Ma`ruza rejasi


Quduqning texnik holatini aniqlashda



Download 0,54 Mb.
bet6/7
Sana19.04.2022
Hajmi0,54 Mb.
#564277
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Ma'ruza (2)

Quduqning texnik holatini aniqlashda inklinometriya - quduq tanasi tikligini va agar qandaydir og’ish mavjud bo`lsa (aksariyat hollarda bunday og’ishlar ma`lum darajada sodir bo`ladi) uning og’ish burchagi azimuti aniqlanadi:
kavernometriya - quduqning asl diametrini aniqlash darajasini va uning maqkamlash sifatini aniqlash jarayoni hamda shu kabilar bilan bajariladi.
Geofizik usullar bilan quduq tanasining har bir joyida mavjud bo’lgan suv oqimlarini (yaxshi cementlangan hollarda sodir bo’ladi) aniqlash mumkin.
Quduqlarni gidrodinamik usullarda tadqiq qilish kollektorning fizik xossalari va mahsuldorligini aniqlash va quduq mahsuldorligining u bilan bog’liqligi va qatlamdagi bosim bilan bog’liqligini aniqlashga qaratilgandir. Aslida bu munosabatlar asoslangan va matematik tenglamalar bilan ifodalangan hamda qatlamning fizik ko`rsatkichi (parametr) tariqasida ularning orasiga kiradi. Quduqning debitini qatlam va quduq tubi bosimi orasidagi farqni gidrodinamik usulda asoslangandan so`ng, shu tenglama asosida quduq yoki qatlamning ko`rsatkichlarini topish mumkin bo`ladi. Undan tashqari bu usulda neft'-gaz uyumining gidrodinamik sistemasi bilan bog’langanligi darajasini aniqlash mumkin.
Neft'-gaz koni geologiyasida gidrodinamik tadqiqotlarning quyidagi turlari qo`llanadi:
1) bosimning qayta tiklanishi (ko`tarilishi);
2) suyuqlikni olishning barqarorligini ta`minlash;
3) quduqlarning o`zaro bir-biriga ta`sirini aniqlash, qatlamdan oladigan va unga haydaydigan quduqlarning ishini kuzatish kon geologik usullarining birlamchi axborot beradigan manbaidir.
Bu kuzatishlar jarayonida geologik qatlamni qazib chiqarish davomida quduqlarning beruvchan va qabul qiluvchanlik qobiliyatini, ulardagi suvlarning miqdori va kimyoviy tarkibining o`zgarishi, qatlam bosimining o`zgarishi, quduqlar sonining ahvoli to`g’risida ma`lumotlar oladi hamda o`shalar yordamidа qazib chiqarishni tekshiradi va boshqaradi.
Sistemali struktura yondoshish nuqtai nazaridan birlamchi axborot olish usullari imkoniyatini tahlil qilish bir xil xossalarni turli yo`llar bilan tadqiq qilish har xil natijalar berishini ko`rsatdi. Konni geologik makon sifatida tasavvur qilinganda va undan sistema ajratish vaqtida bu narsa yaqqol bilinadi.
Real geologik makonni cheksiz xususiyatlarga ega bo`lgan hisobsiz nuqtalardan iboratligini tadqiq qilish - neft'-gaz koni geologiyasining vazifalaridan biridir. Bu makonni bevosita kuzatishlar bilan o`rganib bo`lmaydi, chunki har xil xususiyatlarga ega bo`lgan nuqtalar cheksizdir. Shuning uchun ham ma`lum bir nuqtalarni ularning ma`lum xususiyatlari ro`yxati bilan o`rganilib, ular orqali makon to`g’risidagi tasavvurni ifodalaymiz. Shuning uchun ham "rasmiy nuqta", "rasmiy statistik geologik makon" tushunchasini kiritish lozim bo`ladi.
Agar nuqta ma`lum ro`yxatga olingan va ularning xossalari ham ularning aniqligi ham ma`lum darajada belgilangan bo`lsa, buni rasmiy nuqta deyiladi. Shunday rasmiy nuqtalarning majmuasi rasmiy statistik geologik makondir.
Real geologik makonda rasmiy makonning har xil shartlari bilan juda ko`p ko`rinishlarini joylashtirish mumkin (to`g’ri to`rtburchak, uchburchak, kesmali, uch, besh, etti nuqtali va sh.k.). Kam sonli razvedka quduqlar asosida tasvirlangan makon bilan ko`p sonli ishlatuvchi quduqlar natijasi bilan tuzilgan makonning farqi bor, albatta.
Shuni e`tibordan xoli qilmaslik kerakki, har xil uslub bilan tuzilgan rasmiy makon natijasi bir-biriga aynan o`xshash bo`lmasliga mumkin. Hamma gap shundaki, bu farqli usullarda ba`zi bir ko`rsatkichlarga ko`proq e`tibor berilgan bo`ladi va natijada o`rganilayotgan ob`ekt har xil strukturali darajaga mansub bo`lib qoladi.
Bu farqni quyidagi misolda yaqqol ko`rish mumkin: kern namunasi orqali jismning o`tkazuvchanliginи o`rganish uchun 3 sm uzunlikdagi va 2 sm diametrdagi cilindr shaklidagi namuna olinadi, uning hajmi 9*10-6 m3 ni tashkil etadi. Xuddi shu quduqda geofizik usulda tadqiqot qilsak, ta`sir doirasi, masalan, qatlamning qalinligi h=10 m bo`lganda quyidagicha bo`ladi:
PD2 h/4 = 3,14*7,52*10/4 =4,4*102 m3
bu erda D=7,5 m zond bilan tadqiqot qilingandagi ta`sir doirasi o`lchami. Agar bu tadqiqot bosimning ko’tarilish usuli bilan olib borilsa, quyidagicha bo`ladi:
P=15 xt , x - qatlamning p'ezo o`tkazuvchanligi, t - tadqiqot qilingan vaqt.
Qatlam bosimini ko`tarilishi 8 soat davomida x=1000 sm2/s ko`rsatkichda R=250 m ni tashkil etadi va h=10 m bo`lganda o`tkazuvchanlik o`lchanadigan tog’ jinsi hajmi PR2h=3,14*2502*10= 2*106 m3 ni tashkil etadi.
Yuqoridagi misoldan tajribalar darajasini belgilash mumkin, masalan quduqdan olingan namuna mikro daraja ma`lumotini beradi, geofizik usul esa mezo darajani, gidrodinamik usul – makro daraja ma`lumotini beradi. Lekin hamma darajadagi tadqiqotlar va ularning ma`lumotlari o`z o`rniga ega.
Rasmiy makonni tashkil qiluvchi rasmiy nuqtalar neft' kon geologiyasida aksariyat quduqlarga joylashgan bo`ladi.
Neft' koni geologi ixtiyorida har xil rasmiy nuqtalar bo’lishi va ular geologik makonda har xil joylashishi mumkin hamda ularni umumlashtirish, solishtirish foydali natijalarni olishga yordam beradi.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish