Ma’ruza va seminar darslarini tahkil etishning didaktik asoslari



Download 35,1 Kb.
bet2/5
Sana16.01.2022
Hajmi35,1 Kb.
#378375
1   2   3   4   5
Zamonaviy didaktik tizim.XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skin­ner rasmlarga bo`lingan axborotlarni etkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o`zlashtirishda samaradorlikka erishish g`oyasini ilgari suradi. Mazkur g`oya keyinchalik dasturiy ta`lim deb ata­la­di. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o`quvchiga mustaqil ish­lash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.

Dj. D`yuining nazariy g`oyalari muammoli ta`limning asosi bo`lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta`lim deb nomlanuvchi, ushbu g`oya o`qituvchi rah­barligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni щal etishda o`quvchi­lar­ning faollik va mustaqilliklarini ta`minlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta`limning vazifasi faol o`rganish jarayonini rag`bat­lash­tirish, o`quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko`nikmalarini shakllanti­rish­dan iboratdir.

L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta`lim kontseptsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g`oyalarini amalga oshirish ta`lim jarayoniga insonparvarlik g`oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.

O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonunida ta`lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g`oyalarga muvofiq tashkil etilishi e`tirof etilgan.

Ta`limni insonparvarlashtirish ta`lim jarayonida o`quvchi shaxsini щurmat qilish, uning sha`ni, obro`si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste`dodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo`l qo`ymaslik, ta`lim dasturlarini tanlashda o`quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.

Respublika uzluksiz ta`lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va etuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.

Ta`limni tashkil etishning shakllari: asosiy, qo`shimcha va yordamchi: frontal, individual, guruhiy.

Zamonaviy didaktikada ta`limni tashkil etish turlari 3 ga bo`linadi: frontal, guruhiy va individual.

Frontal ta`limda o`qituvchi butun sinfdagi o`quv-bilish faoliyatini boshqaradi. Ular biror bir vazifa ustida ish olib boradi.

Guruhli shaklda o`qituvchi sinfdagi o`quvchilarning guruhlardagi o`quv-bilish faoliyatini boshqaradi. Ularni bo`g`inli, brigadali, kooperirovan (ko`chma) va differentsialli guruhli shaklga bo`lish mumkin.



Individual ta`lim o`quvchilar boshqa o`quvchilar bilan bog`liqlikda o`quv-bilish faoliyatini amalga oshiradi. Ya`ni, butun sinf butun topshiriqni, har bir o`quvchi alohida mustaqil bajaradi. Ta`limni tashkil etish shakllarini asosiy, qo`shimcha va yordamchi. Mazkur metodlar tizimi o`rta ta`lim va o`rta maxsus ta`lim tizimidagi barcha o`quv predmetlarini o`qitishda qo`llanilishi mumkin. Ammo ularning har qaysisi har bir o`quv predmeti, xususan tarix predmetining mazmunidagi o`ziga xos xususiyatlar, uning ta`lim-tarbiyaviy vazifalariga mos ravishda turli metodik usullarda foydalaniladi.O`qitishusullari va o`quvchilarning o`rganish (bilish faoliya­ti) usullari turli ko`rinishlarda bir-biri bilan qo`shilib o`qituvchi va o`quvchilar faol ishtirok etadigan o`quv-tarbiyaviy jarayonning yagona metodikasini tashkil qiladi. Bu usullar guruhidan birortasini ham e`tibordan chetda qoldirib bo`lmaydi, aks holda ta`lim-tarbiya jarayonida, o`qitish metodlarini belgilashda yaxshi natijaga erishib bo`lmaydi. O`qitish va o`rganish usullari ta`lim metodlarining tarkibiy qismi bo`lishi bilan birga, o`qituvchi va o`quvchilarning faol ta­fakkur qilish faoliyati va xarakteriga mos bo`lgan xuddi shunday usullarni ham o`z ichiga oladi.

Ammo o`qitish usullari umumiy belgilar hamda muhim o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan holda ta`lim metodlari bilan bog`liq bo`ladi. Shu jihatdan o`qitish usullari barcha o`quv predmetlari uchun umumiy bo`lgan didaktik metodlardan farq qiladi. Metodik usullar o`qitish predmeti tarix kursining mazmuni bilan bog`liq va unga faol ta`sir ko`rsatadi.Shunday qilib, o`qituvchi darsga tayyorlanishida o`quv materialining mazmuniga muvofiq va bu materialning ta`lim-tarbiya­viy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradigan metodik usullarni (o`qitish va o`rganish usullarini) to`g`ri tanlab olishi kerak. Ma`lumki, har bir darsga va darsdan tashqari mashg`ulotga tayyorlanish dars va mashg`ulot maqsadini, ularning ta`lim-tar­biya vazifalarini belgilashdan boshlanadi. O`quv materialining mazmuniga muvofiq uning ta`lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga yordam beradigan metodik usullarni to`g`ri va ilmiy asosda tanlab olish o`qituvchining bu boradagi nazariy bilim darajasi va metodik usullar sistemasini qanchalik o`zlashtirib olganligiga bog`liqdir.

Ma`lumki, o`rta ta`lim va o`rta maxsus ta`lim tizimida tarix kursining mazmunini ayrim aniq va tipik voqealardan iborat faktlar tashkil etadi. Bu faktlar o`quvchilarga ijtimoiy hayotning barcha tomonlari, bu tomonlarning rivojlanishi va ular o`rtasidagi o`zaro aloqalar haqida bilim beradi, ularning aqli, o`yi, hayoli, sezgi va irodasiga ta`­sir ko`rsatadi. Tarixiy faktlarning xarakterli xususiyati shundaki, ularni bevosita hissiy tasavvurlar asosida o`rganib bo`l­maydi. Shuning uchun o`tmishga doir eng muhim faktlarni obrazli tasavvur etishning ahamiyati g`oyatkattadir. Obrazli tasavvurlar o`quvchilarning tarixiy voqealar haqidagi faktlarni jonli idrok etishlariga yordam beradi.

Shunday qilib, o`tmishning hayotiy voqealari haqidagi obraz­li tasavvurlar o`quvchilar olgan tarixiy bilimlarining birinchi eng muhim tafakkur komponenti bo`lib xizmat qiladi. Ana shu asosda o`quvchilarda obrazli-tarixiy tasavvurlarni shakllantirishning metodik usullarini guruhlarga ajratish mumkin: o`qituvchining voqeani suratlab tavsiflashi, syujetli hikoya, badiiy-tarixiy matnlarni o`qib berishi va o`qitishning boshqa usullari­dan foydalanishi, shuningdek uning obrazli bayoni va suratlar asosida o`quvchilarning ham hikoya qilib berishi, insho yozishi kabi o`rganish usullari bir guruhni hosil qiladi.

O`rta ta`lim va o`rta maxsus ta`lim tizimida tarix kursida ta`lim-tarbiyaviy jihatdan juda muhim bo`lgan, keng va obrazli qilib yoritilgan faktlardan tashqa­ri, ular o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlashga yordam beradigan boshqa faktlar, voqeaning sodir bo`lgan yili, joyining nomi va statistik ma`lumotlar ham beriladi. Ular juda qisqa, ba`zan ma`lumotnoma shaklida bo`lsada, tarixiy jarayonni bir butun yaxlit tasavvur etish, tushunchalar tizimini va ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlarini to`liq o`zlashtirishga yordam beradi.Shunday qilib, o`quvchilar xotirasida saqlab qolinishi kerak bo`lgan tarixiy materiallar tarixiy bilimning ikkinchi muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.

Tarix o`qitish amaliyotida tarixiy materiallarni puxta va mustahkam o`zlashtirishga yordam beradigan ko`pgina samarali usullar bor. Materialni bayon qilib borishda o`qituvchi va o`quv­chilarning o`quv materiali yuzasidan og`zaki va yozma reja, voqealar taqvimi va xronologik jadvallar tuzishlari, raqamlarni yozish, grafika yozuvlarini olib borishlari, diagrammalar chizish va aplikatsiyalardan foydalanishlari, yozuvsiz xarita va daftarda yozuv-chizuv ishlarini olib borishlari shular jumlasidandir.

O`quv materialini o`quvchilarning xotirasida mustahkam o`rnashishiga yordam beradigan bu va shunga o`xshash boshqa usullarni birinchi guruhga kirgan usullar bilan uzviy bog`langan ikkinchi guruhga kiritish mumkin.

Shuni aytish kerakki, obrazli-tarixiy tasavvurlarni shakl­lantirish, tarixiy faktlar, xronologiya va boshqalarni xotirada mustahkam saqlab qolish tarixni o`rganishning birinchi bosqichini tashkil etadi, xolos. Uning eng muhim ikkinchi bosqichi — tarixiy tushunchalarni shakllantirishdir.

Tushuncha o`quvchilarga konkret tarixiy faktlar va qonuniyatlarni, ularning muhim belgilari va xususiyatlarini umumlashtirib tushuntirish va ularni o`quvchilarning puxta tushunib olishi bilan yuzaga keladi.



Tushunchani shakllantirish juda murakkab va serqirra jarayondir. O`qituvchi va o`quvchilar o`quv materiali ustida chuqur va faol fikr yuritib, uni tahlil qilishlari va umumlashtirishlari lozim. Tarixiy tushuncha o`quvchilardagi tarixiy bilimlarining uchinchi eng muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Tarixiy tushunchalarni o`zlashtirish juda katta ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Tushunchalar o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi, ularning tafakkur faoliyatini, bilish malakalari va qobiliyatlarini o`stiradi.



Keyingi yillarda, o`rta ta`lim va o`rta maxsus ta`lim tizimi amaliyotida o`quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish, tarixiy tushunchalarni, jumladan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tushunchalar­ni chuqur o`zlashtirishni ta`minlaydigan o`qitish va o`rganishning samarali usullari ishlab chiqildi. O`qitishmetodlari — o`qituvchining faol fikrlashi asosida o`quvchilarni o`qitishga, o`quvchilarning ilmiy bilimlarni o`zlashtirishi va amalda qo`llay bilishlariga, dunyoqarash va e`tiqod hosil qilishlariga, aqliy va jismoniy mehnat, ko`nikma va malakalarini egallashlariga, bilish va ijodiy qobiliyatlari o`sishiga yordam berishni ta`minlovchi usullaridan iboratdir.

O`rta ta`lim va o`rta maxsus ta`lim tizimida ta`lim metodlari tizimidan keng foydalanilgan taqdirdagina ta`lim-tarbiya ishlari sohasida yaxshi natijalarga erishish mumkin. O`rta ta`lim va o`rta maxsus ta`lim tizimida ta`lim metodlari tizimi deb, eng muhim umumiy belgilari bilan o`zaro bog`langan, bir-biriga ta`sir ko`rsatadigan metodlar guruhiga aytiladi. Bu metodlarning umumiy muhim belgilari - o`qitish va o`rganish usullari hamda o`qituvchi va o`quvchilarning tafakkur faoliyatidan iborat­dir.

Bir-biri bilan bog`langan o`qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin

1) og`zaki o`qitish metodi, bu metod o`z navbatida ikki turga bo`linadi

A) og`zaki ta`lim metodi; b) bosma matnlar yordamida o`qitish metodi

2) ko`rsatmali ta`lim metodi;

3) ta`limning amaliy metodi.

O`qitish usullari va o`quvchilar tafakkur faoliyatining turli shakllari o`rtasidagi o`zaro aloqa va ularning bir-biriga ko`rsa­tadigan ta`siri asosida bir tizimdagi metodlarning o`zaro bog`liqligi yuzaga keladi. O`rta ta`lim va o`rta maxsus ta`lim tizimi tajribasida ko`rsatmali o`qi­tish deyarli hech qachon o`qituvchining bayonisiz qo`llanilmaydi, o`qituvchining bayoni ham doim ko`rsatmali vositalarga suyanadi. O`quvchilarning texnika vositalari, matnlar va boshqalar ustidagi amaliy faoliyati ta`limning ko`rsatmali va og`zaki usullari bi­lan chambarchas bog`liq bo`ladi.

Pedagogikaga oid adabiyotlarda o`qitish metodlariga katta ahamiyat beriladi. Didaktika bilan shug`ullanuvchilar metodni o`quv jarayonining o`zagi, ko`zlangan maqsad va pirovard natijani bog`lovchi vosita deb izohlaydilar.O`qitish metodi “o`qitishning maqsadi – mazmuni, metodi, shakli, usullari” tizimida muhim o`rin egallaydi.

Metod deganda, ta`limda maqsadga erishish, masalalarni hal qilish yo`llari, usullari tushuniladi. O`qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. Usul – metodning unsuri bo`lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qo`llanadi va alohida qadam hisoblanadi.


Download 35,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish