«Devon»da qayd qilib o’tilgan toponimlar haqida. Ma'lumki, «Devon»ga doira deb atalgan xarita ilova qilingan. Bundan tashqari,. matnda ham bir qancha joy nomlari izohlab o’tilgan. Bizning hiso-bimizga ko’ra «Devonu lug’otit turk»da jami 160 dan ortiq toponim tilga olingan. Shu o’rinda aytish joizki, asarda ayrim joy, ba'zi o’simliklar, hayvonlar nomlari atamalar takroran berilgan. Bunday qaytariqlar hisobga kirmaydi, albatta.
Mahmud Koshg’ariyning «Devon»idagi xaritada tilga olingan nomlar to’g’risida I.I. Umnyakov, S. Umurzoqov, H. Hasanov kabi olimlar qator asarlar yozganlar.
«Devon»dagi nomlarning asosiy qismi o’rta Osiyoga oid turkiy nomlardir. Bu toponimlarning bir qanchalari hamma uchun tushu-narlidir. Chunonchi, Oqsoy, Oqterak kabi nornlarni hozir ham uchratish mumkin. Buxoro, Farg’ona, Samarqand, Xo’jand, Xo-razm, Talas, Tarim, Sayram, Manqishloq, Issiqkoi kabi toponimlar deyarli o’zgarishsiz yetib kelgan. Ila, Qorayalg’a, Ala, Ertish kabi nomlar fonetik jihatdan biroz o’zgarib ketgan va hozir Ili, Qorajilg’a, Olay, Irtish shaklida yoziladi. Beshbaliq, Yangibaliq, Tunkand, Yankand, o’zkand kabi shahar nomlari, Badalart, Buqachart, Zanbiat, Qayaqart, Yafg’uart kabi dovonlar, Ikkio’kuz, Qoraqosh O’kuz, o’rungqosho’kuz kabi daryolar etimologiyasiga «Devon»ning o’zidan javob topish mumkin. Bulg’or, Qifchoq, Uyg’ur, Tavg’ach, Yag’mo kabilar etnotoponim, Barsg’on, Barman, Qazvin singarilar esa antrotoponimlardir. Ba'zi bir toponimlarning etimologiyasini taxmi-nan aniqlash mumkin. Chunonchi, ayiq o’sha zamonlarda azig' deb atalgan. Mahmud Koshg’ariy Azig’ degan joyni tilga oladi, bu nom «ayiq» degan ma'noni anglatgan bo’lishi mumkin.
Ma'lumki, toponimikada turli afsonalar ham inobatga olinadi va o’rganiladi. Lekin joy nomlari etimologiyasi to’g’risida Mahmud Koshg’ariy keltirgan ma'lumotlarni sinchiklab o’rganish zarur.
«Devonu lug’otit turk»dagi toponimlarning biz uchun yana bir qimmatli tomoni ularning grammatik xususiyatlaridir. Ma lumki, joy nomlarining etimologiyasidan tashqari grammatik tuzilishiga qarab ham ularning qaysi tilga, qaysi davrga oid ekanligini ma’lum darajada aniqlash mumkin.
Hozirgi turkiy toponimlaming asosiy qismi ikki va uch kompo-nentdan, ya'ni tarkibiy qismdan iborat. «Devon»dagi joy nomlarining yarmidan ko’pi bir komponentli nomlar. Masalan, Yamak, Yofinj, Alush, Azig% Abul, Etil, Udun, Yamar, Ala, Urang, Qo’ju, Bukur, Talas, Qabus, Quya, Toman, Koson, Xuzar, Chogia, Barxan, Sabran, Sitg’un, Tovg’ach, Barjug’, Tartuq, Tayiz, Ko’rung, Qazvin kabilar ana shular jumlasidan. Ikki komponentlilar u qadar ko’p emas: Ikkiko’z, Oqsoy, Oqterak, Olayig’och, Beshbaliq, Yangibaliq, Qorayig’och, Badalart, Buqachart, Boyyig’och, Yulduzko'1 kabilar. Bu toponimlarning birinchi komponenti sifat, ikkinchi komponenti esa ot (geografik atama). Ikki komponentlilar grammatik tuzilishi ji-
hatidan hozirgi toponimlardan farq qilmaydi. Uch komponentlilar esa atigi bir nechta: o’rungqosho’kuz, Qoraqosho’kuz, To’rig’arttayiz.
Yana shu narsa xarakterliki, «Devon»da qayd qilingan joy nomla-rining yarmidan ko’pi ikki bo’g’indan iborat. Demak, ilgarilari joy nomlari ixcharn, sodda bo’lgan. Ko’p komponentli, butun bir ibo-radan tuzilgan Yo’Idoshning oti uchgan (Zomin tumani), Amin Mulla pichan chopgan (Boshqirdiston), Hasan toshtergan (Baxmal tuma-ni), Chuqursoyning tangisi (Zomin tumani) kabi mikrotoponimlar esa keyingi davrlarda vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |