Маърузалар матни



Download 496,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/63
Sana16.07.2021
Hajmi496,67 Kb.
#120657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
nozirgi ozbek adabiy tili

 

Tayanch tushunchalar 

  

Sintaksis,  sintaktik  aloqa,  sintagmatik  munosabat,  paradigmatik  munosabat,    atributiv 

munosabat, 

ob’ektli 

munosabat, 

relyativ 

munosabat, 

sub’ektli 

munosabat, 

koordinatsiya,subordinatsiya. 

 

Savol va topshiriqlar 

 

 

1. Sintaksis nima? 

          2. Asosiy sintaktik birliklar qaysilar? 

          3. Sintaktik qurilma nima? 

          4. Shakliy sintagmatik munosabat haqida gapiring. 

          5. Mazmuniy sintagmatik munosabat  necha turiga bo‘linadi?. Misollar orqali tushuntirib 

bering. 

 

 

 

2-Mavzu.  So‘z birikmasi  

            

 

                                                         R   e   j   a:  

 

 

1. So‘z birikmasi va ularning nopredikativ aloqa asosida hosil bo‘lishi. 

          2. Valentlik. 

          3. So‘z birikmasi va qo‘shma so‘zlarning o‘xshash hamda farqli tomonlari. 

          4. So‘z birikmasi va gapning o‘ziga xos xususiyatlari. 

          5. So‘z birikmasi va sintagma. 

          6. So‘z birikmasi tasnifi. 

 

 



So‘z  birikmasi  sintaksisning  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  bunda  so‘zlarning  o‘zaro  aloqaga 

kirituvchi  vositalar,  so‘zlarning  o‘zaro  bog‘lanish  usullari,  so‘z  birikmalari  va  ularning  turlari 

o‘rganiladi. 

           O‘zaro  grammatik  va  mazmuniy  jihatdan  bog‘lanib,  ob’ektiv  borliqdagi  narsa  va 

hodisalarning nomini bildiruvchi sintaktik birlik so‘z birikmasi sanaladi. So‘z birikmasi ma’lum 



gap bo‘laklarining kengayishidan hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham har qanday so‘z birikmasi til 

birligi bo‘lgan so‘zning kengayish modelining nutq bosqichida yuzaga chiqish imkoniyatlaridan 

biri hisoblanadi. So‘z birikmasi hosil qilish uchun kamida ikkita mustaqil ma’noli so‘z bo‘lishi, 

shu  so‘zlarga  grammatik-semantik  jihatdan  erkin  munosabatga  kirisha  olish,  hosil  bo‘lgan 

birikma ochiq qurilmani tashkil etishi, nominativ vazifa ifodalashi kerak. 

          So‘z  birikmasi  doim  ikki  qismdan:  hokim  va  tobe  qismdan  iborat  bo‘ladi.  Kengayuvchi 

bo‘lak  hokim,  kengaytiruvchi  bo‘lak  esa  tobe  sanaladi.  Tobe  qism  hokim  qism  talab  qilgan 

grammatik shaklda keladi. 

          So‘z birikmasi bir so‘zning boshqa so‘zga qo‘shilishi  imkoniyatiga-valentligiga tayanadi. 

So‘z  birikmasi  hokim  so‘z  valentligining  yuzaga  chiquvidan,  uning  imkoniyat  tarzidagi  bo‘sh 

o‘rinlarining to‘ldirilishidan vujudga keladi. So‘zning uch xil valentligini ajratish mumkin:  

 

1) sintaktik valentlik: 



          2) semantik valentlik: 

          3) leksik valentlik. 

           Hokim so‘zning grammatik shakli talab etgan valentlik sintaktik valentlik sanaladi. 

 

Semantik valentlik so‘zlarning ma’noviy bog‘lanish imkoniyatidir. 



          Leksik  valentlik  bir  xil  nominativ  ma’noga  ega  bo‘lgan  so‘zlarning  boshqa  so‘zga 

bog‘lanishida tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishidir. 

          So‘z birikmasi so‘z, qo‘shma so‘z, sintagma, turg‘un birikma (frazeologizm) va gaplardan 

farq qiladi. 

           Qo‘shma  so‘zlar  tilda  sodda  so‘zlar  kabi  vazifalarni  bajaradilar,  biror  tushunchani 

reallashtirish  uchun  xizmat  qiladilar.  Lekin  tilda  qo‘shma  so‘zlarning  paydo  bo‘lishini  sodda  

so‘zlarning paydo bo‘lishi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.  

            Qo‘shma so‘z va so‘z birikmalarini quyidagi belgilariga ko‘ra farqlash mumkin: 1) so‘z 

birikmalari  komponentlari  o‘rtasidagi  barcha  shakliy  chegaralar  saqlanadi,  qo‘shma  so‘z 

komponentlari  o‘rtasida  esa  bu  chegaralar  yo‘qalib  ketadi.  2)  qo‘shma  so‘zlar  bir  butunligicha 

bir  yaxlit  ma’no  bildirsalar  ham,  lekin  uning  komponentlari  –  so‘zlarning  har  biri  o‘z  leksik 

ma’nolarini to‘liq saqlaydilar. 3) qo‘shma so‘zlar ham, so‘z birikmasi ham tilda nominativ vosita 

hisoblanadi.  Lekin  qo‘shma  so‘z  bir  sodda    tushunchani  reallashtirsa,  so‘z  birikmasi  tarkibiga 

kiruvchi  har  bir  so‘z  butunligicha  bir  so‘z  turkumiga  kiradi.  So‘z  birikmalari  butunligicha  bir 

so‘z  turkumiga  hech  qachon  munosib  bo‘lmaydi.  5)  qo‘shma  so‘z    butunligicha  ifodalagan 

ma’nosiga  ko‘ra  tasnif  qilinadi:  qo‘shma  ot,  qo‘shma  fe’l  kabi.  So‘z  birikmalari  esa  uning 

asosini, yadrosini tashkil etuvchi bosh so‘zning qanday so‘z turkumiga mansubligiga ko‘ra tasnif 

qilinadi:  otli  birikma,  fe’lli  birikma  kabi.6)  qo‘shma  so‘zlar  butunligicha  bir  mantiqiy  urg‘uga 

ega. So‘z birikmalari komponentlarining har biri mantiqiy urg‘u olishi mumkin. 7) qo‘shma so‘z 

komponentlarining  tartibi  qat’iy  bo‘lib,  ular  o‘rnini  almashtirish,  boshqa so‘z  kiritish mumkin. 

So‘z  birikmalari  erkin  sintaktik  birikmalar  bo‘lganiligi  uchun  komponentlari  o‘z  o‘rnini 

istaganicha  o‘zgartirishi,  ular  orasiga  boshqa  so‘zlarni  kiritish  mumkin.  8)  qo‘shma  so‘zlar 

barcha so‘zlar kabi ikki ma’noga – leksik va grammatik ma’noga ega. So‘z birikmalarida bunday 

xususiyat yo‘q. 

Gap tuzish modellari, so‘z birikmasi modellari kabi, til birligi bo‘lib, aniq so‘z birikmasi 

kabi,  aniq  gap  ham  nutq  birligi  hisoblanadi.  So‘z  birikmasi  nominativ  kategoriya  bo‘lsa,  gap 

kommunikativ kategoriyadir. 

Struktura va mazmun jihatidan bir butun bo‘lgan gapning qismlari talaffuzda qisqa pauza 

bilan ajralib turadi. Bunday qismlar sintagma sanaladi. 

Sintagma  so‘zlovchi  nuqtai  nazaridan  baholanayotgan  voqelikning  kichik  bir  bo‘lagini-

ma’lum  nutq  tarkibida  aks  ettiruvchi  semantik-sintaktik  birlikdir.  Sintagma  nutq  tarkibidagi 

intonatsiya bilan ajratiladigan parchadir. 

 Bu nutqiy parcha intonatsion jihatdan yaxlit ikki va undan ortiq so‘zdan, grammatik va 

semantik  shakllangan  bir  so‘zdan  ham  iborat  bo‘ladi.  So‘z  birikmasining  sintagma  bo‘lgan 

munosabati va farqlovchi belgilari quyidagilardan iborat: 



 1)  muayyan  ritmik  urg‘u  va  pauza  yordamida  reallashtiruvchi  sintagma  nutq-gapirish 

jarayoni bilan bog‘liq bo‘ladi, so‘z birikmasida bunday xususiyat mavjud emas. 2) sintagmalar 

nutq  jarayonida  bir-biridan  ajraladi,  ko‘p  vaqt  o‘zining  hajmi  va  chegrasi  e’tibori  bilan  gapga 

ham,  so‘z  birikmasiga  ham  mos  kelmaydi.  3)  sintagma  birgina  so‘zdan  va  ko‘makchili 

birikmalardan iborat bo‘lishi mumkin, so‘z birikmasida esa bu xil xususiyat yo‘q. 4) har qanday 

sintaktik hodisa sintagmatik kategoriyaga taalluqli bo‘ladi. Bog‘lanishning tobelanish yo‘li bilan 

birikkan turigina so‘z birikmasida o‘rganiladi. 5) sintagmani tashkil qilgan komponentlar yonma-

yon  turmog‘i  shart,  so‘z  birikmasiga  bunday  qoidani  berib  bo‘lmaydi.  6)  so‘z  birikmasida  

doimiy ish ko‘ruvchi grammatik qolip mavjud, sintagmatik bo‘linishda bunday qolip bo‘lmaydi. 

So‘z  birikmalarining  tarkibini  belgilashda  uning  tarkibiga  kirgan  barcha  so‘zlarning 

miqdorigagina  qarab  emas,  o‘sha  so‘zlarning  shu  so‘z  birikmasi  hajmida  bajargan  vazifasiga 

ham qaralishi kerak.  

So‘z  birikmalari  ikki  yoki  undan  ortiq  leksik  ma’noga  ega  bo‘lgan  so‘zlarning  leksik-

semantik  va  grammatik  jihatdan  munosabatga  kirishidan  paydo  bo‘luvchi  va  predmet,  voqea-

hodisa, belgi, turli jarayonlarning murakkab nomlarini ifodalovchi til birligidir. 

 So‘z  birikmalari  tarkibidagi  komponentlarning  bog‘lanishi  xarakteri,  strukturasi  va 

hokim komponentning ifodalanishiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. 

 So‘z  birikmalari  komponentlarining  ma’no  jihatdan  birikish  darajasiga  ko‘ra  ikki  xil 

bo‘ladi. 

1. Turg‘un birikmalar. 

2. Erkin birikmalar. 

Tilda  bir  qolipda,  bo‘linmaydigan  holdagi  so‘z  birikmalari  turg‘un  birikma  sanaladi. 

Turg‘un  birikmalar  ikki  guruhga  bo‘linadi:  a)  murakkab  so‘zlar:  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi,  Andijon  davlat  universiteti  kabi;    b)  frazeologizmlar:  tepa  sochi  tika 

bo‘lmoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq kabi. 

So‘z birikmalari tuzilishiga ko‘ra ham ikki xil bo‘ladi: 

  1. Sodda so‘z birikmalari. 

  2. Murakkab so‘z birikmalari. 

Sodda  so‘z  birikmalari  ikki  mustaqil,  to‘liq,  ma’noli  so‘zlarning  leksik-semantik  va 

grammatik  jihatdan  birikuvidan  paydo  bo‘ladi  va  bir  butun  murakkab  ma’noni  ifodalaydi:  qizil 



kitob, mening oilam, yaxshi qiz, ishga bormoq kabi. 

Murakkab so‘z birikmalari uch va undan ortiq so‘zlarning leksik-semantik va grammatik 

jihatlardan  o‘zaro  aloqaga  kirishishlaridan  iborat.  Murakkab  so‘z  birikmalari  sodda  so‘z 

birikmalarining  kengayishidan  yuzaga  keladi:  bayroq  –  yashil  bayroq,  yangi  yashil  bayroq, 



xilpirayotgan yangi yashil bayroq. 

So‘z birikmalari hokim komponentlarning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganliga ko‘ra 

quyidagilarga bo‘linadi: 

1. Otli so‘z birikmalari. Buning hokim bo‘lagi vazifasida quyidagi so‘z turkumlari kiradi: 

    a) ot keladi: katta bino, ko‘p odam. 

    b) olmosh keladi: boradigan hech kimim

    v) otlashgan sifat keladi: jangda zo‘ravon

    g) sifatdosh keladi: g‘olib chiqqanlar mukofotlandi.  

2. Fe’lli so‘z birikmalari. Buning hokim bo‘lagi vazifasida fe’l, ravishdosh keladi. 

     a) sof fe’l keladi: tez o‘qidi.      

     b) ravishdosh keladi: Nargiza dam olib keldi 

         3. Ravishli so‘z birikmalari. Hokim bo‘lak vazifasida ravish keladi. O‘tloqda bedana ko‘p, 

dangasada bahona ko‘p

          4. Sifatli so‘z birikmalari. Hokim bo‘lak vazifasida sifat keladi. Uyat o‘limdan qattiq. 

          5. Modal so‘z birikmalari: O‘zigda yo‘q, olamda yo‘q. 

          6. Undovli so‘z birikmalari:  Shu dam qulog‘imga qal’a tomonidan eshitilar zaif oh. 



          So‘z  birikmasi  paradigmasida  bosh  shakl  so‘z  birikmasini  shakllantiruvchi  so‘z 

turkumining bosh shakli hisoblanadi. So‘z birikmalari paradigmasining eng murakkabi fe’lli so‘z 

birikmalaridir. Eng ozi ravishli so‘z birikmasidir.               

 

Xullas,  so‘z  birikmasi  borliqdagi  predmet  va  hodisalar  o‘rtasidagi  ma’lum 



munosabatlarni aks ettiruvchi ikki mustaqil so‘zning o‘zaro grammatik va mazmuniy birikuvidan 

iborat. 


 

  Tayanch tushunchalar 




Download 496,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish