Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja



Download 0,57 Mb.
bet82/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

3. Shofe'iylikda «Al-Umm» kitobi asosiy manbadir. 
4. Hanbaliylikda Ahmad ibn Hanbalning «Al-Musnad» asari bosh manba sifatida qaraladi. 
Hanafiylik,  No'mon  ibn  Sobit  al-Kufiy  Abu  Hanifa  hayoti  va  faoliyati  VII  va  IX  asrning
birinchi  yarmida  fiqhda  o'ziga  xos  tushunchalar,  ifoda  -  til  va  uslubiyat  shakllandi.  Fikh  paydo
bo'lishining  ilk  davridayoq,  ikki  yo'nalish  maydonga  chiqa  boshladi.  Ulardan  biri  Iroq  maktabi
bo'lib,  u  yana  "mustaqil  fikr  yuritish  tarafdorlari" (ashob-ar-ra'y),  ikkinchi  -  Madina  maktabi  esa
"hadis  tarafdorlari" (ashobul-hadis),  deb  yuritiladi.  Ular  orasidagi  farq  -  maktablar  o'z  aqidalarini
rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo'lib qolgan huquqiy
an'analar bilan belgilanadi. 
"Ashob ar-ra'y"ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A'zam Abu Hanifa (r.a.)
hisoblanadi. 
Hanafiya  Islomdagi  eng  ko'p  tarqalgan  mazhabdir.  Uning   asoschisi   Abu   Hanifa   699-767
yillarda   yashagan.   Ma'lumki,   huquqshunoslik   markazlaridan   biri   Iroqdagi   Kufa   shahri   bo'lgan,
Payg'ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas'ud (vaf. 653 y.) u yerga faqih va muallim sifatida
Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaho sifatida tan olindi va ularning eng
mashhurlaridan  biri Hammod ibn Abu Sulaymon  (738 y.) mazkur mazhabga  nom bergan Abu
Hanifaning ustozi bo'lgan. 
Abu Hanifa kufalik bo'lib,  o'zining ismi No'mon ibn Sobit edi. O'ziga to'q ipak sotuvchi
xonadonida tavallud topgan. A'lo ta'lim olib, yoshligida so'nggi sahobalarning suhbatini olgan. 22
yoshida mashhur huquqshunos Hammod ibn Abu Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil
tahsilda bo'ladi. Ustoz vafotidan so'ng 10 yil davomida ushbu to'garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va
Basraning   eng   obro'li   faqihi   hisoblangan.   747-748   yili   uni   davlat   xizmatiga   chorlagan   Iroq
hokimining  zulmidan  qochib, Makkaga ko'chib o'tadi.  Hokimiyatga  Abbosiylar  kelgach, Iroqqa
qaytadi   va   boy   tojir   hamda   nufuzli   olim   sifatida   hayot   kechiradi.   Xalifa   Mansur   (754-775)
Bag'dodda unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egallashni taklif etganida qat'iyan rad javobini
beradi.   Xalifa   uning   irodasini   bo'ysundirish   uchun   yoshi   va   obro'siga   ham   qaramay,   qamoqqa
tashlaydi, hatto savalashga buyuradi. Oradan ko'p o'tmay, Abu Hanifa olamdan o'tadi.  
Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi ma'lum. Olim
sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega
bo'lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi. 
Hanafiy   mazhabi   ta'limoti,   ilmiy   merosi,   mazhab   izdoshlari   Abu   Hanifaning   huquqiy
nazariyasi   shaxs   erkinligini   hurmatlagan   va   shu   bilan   o'zga   huquqshunoslardan   farq   qiladi.   U
birinchi bo'lib bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Ular salam va murobaha bitimlarida o'z
aksini topgan. Salam bitimi keyinchalik yetkazib beriladigan mol-mahsulotga darhol pul to'lashni
ruxsat etgan. Ilgarigi  qonunlar tovarni pulga bir paytning o'zida ayirboshlashni nazarda tutardi.
Murobaha bitimi esa bir savdogar ikkinchisiga biron narsani sotishda oldingi, o'zi olgan narx ustiga
shartlangan foyda bilan sotishni ruxsat etgan va shu tariqa sudxo'rlikning oldi olingan. Shaxsiy
huquq doirasida  Abu Hanifa erkin  qizcha  vositachisiz  turmushga  chiqishini  ruxsat berdi,  biroq
keyinchalik hanafiy mazhabi bu huquqni faqat ilgari erga tekkan ayolga kafolatladi. Abu Hanifa
fikricha, balog'at yoshiga yetgan inson mustaqil bo'lib, o'z mulkini o'zi xohlagan tarzda tasarruf
etishi mumkindir. 
Uning shogirdlaridan “Assohibon”, deb nomlangan Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan ash-
Shayboniylar mazhab ta'sirini o'z asarlari va Abbosiylar davlatidagi yuksak maqomlari tufayli keng
78

masofalarga   yoyishga   erishdilar.   Abu   Yusuf   (731-798)   Bag'dodda   qozi   etib   tayinlangan,


keyinchalik   birinchi   Qoziu   al-quzot   (bosh   qozi)   sifatida   xalifalik   hududlarida   qozilar   tayinlash
huquqiga ega bo'lgan. Uning "Kitob al-Xaroj" asari xalifa Xorun ar-Rashid uchun soliqlar to'plash
va davlatniyg moliyaviy masalalari bo'yicha qarorlar to'plami vazifasini o'tagan. Muhammad ibn al-
Hasan   ash-Shayboniy   (749-804)   hanafiy   mazhabining   huquqiy   nazariyasini   yozib   qoldirgan
allomadir. U hanafiy fiqhi hamda Madinada Molik ibn Anas qo'lida ta'lim olgan. Muhammad ash-
Shayboniy qisqa muddat qozi bo'lgan, so'ngra xalifa Xorun ar-Rashid bilan Xurosonga borib, o'sha
yyerda vafot etgan. U yozgan oltita kitob ("Al-Mabsut", "Al-jomi al-kabir", "Al-jomi as-sag'ir",
"As-siyar al-kabir",  "As-siyar  as-sag'ir" va  "Az-ziyodot") X asrda Abu-l-Fadl  al-Marvaziy  (Al-
Hokim   ash-Shahid   nomi   bilan   ma'lum   alloma)   tomonidan   "Al-Kofiy"   unvoni   bilan   bir   jildga
to'planadi. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish