Masafalari raajmuidan bahs etadi



Download 4,7 Mb.
bet9/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145
Bog'liq
Топонимика

TOPONIMIK FORMANTLAR, TIPLAR VA MODYELLAR
Geografik nomlar tarkibida bir xil elementlarning takrorlanishini olimlar allaqachonoq payqagan. Masalan, XII-XIII asrlarda ijod qilib, 10 jildlik «Mu'jam ul-buldon» («Mamlakatlar lug’ati»)ni tuzgan arab geografi va filologi Yoqut Hamaviy shahar-qishloqlarning nomlari tarki-bida keladigan obod unsuri fors tilida «aholi punkti» ma'nosini bildira-di, masalan, Asadobod «Asad qishlog’i» demakdir, deb yozgan edi.
Bundan bir yarim asrdan ko’proq muqaddam rus tilshunosi akademik A.X.Vostokov Rossiya suv obyektlari nomlarining oxirida keladigan - ga, -ma, -va, -ra, -ta kabi bo’g’inlar takror-takror uchrashiga e'tibor bergan edi.
Rus olimi A.Orlov ham (1907) Rossiyaning Yevropa qismidagi daryolarni nomlaridagi oxirgi qo’shimchalariga qarab bir necha gu-ruhga bo’lgan. Keyinchalik olimlar ana shunday bir xil qo’shimchalar bilan tugaydigan qatorlarni aniqlash uchun ularning oxirgi qo’shimchalariga ko’ra teskari lug’atlarni tuzishgan. Ana shunday qo’shimchalar qandaydir ma'noga ega bo’lsa kerak deb o’ylab, ularni formant yoki topoformant deb atay boshladi.
Toponimlarni formantlarga qarab o’rganish sohasida keyingi o’n yilliklarda katta ishlar qilindi. Bu usulning ko’pgina tarafdorlari uni juda muhim va ishonchli usul deb hisoblaydi. Bunday olimlarning fikrlariga ko’ra, nomlar tarkibida ko’plab takrorlanadigan elementlar bir xil ma'noni anglatadi va aholining ko’chib yurishi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi. Chunki bir yerdan ikkinchi yerga ko’chib borgan xalq joylarga o’zi bilgan va tanish bo’lgan modellar asosida nom beradi.
Chunonchi, Zarafshon vodiysida kat (kass), kent (kand) kom-ponentli toponimlar keng tarqalgan, shu bilan birga bu komponent butun o’rta Osiyoda va hatto Xitoy Xalq Respublikasining Shinjan viloyatida ham uchraydi. Olimlar kat (kass) va kent (kand) aslida sug’dcha bir so’zning sheva shakli ekanligini aniqlashdi. Bu esa sug'dlar ancha ko’p sonli xalq bo’lgan va sug’d tili milodning dastlabki asr-
larida ancha sharqqa — Yettisuvga va Sharqiy Turkiston vohalariga kirib borgan degan fikrni isbotlaydi. Chunki sug’dlar o’rta dengizning sharqiy sohili bilan Xitoyni bog’lagan «Buyuk ipak yo'li» yoqasida bir qancha savdo manzillari (jamoalari) barpo qilganlar.
Masalan, o’sha davrda Samarqand nomi ham ko’chib yurgan. XIII asrdayoq Yettisuvda Samarqand shahri bo’lgan, Qozog’istondagi Temirtov shahri 40-yillargacha Samarqand deb atalgan, o’rta asrlarda Movarounnahrning janubi-sharqida Samarqandak nomli katta qishloq boigan. Farg’ona vodiysida bir necha qishloq Samarqand deb atalgan. Qirg’iziston Respublikasi Batken viloyatining Batken tumanidagi Samarqandiq qishlog’ini «Hudud ul-olam» asarida tilga olingan Sa-marqandak qishlog’i bo’lsa kerak deb hisoblaymiz. Chunki qishloq ahli tojiklar bo’lib, uni Samarqandak deb ataydilar. Bular hammasi sug’dlarning «ijodi» oqibati edi. Zarafshon vodiysida duvon-juvon (tuvon) unsuridan tarkib topgan nomlar anchagina bo’lgan: Buzun-duvon, Qoqishtuvon, Pinjduvon, Ovurduvon va hokazo Shimoliy Qirg’izistondagi Juvan, Xarranjuvan ham sug’diylar obod qilgan
shaharlar boigan.
o’rta Osiyoda, xususan o’zbekiston bilan Tojikistonda sermahsul formantlardan biri - iston qo’shimchasidir. Bu komponent mam-lakat, o’lka nomini yasaydi yoki biron narsaning ko’p ekanligini bildiradi. Afg’oniston — «Afg’onlar mamlakati», o’zbekiston — «O'zbeklar mamlakati», Tojikiston — «Tojiklar mamlakati», Gulis-ton — «Gullar maskani», Registon — «qumloq» (Afg’onistonda Registon degan qumli choi bor) kabi. o’rta Osiyo shaharlarida, jumladan, Buxoro, Samarqandda qum to’shab tekislangan markaziy maydon (ko’pincha bozor) Registon, o’zbekcha varianti Qummaydon deb atalgan. Respublikamizda Anoriston, Shaftoliston, Xariston («Tikanzor») degan qishloqlar ma'lum.
o’rta Osiyoda (jurnladan Xorazmda, Turkmanistonda) Shahris-ton nomli bir necha shahar bo’lgan. Shahriston fors-tojik tilida «ichki shahar» degan ma'noni anglatadi (arabcha — madina). Bu atama o’rta Osiyoga arablar kelmasdan oldin paydo bo’lgan. o’sha davrlarda sha-harlar devorlar bilan ichki (markaziy) qismga, ya'ni shahristonga va tashqi qismga (rabod — raboz yoki berun) bo’lingan.
Rossiyada geografik nomlarni formantlarga qarab o’rganish usulining afzalliklari ayniqsa V.N.Toporov bilan O.N.Trubachevning Yuqori Dnepr bo'yi gidronimlarining lingvistik tahliliga bag’ishlangan asarida
namoyon bo’ldi. Keyinchalik O.N.Trubachevning shu tipdagi tad-qiqoti o’ng sohil Ukraina gidronimlariga bag’ishlandi. Bu asarlarda formantlar bilan bir qatorda toponimlarning yasalish shakllariga va daryo nomlarining etimologik tahliliga ham katta o’rin berilgan.
Bu misollar shuni ko’rsatadiki, toponimlar muayyan qonuni-yatlarga ko’ra paydo bo’ladi. Bunday qonuniyatlar nom yasashda ish-tirok etadigan so’zlarning ma'naviy jihatdan o’xshash ekanligida ham, grammatik jihatdan tuzilishida, ya'ni ularning qaysi gap bo’laklari sifatida ishtirok etishida ham, nihoyat, toponimlarning tuzilishida geografik nomlarni hosil qilishda ko’proq ishtirok etadigan so’z bo’laklarining tarkibida ham ko’rinadi.
Masalan, ruscha toponimlar orasida ikki va undan ortiq so’zdan tarkib topgan nomlarga nisbatan bir so’zdan iborat nomlar ko’proq uchraydi. Bir so’zdan iborat toponimlar, odatda, otlar va kamdan-kam hollardagina sifatlar shaklida bo’ladi. Shunday qilib, geografik nomlar muayyan qoliplar shaklida hosil bo’ladi. Ana shular topo-nimik modellar deyiladi. Har bir til toponimlar hosil qilishda o’z xususiyatlariga va toponimik modellarga ega. Masalan, o’zbek topo-nimlari ko’pincha birdan ortiq unsurlardan iborat bo’ladi, qo’shimchalar o’zakdan keyin keladi, sifat otdan oldin turadi. Tojik tilida aksincha bo’lishi, ya'ni otdan keyin fe'l ham kelishi mumkin. Biron bir joyning toponimlari ro’yxatida, ko’pgina geografik xarita-larda bu qonuniyat yaqqol ko’rinadi.
Aslida mantiqsiz, pala-partish so’zlar majmuidan iboratday tu-yuladigan qadimiy toponimlar diqqat bilan ko’zdan kechirilsa, ul-arning shaklan va mazmunan bir-birlariga o’xshash ekanligini payqash mumkin. Bunday nomlar boshqalardan ozmi-ko’pmi ajralib turadi-gan guruhlar, ya'ni toponimik tiplar hosil qiladi. Har bir guruhga kiradigan toponimlar grammatik tuzilishi, kelib chiqishi va ma'nosining umumiyligi bilan farq qiladi.
Chunonchi, jumladan ruscha toponimik tizimi uchun orqa qo’shimchalar, ya'ni suffikslar (-ov, -in, sk, -ich, -ka, -ichi va b.) xarakterlidir.
o’zbekistonda - li (Alamli, Olmali, Burganli, g’umayli, Ma-chitli); -lik (Andijonlik, Pistalik, Zargarlik, Qo'qonlik);-/o^ Qumloq,Toshloq,Sangloq); -ak (Xumdonak, Hisorak, Zovurak, Ho-vuzak); -cha ("Quduqcha, Buloqcha, Qoracha, Naymancha) qo’shimchali toponimlar toponimik ti plarga misollar bo’la oladi.
Maxsus lingvistik adabiyotlarda toponimik tip deb ba'zan muayyan toponimik yasalish modeli, ayrim hollarda formant ham tushuniladi. Biroq toponimiktip deganda grammatik shakl bilan bir qatorda so’zning ma'nosini tushunish maqsadga muvofiqdir. Ana shunda har bir joy, har bir tarixiy davr va har bir til uchun o’zining toponimik tiplari aniq ko’rinadi.
Toponimik tip model va formantga nisbatan xususiy tu-shunchadir. Birgina toponimik model bir necha toponimik tipni qamrab olishi mumkin. Shu bilan birga ba'zan toponimik tiplar bir model doirasidan chiqishi, model va formant lingvistik tu-shunchalar bo’lsa, toponimik tip kompleks tushuncha bo’lib, toponimikaning barcha aspektlarini o’z ichiga oladi.
Biron hududda ko’p uchraydigan toponimik tiplarda geografik landshaftning xususiyatlari (qum, jar, qir, buloq, quduq) ham, muay-yan tarixiy davrning xarakterli alomatlari ham (vaqf-vaqim, yom-jom, chek) o’z aksini topgan. Morfologik-semantik tiplar ajratilsa, har bir joy toponimiyasining o’ziga xos xususiyati yaqqol ko’rinadi. Demak, toponimik model toponimik tipdan farq qilib, toponimlarning tuz-ilishini bildiradi. Masalan, ot-ot: Qo’rg’ontepa, Toshquduq, Jarbu-loq; sifat-ot: Oqdaryo, Qoraqum, Yangibozor; son-ot: Uchquduq, Beshariq, Qirqqiz; ot-fe'1: Qizketgan, Suvyorvan, Qumbosti va hokazo.
Toponimik formant va toponimik modelga ikkita qo’shimchadan iborat misollar keltiramiz.
XONA So’ZLI TOPONIMLAR
Xona so’ziga «o’zbek tilining izohli lug’ati»da «Uy yoki binoning devor bilan ajratilgan har bir alohida qismi, boima» deb ta'rif berilgan. Aslida forscha-tojikcha bo’lgan xona so’zidan biron narsa turadigan, saqlanadigan joy ma'nosidagi ko’plab so’zlar yasalgan: choyxona, oshxona, otxona va hokazo.
Toponimiyada xona so’zining funktsiyasi keng. Biron xalq yoki qabila — urug’ yashaydigan qishloq nomlariga ham xona so’zi qo’shilgan. Zarafshon vodiysida arablar yashaydigan Arahxona degan qishloqlar ko’p. Bular juda qadimiy aholi punktlaridir. Chunki arablarning ancha qismi o’rta Osiyoga VIII-IX asrlarda, bir qismi esa keyinroq kelgan. Bu affiks o’zbek urug’lari yashagan qishloq nomlariga ham qo’shilgan: Bahrinxona, Do’rmonxona, Uyshunxona, Urganjixona va boshqalar.
Xona qo’shimchasi «biron narsa ko'p» degan ma'noni ham angla-tadi: Bo’rixona- «Bo’ri ko’p joy», Jayraxona — «Jayra ko’p joy», Jayronxona — «Jayron ko’p joy», Laylakxona — «Laylaklar maska-ni». Surxondaryo viloyati Temirdarvoza darasining mahalliy nomi Bo’zg’olaxona — «Yowoyi echkilar maskani» bo’lgan.
Boyovut tumanida Sherxona degan qishloq bor. Sher, ya'ni ars-lon Afrikada, Osiyoning ba'zi joylarida (Arabiston, Eron, Hindis-tonda) yashaydi. o’zbekistonda esa uchragan emas. Demak, Sherxona «Sher urug’i vakillari yashaydigan qishloq» demakdir.
Shunday qilib, xona «devor bilan bo’lingan bo'lma»gina emas, o’zining «biron xususiyati bilan ajralib turadigan joy» ma'nosini ham anglatadi. Bu so’zning ana shu xususiyatidan foydalanib, zapovednik so’zi o’zbekchada qo’riqxona deb yuritilgan. Hozir o’zbek tilidagi darsliklarda va rasmiy hujjatlarda ham bu so’z keng ishlatilmoqda. Bu so’zni bizdan turkmanlar ham qabul qilishdi.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish