Gidrosfera qismlari
|
S u v h a j m i
|
103 km3
|
Umumiy hajmga nisbatan, %
|
Okean va dengizlar
|
1,338,000
|
96,5
|
Muzliklar
|
24,064
|
1,74
|
Yer osti suvlari
|
23,400
|
1,69
|
Asriy muzloq
|
300
|
0,022
|
Ko’llar
|
176
|
0,013
|
Tuproqdagi namlik
|
16,5
|
0,001
|
Atmosfera
|
12,9
|
0,0009
|
Botqoqliklar
|
11,5
|
0,0008
|
Daryolar
|
2,1
|
0,00015
|
O’simliklar
|
1,12
|
0,00008
|
Hammasi:
|
1,385,984
|
100
|
Yer sharidagi chuchuk suvlarning umumiy zahirasi 35 mln. km3 hajmda baholanadi. Bu qiymat sayyoramizdagi umumiy suv hajmining atigi 2,3 foizini tashkil etadi. O’z navbatida chuchuk suvlarning 68 foizdan ko’prog’i Antarktida, Grenlandiya va boshqa muzliklarda, 30 foizga yaqin qismi esa yer osti suvlaridan iboratdir. Hozirgi kunda inson manfaatlari yo’lida foydalanish imkoniyati mavjud bo’lgan chuchuk suvlarning miqdori Yerdagi umumiy suv hajmining taxminan 0,3 foizini tashkil etadi.
Tabiatda suvning aylanishi
Quyosh nurlari ta’sirida Dunyo okeani, daryolar, ko’llar, botqoqliklar, muzliklar, qor qoplami yuzasidan, o’simliklardan va Yer sirtining boshqa qismlaridan har yili 577 ming km3 (1130 mm) suv bug’lanadi. Suv bug’lari gravitatsiya kuchlari ta’sirida yuqoriga ko’tariladi. Ular yuqoriga ko’tarilgan sari, haroratning pasayishi natijasida, aniqrog’i kondensatsiya jarayonida to’yina boshlaydi. To’ingan suv bug’laridan, haroratga bog’liq holda, yomg’ir tomchilari yoki qor zarrachalari, ba’zan do’l donachalari hosil bo’ladi. Ularning barchasi, og’irlik kuchlari ta’sirida, turli ko’rinishdagi atmosfera yog’inlari shaklida yana Yer sirtiga tushadi.
3.1-rasm. Tabiatda suvning aylanishi
Atmosferadagi namlikning asosiy manbai - okeanlar va dengizlar yuzasidan ko’tarilgan suv bug’laridir. 3.1-rasmda ko’rsatilganidek suv okean va quruqlik yuzasidan bug’lanib atmosferaga ko’tariladi. Ular Yer sirtidan bo’ladigan umumiy bug’lanishning 86,5 foizini tashkil etadi. Shu miqdorning katta qismi bevosita yana okeanlar va dengizlarga atmosfera yog’inlari ko’rinishida qaytib tushadi. Bu jarayon kichik suv aylanishi deb ataladi. Namlikning qolgan qismi shamol ta’sirida materiklar tomon harakatlanadi va ular bu harakat jarayonida Yer sirti yuzasi bilan murakkab aloqada bo’ladi (2.1-rasm).
Suvning katta aylanishi materiklar va okeanlarda namlikning barcha turdagi aylanishlarini o’z ichiga oladi. Quruqlikdan daryo oqimi ko’rinishida okeanlarga yoki ular bilan tutash bo’lgan dengizlarga qaytib tushgan suv katta suv aylanishi jarayonini yakunlaydi. Shunday qilib, Dunyo okeani, atmosferadagi namlik va quruqlik suvlari yagona tizim sifatida o’zaro chambarchas bog’langandir.
Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo’lgan daryo suvlarining bir qismi okeanlar va dengizlarga quyilsa, bir qismi materiklar ichida qoladi. Quruqlik yuzasining katta qismi (78 foizi) Dunyo okeaniga tomon qiya bo’lib, u yerda hosil bo’lgan daryo oqimi okeanlar yoki ularga tutash bo’lgan dengizlarga kelib tushadi. Quruqlikning bu qismi okeanga tutash yoki chekka oqimli hududlar deb ataladi. Daryolari suvi okeanga kelib tushmaydigan hududlar ichki oqimli yoki berk (okeanga nisbatan) hududlar deb nomlanadi.
Mutaxassislarning hisoblashlariga ko’ra, Yer sharida chekka oqimli hududlar 117 mln.km2 ni, ichki oqimli hududlar esa 32 mln.km2 ni tashkil etadi. Eng katta ichki oqimli hududlarga OrolKaspiy havzasi, Afrikadagi Chad ko’li havzasi, Sahroi Kabir, Gobi, Taklamakan, Arabiston va Markaziy Avstraliya cho’llari misol bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |