TOPONIMIKA TARIXIDAN Atoqli otlar, jumladan geografik nomlar, ayniqsa ulaming ma'nolari qadimdan olimlar e'tiborini tortgan. Toponimika atamasining paydo bo’lganiga hali bir asr boigani yo’q. Lekin toponimika masalalari tarix,geografiya, tilshunoslikka oid asarlarda qadim zamonlardan boshlab uchraydi.
Har qanday fan amaliyot talablari ta'sirida paydo bo’ladi va rivojla-nadi. Toponimika birinchi galda geografiyaning amaliy ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Dastlabki sayyohlar o’zlari kashf etgan yerlarga nom ber-dilar, uzoq o’lkalar va shaharlarning nomlarini hammaga ma'lum qildi. Geografik nomlarni to’plab o’rganganlar xam geograflar edi.
Professor H.Hasanov «o’rta Osiyoda atoqli geograf olim va say-yohlar ozmuncha bo’lmagan, ular ajoyib asarlar yozganlar», deydi. U «O'rtaosiyolik geograf va sayyohlar» asarida (Toshkent, 1964) shu mintaqada tug’ilib o’sib ijod qilgan 28 allomaning geografiyaga, topo-nimikaga qo’shgan hissasi, sayohatlari haqida keng ma'lumotlar ber-gan.
o’rta Osiyo geografiya fanining rivojiga salmoqli hissa qo’shgan matematik va geograf Muhammad Xorazmiy,astronom va geograf Abu Zayd Balxiy (850-934), tarixchi Abu Bakr Narshaxiy (899-959) o’rta Osiyo geografiya fanida maktab yaratgan alloma Abu Rayxon Beruniy, geograf-filolog Mahmud Koshg’ariy, astronom va mate-matik Mirzo Ulug’bek (1394-1449), geografik terminologiya, topo-nimikaga qimmatli hissa qo’shgan mashhur sayyoh va lug’atchi Shayx Sulaymon Buxoriy (1821-1880) kabi allomalar shular jumlasidandir.
Bu olimlardan ayrimlarining toponimika fani sohasidagi xizmat-lari haqida quyiroqda so’z yuritiladi.
Boshqa o’lkalarda ham dunyo kezgan, yangi-yangi yerlarni kashf qilgan, kishilarning geografik tasawurlarini va toponimik ma'lumotlarini kengaytirgan sayyohlar, geograflar ko’p boigan. Toponimikaga katta hissa qo’shgan geograf olimlardan nemis olimi A.Gumboldni, rus geograflari P.P. va V.P.Semyonov-Tyan-Shanskiy, akademik L.S. Berglarni aytib o’tish mumkin.
XIX asr oxirlaridan e'tiboran dunyoda amaliy grammatika, xu-susan kartografiya ehtiyojlari munosabati bilan toponimikaga qiziqish kuchaydi. Toponimikadan maxsus asarlar paydo bo’ldi, geografik nomlarni o’rganadigan komissiyalar va jamiyatlar tashkil etildi. Masalan, Angliyada 1923 yilda dunyoda birinchilar o’laroq mam-lakatdagi barcha tomonimik ishlarni muvofiqlashtirish uchun Topo-nimika jamiyati tuzildi. Keyinchalik g’arbiy Yevropa, Fransiya, Ger-maniya, Polsha va boshqa mamlakatlarda ham xuddi shunday jami-yatlar yoki guruhlar paydo bo’lgan edi.
Rossiyada toponimik tadqiqotlar tarix, geograflya va filologiya fan-lari vakillari tomonidan olib borildi. Akademik Shegren(1794-1855), mashhur tarixchi va etnograf NXNadejdin (1804-1856), tilshunos A.Kastrenlar (1813-1852) rus toponimikasining dastlabki tadqiqot-chilaridandir. 1847 yilda Rossiya Geografiya jamiyatida tuzilgan geog-rafik terminologiyani o’rganish komissiyasi va Rus tili va adabiyoti havaskorlari jamiyati (1811-1930) toponimikaga katta ahamiyat berdi.
Rus toponimikasini o’rganishga akademiklardan V.V.Radlov(1837-1918), A.I.Sobolevskiy sezilarli hissa qo’shdilar.
1904 yilda Rossiya geografiya jamiyati qoshida Kartografiya komis-siyasi tuzildi. Komissiyaning geografik nomlarni transkripsiya qilish bo’limida tilshunoslardan A.A.Shaxmatov, I.A.Boduen Kurtene, A.D.Rudnev va boshqalar ishladilar.
Oktyabr to’ntarishidan so’ng toponimik tadqiqotlar keng quloch yoydi. Toponimik materiallarni to’plash va qayta ishlash sohasida jid-diy ishlar boshlandi. Toponimika bo’yicha maxsus mahkamalar, Butunittifoq geografiya jamiyatining filiallarida va bo’limlarida topo-nimika komissiyalari tuzila boshladi. 1965 yilda Leningradda SSSR toponimikasi bo’yicha Birinchi butunittifoq konferensiyasi o’tkazildi. Sobiq ittifoqdosh respublikalarning tilshunoslik institutlari, sobiq SSSR Geografiya jamiyati, Moskva filialining toponimika komissiyasi geog-rafik nomlarni o’rganishga katta ahamiyat bera boshladi.
Atoqli otlarni (onomastika), jumladan geografik nomlarni (topo-nimika) o’rganishga bag’ishlangan ko’plab adabiyotlar, jumladan maxsus toponimik asarlar nashr etildi.
Toponimikaning fan sifatida tarkib topishida Rossiya olimlarining xizmati katta.
Rus toponimikasi bo’yicha A.P.Dulzon, A.K.Matveev, E.M.Murzayev, V.A.Nikonov, AXPopov, A.V.Superanskaya, Ye.M.Pospelov, A.A.Refonnatskiy, B.A.Serebrennikov, V.N.Toporov, O.N.Trubachevning asarlari ma'lum va mashhur.
Dunyoda eng yirik toponimistlardan biri atoqli geograf E.M.Murzayevdir (1908-1998). Olim yarim asrdan ko’proq vaqt da-vomida geografik nomlarning, jumladan o’zbekiston toponimlarining kelib chiqishi, transkripsiyasi, xususan mahalliy geografik atamalar haqida ko’plab qimmatli asarlar, maqolalar, monografiyalar, lug’atlar yaratdi. E.M.Murzayev ko’p yillik ilmiy faoliyatida toponimikaning nazariy masalalari bilan bir qatorda geografik atamalarga alohida ahamiyat berdi. Masalan, 4 mingga yaqin xalq geografik atamalarini o’z ichiga olgan lug’ati (Slovar narodnix geograficheskix terminov. M.,1984) jahon toponimistlari va tilshunoslarining e'tiborini tortdi. Bu asar 1999 yilda to’ldirilib 2 jildda qayta nashr etildi. E.M.Murzayev geografik atamalar ko’pchilik toponimlar etimologiyasining universal kalitidir, degan xulosaga kelar ekan, toponimikani tadqiq qilishda geograflarning roli katta ekanligini qayd qiladi. Olim katta-katta hudud-
lardagi mahalliy geografik atamalar va toponimlar semantikasining nozik jihatlarini boshqa har qanday mutaxassislardan ko’ra geograflar yaxshi ilg’ab oladilar deb hisoblaydi.
Moskvalik yirik toponimistlardan biri V.A.Nikonov sobiq Ittifoq-da toponimikaning fan sifatida oyoqqa turishiga katta hissa qo’shdi. Olimning eng yirik toponimik asarlari «Toponimikaga kirish» (Vvede-nie v toponimiku. M.,1965) va «Qisqacha toponimik lug'at»dir (Kratkiy toponimicheskiy slovar, M., 1966). VANikonov toponimlar tarix taqozosi ila vujudga keladigan ijtimoiy hodisa ekanligini, geografik nomlarning tarkib topishida suffikslarning — grammatik qo’shimchalarning (ayniqsa slavyan toponimiyasida) katta o’rin tu-tishini alohida uqdirdi. U toponimlarning bir-biri bilan bog’liq holda (katta-kichik,eski-yangi, yuqori-past, oq-qora) paydo bo’lishining qator qonunini hamda geografik obyektlarning kam uchraydigan xa-rakterli xususiyatlarga qarab nom olishining nisbiy negativlik qonunini kashf etdi (hammayoq qarag’ayzor bo’lgan joylarda Qarag’ayzor toponimining bo’lishi shu yer uchun xarakterli xususiyat emas).
V.A.Nikonov o’zining toponimik lug’atida dunyodagi 4 mingga yaqin yirik geografik obyektlar nomlarining kelib chiqishini izohlab bergan.
Moskvalik yirik tilshunos toponimistlardan biri A.V.Superanskayadir. Olima toponimlarga, xususan atoqli otlarga bag’ishlangan ko’plab asarlar yozgan. Uning geografik nomlar lingvistik qonuniyatlaridan bahs etadigan eng yirik asari «Toponimika nima?» (Chto takoe topo-nimika? M., 1985) kitobidir. Asarda toponimikaning nazariy asoslari bayon etilgan, geografik nomlar tarixidan ma'lumotlar keltirilgan.
Hamdo’stlik tarkibidagi boshqa mamlakatlarda ham toponimikaga katta ahamiyat berib kelinadi. Geograf toponimistlardan VA-Juchkevich (Belarus) bu sohada ayniqsa katta ishlar qildi. Uning «Umumiy topo-nimika’ (Obshaya toponimika) nomli talabalar uchun o’quv qo’llanmasi 1965 yildan buyon bir necha marta nashr qilindi. Ukraina toponimitlaridan respublikada urushdan keyingi davrda toponimik tadqiqot tashkilotchisi K.K.TseIuyko,gidronimlarni sinchiklab o’rgangan A.S.Strijak, regional toponimiyani mukammal o’rganishdan tashqari toponimika nazariyasi va metodologiyasining umumiy masa-Ialariga alohida ahamiyat bergan Yu.A.Karpenkoning nomlarini aytib o’tish mumkin.
Qardosh qo’shni respublikalar toponimistlaridan Tojikistonda Yag’nob
toponimlarini o’rganishda A.L.Xromov, Pomirning mikrotoponimlarini tadqiq qilishda esa R.X.Dodixudoev asarlarining ahamiyati katta.
Qozog’istonda toponimlarni ham lingvistik, ham geografik nuqtai nazardan tadqiq etishda katta yutuqlar qo’lga kiritilgan. Respublikada toponimlarni, xususan geografik atamalarni o’rganishda G’.Q.Qo’nqashpayevningxizmatlarini alohida qayd qilish kerak (bib-liografiyaga qarang - g’.Q.Qo’nqashpayev). Qozog’istonlik toponi-mistlardan A.A.Abduraxmanov, T.Januzaqov, V.N.Popova, YcQo’ychiboev (Ye.Qo’ychiboyev)ning ilmiy ishlarida toponimikaning umumiy masalalari bilan bir qatorda joy nomlarining etimologiyasiga katta o’rin berilgan.
Turkmaniston Respublikasida toponimikaning rivojlanishi akademik S.Otaniyozovning nomi bilan bog’liq. Olim toponimikaning meto-dologik masalalarini yoritish bilan birga toponimlaming, etnonim-iarning kelib chiqishi sohasida tadqiqotlar olib borib, toponimlar va etnonimlarning lug’atlarini tuzgan (bibliografiyaga qarang -SAtaniyazov). Turkman geografik atamalarini yig’ish va izohlash borasida M.Geldixanovancha jiddiy ishlami amalga oshirdi.
Qirg’iziston toponimikasining yutuqlari geograflardan S.Umurzoqov, tilshunoslardan Q.Qo’nqaboev (K.Konkobayev)t D.I.Isayev nomlari bilan bog’liq.
Qardosh Ozarbayjon Respublikasida ham toponimika sohasida katta yutuqlar qo’lga kiritilgan. Toponimlarni va geografik atamalarni yig’ish hamda o’rganish bo’yicha R.M.Yuzbashev,Respublikaning shimoliy rayonlari toponimlarini tadqiq qilishda S.M.MulIazoda, g’arbiy ra-yonlar toponimiyasini o’rganish bo’yicha A.A.Aliev, toponimikaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda Tj^Axmedovning xizmatlari katta.