Tavilqu so’ziga «qizil tol» deb izoh berilgan. Tovilg’i tol emas, buta. Bobur «tovilg’idan qushlarga qafas va tirgaz (kamon o’qi) qi-linadi», deb yozgan.
Bir xil o’simliklaming nomi butunlay o’zgarib ketgan. Masalan, bug’doy, tariq, umuman g’alla ekinlari tarig’ deyilgan, Jenshenning qadimiy turkiy nomi bo’lgan - sig’un o’ti (Navoiyda suyqun).
Mahmud Koshg’ariy o’simlik nomidan kelib chiqqan toponimni ham keltirgan: «Ar - ar daraxti - qora archa, Qashqarda bu nomdagi ikkita qishloq bor», Bundan tashqari har bir o’simlik nomi toponimga aylanishi mumkin. Chunonchi, tol, terak, o’rik, olma, sarimsoq, yulg’un, chinor singari o’simliklardan nom olgan toponimlar juda ko’p uchraydi.
«Devon»da o’simlik noralariga qaraganda hayvon nomlari ancha ko'p. Arsbn, lochin, qulon, kirpi (tipratikon), qarg’a, burga, tilku (tulki), quzg’un, qarsaq (tulkining bir turi), tartar (qush), tavishg’an (quyon), qo’y-qoyin, qoraqush, bars (qoplonning bir turi), it, to^ng’iz, o4q yilon (o’q ilon), atan (axta tuya) kabi hayvon nomlari hozir ham shu shaklda talaffuz qilinadi. Ko’pgina hayvon nomlari hozirda boshqacharoq tataffuz etiladi: tishak (ikki yoshli qo'y), hozir -shishak, chebish folti oylik uloq) - chivich, chazan hozir chayon, chafli - chovli, qatir - xachir, qo’tuz ~ qo’tos, qo’ch, qo’chngar
— qo’chqor, azlg’ "" ayiq, azg’ir - ayg’ir, taqag’u - tovuq,
qirqo’y - qirg’iy, sig’ir — sigir, eshkak, eshyak - eshak, qashg’alaq
- qashg’aldoq va hokazo,
«Devon»da bir qancha hayvonlarning eski, turkiy nomlari keltirilgan. Jumladan, yag’an ~ fil, kish — sobol, tegin — olmaxon, inak — sigir, bulan ~ los, sanduvach - bulbul, chabaq — rnayda baliq va hokazo.
Hayvon nomlarining izohlarida ham ba'zi bir chalkashliklar bor ko’rinadi. Chunonchi, o’qlug’ kirpi — «tipratikonning juda kattaxili» deyilgan, holbuki u «jayra» bo’lishi kerak. V.V, Radlov lug’atida o’qlug’ kirpi — «jayra» deb izohiangan (turkman tilida ham jayra shu nom bilan ataladi). Bug’ra II tomning 386-betida «nor tuya» deyilsa,
I tomning 196-betida «erkak hayvon» deyilgan. Ular so’zi «erkak kaklik’ deb, ularlig’ tog’ esa «kakligi ko'p tog(» deb talqin qilingan. AsUda «ular» — kaklik emas, balki tog’ kurkasi. I tomning 319 betida qoraqush — «burgutb, III tomning 240-betida esa - «qirg’iy» deyilgan. Burgutning bir turi qoraqush deyiladi, lekin qirg’iyni qoraqush deyish xato. I tomning 344-betida sug’ur - «echkemar» deyilsa, 455-betida sug’ur - «mushuk kattaligida hayvon» deb izohlangan. II tomning 210-betida qaz, ya'ni g’oz «o'rdak» bo’lib ketgan. Bunday misollarga qaramasdan, «Devon» ko’pgina hayvonlarning qadimiy turkiycha nomlari etimologiyasini aniqlashda katta manba bo’la oladi.
«Devonu lug’otit turk»dagi so’zlarning fonetik va grammatik xu-susiyatlari. Toponimikada so’z tuzilishi va fonetika juda katta ahamiyatga ega. Toponimlar bir tildan ikkinchi tilga o’tganda yoki bir tilda uzoq zamonlar davomida iste’molda bo’lganda katta o’zgarishlarga uchraydi. Bunday o’zgarishlarni aniqlash uchun toponirnning yoki shu topo-nim tarkibidagi so’zlarning bundan bir necha asr oldin qay shaklda talaffuz etilganini bilish juda muhim. Bu jihatdan «Devonu lug’otit turk»da nihoyatda boy materiallar topish mumkin. Chunonchi, z-d-y-g harflarining o’rin almashishini juda xarakterlidir. «Devon»da oyoq — ozoq, quduq — kuzuk, qayg’u — qazg’u, kigiz ~ kiziz, quyi — quzi, ayri (panjshaxa) - adri, bayram — bazram, buyuk — beduk, qayish (kamar) — qazish shaklida talaffuz etilishi aytib o’tilgan.
Shu munosabat bilan quyidagi ikkita toponimni ko’rib chiqish mumkin. Olimlar Azov dengizi nomini turkiycha azah - adoh, ya'ni «oyoq tomon», «quyi tomon» degan so’zdan chiqqan degan fikrni bildirishgan. Yana bir misol. Don daryosining Bityug nomli irmog’i bor (Rossiyaning Tambov va Voronej oblastlari). Bu daryo nomining etimologiyasi hamon ma'lum emas. Biroq V.P. Zagorovskiy bu gid-ronimning kelib chiqishi to’g’risida juda asosli bir fikr bayon etgan. Uning ta'kidlashicha, turkiy xalqlar — hazarlar, pecheneglar, qip-choqlar, tatarlar bu yerga turlicha nomlar qo’yganlar, eng katta suvni esa beduk, ya'ni «buyuk katta (suv)» deb atashan. XIV—XVII asrlarga doir rus hujjatlarida esa u Betyug shaklida uchraydi, keyinchalik Bityug bo’lib ketgan. Bu mulohaza haqiqatga juda yaqin. «Devonu lug’otit turk»da beduk — «har narsaning kattasi» deb izohlangan. Ilgarilari katta so’zi o’rnida buyuk ko’proq ishlatilgan.
Turkiy tiilarda, jumladan, o’zbek tilida j-v-y tovushlarining funk-siyasi va o’rni almashinishi ham diqqatga sazovor. Hozirgi vaqtda jelovchi shevalarda y o’rniga j ishlatiladi: yer-jer, yosh-jash, yuk-juk kabi.
Bu hodisa Mahmud Koshg’ariy zamonida ham mavjud bo’lgan. Chimonchi, u o’g’uz va qipchoqlar so’z boshidagi y tovushini ch, j ga almashtiradilar. Masalan, yetmoq fe'lini jetmoq tarzida talaffuz qi-ladilar deb yozgan edi (II tom, 364-bet). Bu haqda S. Mutallibov «Mahmud Koshg’ariyning «y» harfi haqidagi bu izohi turkologiya tarixiga katta aniqlik kirituvchi ahamiyatga ega», deb hisoblaydi. Ma-salan, jar Mahmud Koshg’ariy «Devon»ida yar shaklida berilgan. Bu so’z adabiy tilda jar shaklida ishlatiladi, lekin Yorboshi, Yorariq kabi toponimlar ana shu so’zdan kelib chiqqan. «Bekat», «stansiya» ma'nosidagi yom so’zining jom shaklida uchrashi ham bir qancha toponimlar etimologiyasini hal qilib beradi. T va ch tovushlarining o’rin almashinishiga misol sifatida «Devon»da xachir-qatir, chodir-cha-tir, chachir va hatto jashir shakllari keltirilgan.
So’z bo’laklarining yo’qotib qisqarishi yoki tarkibiy qismlari ortib cho’zilishi ko’plab so’zlarning, shuningdek, toponimlarning kelib chiqishi, shaklan o’zgarishini tushunib olishga yordam beradi. Mah-mud Koshg’ariy zamonida to’g’on so’zi — to'g’, mushuk-mush, bobccha — bo'g’, chibiq — chib, qashqa-qash, yashma — jash shaklida talafluz qilingan. Shuningdek, «kurak»ning - kurgak, «o'roq»ning — o'rg'oq, «taroq»ning - targ’oq, «qayiq»ning — qayg’uq, «tirsak»ning - tirsgak deyilishi ham toponimchilar nazaridan chetda qolmasligi kerak. Bun-day misollarni ko’plab keltirish mumkin. Qisqacha aytganda, «De-vonu lug’otit turk» bir qancha toponimlarning ma'nosini tushunib yetishga, joy nomlarining uzoq davrlar davomida fonetik jihatdan o’zgarishini payqab olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |