1. Gapning shakliy tuzilishi.
2. Gap bo‘laklari.
3. Gap bo‘laklarining shakliy va mazmuniy tuzilishi.
4. Gap bo‘laklarining darajalanishi.
Har bir gapda ma’lum ob’ektiv mazmun ma’lum moddiy vositalar – sintaktik shakllar
vositasida ifodalanadi. Gapning ana shu moddiy ifodalanish tomoni uning sintaktik tuzilishi
Sintaktik birlik hisoblangan gapning shakliy tuzilishi jihatidan quyidagicha bo‘linishi
Bularning birinchi guruhi an’anaviy gap bo‘laklari hisoblanadi. Gap bo‘laklari o‘z shakliy,
mazmuniy tuzilishiga ega bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munosabat mavjud. Ana shu munosabat
Tobe aloqa tarkibida muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik shakl gap
bo‘lagi sanaladi. Gap bo‘lagi gapning boshqa bo‘laklari bilan o‘zaro grammatik bog‘langan,
uzviy munosabatga kirishgan organiq qismdir. Gap bo‘lagi bilan gap orasidagi munosabat qism
Har qanday gap bo‘lagi shakliy jihatdan moddiy asos (morfologik shakl) va sintaktik
vaziyat (sintaktik shakl) qarama-qarshiligi va birligidan iborat. Morfologik shakl sintaktik
shaklning vujudga kelishi uchun asos bo‘ladi. Morfologik shakl moddiy asos bo‘lsa, sintaksis
shakl uning vazifasidir. Morfologik shakl ma’lum bir sintaktik shaklning ichki tomonini
ko‘rsatadi. Sintaktik shakl birlashtiruvchilik, morfologik shakl esa farqlovchilik xususiyatga
ega. Ya’ni ma’lum sintaktik shakl bir necha morfologik shakllarni birlashtirish asosida
maydonga keladi.
Gap bo‘lagi mazmuniy jihatdan ham bir necha unsurlardan tashkil topgan butunlikdir: u,
bir tomondan, borliqdagi narsa va hodisalar, harakat-holatlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarni
aks ettiradi, ikkinchi tomondan, gap tarkibida ishtirok etib, boshqa ma’noga munosabatda
bo‘ladi.
Sintaktik ma’no morfologik ma’nolar asosida vujudga keladi. Morfologik ma’no sintaktik
ma’noning mundarijasini belgilaydi. Sintaktik ma’no esa jumla tarkibida boshqa sintaktik ma’no
bilan munosabatda vujudga keladi.
Sintaktik ma’no bilan morfologik ma’no o‘zaro bog‘liq, biri ikkinchisisiz yashay olmasa
ham, lekin ular bir hodisaning ikki tomoni bo‘lganligidan har qaysisi butun ichida ma’lum
mustaqillikka ega bo‘ladi. Sintaktik ma’no morfologik ma’noga nisbatan umumiylik (invariant)
bo‘lsa, morfologik ma’no sintaktik ma’noga nisbatan xususiylik (variant) bo‘ladi.
Gapning bo‘laklari gapni tashkil qilishgdagi, uning strukturasidagi rollariga qarab, ikki xil
bo‘ladilar: bosh bo‘laklar va ikkinchi darajali bo‘laklar.
Gapning tuzilish asosini tashkil etgan gap bo‘laklari bosh bo‘laklar hisoblanadi. Gapning
tuzilish asosini ega va kesim munosabati tashkil etadi. Gapdagi qolgan bo‘laklar odatda bu ikki
bo‘lakdan biriga bog‘lanadi. Bu ikki bo‘lakka bog‘langan elementlar shu bo‘laklarga tobe
bo‘ladi.
Ikkinchi darajali bo‘laklarning vazifasi bosh bo‘laklarni aniqlash, ulardan anglashilgan
fikrni to‘ldirib kelishdir. Ikkinchi darajali bo‘laklar egani, kesimni aniqlab keladi yoki bir
ikkinchi darajali bo‘lak boshqasini aniqlab keladi. Shunda ham aniqlangan, ya’ni bosh
bo‘lakning biriga bog‘lanadi. Ikkinchi darajali bo‘laklarga to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol kiradi.
Gapning bosh bo‘lagidan biri bo‘lgan ega gapda kesim orqali ifodalayotgan belgi
predmetini anglatuvchi bo‘lakdir. Ega fikr sub’ektini, nutq predmetini bildiradi. Bunda predmet
keng ma’noda (narsa shaxs, voqea-hodisa, belgi, xususiyat, harakat, holat va boshqalar)
tushuniladi.
Ega kim? nima? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. Ega gapda absolyut hokim bo‘lak
sanaladi. U o‘z tarkibiga hokim bo‘lish bilan birga, kesim tarkibiga ham hokimlik qiladi. Bu
nuqtai nazar gapning nominativ tomonini aks ettiradi. Bunga muvofiq, substantiv so‘zlardan
ifodalangan ega fikr predmetini, absolyut aniqlanmish sanaluvchi gap bo‘lagini bildiradi.
O‘zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni uyushtiruvchi va shakllantiruvchi markaziy
bo‘lak kesimdir. Kesim gapning markaziy bo‘lagi bo‘lganligidan gapning butun tavsifi-
grammatik kategoriyalari:
tasdiq-inkorlik, shaxs
(personallik), zamon
(temporallik),
kommunikativ maqsad va hokazolar kesimga qarab belgilanadi.
Kesim predikativ shakliga ega bo‘lganligi uchun, u gapda boshqa bo‘laklarga nisbatan
emas, balki bavosita belgilanadi. Gapning yangi axborot tashuvchi qismi ham kesim sanaladi.
Kesim shakliy jihatdan morfologik va sintaktik shakllardan tashkil topgan butunlikdir.
Uning morfologik shakllari invariant shakl bo‘lgan sintaktik shaklning turli variantlari sifatida
namoyon bo‘ladi.
Kesim quyidagi morfologik shakllarda aks etadi:
Fe’l shakllarida:
Qor allaqachon erib ketgan, ammo hali bahor kirmagan. (O‘.H.)
Bosh kelishikdagi ot shaklida: Siz yaxshi odamsiz. (O‘.H.)
Vosita kelishikdagi ot shaklida: - Manavinisi sarig‘idan. (O‘.H.)
Sifat shaklida: Ko‘pchilikning haqi yetim haqidan yomon. (Maqol)
Ravish shaklida: Ish ko‘p, kun qisqa...(A.Q.)
Olmosh shaklida: Biz tinchlikni istaymiz; yaxshi niyatli kishilarning ahdi-shu
(Gazetadan).
Son shaklida: Berishda sanog‘i-to‘qqiz, olishda sanog‘i o‘ttiz (Maqol).
Undov shaklida: Orqada qolganlarning hayotiga voy! (U.)
Modal shaklida:
Halq orzusini amalga oshirishdan kattaroq baxt bormi? (O.)
Bu morfologik shakllar kesim sintaktik shaklining paradigma a’zolari sanaladi va
invariant shakl ana shunday paradigma a’zolarining biri orqali ro‘yobga chiqadi.
Kesim morfologik shakliga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1) bevosita kesim vaziyati uchun xoslangan morfologik shakllar – fe’l kesimlar;
2 ) bilvosita kesim vaziyatida keladigan morfologik shakllar – ot kesimlar.
Fe’l va uning xoslangan shakllarining kesim sintaktik shaklli vaziyatida kelishi fe’l kesim
sanaladi.
Fe’l kesimning xarakterli belgisi shuki, bevosita kesimlik shakllarini olib, ega bilan
sintagmatik munosabatga kirishadi. Masalan, Ho‘roz qichqirdi.
Morfologik shakli fe’ldan boshqa shakllardan bo‘lgan kesim vaziyatidagi sintaktik shakl
ot kesim sanaladi.
Ot kesim ham shakl va ma’no birligidan tashkil topgan butunlikdir.
Ot kesim morfologik va sintaktik shakl munosabatidan tashkil topgan shakliy butunlikdir.
Ot kesim vaziyatidagi sintaktik shakl bir butun sifatida quyidagi morfologik shakllarni
birlashtiradi:
a) bosh kelishikdagi ot yoki olmosh: O‘zbekistonning poytaxti –
Do'stlaringiz bilan baham: