Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja


Islomdagi yo'nalishlar, mazhablar, oqimlar



Download 0,57 Mb.
bet80/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

Islomdagi yo'nalishlar, mazhablar, oqimlar.  Insoniyat murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonni
boshidan  kechirmoqda.  XXI  asr  mafkuralar  to'qnashuvi  asri  bo'lishini  idrok  etmoq  zarur,  bunda
"XXI  asrda  yadro  poligonlaridan  emas,  balki  mafkuraviy  poligonlardan  ehtiyot  bo'lishimiz,
mafkuraviy  immunitet  hosil  qilishimiz  lozim".  Shuningdek,  ''G'oyaga  qarshi  faqat  g'oya,  fikrga
qarshi  fikr,  jaholatga  qarshi  ma'rifat  bilan  bahsga  kirishmog'imiz,  kurashmog'imiz  kerak",  degan
so'zlarni  alohida  esda  tutishimiz  darkor.  Mustabid  tuzum,  jaholat  va  mutaassiblikka  chorlovchi
76

g'oyalarga  qarshi  milliy  istiqlol  g'oyasini  qo'ya  bilishimiz  zarur.  Milliy  istiqlol  g'oyasi  qanday


mazmun  kasb  etadi?  Avvalo,  milliy  istiqlol  g'oyasi  millatidan  qat'i  nazar  O'zbekiston
Respublikasting fuqarolarini tashkil etuvchi O'zbekiston xalqi (Konstitutsiya, 8-modda) manfaatini
ifoda etishini anglamog'imiz kerak. 
Milliy  istiqlol  g'oyasinint  bosh  maqsadi:  yurt  tinchligi,  xalq  farovonligi  va  kelajagi  buyuk
bo'lgan  davlatni  qurish.  Bu  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  asosiy  shart  barqaror  vaziyat.
Barqarorlikka qarshi bo'layotgan tahdidlar ichida eng xavflisi - mafkuraviy tahdid, uning sinashta
bo'lgan uslubi, ayniqsa, bizning xalqimizga qarshi qo'llaydiganlari - diniy omil hisoblanadi. 
Ana  shunday  sharoitda  mintaqada,  xususan,  O'zbekistonda,  o'z  ta'sirini  o'tkazishga  uringan
kuchlar  millatimiz  tabiatini  hisobga  olgan  holda  Islom  omilidan  g'arazli  maqsadlarda  foydalanish
harakatida  bo'ldilar.  Islom  dinining  sof  g'oyalari  niqobi  ostida  siyosiy  hokimiyatni  egallashga
intildilar.  Ya'ni,  Alloh,  Islom  kabi  so'zlarni  qo'shib  nomlangan,  eshitilishi  jarangdor  partiya,
tashkilotlar — "Islom uyg'onish partiyasi", "Hizbulloh" (Alloh partiyasi), "Hizb at-tahrir al-islomiy"
(Islom  ozodlik  partiyasi)  kabilarni  tuzib,  mavjud  konstitutsiyaviy  tuzumni  ag'darib  tashlab,  yaxlit
jug'rofiy hududda Islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar. 
Bu borada "Islom ta'limoti nima  deydi?"  degan o'rinli savol tug'iladi. Har  qanday  ta'limotni
uning asl manbalari orqali tushunish, o'rganish maqsadga muvofiqdir. Ana shu yo'ldan borib, Islom
dinida  fiqhiy  va  aqdsaviy  jihatdan  qanday  bo'linish,  ajralishlar  bo'lgani,  uning  sabablarini  ilmiy,
qiyosiy jihatdan o'rganish mazkur kursning bosh maqsadi hisoblanadi. 
Islomning lug'aviy ma'nosi "Buyuruvchining farmoni va taqiqiga e'tirozsiz bo'ysunish hamda
uni  buyurilgandek  bajarish",  demakdir.  Islomning  istilohniy  ma'nosi  Alloh  tarafidan  yuborilgan
barcha  payg'ambarlar  insonlarga  Islom  dinidan  ta'lim  berganlar.  Alloh  taologa,  Uning  sifatlariga,
oxirat  kuniga  payg'ambar  yo'llagandek  ishonish,  kitoblarini  tasdiqlab,  ular  ravshanlantirib  bergan
to'g'ri yo'ldan borish, Yaratganni yagona bilib, Undan boshqasiga ibodat qilmaslikdir. 
Shariat  -  to'g'ri  yo'lga  solmoq,  qonunchilik  yo'naltirmoq,  ibodat  yo'llari,  hayotiy  va  ijtimoiy
qoidalar, kishilar orasidagi munosabat va muammolar, halol bilan haromni ajratib bermoqdir.
Qur'on va sunnatning hukmlaridan olingan mana shu qonunlar fiqh ilmi, deyiladi. 
Istilovda  "fiqh"   "Alloh  taolo  o'z  payg'ambari  Muhammad  (S.A.V.)  orqali  nozil  qilgan
shariatni  teran  fahmlamoq"  ma'nosini  bildiradi.   "Fiqh"ning  shariat  istilohidagi  boshqa  ta'rifida
"Shar'iy dalillardan qar'iy hukmlar chiqarishdir", deyiladi. Bu ta'rifdagi "shar'iy dalil" Qur'oni karim
va  hadisi  sharifdir.   "Shar'iy  hukm"  esa  umumiy  hukmdan  kelib  chiqadigan  xususiy  fikrdir.
Shariatda shar'iy hukmlar asosan ibodat va muomalotlarda namoyon bo'ladi. Zamonlar o'tishi bilan,
Al-istinbat  -  chiqarib  olish,  sug'urib  olish  uslublari  shakllana  bordi.  Ijtihod  qilish  natijasida  qat'iy
dalolat qilib berilmagan hukmlar, fikrlar xususida ijmo - ya'ni, yetuk ulamolarning o'zaro kengashib
bir fikrga kelishlari taomilga kira boshladi. Shu tariqa qiyoslash orqali va yuqorida aytilganlar bilan
birga  yangi  bir  fan  -  usuli  fiqh  -  ya'ni,  musulmon  huquqshunosligi  vujudga  keddi.  Mazhab  so'zi
arabcha  “yo'nalish”  ma'nosini  bildirib,  Islom  atamashunosligida  biror  diniy  masala,  muammo
bo'yicha muayyan ulamo fikriga ergashish, "uning yurgan yo'nalishidan borish" (arabcha - zaxaba
'ala mazhabixi)ni bildiradi. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish