung’il; o’y («chuqur joy», «kichik botiq») - Dumaloqo’y, Mamiro’y, Tajeno’y, Qorao’y, Qorao’yovul, Qorao’ysolma; so’r (^sho’rxok’) - Qoraso’r; taqir ~ Qorataqir.
Suv obyektlarini ifodalaydigan gidronimik atamalarga misol: arna — Paxtaarna, Tentekarna; ariq — Shuqurariq, Yangiariq; buloq -Ashibuloq, Sutbuloq, sag’a-saqa («kanalning boshi») — Kanalsag’a, o’ijapsag’a, Uchyapsag’a; o\ek («jildirab oqadigan jilg'a») — Ko’ko’zek, Moylio’zek, Qirqo’zek; soy — Uchsoy; solma («kichik ariq») — Bo’zsoIma; jap-yap («o'rtacha ariq») — Dusenbayjap, Jalpaqjap, Qonlijapovul, Qorajap, Mayyap, Naymanjap, Qumyap, quduq — Oqquduq; jag’is (Xorazmda - yoqish) — «joy», «pristan» — Oqjag’is.
Ko’l gidronimii: atamasiga mufassalroq to’xtashga to’g’ri keladi. Gap shundaki, Qoraqalpog’iston hududida mayda-chuydalarini hisobga olmaganda, 150 dan ortiq ko'l bor edi. Respublika Amudaryoning etak qismida bo’lgani bois daryo suvi toshib son-sanoqsiz ko’llar hosil qilgan edi. Ko’Uarning ko’pIari qurib qoldi, lekin xaritalarda, odam-laming xotiralarida bu obyektlarning nomlari saqlanib qolgan.
Bundan tashqari 40 dan ortiq ovul-qishloqning nomlari tarkibida ham ko'1 atamasi uchraydi, jumladan, Adaykoi, Oqko'1, Turkmanko'1, Uyg’urico’l, Sho'rko'1, QorakoM, Qo’ng’irotko’l va b.
Respublikada gidronimlar tarkibida ko'1 atamasi o’rniga aydin (oy-din) so’zi ham ishlatilgan: Uzunoydin, Uyrekoydin, Qoraoydin va b.
Qoraqalpog’iston ko’llarini nomlariga qarab bir necha turga bo’lish mumkin.
1) kishi ismlari bilan atalgan ko’Ilar: Davitko’I, Do'sanko'1, ZakirkoM;
2) rangiga qarab nornlangan ko’llar: Ko’kkoM, Qorako’!, Qoraoy-din, Sarikoi;
3) parranda nomlari bilan atalgan ko’Ilar: Birqozonko’J, Quvliko’l, Qo'tonko'1. Bu qushlarning nomlari haqida shuni aytish kerakki, o’zbek zoologik adabiyotida birqozon, saqoqush deb ataladigan suv parrandasining ikkinchi nomi. Qoraqalpoq tilida esa o’zbekchada qoraboy (ruschasi — baklan) deb ataladigan qush birqozon deyiladi. Qoraqalpoq-larning aytishlaricha bu yirik parrandani so’ysangiz bir qozon go’sht qilar ekan. Quv o’zbek adabiy tilida oqqush deyiladi («sochim bo’ldi quvning patiday’, «sochim quvning patiga o’xshab oqardi»).
4) suv o’simliklari nomlari bilan atalgan ko’IIar (Jekenlioydin, ShilimkoM, Qamisliko’l) Jeken o’zbekchada yakan deyiladi. Undan savat, bo’yra va boshqa buyumlar yasaladi. Shilim (chilim) - qamishga o’xshash ichi kovak o’simlik, qamis esa qamish.
5) majoziy-metaforik nomlar bilan atalgan ko’llar: Oltinkoi u qimmatli baliq zotlari ko’p boiganidan shunday nom olgan. Gavmisko’l -«katta, ulkan, yirik» degani. Davkempir ko’li yo’lbarsning oyog’iga kirib ketgan katta zirapchani qo’rqmasdan chiqarib olgan kampir sharafiga shunday atalgan ekan. Maqbalko’I - baxmalday tovlanib turgani uchun shunday nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |