Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja



Download 0,57 Mb.
bet75/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

4.2 
   Imon
 
 , shi
 
 rk
   , k
   ufr
   
  qiyomat
 
 
  jannat va do’zax
 
  tushunchalarining mazmun-mohiyati.
 
 
Mazkur masala  yechimi ko’p qirrali. Qo’yilgan masalani har kim o’z ma’naviy dunyosi o’lchami
bilan o’lchab, shunga yarasha hatti-harakat qiladi. Insonning chin ma’nodagi insonligi- uning imoni,
diyonati, mehr-oqibati, pokligi va halolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o’lchanadi. Bu umumiy
tarzda   insoniylik   tushunchasi   bilan   ifodalanadi.   Insoniylik   esa   faqat   imonli   insonlardagina
63

bo’ladi.Bu o’rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo’lgan masalalar ustida baholi


qudrat fikr yuritamiz.
Har   birimiz  imon  tushunchasining   mohiyatini   to’g’ri   anglab,   tushunib   olsak,   imonni
izohlovchisi bo’lgan diyonat, vijdonlilik, insof, mehr-oqibat, sahovat, adolatlilik, poklik va halollik,
kamtarlik   va   boshqa   ma’naviylik   fazilatlarining   ham   mohiyatini   bilib   olamiz.   Faqat   imonli
kishilargina poklik va halollik, diyonat, ezgulik, mehr-oqibat, sahovat, muruvvat yo’lida bo’ladilar.
Shuning   uchun   imon   tushunchasini,   uning   mohiyatini   keng   qamrovli   asosda   bayon   qilishni
maqsadga muvofiq deb bildik. Imon arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi ishonch demakdir. U
inson ruhiy olamining botiniy tomonini tashkil etadi.
Imon shaxsning o’z e’tiqodiga  tayangan holda boshqalarning  niyati,  qilmish-qidirmishiga,
o’zining ishlariga, hatolariga munosabat bildirishdir. Imon hayotda to’g’ri yo’l topishning mezoni
hisoblanadi. 
Imonli kishilar Allohdan qo’rqish, bandadan uyalish nima ekanligini chuqur idrok etganlar.
Allohni bir, Payg’ambarimizni (sallallohu alayhi vasallam) uning elchisi deb bilish-imonning bosh
belgisi   hisoblanadi.   Imonli   bo’lgan   kishilar   butun   hayotlarida,   ishlarida,   faoliyatlarida,   uyda,
ko’chada birovga, o’z oilasiga munosabatlarida hamisha to’g’ri va halol yo’l tutishga intiladilar.
Muomala   va   munosabatlarida   g’araz   bo’lmaydi.,   ta’madan   va   xaromdan   hazar   qiladilar.   Har
ishlarida   faqat   bu   dunyoni   emas,   oxiratni   ham   o’ylab   ish   tutadilar.   Barcha   amallari   va   hatti-
harakatlarini shunga bo’ysundirishga harakat qiladilar. 
Shariatda   esa   Janob   Payg’ambarimiz   Muhammad   alayhissalom   (s.a.v.)   Alloh   tarafidan
keltirgan barcha xabarlarga til bilan iqror bo’lib, dil bilan tasdiqlashga imon deyiladi. Ya’ni Qur’oni
Karim va Hadisi Shariflar orqali Alloh, jannat, do’zax, qiyomat kabilar haqida berilgan xabarlarga
ishonch imondir. Imonning diniy va dunyoviy talqinlari mavjud.
Ma’naviy-ahloqiy fazilat sifatida esa imon faqat odamzotgagina xos ruhiy hodisa jumlasiga
kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir mahluqotda imonning o’rni-tagi ham yo’q. Binobarin,
odamzod jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, ya’ni
imon keltirishi bilan ajralib turadi. Imon kishi ma’naviyatining, ahloqining o’q ildizi, poydevori,
negizidir. Imondan mahrum kimsaning aqli nechog’li o’tkir, irodasi naqadar cho’ng bo’lmasin va
shular tufayli o’zligidan qanchalik mag’rurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga hech qachon
kiritilmagan,   kiritilmaydi   ham.   Zero,   imonsiz   odam   na   Allohdan   qo’rqadi   va   na   bandalaridan
uyaladi. U o’z nafsining itoatkor quli bo’lib, har qanday razolat va pastkashliklardan qaytmaydi.
Alloh hammamizni shundan asrasin. Buning uchun imon yo’lini tutishimiz lozim.
Imonning mohiyati azaldan olam va odamzotning kelib chiqishi, odamning olamdagi o’rni
qanday, inson umrining ma’nosi nimada, zoti bashar nimaga da’vat etilgan, u nimalarga qodiru,
nimalarga noqodir singari muammolar tashkil etib keladi.
Hamma dinlarda imonga alohida e’tibor beriladi.  Imon barcha dinlarning  ustuni sanaladi.
Imonning diniy talqini ham inson faoliyatini oqilona boshqarish, jamiyat hayotida tinchlik, adolat,
insonparvarlik,   halollik   singari   fazilatlarni   shakllantirishga   qaratilgan.   Chunonchi,   zardushtiylik
imoni   uch   tayanchga:   niyat-fikrning   sofligiga,   so’zning   sobitligiga,   amallarning   insoniyligiga
suyanadi. Imonli kishi o’g’rilik va talonchilikdan, o’zgalarning mol-mulkiga ko’z olaytirishdan,
birovning haqqiga hiyonat qilishdan, boshqacha aytganda, o’zligiga, ya’ni o’z imoniga xilof, zid ish
qilishdan o’zini tiya biladigan komil insondir. Imonli odamga yuqorida qayd etilgan hodisalarni
qilma, gunoh bo’ladi deb targ’ib qilishning hojati yo’q.
Bundan 1400 yil muqaddam Allohning irodasi bilan Muhammad alayhissalom faoliyatlari
tufayli   bunyodga   kelgan   islom   ta’limotiga   ko’ra,   islomiy   imon   mohiyatini   Qur’oni   karimning
quyidagi   surasi   ochib   beradi:   “Chin   ko’nglim   bilan   imon   keltirdim:   Allohi   taologa   va   uning
64

farishtalariga va uning kitoblariga va uning payg’ambarlariga ham bu dunyo yo’q bo’lib oxirat kuni


bo’lmog’iga va qadarga, ya’ni yaxshi va yomon ishlar har qaysisi Allohi taolodan bo’lmog’iga va
o’lgandan   so’ng   qabrdan   tirilib   va   bularning   hammasi   haqiqat   ekaniga.   Dilim   bilan   guvohlik
berurman, albatta Allohdan o’zga ma’bud yo’qdir. Yana guvohlik beraman, albatta Muhammad
Allohi   taoloning   bandasi   va   barcha   bandalariga   din   ahkomlarini   o’rgatmoq   uchun   yuborilgan
payg’ambaridur”.
Qur’oni karimda imonli odamlarning belgilari quyidagicha tavsiflanadi. Ular mo’min, royish,
yuvosh, itoatkor, quruq so’zlik (mahmadonalik)dan qochuvchi, poklikka intiluvchi, shartnomalariga
rioya etuvchi, itoatga amal qiluvchilardir.
Hozirgi kunda er yuzida diniy imonning bir qancha turlari  bo’lib, jahon ahllari  aro keng
tarqalgani to’rttadir: islomiy imon,buddaviy imon, iudaviy imon, isoviy imon.
Husayn Voiz Koshifiyning ko’rsatishicha, imonga zamin bo’ladigan asosiy islomiy jihatlar
quyidagilardir: 1.Olamni, insonni yaratuvchi zot Allohga ishonish; 2.Barcha insonlarni Haq yo’liga
da’vat qiluvchi payg’ambarlarga ishonish; 3.Allohning farishtalariga ishonish; 4.Payg’ambarlarga
yuborilgan muqaddas kitoblarga ishonish; 5.Qiyomat kuni qayta tirilishga ishonish; 6.Oxiratda bu
dunyodagi yomon, yaxshi ishlariga javob berish zarurligiga ishonish; 7.Taqdirga ishonish va Alloh
nasib etgan rizq-ro’zga, ne’matlarga, mashaqqatlarga rozilik bildirish.
Yuqoridagi fikrlarda islomiy imonlilikning mezonlari o’z ifodasini topgan. Bular imonlilikka asos
bo’ladigan ma’naviy omillar sanaladi. Diniy imon yo’nalishlari xilma-xil bo’lgan holda mazmunan oliy
bir ibtidoga ishonch ruhining qalbda qaror topishidan kelib chiqib dunyoni anglashdir. Ya’ni bu imon
turlari mazmun jihatdan farqlansa-da, ammo mohiyatan birdir. U ham bo’lsa, biron-bir narsa va g’oyani
benihoya sharifu muqaddas, azizu mukarram bilib, kundalik faoliyat va hulq-atvorda ana shu e’tiqoddan
kelib chiqib, hatti-harakat qilishdan iboratdir. Binobarin, jamiki imon turi kishi amaliy faoliyati va hulq-
atvori dasturi sifatida namoyon bo’ladi.
Abu   Homid   Muhammad   G’azzoliyning   ko’rsatishicha,   imon   “...payg’ambarlar   keltirgan
hukmlarni til bilan aytib, dil bilan tasdiqlab, a’zolari bilan amal qilmoqlikdan iborat... Ammo imon
bilan jannatga erishgunicha banda ro’parasida qanchadan-qancha baland, mashaqqatli dovonlar bor.
Ushbu   dovonlardan   oshib   o’tmay   Alloh   va’da   qilgan   jannatga   tushmoq   dushvor.   O’sha
dovonlarning eng avvali va eng xatarlisi “Imon tog’i”dir. Chunki, har bir banda umri poyoniga
imonni shayton dastidan salomat etkaza olurmi yo yo’q, hamma gap ana shunda”
16
.
Imon tog’i inson qalbida. Bu tog’ insonning foyniy dunyoda odamlar bilan halol, yuksak
ahloq, odob negizida muomala qila bilishligi, munosabatda bo’lishi, hayotda o’z o’rnini topishi,
mavjud sharoitlar va imkoniyatlarga ko’nikishi, ular ichida chora-tadbir bilan yo’l topa bilishini
ifodalaydi.   Umuman,   imonlilik   inson   Allohning   nomini   diliga   jo   qilib,   muqaddas   kitoblarda
aytilgan ahloqiy, huquqiy qoidalarga, hayot tajribasi saboqlariga tayanib hayotda o’z o’rnini topa
bilishi,   halol   mehnat   qilib,   boshqalar   bilan   adolatli   munosabatda   bo’la   olishidir.   Bahovuddin
Naqshbandning “Dilingda xudoning nomi bo’lsin, qo’ling ish bilan band bo’lsin”, degan fikrlarida
imonning diniy va dunyoviy jihatlari uyg’un holda olingan.
Imon   tushunchasining   dunyoviy   va   diniy   mohiyatini   anglab   olish   uchun   komil
musulmonlikning shartlari to’g’risida aytilgan quyidagi fikrlar hamma uchun ibratdir. Bu o’rinda
Muhammad payg’ambarimiz (s.a.v.)ning so’zlari diqqatga sazovor: “Musulmoni komil bo’lishingiz,
bir-birlaringizga muhabbat qo’yishingiz shart. O’rtangizda muhabbat paydo bo’lishi uchun salomni
oshkora beringiz va bir-biringizga jahl qilishdan saqlaningiz, jahl tarashlaguvchidir, ya’ni u sochni
tarashlamaydi, balki dilni tarashlaydi... Rost gapiringlar, chunki rostgo’ylik yaxshilikka boshlaydi...
16
 Ғаззолий. “Охиратнома”. Бухоро, 1998, 8-бет.
65

Bir-biringizga aka-uka bo’linglar, uch kundan ortiq gina saqlamanglar... Har bir shirin so’zingiz


ham bir sadaqadir... Betoblarni borib ko’rish ham Allohning rahmatiga erishishdir”
17
.
Bular inson ma’naviy faoliyatiga yo’nalish, imoniga mazmun beradigan hukmlardir.
Hadislarda Vatanni sevish, hayoli bo’lish, kamsuxanlik ham imonlilikning ko’rinishi sifatida
tasvirlangan. Vatanni sevish milliy, ijtimoiy-siyosiy hodisadir.
Mashhur shoir So’fi Olloyor imonning inson amaliyotiga ta’sirini quyidagi misralarda bayon
etgan:
Amalning naf’i ham imon bilandir,
Qachon yolg’iz amal qilg’on bilandir.
Na’uzu billoh, imonsiz kishini
Qabul etmas xudoyim bir ishini
18
Alisher Navoiy ham imon tushunchasi hayolilik, vafo va vafodorlik, sahovatlilik kabi ahloqiy
qadriyatlar bilan bog’liqligini quyidagi misralarda bayon etgan:
Uch qism ila imonga bino fahm afla,
Avvalgisini aning hayo fahm ayla.
Ikkinchisini dog’i vafo fahm ayla,
Uchinchisini, bilmasang, saho fahm ayla.
19
Amir Temurning  “Tuzuklar”ida  ham imon insonning boshqa odamlar  bilan  munosabatiga
ma’naviy   asos   bo’ladigan   ahloqiy   qadriyatlar   tizimiga   kiritiladi.   Buyuk   sohibqironning
ko’rsatishicha,   imon   odamga   insoniylik   fazilatlarini   bag’ishlovchi,   uni   boshqa   jonli   zotlardan
farqini   belgilovchi   ma’naviyat   bo’lib,   unga   birovlarga   hiyonat   qilmaslik,   elu-   yurti,   qarindosh-
urug’lari, yoru do’stlari, oru nomusini erga urmaslik va himoya qilishlik, halollik va poklik kabi
ma’naviy fazilatlarni kiritgan.
Imon shaxs ma’naviy-ruhiy olamida qaysi yo’nalishda qaror topmasin, uning sharti asosan
bittadir. Ya’ni imonli odamning so’zi bilan ishi bir bo’ladi. Bunday inson har qanday sharoitda o’z
so’zi   va   ahdnomasida   turadi.   Agar   shunday   qilmasa,   vijdon   azobida   qoladi   va   o’zini-o’zi   sira
kechirmaydi. Demak, vijdon, halollik, poklik, rostgo’ylik, insof-diyonat, sahovat, muruvvat, adolat,
xalq, vatan ishqi bilan yashash faqat imoni butun odamlargagina xos fazilatdir.
Diniy imon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kelgan dunyoviy imon ham bor.
Dunyoviy imon mazmunini olam va odam haqidagi so’nggi ikki yarim ming yil mobaynida kashf
etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, mehnat ahlining to’plagan hayot tajribasi, ijtimoiy xotirasi, turli-
tuman   udumlar,   urf-odatlar,   rasm-rusumlar,   an’analar   va   ular   zamiridagi   bilimlar   tashkil   etadi.
Dunyoviy imonning o’zagi odamiylikdan iborat bo’lib, uning tarkibiga kiradigan unsurlar, qirralar,
jihatlar g’oyat turli-tumandir. Odamiylik deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan
o’tib sayqal topib kelayotgan va faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e’zozlanadigan ma’naviy-ahloqiy
qadriyatlarni tushunsak bo’ladi. Odamiylik g’oyasi xalqimizning butun turmush tarziga, urf-odatlari
hamda   an’analariga,   uning   mislsiz   boy   og’zaki   va   yozma   ijodiga,   mumtoz   adabiyotimiz   va
san’atimizga singib ketgan bo’lib, hozircha chuqur o’rganilib umumlashtirilgani yo’q.
Dunyoviy imon odamlarni to’g’ri yo’ldan borishga qaratilgan ma’naviy qadriyatlar tizimidir.
Imonli bo’lishning mohiyatini hayo, andisha, shirin so’zlilik, halollik va adolatlilik, or-nomuslilik,
vijdonlilik,   vafodorlik,   mehnatsevarlik,   sahovatlilik,   mehr-muhabbatlilik,   hayr-ehsonlilik   kabi
ahloqiy  qadriyatlardan  iborat  ekanini  ko’ramiz.  Demak,   imon   komil   insonnnig  yetuk   ma’naviy
fazilatlari majmuidir.
17
Ҳусайн Воиз Кошифий. “Футувватнома”. Тошкент, 1994, 11-бет.
18
 Сўфи Оллоёр. “Саботул ожизаий”. Тошкент, “Чўлпон”, 1991, 13-бет.
19
Солиев А. Навоий иймон биноси ҳақида. “Гулистон”, 1995, 2-сон.
66

Imonsizlik esa vijdonsizlik, e’tiqodsizlik, tuban yo’llarga yurish, ahloq, odob, insonparvarlik


qoida va talablariga rioya qilmaslikdir.
“Odam   bo’lish   oson,   odamiy   bo’lish   qiyin”,   “Otang   bolasi   bo’lma,   odam   bolasi   bo’l”,
“O’zingga   ravo   ko’rmaganni   boshqaga   ham   ravo   ko’rma”,   “Yomon   o’z   g’amida,   yaxshi   –   el
g’amida” singari hikmatlarda ajdodlarimiz ardoqlagan insoniylik qadriyatlarining bir zarrasigina
aks etgan, xolos.
Diniy va dunyoviy imonning mohiyatida andak tafovut bo’lsa ham, ularning mazmuni va
shakliy   tuzilishi   bir   xil.   Chunonchi,   diniy   imonda   hamma   narsani   yaratguvchi   zot   Allohga,
dunyoviy imonda esa odamiylikka, chin insoniylikka urg’u beriladi. Ularning har ikkovi ham aslida
kishini chinakam, bosh harflar bilan yoziluvchi INSON bo’lib tarbiya topishiga qaratilgan.
Imonli odam boshqalarning diliga ozor bermaydi, balki odamlar qalbiga nur, ziyo ulashadi,
ularni faqat yaxshi, ezgu amallarga o’rgatadi.
Shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   mustamlakachilik   va   qatag’onlik,   qaramlik   va   tobe’lik
yillari halqimizning ming yillar avomida tarkib topgan ham diniy, ham dunyoviy-ahloqiy imoniga
qaqshatqich zarba berildi. Olis moziydan quvvat olib tobora ravnaq topib kelayotgan diniy imon
nazariy jihatdan kommunistik mafkuraning ashaddiy dushmani deya e’lon etilib, amaliy jihatdan
ayovsiz ta’qib va tazyiq ostiga olindi, turli yo’llar bilan tahqirlandi. Imoniga sodiq bo’lgan minglab
dindorlar, avvalo ruhoniylar jismonan yo’q qilib yuborildi.
Dunyoviy imon esa mash’um sinfiylik mezoniga solinib soxtalashtirildi, buzib talqin etildi.
Oqibat shunga olib keldiki, hatto eng yaqin tug’ishganlar, ya’ni, ota-ona, aka-uka, opa-singillar –
hamma-hammasi bir-biriga ashaddiy dushman qilib qo’yildi. 70 yil mobaynida kishilarimiz ham
diniy, ham dunyoviy imoniga zid g’ayriinsoniy ruhda tarbiyalanib keldi.Millatimiz kishilari orasida
o’z imoniga qarshi zamona zo’ravonlariga yaltoqilik, xushomadgo’ylik, chaqimchilik, ta’magirlik,
poraxo’rlik, g’irromlik, xiyonatkorlik, riyokorlik, xullas til bilan dilning, dil bilan amalning boshqa-
boshqaligi, imoniga zid singari ahloqiy illatlar bolalab ketdi. Diniy va dunyoviy imon mayib-majruh
holatga keltirildi.
Imon kishilik hayotida shu qadar hal etuvchi mavqega egaki, usiz chin ma’nodagi inson ham,
ahloq ham, demakki jamiyat ham bo’lmaydi.
Imonli   bo’lishga   intilish   qiyin   hamda   mashaqqatlidir.   Imonli   odam   barcha   qiyinchilik   va
mahrumliklarga   ongli   ravishda   bardosh   bergan   holda   halol-poklik,   insof-diyonatlilik,   saxiylik,
ezgulikni   ulug’lash   va   yovuzlikka   qarshi   kurash,   vatanparvarlik,   xalqparvarlik   kabi   fazilatlarni
o’zida gavdalantirishga harakat qiladi va shunga erishadi. U ma’naviy boylik va go’zallikni moddiy
to’kin-sochinlikka   aslo   qurbon   qilmaydi.   Odamlar   uchun   yashash,   ularning   dilini   o’rinsiz
og’ritmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik imonli insonning hayot dasturidir.
Yuqorida   aytganimizdek,   dunyoviy   imonda   ko’proq   inson   ahloqidagi   odamiylikka   urg’u
beriladi. Kundalik hayotda imon so’zi keng qo’llaniladi. Bunda dunyoviy imon ma’nosi ko’zda
tutiladi.   Chunonchi   xalqimizda   ayrim   kishilarning   o’ta   ahloqsizlik   hatti-harakatiga   nisbatan
“imonsiz” degan haqoratomuz ibora ishlatiladi. Bu haqorat zamirida Allohga ishonch-e’tiqodi yo’q,
xudodan, dindan qaytgan, xudosiz ma’nolaridan tashqari vijdonsiz, vijdonfurush, yaramas, razil,
diyonatsiz  kabi  dunyoviy imon  mazmuni  ham aks etgan.  Bu shunday og’ir diniy  va dunyoviy
haqoratki, o’tmishda shu haqoratga asossiz duchor bo’lgan oriyatli kishilir haqorat etuvchi kimsa
ustidan qoziga shikoyat qilishgacha borgan. Imoni yo’q kishilar esa mahalla-ko’yda, yaqin kishilari
orasida la’natlangan hisoblangan, unday kishilar bilan muomala qilinmagan, oxir-oqibatda oriyati
dosh berolmasa ko’chib ketishgacha borilgan...
Demak, imon inson hayoti va faoliyatiga asos bo’ladigan diniy va dunyoviy ma’naviy-ahloqiy
qadriyatlar tizimidir.
67

Imonni faqatgina tarixiy qadriyatgina emas, balki hozirgi kunimizda ham inson kamolotiga


bevosita daxldor bo’lgan ma’naviyat deb qarashimiz lozim.
O’zbeksiton   mustaqilligini   mustahkamlashga   hissa   qo’shayotgan   fuqarolarning   imoni
mustaqillik   ishiga   fidoyilik,   millatparvarlik,   vatanparvarlik,   baynalminalchilik,   porloq   kelajakka
ishonch,   davlatimiz   ramzlariga   sadoqat,   milliy   g’urur  va   iftixor   tuyg’ularini   o’zida   tarbiyalash,
ishbilarmonlik, tadbirkorlik singari yangi ahloqiy qadriyatlarni o’zida namoyon etishidan iborat.
Imonli   odam   komil   inson   bo’ladi.   Imon   komil   insonlikni   ifodalovchi   barcha   ma’naviy
fazilatlarni o’z ichiga oladi.
Zamondoshimiz   bo’lmish   odamlarni,   Siz   kabi   yoshlarni   imonli   sifatida   quyidagicha
tavsiflashimiz mumkin: e’tiqodli, o’zining aniq maslagiga ega, vatanparvar, insonparvar, taqvodor,
hamiyatli, oriyatli, or-nomusli, sharm-hayoli, vijdonli, andishali, insofli, kamtarin, halol va pok,
to’g’ri so’z kabi fazilatlar sohibidir.
Demak, insoniylikning muhim shartlari – diyonatlilik, mehr-shafqatlilik, poklik va halollilikni
imon tushunchasi o’z ichiga oladi. Chunki, faqat imon sohibi bo’lgan insondagina diyonat, mehr-
shafqat, poklik va halollik bo’ladi. Imonsiz kishilardan uni kutish mumkin emas. Ana shu va boshqa
fazilatlar bo’lmagani uchun ham ba’zi odamlarga nisbatan imonsiz so’zini ishlatamiz.
Endi shaxs ma’naviy fazilati imonlilikning ba’zi tushunchalarini izohlashga o’tamiz. Ularning
mazmuni, mohiyati v amaliy ahamiyatini chuqur anglab olmoqlik va o’zimizning kundalik hatti-
harakatimizda   amal   qilmoqlik   bizni   har   damda   yuksak   insoniylikka,   komillikka   tomon   eltadi,
demakki imonimiz mustahkamlana boradi. Imonning boshi – taqvo. Taqvo – har noto’g’ri ishga
qo’l urishda – Allohdan qo’rqish, yomon ishlardan saqlanish. Allohdan qo’rquvchi banda oilada,
jamiyatda halol yashaydi, haromga qo’l urmaydi, oxiratda javob berishini o’ylab, birovning haqiga
xiyonat qilmaydi, to’g’ri bo’ladi, poraxo’rlik qilmaydi, qasamxo’r bo’lmaydi, birovni aldamaydi,
yolg’on gapirmaydi, kishilarga, vatanga hiyonat qilmaydi va boshqalar. Ilohi hammamizga ham
taqvodor bo’lish nasib etsin. Bu o’zimizga bog’liq. Sharm-hayo ham imonlilik belgisi sanaladi.
Sharm – har bir odamning nojo’ya, yomon hatti-harakatlardan o’zini tiya olish, uyalish hissi. Hadisi
shariflarda aytilishicha, odam eng avvalo, o’zidan uyalishi kerak. Nojo’ya, yomon qilmishi, hatti-
harakati uchun o’zidan uyalgan odam o’zgaga ham nojo’ya hatti-harakatni ravo ko’rmaydi. O’zidan
uyalmagan odamda sharm bo’lmaydi. Demak, sharm odam o’z nojo’ya hatti-harakati uchun o’z
vijdoni, diyonati oldida javob berish hissi, desak bo’ladi.
Hayo   –   bu   o’zbekcha   uyat   demakdir.   Hayosiz,   behayo   deyilganida,   uyatsiz   ish   qilganda
hijolat   chekmaydigan,   odob-ahloqsiz   kishi   tushuniladi.   Hayo   erkak   kishiga   nisbatan   ayollarda
tabiatan ko’proq bo’ladi. Erkak kishi bemalol aytadigan ba’zi so’zlarni, hatti-harakatlarni ayollar
turli andisha va uyalish tufayli ayta olmaydilar, hayo ularga yo’l bermaydi. Hayoli bo’lish, bu faqat
uyatli so’zni aytmaslikda emas. U bundan ham ko’ra kengroq ma’no va mazmunga ega. Sharm-
hayoli bo’lish insonni hayvon singari tubanlashib ketishdan saqlaydi. O’z nojo’ya hatti-harakatidan
uyalish hissi faqat odamlargagina xos xususiyat. Farzandlarimizni sharm-hayoli qilib tarbiyalash
oiladan   boshlanadi.   Prezidentimiz   ta’biri   bilan   aytganda,   oila-ma’naviyat   qo’rg’oni.
20
  U   milliy
tarbiyamizning muhim jihatini tashkil etadi.
Imonli   bo’lishning   belgilaridan   biri   or-nomus   hisoblanadi.   Or   qilish   odamning   o’ziga
nomunosib   yoki   ep   ko’rmagan   ishdan,   narsadan   hijolat   tortish,   uyalish,   uyat   va   nomus   qilish
tuyg’usidir. Or yana biror narsadan hazar qilishni ham bildiradi.
Oriyat - or-nomusdan tashqari izzat va nafs, qadr tuyg’usidir. Odatda oriyatli odamlar o’zlari
va oilalarining, tug’ishganlarining izzat-nafsi, qadr-qimmatini, hurmatini yuksak tutib, boshqalar
20
 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. 56- бет. 
68

tomonidan   toptalishi,   haqorat   qilinishi   va   hurmatsizlanishiga   loqaydlarcha   qarab   turmaydi,


turolmaydi.
Nomus – bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari kishining o’z mavqeini saqlash, ulug’lash
va   ardoqlash,   hijolat   tortish   tuyg’usini,   oila   va   ajdodlar   sha’niga   dog’   tushirmaslik   ma’nosini
ifodalaydi. Ko’pincha, biror kishini, uning oila a’zolarini, ajdodlarini nohaq haqoratlasalaru, u kishi
bunga beparvo, loqaydlarcha tursa, undaylarga qarata senda or-nomus, oriyat bormi o’zi, deb hitob
qilinadi.
Bizning   ota-bobolarimiz,   xalqimiz   qadimdan   or-nomusli,   oriyatli   bo’lib   kelgan,   shuning
uchun ular o’z yurtini, uning tuprog’ini, onalari va farzandlarini boshqa bosqinchilar tomonidan
toptalishini o’zlari uchun or deb bilganlar. Ko’rinadiki, or-nomus, oriyat mohiyatida vatanparvarlik,
xalqparvarlik tuyg’ulari yashiringandir.
Imonli bo’lishning yana bir belgisi odamning diyonatli, vijdonli bo’lishidir.
“Vijdon pokligi va bedorligi, - deb ta’kidlaydi prezident I.Karimov, - asrlar, zamonlar osha
inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan bo’lib kelmoqda. Jamiyat hayotida adolat va haqiqat,
mehr-shafqat, insofu diyonat kabi tushunchalarni qaror toptirishda aynan mana shu omilning o’rni
va ta’siri beqiyosdir”.
21
Vijdoni   uyg’oq   odam   yon-atrofida   bo’layotgan   voqealarga,   yordam   va   ko’makka   muhtoj
insonlarning   muammolariga,   adolatning   toptalishiga   befarq   qaray   olmaydi.   Ayniqsa,   el-yurt
manfaatiga zarar etkazadigan yovuz hatti-harakatlarga hech qachon loqaydlarcha chetdan jim qarab
turolmaydi,   o’z  yurti   va  xalqiga  nisbatan  xiyonat   va  sotqinlikni   aslo   kechira   olmaydi.  Bunday
holatlarni ko’rganda vijdoni qiynaladi, doimo yonib-kuyib yashaydi, qanday qilib bo’lmasin, ularni
bartaraf etishga intiladi, bu yo’lda jonini ham fido qilishi mumkin.
Haqiqatan ham, odam bu dunyoda ruhan pok bo’lib, irodasi baquvvat, imoni butun, vijdoni
uyg’oq bo’lib yashamas ekan, inson hayotining qanday ma’nosi qoladi?
Bunday   ezgu   maqsadlarga   esa   inson   faqat   yuksak   ma’naviyat,   uzluksiz   ma’naviy   tarbiya
orqaligina   erishishi   mumkin.   Vijdon   –   insonning   o’z   faoliyatini,   qilgan   ishlari   va   belgilagan
maqsadlarini ichki ruhiy tahlil eta olish imkoniyatidir. Imon – inson qalbidagi vijdon tarozisidir.
Vijdon   asosida   har   bir   kishi   o’z   qilmishlarigagina   emas,   balki   boshqalarning   faoliyatiga,
jamiyatdagi voqea-hodisalarga, ijtimoiy vaziyatga baho beradi.
Diyonat va vijdon bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati,
qilmishi, fe’l-atvori uchun avvalo o’zi oldida, qolaversa, oila, jamiyat va vatan oldida ma’naviy
mas’uliyat his etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, ularga
qarshilik   bildiradi;   o’z   faoliyatining   yaxshi   tomonlaridan   qanoatlanib   xursand   bo’lsa,   yomon
tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladi, vijdon azobiga uchraydi. O’zini bilgan odamga vijdon
azobidan   og’irroq   jazo   yo’q.   Shuning   uchun   xalqimizda   vijdon   azobi   go’r   azobi   degan   maqol
ishlatib kelinadi.
Vijdon   azobi   –   kishi   o’zi   yo’l   qo’ygan   xatolarni,   jamiyatda   bo’layotgan   nohaqliklar,
adolatsizliklarni bilib, ko’rib, ruhiy qiynalish holatida bo’lishidir. Vijdon azobi jamiyatdagi yoki
shaxs faoliyatidagi adolatsizliklarni ruhan qabul qilmaslik, ularga nisbatan ichki nafratni, salbiy
munosabatni ifodalashdir. Vijdon azobi – shaxsning og’ir ichki ruhiy kechinmalaridir.
Ba’zi kishilarni vijdonsizlar deb ataymiz. Chunki, ular har doim o’z faoliyatiga, bo’layotgan
adolatsizliklarga   loqaydlarcha   munosabatda   bo’ladilar,   shaxsiy   manfaatlari   bilan   cheklanadilar.
Odatda vijdonsiz kishilar o’z manfaati zarariga ish qilmaydilar. Ular har bir masalaga munosabatda
21
 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. 27 бет. 
69

shaxsiy   manfaatdan   kelib   chiqib   yondoshadilar.   Yuksak   ma’naviyat   egasi   bo’lgan   imonli


kishilargina o’z qilmishlarini vijdon mezonlari bilan o’lchaydilar.
Mehr-shafqatlilik   ham   imon   mezonlaridan   biridir.   Yuqoridagi   kabi   mehr-shafqat   ham
xalqimizga   xos   xususiyat   sanaladi.   Mehr-shafqat   odatda   etim-esir,   qarovsiz   qolgan   qariyalar,
g’ariblarga, nogironlarga nisbatan moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish tuyg’usi, desak bo’ladi.
Bizning   Mustaqil   Respublikamiz   rahbariyati   ota-bobolarimiz   udumini   davom   ettirib,   bozor
munosabatlariga   o’tish   sharoitida   ota-onasiz,   qarovsiz   qolgan   bolalar   va   yolg’iz   qariyalar,
shuningdek nogironlarga nisbatan yuksak mehr-shafqatlilik namunasini ko’rsatayotir.
O’zbeksiton mustaqillikka erishgan kunlarda, ayniqsa yosh avlodda poklik va halollik odobini
mustaqillik ruhida shakllantirish vazifasi turibdi. Insonning insonligi uning halolligi va pokligi bilan
o’lchanadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz o’z farzandlarini hamisha halol va pok bo’lishga da’vat
etib  kelishgan,  ularga   halol   bilan   haromni   farqlash  to’g’risida  nasihat   qilishgan.   Bu  musulmon
odami,  xususan o’zbek xalqi ahloq-odob qonuniyatining  asosini, boshqacha aytganda  imonning
negizini   tashkil   etadi.   Poklik   va   halollik   esa   imonning   asosiy   belgilaridan   biridir.   Poklik   va
halolliksiz imonli bo’lish mumkin emas. Iyonli bo’lishning o’zi esa insonning pokligi va halolligiga
yo’g’rilganligidir. Pok va halol bo’lmagan odamdan ezgulik chiqmaydi, unda mehr- shafqat, oriyat,
nomus, sharm va hayo bo’lmaydi.
Bu dunyoda halol va pok yashashni o’zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan
odamlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu
yorug’ olamda ma’naviyat hamisha barqaror bo’lib kelmoqda.
Halollik va poklik hayotda o’z nonini halol mehnati bilan topadigan, xolis va ezgu ishlar bilan
el-yurtga foyda etkazadigan, tiriklik mazmunini teran anglab, nafaqat bugungi hayot lazzatlari, balki
oxirat haqida, uning obod bo’lishi haqida o’ylab yashaydigan insonlarga xos hayotiy ma’naviy-
ahloqiy qarashdir.
Shu   bilan   birga   jamiyatda   bunday   ma’naviy-ahloqiy   qarashlarga   mutlaqo   qarama-qarshi
bo’lgan,   poklik   va  halollik  izmidan   yurmaydigan  kishilar   ham   uchrab  turadi.   Bunday  kimsalar
hayotning ma’no-mazmuni haqida bosh qotirmasdan, bunday savollar bilan o’zini qiynamasdan,
faqat nafs qayg’usi va o’tkinchi hoyu-havasga, huzur-halovatga berilib, engil-elpi umr kechiradilar,
o’zining   ota-ona   va   farzand,   el-yurt   oldidagi   burchiga   umuman   befarq   bo’lib   yashaydilar.
Ko’rinadiki, bu dunyoda kimdir Rahmon izmida, ya’ni halollik va poklik yo’lida yursa, kimdir
Shayton izmida, ya’ni Rahmon izmidan adashib nopok yo’ldan yuradi.
Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “O’z peshona teri bilan halol turmush kechiradigan
inson hayotidan mamnun va rozi bo’lib, qalbi va yuragi osoyishta, vijdoni pok, ruhiy olami barqaror
bo’lib, elning hurmatini qozonib yashaydi. Ikkinchi tomondan, bu dunyoda engil-elpi, har-xil nopok
yo’llarga   berilib,   insoniy   burchini   unutib,   mol-dunyoga   intilib   yashagan   odam,   eng   achinarlisi
shuki, hayotininig so’nggida armon va nadomatlarga botib o’z umrini tugatadi”.
22
Dono halqimiz, g’araz va hasad bilan yashaydigan, o’z shaxsiy manfaatiga o’zgalar hisobidan
erishishni ma’qul ko’radigan, faqat o’zini o’ylaydigan kimsadan o’zi asrasin, deydi.
Hasad   inson   ruhiyatidagi   salbiy   xususiyat   sanaladi.   Odamzod   va   jamiyat   hayotida   og’ir
asoratlar  qoldiradigan  hasad tuyg’usi avvalambor  boshqalarni  ko’rolmaslik, ularning  yutug’idan
quvonish   o’rniga,   qandaydir   ichki   kuyinish,   ichi   qoralik   oqibatida   paydo   bo’ladi.   Muqaddas
kitoblarimizda hasad insoniylikka mutlaqo zid bo’lgan jirkanch odat sifatida qoralanadi. Jumladan,
muborak   hodisalarda   “Birovga   hasad   qilishdan   saqlaning,   chunki   olov   o’tinni   qanday   kuydirib
tugatsa, hasad ham qilgan savob ishlaringizni xuddi shunday kuydirib tugatadi”, deb aytilgani bejiz
22
 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. 24-бет. 
70

emas. Xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug’chilik, mahalliychilik, manfaatparastlik, boshqalarni


mensimaslik kabi illatlar hasad singari inson imonliligi mezonlariga zid hodisalar sanaladi. Inson
ma’naviy hayotiga jiddiy xavf soladigan yana bir illat- sotqinlikdir. Tabiatida sotqinlik bo’lgan
odam   rahbarlik   kursisiga   o’tirsa,   u   erda   osoyishtalik   yo’qoladi.   Bunday   odamlardan   ogoh
bo’lishimiz, ularga yonimizda o’rin bo’lmasligi lozim. Olis va yaqin tariximizda ne-ne buyuk zotlar
yuqorida   zikr   etilgan   salbiy   illatlar,   xususan   hasad   va   baxillik,   ko’rolmaslik,   sotqinlik   tufayli
qanday azob-uqubatlarni boshidan kechirgani, sog’lig’i, xatto hayotidan judo bo’lganini achchiq
misollarda   ko’rishimiz   mumkin.   Bunday   kimsalarga   javob   shu,   hasad   qilib   emas,   havas   qilib
yashashni hayotimiz qoidasiga aylantirishdir. O’z kuchiga ishongan, ruhiy dunyosi, ma’naviy olami
baquvvat bo’lgan inson bunday salbiy illatlarga chalinmaydi. Yuksak ma’naviylik mezonlari va
fazilatlari ularga kuch va madad bo’ladi.
  Bag’ri   keng,   halol,   pok,   vijdonli,   mehr-oqibatli,   el-yurtning   g’amu   tashvishi   bilan
yashaydigan kishilarni xalqimiz, aksincha, boshiga ko’taradi va bunday odamlar jamiyat tomonidan
qadr-qimmat, hurmat-e’tibor topadi.
Ko’rinadiki, imonning barcha mezonlari asosida poklik va halollik yotar ekan. Mana shuning
uchun ham bizning ota-bobolarimiz poklik va halollikka alohida e’tibor berganlar.
Halol- bu insonlar uchun Alloh tomonidan ruhsat qilingan yaxshi,ezgu amallar, ijobiy ishlar,
hatti-harakatlar   majmuasidir.   Mehnat   evaziga   topilgan   narsalar,   shuningdek   pok   va   toza   oziq-
ovqatlar sirasidir. Halollikning yanada kengroq ma’nodagi jihatlari bu turmush va oiladagi halollik,
o’zaro   muomala-munosabatdagi   halollik,   jamoa   orasidagi   halollik,   savdo-sotiq   va   do’st-yorlar
orasidagi halollik, mehnatga munosabatdagi halollik va shu kabilardir. Yuragi pok va toza, halol
yo’ldan yurgan insonlar hamisha xotirjam bo’ladi, ko’ngli ravshan, doimo sihat-salomat bo’ladi.
Xorazmlik qomusiy olim, buyuk alloma Mahmud az-Zamaxshariy nasihat qiladi: “Halol va pokiza
kishi   doimo   xotirjam   tinchlikdadir,   birovga   yomonligu   xiyonat   qiladigan   kishi   esa   halokatga
giriftordir”.
Hayot asosan oiladan boshlanadi. O’zbek xalqida “Qush uyasida ko’rganini qiladi”, degan
naql bor. Demak, ota-ona halol va pok bo’lsa, farzandi ham shu ruhda kamol topadi. Farzanddagi
yaxshi fe’l va amallar halol luqmadandir.
Xulosa shuki, halollik va poklik imonli bo’lishning asosiy sharti va mezonidir. Insondagi
halol yoki yaxshi xususiyatlar uning imoniga, ya’ni halolligi va pokligiga bog’liq. Inson imonining
pokligiga shayton doim rahna solib, uni yo’ldan adashtirmoqchi, noshar’iy yo’llarga solmoqchi,
halollik,   poklik   yo’lidan   urmoqchi   bo’lib   qalbida   g’ulg’ula   uyg’otadi.   Shuni   yaxshi   esda
saqlashimiz   kerakki,   halollik   va   poklik   yonida   doimo   uni   shu   yo’ldan   ozdirmoqchi   bo’lgan
shaytoniy vasvasa hamroh bo’lib yuradi.Ozgina imon yo’lidan toyilishga moyillik bo’lsa, o’sha
erda darrov shaytoniy hissiyot bosh ko’taradi va ohir oqibat inson qalbini zabt etishga intiladi.
Shuning uchun doimo imon, poklik va halollik yo’lida xushyor turishimiz kerak. Bu ayniqsa, bozor
munosabatlariga o’tish davrida nihoyatda zarur.
Yuqorida shaxs ma’naviy fazilatining asosiy mezon va belgilari ustida fikr yuritdik. Ularning
har birini inson uchun bir ma’naviy bezak, deb bilmoq kerak. Shu o’rinda har bir inson uchun
nihoyatda   zarur   bo’lgan   boshqa   bir   ma’naviylik   mezoni   ustida   to’xtab   o’tishni   lozim   topdik.
Uningsiz inson barkamol bo’la olmaydi. U ham bo’lsa, kamtarlikdir. Kamtarlik odamni ma’nan
go’zallashtiradi, obro’sini oshiradi, do’stlarini ko’paytiradi.
Kamtarlik – inson ichki ma’naviy dunyosining namoyon bo’lishidir. Agar insonning qonida,
qalbida yumshoqlik, sahovat, odob-andisha, sharm-hayo, or-nomus, oriyat bo’lmasa, ming harakat
qilmasin, baribir odamlar ko’ziga kamtar bo’lib ko’rina olmaydi.
71

O’zbek   xalqi   urf-odatida,   milliy   qadriyatlarimizda   takabburlik   qiluvchilar,   firibgarlar,


maqtanchoqlar, manmanlar keskin qoralanadi. Kamtarga kamol, manmanga zavol, degan o’gitlar
behikmat emas.
Tarixchi Xondamir “Makorimul-ahloq” kitobida: “Boshingga takabburlik havosini keltirma,
chunki   takabburlik   bilan   hech   kim   biror   joyga   etgan   emas.   Go’zallar   zulfi   kabi
shikastlikni(kamtarlikni)   odat   qil,   bu   bilan   har   nafasda   minglab   ko’ngilni   ovlaysan”   –   deb
ko’rsatgan edilar.
Xullas, har birimizni imon, poklik va halollik, or-nomus, sharm-hayo, kamtarlik, qo’yingki
insonni ma’naviy jihatdan bezovchi go’zal hulq-odob, ahloq tark etmasin.
Shirk  (arabcha – sherik keltirish, Allohning sherigi bor deb e’tiqod qilish) – Alloh taologa
xos bo’lgan sifatlarni Undan o’zgaga sobit qilish (ko’chirish)dir.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish