Ma`ruza mavzulari


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 374,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana12.05.2020
Hajmi374,58 Kb.
#48943
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
qishloq xojaligi infratuzilmasi

Nazorat va muhokama uchun savollar: 

1.  Ijtimoiy infratuzilma mohiyati nima? 

2.  Ijtimoiy infratuzilmani boshqarish muammolari nimalardan iborat? 

3.  Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish qanday amalga oshirilmoqda? 

4.  Madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish turlari nimalardan iborat? 

5.  Madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish tarkibiga qanday xizmatlar kiradi? 

6.  Sog`liqni saqlashda ta’minot tushunchasi nima? 

7.  Sog`liqni saqlash infratuzilamasi nima? 

 

12-mavzu. Qishloq xo'jaligida bozor infratuzilmasini shakllantirish masalalari 

Reja: 

1. Bozor infratuzilmasining tarkibi. 

2. Bozor infratuzilmasining maqsadi va vazifalari. 

3. Bozor infratuzilmasining muassasalari xizmati. 



Adabiyotlar 

1.Chjen V. "Xususiylashtirish asoslari" T-1998 y. 

2.Murodov  Ch.    "Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  turli  mulkchilikni  rivojlantirishda 

bozor infratuzilmasini rivojlantirish".Dissertatsiya ishi. 2002 y. 

3.Pulatova  R.X.,  Sidiqov  Z.  T.  "Tadbirkorlik  faoliyatida  bozor  infratuzilmasining 

ahamiyati".O'zBIITI.2004 y. 178-181 betlar.  

 

Bozor infratuzilmasi - qishloq xo'jalik infratuzilmasining muhim qismi bo'lib, 



o'ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Bozor  infratuzilmasi  turli-tuman  bozor  sub’ektlari 

o'rtasida ayirboshlash munosabatlarini normal amalga oshishini ta’minlaydi. Bozor 

infratuzilmasi ham murakkab tuzilishga ega. 

Bozor  infratuzilmasi  tarkibiga  bank-moliya  muassasalari,  birja  va  brokerlik 

idoralari,  axborot-maslahat  markazlari,  reklama  agentliklari,  sug`urta,  soliq  va 

auditorlik  xizmatlari,  tijorat,  ulgurji  savdo  va  yarmarka  markazlari  va  boshqalar 




 

46 


kiradi.  Umuman  olganda,  bozor  infratuzilmasi  moddiy  va  nomoddiy  ishlab 

chiqarishiga,  ya’ni  inson  mahsulot  va  xizmatlar  iste’molchisi  sifatida  duch 

keladigan  deyarli  barcha  sohalarni  qamrab  oladi.  Har  birimiz  iste’molchi  sifatida 

ushbu sohalarni yaxshilanishidan manfaatdormiz. 

Infratuzilma  qanchalik  rivojlangan  bo'lsa,  bozor  o'yin-qoidalarini  buzish 

shunchalik qiyinroq bo'ladi. 

Bozor  infratuzilmasida  birja  va  yarmarkalar  alohida  o'rin  tutadi.  Moliya 

bozorida esa fond birjalarining roli beqiyos. 

Tovar  xom-ashyo  birjalari  ma’lum  doirada  ulgurji  savdo-sotiq  ishlarini 

o'tkazuvchi tijorat korxonalaridir. 

Birja  savdosini  oddiy  savdodan  farqi  bor.  Oddiy  savdoda  xaridor  bilan 

sotuvchi  yuzma-yuz  turadi,  birjada  esa  barcha  oldi-sotdi  ishlari  brokerlar 

vositachiligida bajariladi. 

  Bozor tizimi ish olib borishining eng asosiy shart-sharoitlaridan biri tovarlar, 

xizmatlar,  pul,  qimmatbaho  qog`ozlar,  ishchi  kuchning  bozor  omilllari  ta’siri 

ostida  iqtisodiyot  bo'ylab  o'rin  almashadigan  harakatlariga  xizmat  ko'rsatuvchi 

tashkilotlarning o'zaro bog`liq tizimi amal qilishidan iboratdir. 

Ularni bozor xo'jaligining muassasalari yoki infratuzilmasi deb ataydilar. 

Bozor  infratuzilmasi  -  mahsulot  (xizmatlar)  ishlab  chiqaruvchini  iste’molchi 

bilan  yagona  bozor  makonida  birlashtirib,  ishlab  chiqarish  va  iste’mol  ko'lamlari 

o'rtasidagi ziddiyatni bartaraf etuvchi va uning barcha ishtirokchilari o'z oldilariga 

qo'ygan  maqsadlariga  erishishlarini  ta’minlovchi  muassasalar  va  vositachilik 

tarkiblari tizimidir. 

  Infratuzilma  shartli  ravishda  quyidagi  vazifalarni  bajaruvchi  to'qqiz 

turkumda ifodalanishi mumkin: 

1.  Tadbirkorlarni tayyorlash va o'qitish; 

2.  Xususiy biznesni ro'yxatdan o'tkazish va hisobga olish

3.  Moliya - kredit tizimi; 

4.  Ulgurji - vositachi tuzilmalar; 

5.  Birja bozorlari

6.  Agroxizmatlar bozori; 

7.  Xizmatlar bozori; 

8.  Transport ta’minoti; 

9.  Tashqi iqtisodiy aloqalarni ta’minlash. 

Tadbirkorlikni  rag`batlantirish, uning  jadal  o'sishi uchun kadrlarning qudratli 

asosi  kerak.  Respublikaning  mehnatga  yaroqli  jamiki  aholisi  shunday  asos 

hisoblanadi. Shu maqsadlarga tadbirkorlik sohasida ishlovchi kadrlarni tayyorlash, 

malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi xizmat qiladi. 



Moliya-kredit  tizimi  -  xususiy  va  kichik  tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun 

turli  investitsiya  fondlari,  tijorat  banklari  tarmog`i  -  qimmatbaho  qog`ozlarning 

muomala  bozorini  kengaytirish,  ularni  qayta  taqsimlash  va  ishlab  chiqarishni 

investitsiyalash  uchun  yo'naltirishga  imkonini  beradi,  qarz  beruvchi  bilan  qarz 

oluvchi  o'rtasida  bevosita  munosabatlarni  yo'lga  qo'yadi,  kreditda  vositachilar 

tizimi va uni tartibga solish mexanizmini yuzaga keltiradi. 




 

47 


Kichik  va  xususiy  ulgurji  -  vositachilik  tarkiblari  -  maxsus  bozorlar, 

konsignatsiya  omborlari,  omborxonalar,  ulgurji  do'konlar  va  bazalar  -  keng 

darajadagi  bevosita,  uzoq  davom  etuvchi  xo'jalik  aloqalari,  ishlab  chiqaruvchi 

kooperatsiyasi tartibida amalga oshiriladigan mahsulot yetkazib berish to'g`risidagi 

respublikalararo bitimlar ko'pdan ko'p ishlab chiqiruvchilardan sotib olish hisobiga 

yig`ib, to'lash yo'li bilan markazlashgan asosda chetga mahsulot yetkazib berishga 

xizmat qilishni ta’minlaydi. 

Birja tarkibi: 

- tovar-xom-ashyo  birjasi,  uning  filiallari  va  dallollik  idoralari  -  xomashyo 

resurslari  va  qayta  ishlangan  mahsulotni  g`oyat  qisqa  muddatda  ildam  sotishni 

ta’minlaydi; 

- fond  birjasi,  uning  filiallari  va  dallollik  idoralari  -  qimmatbaho  qog`ozlar 

bozorining faoliyatiga ko'maklashadi; 



- amlok  birjasi,  uning  filiallari  va  dallollik  idoralari  -  amlokning  ikkilamchi 

bozori  shakllanishiga,  mintaqadagi  jamiki  amlokning  unga  jalb  etilishiga 

ko'maklashadi; 

- doimiy  yarmakalar  -  talab  va  taklifni  nazorat  qilib,  ishlab  chiqaruvchilarni 

rag`batlantiruvchilar hisoblanadi. 



Agroxizmatlar  bozori  -  dexqon  (fermer)  xo'jaliklarini  yuqori  navli  qishloq 

xo'jalik  ekinlari  urug`liklari  va  ekish  materiallari  bilan  -  o'z  vaqtida  ta’minlashga 

ko'maklashadi,  xo'jaliklarning  ilmiy  -  tadqiqot  aloqalarini  qo'llab  quvvatlaydi; 

sozlash - tiklash, agrokimyo, zooveterinariya xizmati kabilarni o'z ichiga oladi. 



Xizmatlar bozori - umumiy  yo'nalishdagi  xizmatlar bozorini ta’minlaydi. O'z 

ichiga  uy-joy  tag`miri,  qurilish  va  ta’mirlash  materiallarini  ishlab  chiqarish 

korxonalarini,  madaniy  sog`lomlatirish  va  turistik  xizmatlarni,  kliring  idoralarini, 

konsalting,  injiring, huquqiy,  axborot  -  reklama  xizmatlari, loyiha-  smeta,  ilmiy  - 

tadqiqot ishlari va boshqalarni oladi. 

Transport  xizmati  -  tranport  xizmati,  tashilayotgan  yuklarning  ehtiyotlab 

saqlanishi va o'z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi. 

Tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  ta’minlash  tizimi  -  kichik  va  xususiy  tadbirkorlik 

sub’ektlarining  eksport-import  operatsiyalarida,  tashqi  bozorda  raqobatchil 

mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  uskunalar  va  texnologik  liniyalar  xarid  qilishga, 

xom-ashyo,  materiallar,  jamlovchi  ehtiyot  qismlar  yetkazib  berish  uchun 

shartnomalar  tuzishda,  shuningdek  xalqaro  ko'rgazmalar  va  yarmarkalarga 

ko'maklashish va ularda ishtirok etishda yordam ko'rsatadi. 

Yana shuni ham aytish kerakki, bozor infratuzilmasi - inson aql-zakovati bilan 

sinab  ko'rishlar  va  xatoliklar  usuli  orqali  dunyoga  keltirilgan,  muttasil  rivojlanib 

boradigan  va  o'zining  murakkabligi  oqibatida  olimlar,  davlat  arboblari  va 

amaldorlar,  tadbirkorlar  va  barcha  favqulodda  e’tiborga  muhtoj  bo'ladigan  ulkan 

tizimdirki,  u  iqtisodiyotning  inson  mahsulot  va  xizmatlar  iste’molchisi  sifatida 

duch  keladigan  deyarli  barcha  sohalarini  qamrab  oladi.  Bizlarning  har  birimiz 

iste’molchilar  sifatida  bu  sohalarning  yaxshilanishidan  manfaatdor  bo'lganimiz 

uchun  ham  bozor  infratuzilmasini  butun  choralar  bilan  rivojlantirish  va 

takomillashtirishga ko'maklashishimiz lozim. 



 

48 


Ko'rinib turibdiki, infratuzilma qanchalik, ko'proq rivojlangan bo'lsa, bozorda 

shunchalik  madaniy  raqobat  kuchli, bozor  o'yini  qoidalarini  buzish  qiyinroq  bo'la 

boradi. 

Infratuzilmaning  maqsadi  -  to'lovga  qobil  talab  qilingan  sharoitlarda  o'zaro 

yon berishlar asosida savdo-sotiq ishtirokchilari foydasini kuchaytirishdan iborat. 

O'z maqsadlariga erishish uchun infratuzilma quyidagi vazifalarni hal qiladi: 

Birinchidan,  oladigan  foydasini  eng  ko'p  darajada  oshirish  uchun  o'z  ishlab 

chiqarish  xarajatlarini  nihoyatda  kamaytirib  boradi.  Shubhasiz,  bajarilayotgan 

xizmatlar narxiga ustamalar yetarli qattiq cheklangan bir vaziyatda sarf-xarajatlarni 

tobora kamaytirib borish xaridorlar manfaatlariga to'la mos tushadi. 

Ikkinchidan,  bozorda  tarkib  topayotgan  ahvoldan  kelib  chiqib,  mahsulot 

ishlab  chiqarish  buyurtmalarini  ko'paytirib  yoki  kamaytira  borib,  ishlab  chiqarish 

uchun  bozor  talabining  identifikatori  sifatida  namoyon  bo'ladi.  Shu  yo'l  bilan 

mahsulot  ishlab  chiqarish  va  xizmatlariga  jamoat  harakatlari  qisqarib,  mahsulot 

chiqarish hajmlarini joriy tartibga solinishi ta’minlanadi. 

Uchinchidan,  iste’mol  tovarlari,  korxonalar,    konsernlar  va  korporatsiyalar 

ishlab chiqarish vositalarining ijtimoyi zarur narxini belgilaydi, shu maqsadda birja 

mexanizmidan foydalaniladi. 

Tovar-xom  ashyo  birjalarida  fyuchers  shartnomalari  muomalasi  tufayli 

kelgusi  davrlar,  bir  yil  va  undan  ortiq  muddatga  mahsulot  narxlari    hisoblanadi. 

Tadbirkorlar bu bilan u yoki bu tovarlarni tayyorlash hajmlarini o'zgartirib, ishlab 

chiqarish dasturlarini to'g`rilab olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 

Shu  tariqa  ob’ektiv  iqtisodiy  regulyatorlar  hukumat  va  jamiyatni  ishlab 

chiqarishni boshqarish tashvishidan xolos qiladi. 

Tovar-xom  ashyo  birjalarining  signallari  fond  bozorida  birja  tovarini  ishlab 

chiqaruvchi  yoki  iste’mol  qiluvchi  korxonalar  aksiyalarining  narxidagi 

o'zgarishlarida aks etadi. Shunday  narx o'zgarishlari xususiy investorlarga o'z pul 

mablag`larini qaerga joylashtirishini tanlab olishda ko'maklashadi. 

Bu bilan ishlab chiqarishning rivojlantirish masalalari yana bir karra ob’ektiv, 

sof  iqtisodiy  usullar  bilan  tartibga  solinadi,  mablag`lar  mahsulotlarga  talab 

kamaygan  yoki  samarasiz  ishlab,  kam  foyda  berayotgan  korxonalarni  ilojsiz 

qoldirib, 

xaridorgir 

mahsulot 

tovarlar 

va 


xizmatlarini 

ko'paytirishni 

rag`batlantiradi, fyuchers va forvard bitimlari mexanizmi orqali ishlab chiqarishni 

avans  bilan  ta’minlaydi,  uning  barqaror,  muvaffaqiyatli  ishlashiga  ko'maklashadi, 

investsiyaviy resurslarni ulardan eng ko'p samara olinadigan joylarda jamlaydi. 

To'rtinchidan,  tovar  va  xizmatlar  bozorida  marketing  asosidagi  infratuzilma 

buyurtmachi  vazifasini  bajarib,  barcha  iste’molchilar  nomidan  ish  olib  boradi,  u 

bilan ishlab chiqarish va uni boshqarishni tartibga solishga ko'maklashadi. 

Infratuzilmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

       1. Qishloq  xo'jaligi  mahsulotlari  bo'yicha:  qabul,  yuvish-  tozalash,  quritish, 

saralash (buzuq va chiriy boshlagan mahsulotni terib tashlash), ajratish, qadoqlash, 

o'rash,  paketlash  va  konteynerlash,  saqlash,  to'plash,  (zarur  holatlarda)  -  sovutish 

va iste’molchilarga bir maromda yetkazib berish;  

Sanoat  mahsuloti  bo'yicha:  qabul,  o'rash,  paketlash,  saqlash,  talabga  binoan 

iste’mol uchun yetkazib berish;  



 

49 


       2. Barcha turdagi mahsulotlar bo'yicha: ulgurji iste’mlochilarga yetkazib berish 

uchun  tovarlarni  to'plash  va  aksincha  -  katta  turkumdagi  tovarni  chakana 

iste’molchilarga talabga binoan yetkazib berish uchun kichik turkumlarga bo'lish; 

       3. Qishloq  xo'jalik  mahsulotlarini  yetishtiruvchilar  va  qishloq  xo'jalik  xom 

ashyosini  qayta  ishlovchilar  avans  olishlarini  ta’minlovchi  fyuchers  va  forvard 

bitimlari asosida mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish; 

       4. Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash; 

       5. Tadbirkorlik tavakkalchiligini sug`urtalash; 

       6. Tovarlar tashilishini tag`minlash (transportirovka); 

       7. Tadbirkorlarini ro'yxatga olish; 

       8. Bitimlarni ro'yxatga olish; 

       9. Tadbikorlar manfaatlarini huquqiy himoyalash; 

     10. Tadbirkorlar  ehtiyojiga  konsalting,  injiniring,  auditorlik,  loyixa-smeta  va 

boshqa xizmatlarni ko'rsatish. 

       Bozor  infratuzilmasi  tarkibiga  bank-moliya  muassasalari,  birja  va  brokerlik 

idoralari,  axborot-maslahat  markazlari,  reklama  agentliklari,  sug`urta,  soliq  va 

auditorlik  xizmatlari,  tijorat,  ulgurji  savdo  va  yarmarka  markazlari  va  boshqalar 

kiradi.  Umuman  olganda,  bozor  infratuzilmasi  moddiy  va  nomoddiy  ishlab 

chiqarishiga,  ya’ni  inson  mahsulot  va  xizmatlar  iste’molchisi  sifatida  duch 

keladigan  deyarli  barcha  sohalarni  qamrab  oladi.  Har  birimiz  iste’molchi  sifatida 

ushbu sohalarni yaxshilanishidan manfaatdormiz. 

 


Download 374,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish