birligiga tahdidi. Islomda asosan ikki
yo
' nalish
: sunniylik (ahli sunna val jamoa - sunnat va
jamoat ahli) va shialik (shiat Ali - Ali tarafdorlari) mavjud bo'lib, ularning har birida turli masalalar
bo'yicha bir qancha mazhablar mavjuddir. Uchinchi yo'nalish xorijiylar (xavorij - ajralib chiqqanlar)
VII asrning ikkinchi yarmida deyarli bo'linib ketgan.
Sunniylik yo'nalishi "axri sunna val jamoa", deb ataladi va 4 ta fiqhiy mazhabdan iborat:
Hanafiy; Shofe'iy; Molikiy; Hanbaliy.
2 ta aqidaviy Ash'ariy; Moturidiy ta'limotiga amal qiladi.
Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari
Quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart:
1. Qur'oni karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi
bo'lsa, avvalo Qur'onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo'lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul
qiladi.
2. Sunnat - Muhammad (S.A.V.) qilgan ishlari va aytgan so'zlari. Hadislarga asosan hukm
chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarurdir.
3. Ijmo - bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga yetgan
ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir.
4. Qiyos - ya'ni, hukmi vorid bo'lmagan masalani Qur'on va hadisda, shunga o'xshash va
hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish.
Islomdagi yo`nalishlar. Siyosiy partiya, harakat, firqa va guruhlar. Aqidaviy ta’limotlar.
Fiqhiy mazhablar. Islomdagi ilk bo`linishlarning boshlanishi. Hokimiyat masalasidagi turli
fikrlar. Siffin voqeasi. Xorijiylik yo`nalishi va ta’limoti. Mo`’taziliylik asoschisi va
ta’limotlari. Shia yo`nalishining mazhab va ta’limotlari. Ismoiliya. Qarmatiylik ta’limoti va
harakatlari. Sunniylik aqidasi va mazhablari. Hanafiylik mazhabi. Tasavvuf yo`nalishi va
tariqatlari. Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya tariqatlari. Zamonaviy sufiylik ta’limotlari.
Moturidiya va Ash’ariya aqidaviy ta’limotlari.
Vahhobiylik harakatining kelib chiqishi. Vahhobiylikning Markaziy Osiyoda tarqalishi.
XX asrdagi islohotchilik harakatlari. Panislomizm, panarabizm, panturkizm tushunchalari.
Tablig` guruhi. Ixvonul muslimin tashkilotining tuzilishi, turli firqalarga bo`linishi. Hizbut
tahrirning shakllanishi, ta’limoti, maqsadlari. Nurchilik harakatlari, maqsadlari. Akromiylik
harakatlari va ularning ayanchli oqibatlari. Fundamentalizmning vujudga kelishi. Birinchi jahon
xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solinishi. Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi
omillar. Terrorizmga qarshi kurashda ma’rifiy islomning roli. Radikal diniy oqimlar.
Fanatizmning salbiy oqibatlari. Sobiq Ittifoqdan keyingi makonda diniy omilning faollashuvi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar
tuzishning taqiqlanishi. Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarga milliy istiqlol
g`oyalarini singdirishning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |