«Axsikat - Farg’onaning poytaxti, amirning qarorgohi. Bu katta shahar, Hasart daryosi (Sirdaryo) bo'yida».
«So’x - tog’lar orasida. Buttamon bilan Farg’ona chegarasidagi joy, 60 ta qishlog’i boib.
«Qubo (Quva) - Farg’onaning eng obod katta shahri...»
«Shosh — katta va obod, ko’rkam joydir. Shoshning poytaxti Binkat».
«Nujkat (Nujakat) - kichik bir shahar, bu yerda Parak (Chirchiq) va Hasart (Xashart - Sirdaryo) daryolarida suzadigan qayiqchilar yashaydi». (V.V. Bartold tarjimasida: Parak va Xashart qirg’oqlarida ishlaydigan qayiqchilar Nujkatdan chiqqari).
«Banokat (singari va boshqa) kichik shaharlarda kamoni shoshiy yasaladi...»
«Kot - Xorazmning poytaxti... Bu shahar Turk, Turkiston, Mo-varaunnahr va Xazarning savdo markazidir. Uning hokimi Xorazm-shoh deb ataladi».
Bu shahar va viloyatlarning ko’plari hamon bundan ming yildan ko’proq oldingiday talaffuz etiladi yoki salgina farq qiladi: Buxoro, Samarqand, Termiz, Zomin, Farg’ona, Chatg’ol (Chotqol), Ax-sikat (Axsi), So’x, Awal, Qubo (Quva), Xiva, Karmina (Karmana), ba'zi birlari endi butunlay boshqacha nomlangan.
Kesh - Shahrisabz, Chag’oniyon (arablarda Sag’oniyon) viloyati -Surxon vodiysi, Chag’oniyon shahri - Denov.
Choch, Shosh - Toshkent shahri va viloyati.
Kot - Shayx - Abbosvali (Shabbos), hozirgi Beruniy shahii
Gurganj, arablarda Jurjaniya - hozirgi Urganch shahri; Banokat - Shohruhiya (buzilib ketgan).
H. Hasanov ta'kidlaganidek, «Hudud-ul olam» muallifi o’rta Osiyo, xususan, o’zbekistonning geografik qiyofasini tog’lari, daryolari, sha-
harlarini o’z o’rnida tasvirlagan. Asarda keltirilgan ko'p sonli tarixiy toponimlar esa vatanimiz joy nomlarining naqadar qadimiy ekanligi isbotidir.
Quyida keltirilgan bir misol toponimlarning tarixiy ahamiyatini ko’rsatib turadi. «Hudud» qo’lyozmasining 25-sahifasida shunday deyi-ladi: «Movarounnahrning chekkasida Samarqandak'>Samarqandak («Kichik Samar-qand») qishlog’i bor edi, unda hindlar, tibetliklar, voxonliklar va musulmonlar yashaganlar».
Bu qishloqning qayerda joylashganligini bilish uchun tarixga muro-jaat qilaylik.
Arablar o’rta Osiyoni bosib olgandan keyin 721-yilda Sug’dda arablarga qarshi qo’zg’olon ko’tariladi. Sug’diylar endi arablar bizlar-ni turklarga yordamlashganlikda ayblab jazolashlari mumkin deb xa-votirga tushadi. Sug’diylardan o’n ming kishi arablarga taslim bo’ladilar va islom dinini qabu) qilishga qaror qiladi. Boshqalari esa Farg’ona podshosi Alatarga elchi yuborib, o’z shahridan boshpana berishini va zarur bo’lib qolsa arablardan himoya qilishini so’raydi. Biroq pod-shoning onasi o’g’liga sug’diylarni shaharga kiritmaslikni va ularga Farg’onaning tog’ rustoqlaridan (bo’Iislaridan) biriga joylashtirishni maslahat beradi. Shundan so’ng farg’onaliklar sug’diylarga Isfara rustog’idagi torgina Isom darasini bo’shatib beradi.
Tarixiy manbalarda Movarounnahrning janubi-sharqiy burchagida Samarqandak qishlog’i qayd qilingan (rus tilidagi xaritalarda Samar-qandek deb yozilgan). Bu Qirg’iziston Respublikasi Batken viloyati-ning Batken tumanidagi Samarqandiq (qirg’izcha) deb talaffuz qili-nadigan qishloqdir.
Ana shu — «Samarqandiq» «Hudud ul-olam»dagi Samarqandak qishlog’ining o’zginasi.
Gap shundaki, sug’diylar mirishkor dehqon, bog’bon xalq bo’lgan, shaharlarida hunarmandchilik, savdo rivojlangan. Ular Buyuk Ipak yo’li bo’yida barpo qilgan shahar, qishloqlarning ba'zilarini bosh shahri nomi bilan Samarqand deb atashganlar (masalan, Yettisuvdagi qadimgi Mo’g’ulistonda XIII asrdayoq Samarqand shahri bo’lgan, Qozog’istondagi Temirtov shahri Samarqand deb atalgan). Ana shunday aholi punktlaridan biri shub-hasiz hozirgi Samarqandiq ovulidir.
Umuman, «Hudud ul-olam»da Movarounnahr, xususan, o’zbekiston geografiyasi, ayniqsa qadimiy toponimiyasi haqida talay-gina ma'lumotlar olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |