Ma’ruza-3. Konni ishlatishni loyihalashtirish uchun dastlabki ma’lumotlarni tayorlash
Ma`ruza rejasi:
3.1.Ishlatish ob’ektning kon-geologik sharoitini o’rganish
3.2.Ishlash ob`ekti va usuli
3.3.Ishlash ob`ektlarini ajratishda quyidagi ko’rsatkichlar ta`sir etadi.
3.4.Kondagi tadqiqotlar, ulardan ma`lumot olish usullari
3.5.Ma`lumot olishning vositalari
Tayanch so`zlari
Konining geologik tuzilishi, kollektorlik xususiyat, haydovchi quduqlar, qo`shimcha quduqlar qazish, fil'tracion oqim, konning litologik - stratigrafik kesmasi, struktura xaritasi, uyum, g’ovaklik, o`tkazuvchanlik, neft'-gazga to`yinganlik ko`rsatkichlari, neft koni, neft konini ishlash sistemasi, uglevodorodlarni fazaviy holati, qatlamlar rejimi, neft va gazni fizik -kimyoviy xossalari, neft va gaz kollektorlari, neft konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoiti, geofizik usullar, qabul qiluvchanlik qobiliyati, manometr, debitomer, rasxodomer.
3.1.Ishlatish ob’ektning kon-geologik sharoitini o’rganish
Konining geologik tuzilishini yaxshiroq o`rganilmaganligi natijasida uni qazib chiqarish loyihasi tuzilayotganda ba`zi noaniqliklarga yo`l qo`yishi mumkin, natijada qatlamda ma`lum bo`lgan ko`p ma`lumotlar loyihada ko`rsatilganlardan ancha farq qilib qolishi mumkin. Bunday holat qatlamning juda notekis kollektorlik xususiyatlariga ega bo`lganliklari tufayli ham kelib chiqadi va qatlamning ma`lum bir qismi unga ta`sirdan xoli bo`lib qolishi mumkin.
Bunday hollarda qazib chiqarishni boshqarishni takomillashtirish, ayrim hollarda uning asoslarini anchagiia o`zgartirishni talab qiladi.
Bunday ishlarni maxsus ilmiy tekshirish muassasalari bajaradilar. Ular asosan qazib chiqarish jarayonini tahlil qilayotganlarida ana shu kamchiliklarni bartaraf qilishga butun ma`lumot va mahoratlarini yo`llashlari darkor. Agar loyiha avvalgi holatidan keskin o`zgaradigan bo`lsa, unda uning qo`shimcha hujjat sifatida tavsiya etilishi maqsadga muvofiq qazib chiqarish tartibini takomillashtirish choralariga quyidagilar kiradi:
- ma`lum bir maydonlardagi quduqlar sonini oshirish (qo`shimcha quduqlar hisobiga), ya`ni ularni zichlashtirish;
- ba`zi haydovchi quduqlarni oluvchi quduqlarga yaqinlashtirish ilojini qilish.
Bu chora yangi haydovchi quduqlar qazish yoki suv bosgan oluvchi quduqlar haydovchilar safiga o`tkazish bilan amalga oshirilishi mumkin;
- manbali suv bostirish (ochagovoe zavodneniya) usulini tashkil qilish, fil'tratcion oqim o`zgartirish vа davriy suv haydash.
Qazib chiqarishni tartibga solish maqsadida yangi biror muayyan tadbirni qo`llash uchun ob`ektning geologik tuzilishini aniq tasavvur qiluvchi ma`lumotlarga ega bo`lishimiz va qazib chiqarishning hozirgi holatini aniq bilishimiz lozim bo`ladi.
Qazib chiqarish jarayonvda yuqori mahsuldor linza ko`rinishidagi qatlamlarni jalb qilish uchun manbali suv haydash usuli qo`llaniladi, buning uchun haydovchi quduqlar sifatida oluvchi quduqlardan foydalanish yoki yangisini qazish taqozo etiladi.
Kam mahsuldor maydonlarni ishga solishda ham manbali, suv haydashni qo`llash maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda haydash bosimini oshirish lozim bo`ladi. Haydovchi quduqlarning joylashish o`rni muayyan holatga va suv bostiradigan maydonga qarab belgilanadi. Bunda albatta kollektorning o`tkazuvchanligiga ham e`tibor berish lozim. Aksariyat haydovchi quduqlarni kam o`tkazuvchan qatlamlar chegarasiga qo`yilsa undan manfaat ko`proq bo`ladi.
Haydovchi quduqlardan uzoqroqda joylashgan maydonlarni ish jarayonini oshirish maqsadida haydash bosimini oshirish mumkin. Bundan tashqari oluvchi quduqlar tubidagi bosimni kamaytirish ham ularning ishini jadallashtirishga yordam beradi, uning ustiga maydonchaga bo`lgan quduqlardan olishni biroz kamaytirilsa, o`sha maydonga ta`sir tezroq etib boradi. Lekin bunday holda olinishi mumkin bo`lgan mahsulot miqdori kamayishi mumkin, biroq shu usul bilan suv haydash va yo`ldosh suvlar miqdorini boshqarsa bo`ladi, nihoyat o`shanday maydonlarda qo`shimcha haydovchi quduqlar yordamida qatlamga haydashni tashkil qilish maqsadga muvofqdir. Qo`shimcha quduqlar qazish bilan ma`lum darajada ta`sirsiz qolib ketgan qatlamlarni ishga solish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Fil'tracion oqimning yo`lini o`zgartirish bilan qazib chiqarish jarayonining samaradorligini oshirsa bo`ladi, bunda ba`zan quduqlar qatorlari o`zgartiriladi, ba`zan esa davriy haydashga o`tiladi.
Agar yuqorida ko`rsatganlarimiz natijasida etarli natijaga ega bo`lmasak, quyidagi ishlarni bajarishga to`g’ri keladi:
- hamma joylarda quduqlar sonini (zichligini) oshirish;
- ko`p qatlamli ob`ektlarni alohida ob`ektlarga bo`lib tashlash;
- suv haydash usulini o`zgartirish;
- haydovchi bosimni keskin orttirish va q.k.
Har bir kon maxsus ilmiy-tekshirish tashkilotlari tomonidan tuzilgan loyiha asosida ishga tushiriladi. Bu loyiha xalq xo`jaligining rivojlanishi bilan muqobil bo`lgan holda iqtisodiy taraqqiyot talablariga javob berishi lozim.
Konni ishlash tartibi deb neft', gaz, kondensat va ular bilan birga chiqadigan mahsulotlarni qazib chiqarishda bajariladigan texnologik va texnik jarayonlar majmuasiga va bu jarayonni boshqarishgа aytiladi.
Qazib chiqarilishi lozim bo`lgan qatlamlarning soniga, qalinligiga, turlariga hamda joylashgan chuqurligiga, gidrodinamik xususiyatlariga qarab geologik kesma miqyosida bir va bir nechta qazib chiqarish ob`ekti ajratiladi, qazish tartibi shuni taqazo etadi.
Konda ikki va undan ortiq ob`ekt mo`ljallanadigan bo`lsa ularni qazib chiqarishning oqilona turi tuzilgan holda, konni qazib chiqarishning butunligicha oqil turini tanlash maqsadga muvofiqdir.
Qazib chiqarishning oqilona nusxasi deb, xalq xo`jaligi rejalariga javob beradigan, hamda eng kam xarajat talab qilgan holda er bag’ridan eng ko’p mahsulot chiqarilish tartibiga aytiladi. Albatta bunda tabiat va er bag’ri boyliklarini muhofazasi, tumaning sanoat va iqtisodiy xususiyatlari, qatlamning tabiiy imkoniyatlari va lozim bo`lsa sun`iy ta`sir etish usullarini qo`llash inobatga olinishi darkor.
Shuni alohida qayd etish lozimki, qirqinchi yillarning o`rtalaridan boshlab, ba`zi neft' konlarida qatlamga suv haydash texnologiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bular o`sha vaqtlarda Boshqirdiston va Tatariston neft' konlari: To`ymaza, Romashkino, SHkapovo, Bovli va boshqalarda boshlandi (o`sha vaqtlarda Farg’ona vodiysidagi Xo`jaobod neft' konining VIII gorizontida ham suv haydash qo`llangan edi), keyinchalik boshqa neft' o`lkalarida ham qo`llanish kengaya boshladi. SHuni e`tiborga olish lozimki, suv haydash usuli bilan neft' olinganda qazilgan umumiy quduqlar soni oddiy usuldagiga nisbatan anchagina kam bo`lib, olinadigan natija miqdori ancha ortiqligi ma`lum bo`lgan edi. Bu usul ayniqsa qovushqoqligi kam neftlarda yaxshi natija beradi. Lekin kollektorlik xossalari notekis bo`lgan va nefti ham quyuq bo`lgan hollarda ham qo’llangan usuldan olingan natija oddiy usuldagidan ikki marta ortiq bo`ladi.
Keyingi vaqtlarda dunyodagi neft' qazib chiqaruvchi mamlakatlarda neft' chiqarishda suv bostirishdan tashqari umuman yangi usullarni qo`llash ustida ko`plab ishlar olib borishmoqda. Bunda asosan neftni qatlam kovaklaridan yuvib chiqarish jarayoniga mos keladigan yangi fizik-kimyoviy xossalarga ega bo`lgan suyuqliklar qo`llashga harakat qilinmoqda. Ular aksariyat qimmatga tushadi, lekin qatlamda qolib ketadigan neftning miqdori anchagina kamayishi e`tiborga loyiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |