Маърузалар матни


-Mavzu. Gap va uning muhim belgisi



Download 496,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/63
Sana16.07.2021
Hajmi496,67 Kb.
#120657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
nozirgi ozbek adabiy tili

 

3-Mavzu. Gap va uning muhim belgisi  

                                                         

 

R   e   j   a: 



 

 

        1. Gap sintaksisning asosiy birligi sifatida. 



                  2. Predikativlik. 

                  3. Gapning grammatik kategoriyalari. 

 

  

Bog‘li  nutqning  axborot  tashuvchi  eng  kichik  birligi  va  shunday  birliklarning 



uumumlashgan  namunasi  gapdir.  Sintaktik  sathning  asosiy  birligi  va  sintaksisning  asosiy 

o‘rganish ob’ekti gap hisoblanadi. 

         Gap  fikrni  shakllantirish,  ifodalash  va  bayon  qilishning  asosiy  vositasi,  muayyan  tilning 

qonun-qoidalari  asosida  shakllangan  sintaktik  birligidir.  Gapning  asosiy  funksional  belgisi 

kommunikativlik,  ya’ni  fikr  ifodalash  va  bayon  qilish  vazifasidir.  Til  kishilar  o‘rtasida  eng 

muhim  fikr  ifodalash  vositasi  ekan,  demak,  tilning  bu  vazifasini  yuzaga  chiqaruvchi  asosiy 

vosita gap hisoblanadi. 

 

So‘z  ham,  so‘z  birikmasi  ham  bu  vazifani  bajara  olmaydi.  Ularning  vazifasi  narsa  va 



hodisalar, belgi, harakatlarni nomlash, ya’ni nominativ vazifadir. 

           Gap  boshqa  sintaktik  birliklardan  predikativlik  belgisi  orqali  farqlanadi.  Gapni 

kommunikativ  birlik  sifatida  shakllantiruvchi  vosita  predikativlikdir.  Masalan,  Paxtalar  ochildi 

va  paxtalarning  ochilishi  qurilmalarining  axborot  hajmi  bir  xil.  Ular  faqat  shu  ob’ektiv 

mazmunni  qanday  ifodalashi  jihatdan  farq  qiladi.  Birinchisida  predikativlik  bor,  ikkinchisida 

yo‘q.  


 

Predikativlik  gapning  grammatik  ma’nosi.  U  gapning  shakllar  tizimidagi  qismlarga 

ajralmaydigan grammatik ma’nodir. 

          Predikativlik  shaxs  (son),  zamon,  mayl,  tasdiq-inkor  ma’nolari  va  bu  ma’nolarni 

ifodalovchi  shakllar  yig‘indisidan  iborat.  Grammatik  ma’noga  va  uni  ifodalovchi  shakllar 

tizimiga ega bo‘lgan har qanday eng kichik sintaktik birlik gap hisoblanadi. 




 

Sintaktik  qurilmaning  o‘zgaruvchan  unsurlari  orqali  ifodalanadigan,  modusga  kiruvchi 

ma’no sintaktik qurilmaning  grammatik  ma’nosi, ana shu ma’nolar va uni  ifodalovchi shakllar 

tizimi  gapning  grammatik  kategoriyalari  sanaladi.  Gapning  grammatik    kategoriyalari  ham 

grammatik ma’no (so‘roq, buyruq, darak, inkor va boshqa) va grammatik shakl birligidan iborat. 

           Predikativlik bir butunlik sifatida bir necha uzvlardan tashkil topadi va bu uzvlarning har 

qaysisi, o‘z navbatida, kichik kategoriyalarni hosil qiladi. 

            1. Gapning grammatik shaxs kategoriyasi. 

            2. Gapning grammatik zamon kategoriyasi. 

            3. Gapning grammatik tasdiq-inkor kategoriyasi. 

            4. Gapning modal kategoriyasi. 

Gapning  grammatik  shaxs  kategoriyasi  harakat  yoki  belgi  egasining  nutq  jarayoni 

ishtirokchilari  bilan  munosabatini  ifodalaydi.  Bu  kategoriya  fe’llarning  morfologik  shaxs 

kategoriyasi  asosida  vujudga  kelsa  ham,  lekin  u  bilan  teng  emas.  Sintaksis  shaxs  kategoriyasi 

morfologik  shaxs  kategoriyasidan  birmuncha  kengdir.  Chunki  sintaktik  shaxs  kategoriyasi  fe’l 

ishtirok etmagan gaplarda ham ifodalanadi. 

 

Sintaktik  shaxs  kategoriyasi  mazmun  jihatdan  olmoshlardagi  shaxs  kategoriyasi  bilan 



o‘xshashdir.  Sintaktik  shaxs  kategoriyasida  ham    I,  II,  III  shaxs,  noaniq  shaxs,  umumlashgan 

shaxs hamda shaxssizlikka ajratiladi. 

         Sintaktik  shaxs  kategoriyasini  ifodalashda  fe’lning  shaxs,  nisbat  shakllari,  olmoshlar 

xizmat qiladi.  

         Gap  orqali  ifodalangan  voqeaning  ma’lum  zamonga  munosabati  va  bu  munosabatni 

ifodalovchi  shakllar  tizimi  gapning  grammatik  zamon  kategoriyasi  sanaladi.  Fe’lning  zamon 

shakllari gapning zamon kategoriyasini ifodalashda asos bo‘ladi. 

 

Fe’lning grammatik zamon kategoriyasi fe’lning turli zamon shakllarini ajratsa, gapning 



grammatik  zamon  kategoriyasi  o‘z  tarkibida  fe’lning  turli  miqdordagi  zamon  shakllarini 

qo‘llashga imkon beradigan gapning turli tuzilmalarini ajratadi. 

 

Fe’lning zamon grammatik kategoriyasi a’zolari bir fe’lning turli zamon shakllari sanalsa



gapning  zamon  grammatik  kategoriyasi  a’zolari  o‘z  tarkibida  fe’lning  turli  miqdordagi  zamon 

shakllarining qo‘llanishiga imkon beradigan turli tuzilmalaridir. 

Gapning  kommunikativ  tomoni,  birinchidan,  so‘zlovchining  kommunikativ  niyatini, 

ya’ni shu gapdan ifodalangan ob’ektiv mazmun unsurlarining ahamiyatlilik darajasini belgilashni 

(aktual  bo‘laklarga  ajratish),  ikkinchidan,  darak,so‘roq,  buyruq  ifodalanishini  o‘z  ichiga  oladi.

 

Gapning  kommunikativ  kategoriyasi  gapning  ifoda  maqsadiga  ko‘ra  turlarini  ham  o‘z 



ichiga oladi. Gapning kommunikativ maqsadiga qo‘ra nutqiy aloqa turiga asoslanadi. So‘zlovchi 

o‘zining maqsadiga muvofiq keladigan  gap shakllarini tanlaydi.  Shunga ko‘ra,  gaplar quyidagi 

turlarga  bo‘linadi:  1)  darak  gaplar,  2)  so‘roq  gaplar,  3)  buyruq  gaplar,  4)  istak  gaplar.                     

Har qanday gapning uyushtiruvchi markazi kesim bo‘lganligidan gapning ifoda maqsaliga ko‘ra 

modellar ham kesim asosida ajratiladi. 

          Gapningifoda maqsadiga ko‘ra modellar tizimi kategoriyani hosil qiladi. 

          Invariant ma’no va invariant shakl asosidagi bu to‘rt xil gap uch belgi asosida bir-biridan 

farq qiladi: a) I shaxs axboroti, II shaxsni harakatga qo‘zg‘ash,  III modallik. 

          So‘roq  gap  axborot  bildirmaydi,  lekin  axborot  ifodalash  bilan  aloqadorlik  so‘roq  gapni 

darak va istak gaplar bilan yaqinlashtiradi. 

          Darak va so‘roq gaplar modeli modallik ifodalashga befarq bo‘lsa, buyruq va istak gaplar 

modallik  bilan  bog‘langan.  Buyruq  gapning  kesimi  buyruq  maylidagi  fe’llardan,  istak  gapning 

kesimi esa istak maylidagi fe’llardan ifodalanadi. 

 

Modallik gapning asosiy belgisi, gap mazmunining eng muhim qismidir. 



          Modallik  ostida gapning sub’ekt bilan bog‘lik bo‘lgan turli ma’nolari tushuniladi. Shunga 

ko‘ra, bu ma’nolarni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) ob’ektiv va 2) sub’ektiv modallik.  

          Ob’ektiv  modallik  bilish  akti  yo‘naltirilgan  ma’lum  bir  vaziyatdagi  mavjud  ob’ektiv 

aloqalar  xarakterini  aks  ettiradi  (mumkinlik,  haqiqiylik,  zaruriylik).  Sub’ektiv  modallik  gapda 

ifodalangan  ob’ektiv  mazmunga  so‘zlovchining  munosabaptini  ifodalaydi  va  modusga  kiradi. 



Sub’ektiv  modallik  kirish  so‘z  vazifasida  kelgan  maxsus  modal  so‘z  yoki  modal  vazifasidagi 

boshqa so‘zlar yordamida ifodalanadi. Sub’ektiv modallik orqali, o‘z navbatida, so‘zlovchining 

o‘z fikriga turli munosabatlari namoyon bo‘ladi: ishonch, tasdiq, gumon, achinish va boshqalar. 

Obe’ktiv modallik gapni shakllantiruvchi zaruriy belgilardan biri hisoblansa, sub’ektiv modallik 

ob’ektiv modallik ustiga qo‘yiluvchi qo‘shimcha  modallikdir. 

             

 

 


Download 496,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish