Tayanch so’z va iboralar izoxi.
Qaytar kimyoviy reakstiyalar – ikki yo’nalishda borishi mumkin bo’lgan reakstiyalardir (maxsulotlar xamda dastlabki moddalar xosil bo’lish yo’nalishlaridir).
Muvozanat konstantasi reakstiya unumini (chiqimini) ko’rsatadigan kattalikdir.
Izoterma (Vant—Goffning) tenglamasi muvozanat konstantalari va Gibbs (Gelmgolst) energiyalari orasidagi o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.
Izoxora, izobara tenglamalari. Kimyoviy reakstiyalar muvozanat konstantalarini haroratga boqliqligini ifodalaydi.
Biror tashqi kuch ta’g’iri ostida reakstion aralashma tarkibini o’zgarishiga muvozanatni siljishi deyiladi.
Mavzu bo’yicha nazorat savollari.
1.Qanday xolatga kimyoviy muvozanat xolati deyiladi?
2. Qanday reakstiyalar — qaytar reakstiyalar deb aytiladi?
3. Massalar ta’siri qonunini izoxlang.
4. Muvozanat konstantasi qiymati nimani bildiradi?
5. Muvozanat konstantasi termodinamik keltirib chiqaring.
6.Muvozanat konstantasini reakstion aralashmadagi moddalarning bosimi, konstentrastiyasi, molyar qismlari orqali ifodalash tenglamalarini keltiring.
7. Geterogen sistemalardagi kimyoviy reakstiyalarda muvozanat konstanta tenglamasi ko’rinishi qanday bo’lishini izoxlang.
8. Vant—Goffning izoterma tenglamasini izoxlang.
9. Izoxora va izobara tenglamalari orqali nimalarni aniqlash mumkin?
10. Muvozanatning siljishini izoxlang. Le-Shatele prinstipi asosida tushuntiring.
Adabiyotlar:
1.X.R. Rustamov “Fizik kimyo”, T. , “O’zbekiston”, 2000., 157-174 betlar.
2.A.G. Stromberg, D.P. Semchenko “Fizicheskaya ximiya”, M., “Visshaya shkola”, 1988., 110-123 betlar.
3.Fizik kimyo fanidan amaliy mashg’ulotlar G’B.N. Afanasev va boshqalar. Tarjimonlar X.I. Akbarov, R.S.TillaevG’ - 4-ruscha nashr tarjimasi, T., O’zbekiston, 1999., 239-242 betlar.
Ma’ruza № 7.
FAZALAR MUVOZANATI TERMODINAMIKASI.
REJA:
Asosiy tushunchalar.
Geterogen muvozanatning umumiy sharti.
Fazalar qoidasi.
Klauzius Klayperon tenglamasi.
Bir komponentli sistemalar. Suvning xolat diagrammasi.
Asosiy tushunchalar
Ma’lumki, birdan ortiq fazasi bo’lgan sistema – geterogen sistema deb ataladi. Xo’sh, “faza” deganda nima nazarda tutiladi? Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirtlari bilan ajralgan, ulardan o’z termodinamik xossalari va kimyoviy tarkibi bilan farq qiladigan sistemaning bir jinsli qismiga faza deyiladi.
Suyuq va qattiq fazalar kondensirlangan fazalar deb ataladi. Birdan ortiq fazalardan tashqil topgan sistemadagi muvozanatni geterogen yoki fazaviy (fazalararo) muvozanat deb ataladi. Bu xolatda sistema fazalar soni, tarkibi va termodinamik xossalari bilan harakterlanadi.
Sistemadan ajratib olinishi va aloxida mavjud bo’la olishi mumkin bo’lgan sistemaning tarkibiy qismiga komponent deyiladi. Masalan KNO3 ning suvdagi eritmasi misolida komponentlar soni 2 ga teng. Chunki KNO3 molekulasi eritmada faqat kaliy va nitrat ionlari ko’rinishida bo’lgani bilan alohida K va alohida NO-3 ionlarini ajratib olib bo’lmaydi.
Agar muvozanat holdagi sistemada komponentlar orasida kimyoviy reakstiya borsa, komponentlar sonini topish uchun tarkibiy qismlar sonidan kimyoviy reakstiyalar soni ayiriladi.
Misol CaCO3, CaO, CO2 sistemasida quyidagicha reakstiya beradi:
CaCO3 SaO Q CO2
Bu sistemada uchta komponent mavjud bo’lsa ham komponentlar soni 2 ga teng.
Har qanday fazaning tarkibini – aniqlash uchun lozim bo’lgan tarkibiy qismlarning eng kichik soni erkli komponentlar soni deyiladi. Umuman, erkli komponentlar soni muvozanat sistemasini tashqil qiluvchi tarkibiy qismlar sonidan shu qismlarni boglovchi tenglamalar sonini ayirmasiga teng. Yuqoridagi misolda 3-1q2 ga teng.
Sistemaning termodinamik xossalari – temperatura, bosim, hajm, konstentrastiya bilan harakterlanadi.
Sistemaning termodinamik xossasini aniqlash uchun zarur bo’lgan parametrlarning eng kichik soni – erkinlik darajalar soni deyiladi.
Masalan, sistema gaz holatdagi bir komponentdan iborat bo’lsin.Gazlar holat tenglamasini (PVqnRT) nazarda tutib, bu sistemaning termodinamik holatini aniqlash uchun kamida ikki parametr qiymati ma’lum bo’lishi kerak. Demak, bu misolda erkinlik darajasi 2 ga teng.
2-misol. Ma’lum bir suyuqlik o’zining bug’i bilan muvozanatda turgan bo’lsin (Tqconst) .
Ma’lumki, suyuqlikning bug’ bosimi faqat temperaturaga bog’liq va u o’zgarmas temperaturada o’zgarmas kattalikdir. Ya’ni ma’lum temperaturada ma’lum bosim bo’ladi. Ikki parametr ma’lum bo’lgandan so’ng uchinchi parametr (holat tenglamasi bo’yicha) ham ma’lum bo’ladi. Demak bu sistemaning erkinlik darajasi birga teng ekan.
Erkinlik darajalar sonining yana bir ta’rifi mavjud. Erkinlik darajalar soni fazalar sonini o’zgartirmasdan turib ma’lum chegarada o’zgartirilishi mumkin bo’lgan mustaqil o’zgaruvchilar (parametrlar) soniga teng.
Buni yuqoridagi misollarda ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |