Ma’ruza va seminar darslarini tahkil etishning didaktik asoslari



Download 35,1 Kb.
bet1/5
Sana16.01.2022
Hajmi35,1 Kb.
#378375
  1   2   3   4   5

Ma’ruza va seminar darslarini tahkil etishning didaktik asoslari

1 Ma'ruza haqida tushuncha va uning asosiy vazifalari

2. Didaktikagamaxsusadobiotlardanfoydalanish

3 Seminar mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyatlari.

Tarix darsiga qo’iladigan didaktik talablar: ongli ta'lim, ilmiylik, kursatmalilik, o’quvchilarni bilish imkoniyati va yosh psixologik xususiyatlari, uzviylik va uzliksizlik,tarixni zamon bilan bog’lash.Ta'lim tarbiya maqsadi. Ta'lim tarbiya mazmuni.Didaktik jarayon. Tashkiliy shakllari. Mavzular buyicha aniq o’rganish uchun u tashxislanuvchi holda bo’lishi kerak. O’quvchilarda shaklaniyotgan ma'lum sifat va xususiyatlarni ulchash va baholash.

Ma'ruza haqida tushuncha va uning asosiy vazifalari. Ma'ruzaning samaradorlik shartlari. Ma'ruza turlarining o’ziga xos xususiyatlari.

Seminar mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyatlari. Seminar mashg’ulotlarida ta'lim berish texnologiyasini loyihalash va rejalashtirish

O`qitish metodlari bilimlarni berish usullari sifatida qaraladi va talabalarning ilmiy bilish faoliyatiga rahbarlik qilishga qaratilgan bo`ladi hamda o`quv jarayonida olim pedagogning talabalarga ta`sir ko`rsatishini shakllantiradi.

O`rganish metodlari bilim, malaka va ko`nikmalarni ijodiy egallashga hamda metodik va g`oyaviy-siyosiy e`tiqodlarni ishlab chiqishga qaratilgan talabalarning ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi.

Maktab ta`limi metodlarni belgilash va o`qitish shakllarini tashkil qilishni tavsiya etadi, o`rta ta`lim tizimida esa o`qitish metodlari va shakllari qo`shilib ketadi, ya`ni dars berish metodi ayni zamonda o`qitishning tashkiliy shakli ham hisoblanadi. O`rta maxsus ta`lim tizimida tarix o`qitish metodlari tasnifi masalasi o`zining dolzarb­li­gini saqlab qoladi. Tarix o`qitish metodlari tasnifining didaktik yondashuvlari umumdidaktik yondashuvlarga monelik qilmaydi, balki ularni rivojlantiradi. Ular o`rta maxsus ta`lim tizimida o`quv jarayonining xususiyat­lari, ularning didaktik vazifalari xarakteriga asoslanadi.

O`rta maxsus ta`lim tizimida o`qitish va o`rganish metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi.

Bilimlarni berish, idrok etish va o`zlashtirish, e`tiqodni shakllantirishni ta`minlovchi metodlar. Metodlarning bu guruhiga lektsiya, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo`yicha ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko`rsatma berish, ommaviy axborot, programmalashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi.

Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko`nikmalarni hosil qilish, e`tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, programmalashtirilgan o`qituv kabinetlaridagi mashg`ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.

Bilimlar, e`tiqodlarni shakllantirish, talabalarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o`quv jarayonining reyting baholari, kollogviumlar, suhbat o`tkazish va davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir.Bu tasnif konkret materiallar imkoniyatlarini belgilovchi eng muhim sifatlari asosiga qurilgan. Birinchi guruhdagi shunday sifatlarga bilimlarni idrok qilish va o`zlashtirish, ikkinchi guruhga – tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhga – attestatsiya va bilimlarni aniqlash taalluqlidir.o`qitish metodlari tizimiga quyidagi talablar qo`yiladi:metodlar tizimi ta`limiy funktsiyaga ega bo`lishi lozim. Bu didaktik maqsadlar va o`qitish vazifalariga erishishning eng qulay usulidir;metodlar tizimi tarbiyalov-takomillashuv funktsiyasiga ega bo`lishi lozim. Bunda o`quvchilarning mustaqil ishlari, vazifalari, ularning ishga ijodiy yondashuvi hal qilinadi, o`quvchilarning shaxsiy sifatlari, bilim, malaka va ko`nikmalar egallashga bo`lgan ehtiyojlari shakllanadi, ularning diqqati, irodasi, hissiyoti, xotirasi, tafakkuri o`sadi. Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta`lim metodlarini tanlash nimaga bog`liq degan masaladir.Didaktikaga oid adabiyotlarda o`qitish metodlarining quyidagi bog`liqliklari qayd qilinadi:birinchidan, o`quv mashg`ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog`liq; ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga bog`liq;uchinchidan, ta`lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog`liq;

to`rtinchidan, o`quv jarayonida o`rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog`liq; beshinchidan, o`quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog`liq;oltinchidan, o`quv jarayonining moddiy-texnik ta`minoti bilan bog`liq;ettinchidan, o`qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o`quv jarayonini tashkil etish darajasi, o`qituvchining hozirgi zamon metodlari bo`yicha bilimlariga bog`liq.Shunday qilib, o`rta iaxsus ta`lim o`quv jarayoni o`qitishning shakl va metodlarida tashkil etiladigan ko`pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o`z oldiga qo`ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar to`plami yagona didaktik majmuani (kompleksni) hosil qiladi. Didaktik majmuaning amalga oshirilishi o`quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.




Download 35,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish