Zarafshon haqiqatan «Zar sochuvchi» daryo. Daryo o’zanidagi qumda oltin zarralari bo’lganidan daryo shunday nom olgan. Po’stak yoki uzim patli gilam ustiga qum to’kib, bosim bilan yuvganda, oltin zarralari jun oralarida qolgan. Shu yo'l bilan qumdan oltin ajratib olishgan. Lekin Zarafshon daryoning keyingi asrlarda paydo bo’lgan nomi. Miloddan oldingi yunon tarixchilari asarlarida Politimet, o’rta a',rlarda Obi Ko’hak — Ko’hak suvi deb atalgan.
Ko’hak - Samarqand shahri yaqinidagi Cho’ponota tepaligining tojikcha nomi (ko’hak - tog’cha, qir). Bu tepalik arab geograflaridan Ibn Havqal (X asr) asarlarida Jabali Ko’hak deb atalgan (arabcha jabal - «tog’»). Daryoning Namik, Ro’di Masof, Nahri Sug’d (Obi Sug’d), Ro’di Sharh, Haramkom, Rudi Somjon kabi nomlari ham bo’lgan.
Qashqadaryo gidronimi katta suv obyektlarining nomlari qadimiy bo’ladi degan fikrning to’g’ri ekaniigini isbotlaydi. Bu daryo nomi-ning kelib chiqishi haqida qancha flkrlar bildirilgan bo’lsa ham gid-ronim etimologiyasi to’g’ri aniqlangan deb bo’lmaydi. Qashqa so’zining ma'nosi ko’p. Akademik V.V.Bartoldning Qashqadaryo Kesh (Shahri-sabz) shahri nomining fonetik o’zgarishi oqibatidir, degan fikri to’g’riga
o’xshaydi. Kesh shahri nomi asli Kash bo’lgan, chunki shaharning epiteti «Kashi-dilkash» edi. Arab geograflari asrlarida Qashqadaryo (X asr) Keshkiro’d deb, Temur davrida Xashqa (Xashqaro’d) deb yiiri-tilgan va keyinchalik Qashqadaryo bo’lib ketgan.
Surxondaryo nomining etimologiyasi ham hamon jumboqligicha qolayotir. Tojikcha «Qizil suv» ma'nosida bo’lsa, surxob deyilishi kerak edi (daryoning bosh qismi - Denov shahrigacha Qiylsuv ataladi). Surx yoki surxi degan turkman urug’i ham bor. o’rta asrlarda, Amir Temur tarixida ham Chag’onrud deb atalgan. V.V.Bartold mo’g’ul tilida chag’on «oq» ekanini aytgan (ro’d-daryo).
Respublikamiz daryolarini havzalarga bo’lsak, ko’pchilik daryolar Sirdaryo (Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Ohangaron, Kalas, Aravonsoy, Oqbura, Isfayramsoy, Shohimardon, So% Isfara, Xo’jabaqirg’an, Oqsuv, Poshshota, Oqsuv, Kosonsoy, g’ovasoy) va Amudaryo havzasiga {Zaraf-shon, Qashqadaryo, g’uzordaryo, Surxondaryo, To’polondaryo, Shero-boddaryo) kiradi.
Bu daryolar, soylarning qancha irmoq va tarmoqlari bor. Bulardan tashqari, qancha ko’Uar (Orol dengizi, Arnasoy ko’llari va b.), suv omborlari (Kattaqo’rg’on, Janubiy Surxon, Chimqo’rg’on, Chorvoq, Toshkent dengizi, Quyimozor va b.), son-sanoqsiz quduqlar ham mavjud.
Quduqlarni hisobga olmaganda ham qolgan gidronimlardan har birining etimologiyasi haqida to’xtalib o’tishning iloji ham hojati ham yo’q deb hisoblaymiz.
Bundan ko’ra suv obyektlari nomlarini hosil qilgan so’zlarni sanab o’tish va iloji boricha, ularning ma'nosini tilga olish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |