Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja



Download 0,57 Mb.
bet83/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

Molikiy mazhabi,  Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki Madina
mazhabi sifatida nomlangan va uning aqoidi ko'pinchalik Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar,
Zayd ibn Sobit, Payg'ambarimiz (s.a.v.) amakilari Abbos va umr yo'ldoshlari Oisha faoliyatlari
bilan   bog'lanadi.   Mashhur   namoyondalar   orasida   Ja'far   as-Sodiq   (vaf.   765   y.)   ham   bo'lib,
keyinchalik u shialikning ja'fariya mazhabiga nom bergan. 
Molik ibn Anas al-Asbaxiy 713 yili Madinada kamon o'qlari yasovchi oilasida tavallud topib,
o'zi ipak matolari savdosi bilan shug'ullangan, bolaligidan qarindoshlari qo'lida islomiy ilmlarni
o'rgangan.   Shu   yyerda   795   yili   vafotiga   qadar   yashagan   va   uni   faqat   Makkaga   hajga   borish
uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan
olingan Molik hech bir siyosiy oqimlarga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi
bo'lmagan. Bahsar va ilmiy munozaralarda qatnashmagan, chunki "Ilm — xo'rozlar va qo'chqorlar
orasidagi   urush   emas",   deb   hisoblagan.   Paygambar,   sahobalar   va   tobe'inlarning   fiqhga   oid
qarashlari, qarorlari va qavllarini o'zining "Al-Muvatta'" kitobida jamlagan. Aytishlaricha, bu asar
bir nechta matnlarda tarqalgan ekan, biroq bizlargacha ikki varianti: "Hanafiy ash-Shayboniy" va
Yaxyo al-Laysiy (vaf. 848 y.) asarlari hamda ularga yozilgan izohlar yetib kelgan hamda tunislik
Ali ibn Ziyod (800 y.) talqinidagi nusxaning qismlari saqlanib qolgan. 
Huquqshunoslik   sohasida   molikiy   mazhabi   o'z   yo'nalishiga   ko'ra,   alalxusus,   ayolning
jamiyatdagi  o'rniga  munosabatiga  ko'ra, hanbaliy  mazhabiga  yaqin  turadi. Shuningdek,  molikiy
mazhabida ota yoki otaning otasiga o'z bokira qizi yoki nevarasini, uning roziligisiz, ayrim hollarda
esa uning xohishiga qarshi ravishda ham erga berish huquqi berilgan edi. Hanafiy mazhabi bunday
holatga yo'l bermaydi. 
Molikiy mazhabining vatani Madina bo'lgani uchun uning Hijozda tarqalishi tabiiy edi. Har
yili haj mavsumida Shimoliy Afrika va Andalusiya olimlari Madina ulamolari bilan aloqa qilgani
tufayli bu mazhab u yerlarga ham yoyilib, Andalusiyada zohiriy mazhabini siqib chiqardi. Molikiy
mazhabi hozirgi kunlarda ham Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyada yetakchi mazhab sifatida saqlanib
kelmoqda. Shuningdek, u yuqori Misr va Sudan hamda Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va
Quvaytga   o'z   nufuzini   yoydi.   Boshqa   qator   mamlakatlarda   ham   muayyan   miqdorda   molikiy
mazhabining izdoshlari mavjud. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish