Movarounnahr daryolari.
«Jayxun (Amu) daryosi Vahon hududidan oqib chiqadi va Bomir (Pomir) viloyati va Shig’noni Vahon hududi orasidan o’tib, Xorazm dengiziga quyiladi».
«...Xarnob (Panj) Qasark tog’ining g’arbidan oqib chiqadi va Badax-shon va Porg’ar (Parxor) orasidan o’tib Jayxunga qo'shiladi».
«Yana bir daryoki, uni Vaxshob deydilar, Vaxsh tog’laridan chiqadi, Vaxsh (shahri) yaqinida Jayxunga quyiladi».
«Chaglonrud (Surxondaryo)ki, Chag’oniyondan oqadi va Termiz yonida Jayxunga quyiladi».
«...Yana biri o’zgand suvidirki, Xallux tog’i (orqasi)dan bosh-lanib, o’zgand, Bob (Pop), Axsikat, Xo’jand, Banokat shaharlari yonidan o’tadi va to Choch yerlarigacha yetadi, so’ngra Xorazm dengiziga quyiladi».
Demak, muallif Sirdaiyoni O’zgand (o’zgan) suvi degan, Xallux (Qarluq) tog’i — Tyanshan tog’lari bo’lsa kerak (ilk o’rta asrlarda, Yettisuvda Qarluq davlati bo’lgan). Hozirgi Axsi qishlog’i (Namangan viloyati, To’raqo’rg’on tumani) o’rta asrlarda yirik shahar bo’lgan va Farg’ona vodiysining poytaxti hisoblangan. Bob hozirgi Pop tumanining markazi - Pop shahri. Banokat Amir Temur 1392-yilda tiklab o’zining katta o’g’li Shohruh Mirzo nomi bilan Shohruhiya deb atagan sha-har, xalq tilida bora-bora Sharqiya bo’lib ketgan. Ohangaron daryosi-ning bir tarmog’i hozir ham Sharqiya deb ataladi. Shahar xarobasi Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumani hududida joylashgan.
«Yana bir daryo (hozirgi Qurshob daryosi) Xurshobdirki, Butta-mon chekkasidan, shimoliy tog’laridan boshlanib, Xurshob shahri yaqinida o’zgandga (Sirdaryoga) quyiladi».
«Yana boshqasi o’sh suvidirki, o’zgandga quyiladi». «Yana bir daryo Qubo (suvi)dirki, Qubo shahri yaqinida o’zgand (suvi)ga qu-yiladi». Qubo - Farg’ona viloyatidagi Quva soyi va Quva shahridir. «Hudud»da Norin daryosi Xatlom shahri nomi bilan Xatlom deb atalgan. «Yana boshqasi Parak daryosidirki, Choch yerlaridan o’tadi, o’zgandga quyiladi. Bu daryolar hammasi qo’shilgandan keyin yaxlit suv Choch daryosi deyiladi, arablar (toziyon) bu daryoni Sayxun deb ataydilar».
Parak - Chirchiq daryosi. Demak, bosh tomondagisi o’zgand bo’Igan, Chirchiq quyilgandan keyin Sirdaryo Choch daryosi deb atalgan.
«Hudud» asarida Zarafshon Buxoro daryosi deyilgan. Shu maiumotlardan ko’rinadiki, daryolar ko’pincha shaharlar yoki vilo-yatiar nomlari bilan atalgan. Vaxsh daryosi — Vaxsh shahri, Chag’onmd (Chag’oniyon), o’zgand suvi — o’zgand shahri, Xur-shob daryosi — Xurshob shahri, Xatlom daryosi - Xatlom sliahri, Choch daryosi - Choch (shahri, viloyati), o’sh daryosi - o’sh shahri.
«Hudud ul-olam» muallifi Sirdaryoni bir o’rinda Hasart deb
atagan. Shunga asoslanib, H. Hasanov bunday xulosa chiqaradi: «Sir-daryo X asrda o’zbekiston tuprog’ida 0'zgand va Hasart nomlari bilan atalgani ma'lum bo’ladi. Shunday qilib, Harast mahalliy nomlardan biriki, qadimgi greklarning kitoblarida yozilgan Yaksart shakli o’shandan o’zgartiribroq olingandir». (H. Hasanov «Hudud ul-olam’b geografiya-sida tuzgan xaritada Sirdaryo Xasart deb yozilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |