Ma`ruza mavzulari



Download 374,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana12.05.2020
Hajmi374,58 Kb.
#48943
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
qishloq xojaligi infratuzilmasi

 

 


 

40 


11-mavzu. Ijtimoiy infratuzilma faoliyatini tashkil qilish 

Reja: 

1.Ijtimoiy infratuzilmaning mohiyati va tuzilmasi. 

2.Ijtimoiy infratuzilmani tashkil qilish va rivojlantirish. 

3.Qishloqlarda aholiga madaniy maishiy xizmat ko'rsatishni rivojlantirish. 

4.Sog`liqni saqlashni tashkil qilish. 

Adabiyotlar 

1.Pulatova  R.X."Agrosanoat  majmuasida    infratuzilma  faoliyatini  tashkil 

etish".O'quv qo'llanma. ToshDAU. 2006y. 

2.Sidiqov  Z.T.,  Pulatova  R.  X.,  Nazirova  D.  "Qishloq  aholisi  bandligini  oshirish 

imkoniyatlari"Iqtisodiyotni  modellashtirish  va  axborotlashtirish  masalalari.  Ilmiy 

ishlar to'plami.T-2004 y. 25-son. 

3.Vohobov A. "Qishloqda ijtimoiy soha" Iqtisod va hisobot. 1996 y. 2-son. 

 

Ijtimoiy infratuzilma aholining farovonligini oshirish, kishilar mehnat sharoiti 



va  turmush  tarzini  yaxshilash  bilan  bog`liq  muhim  ijtimoiy  vazifalarni  hal  etar 

ekan,  jamiyat  a’zolarining  ehtiyojlari  qondirilishini  ta’minlaydi,  mamlakat 

iqtisodiy yuksalishi uchun sharoit yaratadi. 

Ayni  vaqtda  ijtimoiy  infratuzilma  ishlab  chiqarish  samaradorligi  o'sishiga 

bevosita  ta’sir ko'rsatadi.  Infratuzilmaning  rivojlanishi iqtisodiyotning  real  sektori 

bilan  bevosita  bog`langanki,  u  mazkur  tuzilmaning  holati  va  o'sish  sur’atlarini 

shakllantiradi. 

Ijtimoiy  turmushga  ta’sir  o'tkazuvchi  infratuzilmaning  asosiy  jihatlariga 

quyidagilar kiradi: 

  ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirish; 

  aholi mehnat faolligi ko'lamini kengaytirish; 

  mehnat resurslari safarbarligini tartibga solish; 

  bo'sh      vaqt    fondini    boyitish    va    undan    foydalanish      shart-sharoitlarini 

yaxshilash uchun imkoniyat yaratish; 

  ishchi kuchini takror yetishtirishga ta’sir etish. 

Ijtimoiy infratuzilma  murakkab vazifalar tizimidan iborat bo'lib, unda barcha 

unsurlar  o'zaro  bog`langanki,  ulardan  birining  rivojlanishda  ortda  qolishi 

boshqalaridan  samarasiz  foydalanilishiga  sabab  bo'ladi.  Shu  boisdan  mintaqa 

ijtimoiy  infratuzilmasining  yagona  bir  majmua  tarzida  rivojlanishini  ta’minlash 

muhim vazifa hisoblanadi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  sharoitida  ijtimoiy  infratuzilma  taraqqiyotini 

boshqarishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: 

  respublika,  tarmoq  va  hududiy  boshqaruv  organlarining  vazifasi,  hamda 

maqsadlarini, mulkiy huquqlarini chegaralash; 

  qishloq  kengashlari,  tuman,  shahar  va  viloyat  hokimliklari  rolini  qayta  ko'rib 

chiqish; 

  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va    xususiylashtirish  jarayonini  hisobga 

olib, ijtimoiy sohada qayta qurish dasturini ishlab chiqish; 

  hujjatlar va tavsiyalar, me’yoriy yo'riqnomalar bazasini tayyorlash; 



 

41 


  mintaqaviy  xususiyatlar  va  omillarni  hisobga  olish,    bularga  ijtimoiy  me’yor 

ko'rsatkichlari tizimini ishlab chiqishga diqqat qilish; 

  uy-joy  muammolariga  e’tibor  berish  va  yakka  tartibda  uy-joy  qurilishini 

rivojlantirish.      

Hozirgi  vaqtdagi  shahar  joylarda  ijtimoiy  infratuzilma  taraqqiyotini 

boshqarish  muammolari  quyidagilardan  iborat:  ijtimoiy  infratuzilmalarni 

rivojlantirishga  mo'ljallangan  mablag`lar  va  resurslarni  boshqarishga  oid  barcha 

vazifalarning  mahalliy  boshqaruv  organlari  qo'lida  haqiqatdan  jamlanishiga 

erishish; 

  xo'jalik  yuritish  va  tarmoqlar  hamda  hududlarning  o'zaro  ta’siri  tashkiliy  - 

iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish; 

  mintaqalar o'rtasida va ichida, uning unsurlari, vertikal va gorizontal tuzilmalari 

o'rtasida  ijtimoiy        infratuzilmani  rivojlantirishdagi  nomutanosibliklarga 

barham berish; 

  shahar  va  qishloq  ijtimoiy  infratuzilmasini  yanada  o'zaro  integratsiya  qilish, 

bunda  ish  tizimlariga  xos  ijobiy      jihatlarni  butun  choralar  bilan  rivojlantirish 

hamda  ularning  noxush  jihatlarini  imkon  qadar  cheklash  (yoki  bartaraf  qilish) 

maqsadini ko'zlash; 

  shaharni  ijtimoiy  qayta  qurishning  maqsadli,  majmuaviy  dasturini  tuzish  va 

amalga  oshirish,  mehnat  resurslaridan  oqilona  foydalanish,  faol  demokratik 

siyosat yuritish. 

Mazkur 


talablarning 

jami 


mintaqa 

ijtimoiy 

infratuzilmasi  xo'jalik 

mexanizmini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlarini belgilaydi. 

Xo'jalik yuritish yangi iqtisodiy mexanizmining yaratilishi mahalliy byudjetga 

ko'plab  mablag`larni  jalb  etish  imkonini  beradi,  ammo  muayyan  joy  sharoitida 

mana shu barcha resurslar har holda korxona va tashkilotlar hisobiga shakllanadi. 

Ayni vaqtda ko'pchilik hokimliklarda qishloqda ijtimoiy infratuzilma inshootlarini 

qurish bo'yicha yagona buyurtmachi vazifalarini bajarish uchun haqiqiy imkoniyat 

vujudga kelmagan. 

Ijtimoiy      infratuzilmani      rivojlantirishni      boshqaruv      mexanizmini 

yaratishning  turli  variantlari  bir  xil  baholanishiga  qaramay,  mintaqadagi 

tumanlarning  o'ziga  xosligiga  bog`liq  bo'lgan  holda  vaziyatni  rivojlantirishning 

uchta ehtimoliy yo'nalishini qo'llash uchun asos bor, ya’ni:  

a) mablag`lar va resurslar hokimlik qo'lida jamlanadi; 

b) vazifalar agrosanoat korxonalari va tashkilotlari qo'lida jamlanadi; 

v) dastlabki ikki variant eng maqbul tarzda birga qo'shiladi. 

Ijtimoiy  infratuzilmaning  ayrim  unsurlarini  rivojlantirish  vazifalari  alohida 

taqsimlangan taqdirdagina manfaatlar uyg`unligiga erishish mumkin. 

Ijtimoiy  normativlar  tizimini  ishlab  chiqishda  mintaqaviy  xususiyatlarni, 

shahar  va  qishloq  joylarda,  aholi  turmush  tarzi  va  boshqa  ko'p  jihatlar  o'rtasidagi 

tafovutlarni  hisobga  olmoq  lozim.  Ular  doirasida  quyidagi  jamlanma  omillarni 

ajratish mumkin: 

Jo'g`ofiy  omillar  -  aholi  joylashuv  tarkibi,  shaharlashuv    (urbanizatsiya) 

darajasi,  biologik  iqlim  xususiyatlari,  tabiiy  iqlim  sharoitining  mehnat  tusi  va 




 

42 


rejimiga,  iqtisodiyotning  ixtisoslashuvi,  me’morchilikka  ta’siri,  rekreatsion 

imkoniyatlar 

va 

ulardan 


foydalanish 

darajasi, 

tabiiy 

resurslar 

bilan     

ta’minlanganlik va tabiatdan foydalanish xususiyati; 



Demografik omillar - aholining ko'payish rejimi, uning soni, tarkibi va tabiiy 

ko'chib yurish ta’sirida joylashuvining o'zgarishi, aholi migratsiyasi va safarbarligi, 

aholi va mehnat resurslarining jinsiy va yosh tarkibi, oilalarning shakllanishi, o'sish 

va  ajralish  sharoiti,  ularning  turi  va  tarkibi,  migratsiya  tusi,  migratsiya  oqimlari 

tarkibi,  aholining  milliy  tarkibi,  ayrim  millatlar  va  elatlarni  zich  yoki  tarqoq 

yashash darajasi; 



Ijtimoiy omillar - ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va o'sish 

istiqboli, mintaqaning mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotidagi ulushi, hozirgi 

bosqich  va  istiqboldagi  iqtisodiyotning  tarkibi,  boshqaruv  tizimi,  mintaqadagi 

ilmiy - texnik taraqqiyot tusi, shahar va qishloq aholisining turmush tarzi, milliy va 

maishiy  xususiyatlar,  an’anaviy  etnik  qadriyatlar  va  ularning  me’morchilikda  aks 

etishi,  mintaqada  yashovchi  millatlar  va  elatlarning,  hamda  milliy  va  etnografik 

guruhlarning ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy rivojlanishi hamda madaniy ehtiyojlar 

tusi va til taraqqiyoti. 

Mazkur  omillarni  mintaqaviy  xususiyatlar  va  boshqa  alomatlardan  kelib 

chiqib,  sifat  va  aralash  tavsiflar  bo'yicha  tashkil  qilish,  ulardan  hal  etish 

zaruriyatiga  ko'ra  eng  dolzarb omillarni  ajratish  mumkin. Iqtisodiyotning ijtimoiy 

sohaga  yo'naltirilishi  ijtimoiy  infratuzilmani  mustaqil  boshqaruv  ob’ekti,  uni 

rivojlantirish muammolariga tizimli yondashuv sifatida alohida ajratib olishni shart 

qilib qo'yadi. 

Xizmat  ko'rsatish  tarmoqlari  deganda,  maishiy  xizmat  sohalari  bilan  bog`liq 

bo'lgan ayrim tarmoqlarnigina tushunish maqsadga muvofiq emas, bugungi  kunda 

unga  yangicha  talab  ko'zi  bilan  qarash  zarur.  Qishloqlarning  istiqboldagi  ijtimoiy 

rivojlanishini  xizmat  ko'rsatish  sohalarisiz  tasavvur  etib  bo'lmaydi.  Xizmat 

ko'rsatish sohasiga quyidagilar kiradi: 

  ishlab chiqarishga xizmat qilish; 

  dehqonchilikning      barcha    yo'nalishlari      bo'yicha    mahsulotni    qayta  ishlash 

bilan bog`liq bo'lgan xizmat ko'rsatish; 

  dehqonlar  tomonidan yetishtirilgan  mahsulotni  sotib olish va aholiga yetkazib 

berish bo'yicha xizmat ko'rsatadigan sohalarni tashkil etish; 

  texnik-transport xizmatini yaxshilash; 

  ishchi kuchlarining ish joylariga borib kelishlarini ta’minlaydigan, ish joylarini 

o'rganadigan,    ma’lum  tavsiyalar,    yordam  va  yuridik  maslahatlar  beradigan 

xizmat ko'rsatish va boshqa sohalar. 

Aholini  ish  bilan  ta’minlash  muammosini  hal  etish,  qishloqda  sanoat  va 

xizmat  ko'rsatish  sohalarini  rivojlantirish  tadbirlarini  amalga  oshirish  bilan 

bevosita  bog`liq.  Shu  munosabat  bilan  sanoat  va  xizmat  ko'rsatish  sohalarini 

qishloqqa olib kelish, mahsulotlarni qayta ishlaydigan sanoat korxonalarini qishloq 

zaminiga  joylashtirish  mahalliy  hokimiyatlar,  tadbirkor  ishbilarmonlar,  turli  mulk 

egalari oldiga asosiy vazifa etib qo'yilgani ham tasodifiy emas. 




 

43 


O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1999  yil  17  sentyabrdagi  "Aholiga 

maishiy  xizmat  ko'rsatish  tizimida  islohotlarni  davom  ettirish  to'g`risida"gi  PF-

1843 sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 

sentyabrdagi  "Aholiga  maishiy  xizmat  ko'rsatish  tizimi  faoliyatini  tashkil  etish 

to'g`risida"gi  446-sonli  1995  yil  12  sentyabrdagi  399-sonli  "Aholiga  maishiy 

xizmat  ko'rsatish  korxonalari  faoliyatini  barqarorlashtirish  chora-tadbirlari 

to'g`risida"gi qarorlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi shahar va viloyatlarida 

hududiy maishiy xizmat ko'rsatuvchi obg`ektlarni hisobga olish maqsadida shahar 

va  viloyat  hokimiyatlari  tarkibida  maishiy  xizmat  ko'rsatish  uyushmalari  tashkil 

qilingan.  Ularga  a’zo  bo'lgan  maishiy  xizmat  ko'rsatish  korxonalariga  turli  xil 

imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari berildi: 

  maishiy  xizmat  ko'rsatish  ob’ektlari  yangidan  tashkil  etilgan  taqdirda  bino  va 

yer  maydonlari  bilan  ta’minlashni  viloyat  va  shahar  hokimiyatlari  miqyosida 

hal qilish; 

  yangi  tashkil  etilgan  maishiy  xizmat  korxonasi  hokimiyat  balansidagi  binoda 

joylashgan  bo'lsa,  ijara  shartnomasi  tuzilgan  vaqtda  imtiyozli  narxlardan 

foydalanishi; 

  maishiy  xizmat  ko'rsatish  korxonalari  tashkil  qilinganda,      ularni  ro'yxatdan 

o'tkazishda va faoliyatini amalga oshirishda    amalda ko'rsatilgan "tadbirkorlar 

faoliyatini himoya qilish" qonun-qoidalarida ko'rsatilgandek qo'llab quvvatlash. 

Qishloqda  maishiy  xizmat  ko'rsatish  korxonalari  tashkil  etilishi  mehnatga 

yaroqli  aholining  ish  bilan  band  bo'lmagan  ortiqcha  qismini,  asosan  qishloqda 

yashayotgan  xotin-qizlar  va  yoshlarni  ijtimoiy  foydali  mehnatga  jalb  qilishda  va 

shu  tariqa  qishloqlarda  ishsizlikning  kuchayib  borish  xavfini  barham  topishida 

o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. 

Maishiy xizmat ko'rsatish xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash hozirda 

tashkil  qilinayotgan  o'quv  markazlari,  oylik  kurslar,  chet  elning  O'zbekistondagi 

o'quv  fondlari  tomonidan  firmalar  buyurtmasi  yoki  jismoniy  shaxslarning 

individual buyurtmalari bo'yicha pullik tarzda amalga oshiriladi. 

Maishiy  xizmat  ko'rsatish  sohasida  chet  elliklar  bilan  ham  aloqalar 

o'rnatilmoqda,  xususan,  sartaroshlik  xizmati  bo'yicha,  Germaniya  va  Fransiya 

davlatlari  bilan  tuzilgan  shartnomalar  asosida  zamonaviy  asbob-anjomlar,  elektr 

texnikalari  olib  kelinmoqda  va  o'rnatilmoqda.  Avtomobillarni  ta’mirlash  sohasida 

Koreya,  Turkiya,  AQSh,  Germaniya,  Italiyada  ishlab  chiqarilgan  dastgohlar  olib 

kelinib,  jahon  andozalariga  javob  beradigan  xizmat  darajasiga  erishilmoqda. 

Kimyoviy  tozalash  va  kir  yuvish  xizmat  turlari  bo'yicha  Italiya,  Germaniya 

davlatlari  bilan  hamkorlikda  qo'shma  korxonalar  tashkil  etilmoqda.  Poyafzal, 

xususan  ortopediya  poyafzallarini  tikish  bo'yicha  Germaniya  bilan  hamkorlik 

aloqalari o'rnatilgan. 

Mustaqil O'zbekistonda 1991 yildan buyon ijtimoiy va iqtisodiy siyosatda tub 

o'zgarishlar  yuz  berdi.  Bu  o'zgarishlar,  o'z  navbatida,  sog`liqni  saqlash  tizimiga 

ham  sezilarli  ta’sir  ko'rsatdi  va  uni  isloh  qilishning  aniq  hayotiy  zarurati  yuzaga 

keldi. 

1991-1992  yillarda  sog`liqni  saqlash  vazirligi  O'zbekiston  Respublikasi 

Moliya  vazirligi  bilan  hamkorlikda  sog`liqni  saqlashni  moliyalashtirish  siyosatini 



 

44 


o'zgartirdi. Byudjet mablag`lari aholi jon boshiga qarab ajratilmoqda, ambulatoriya 

-  poliklinika  muassasalari  aholining  xizmat  ko'rsatilgan  qismi  va  shifoxonada 

davolangan bemorlar soniga qarab moliyalashtiriladi. Natijada tarmoqni ekstensiv 

rivojlantirish  to'xtatilib,  kunduzgi  davolash  xizmati  ustun  darajada  rivojlantirila 

boshlandi.  Kunduzgi  xizmat  ambulatoriya  xizmati  foydasiga  80%  dan  60%  ga 

kamayib,  keyingisida  moliyalashtirish  salmog`i  9-10%  dan  30-40%  gacha  o'sdi. 

Ko'rinib  turibdiki,  mahalliy  byudjetning  50,6%i  ambulatoriya  -  poliklinika 

tarmog`iga,  43,0%i  statsionar  xizmat  tarmog`iga  va  6,4%i  boshqa  tarmoqlarga 

yo'naltirilgan.  Aholi  salomatligini  mustahkamlash  davlat  siyosati  darajasiga 

ko'tarildi.  Binobarin,  sog`liqni  saqlashdagi  islohotning  asosiy  qoidalari  sog`liqni 

saqlashni  rivojlantirishni  intensifikatsiyalash  va  zahiralardan  samarali  foydalanish 

bo'yicha yangi iqtisodiy mexanizmlarni shakllanti rishga qaratilgan. 

Hozirgi  vaqtda  mamlakatimizda  salomatlikni  muhofaza  etish  borasida  qator 

qonunchilik  hujjatlari  qo'llanilmoqda.  Ulardan  eng  muhimi,  O'zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  1996  yil  29  avgustda  tasdiqlangan 

"O'zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  sog`lig`ini  saqlash  to'g`risida"gi 

qonundir.  Ushbu  qonun  xalqaro  ekspertlar  ishtirokida  ishlab  chiqilgan  va  xalqaro 

standartlarga  muvofiq  keladi.  Qonun  fuqarolarning  sifatli  tibbiy  yordam  olishga 

bo'lgan teng huquqlarini ta’minlaydi.  

O'zbekiston  Respublikasida  sog`liqni  saqlashni  rivojlantirish  tamoyillari 

ishlab  chiqilgan  bo'lib,  u  sog`liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilishning  uzoq  davrga 

mo'ljallangan istiqbollarini nazarda tutadi: 

  rivojlanishning  ekstensiv  yo'lidan  tibbiy  -  sanitariya    muassasalarini 

intensifikatsiyalashga o'tish; 

  resurslardan            samarali          foydalanish            bo'yicha            yangi          iqtisodiy 

mexanizmlarni shakllantirish; 

  sog`liqni saqlash boshqaruvini markazlashtirishdan voz kechish; 

  sog`liqni saqlashda yangi moliyaviy mexanizmlarni yaratish; 

  aholi sog`lig`ini muhofaza etishda ustuvor yo'nalishlarni belgilash; 

  oliy tibbiy ta’lim va tibbiy kadrlar tayyorlash tizimini   isloh qilish; 

  yuqumli kasalliklarning oldini olish choralarini ko'rish. 

Shuning o'ziyoq aholi va sog`liqni saqlash muassasalarining tibbiyot texnikasi 

va jihozlariga bo'lgan ehtiyoj bozorini qondirish imkonini beradi. Bundan tashqari, 

markazlashtirilgan moliyalashtirishdan voz kechish sog`liqni saqlash  byudjetining 

80-85  foizini  mahalliy  hokimiyat  organlari  tomonidan  shakllantirilishi  va  12-20 

foizini  respublika  miqyosida  saqlab  qolish  imkonini  yaratdi.  Yaqin  yillarda 

sog`liqni  saqlash  byudjetini  60  foiz  mablag`larini  davlat  hisobidan,  30  foizini 

tibbiy  sug`urtani  rivojlantirish  hisobidan  va  10  foizini  pullik  xizmat  hisobidan 

qoplash mo'ljallanmoqda. 

Sog`liqni  saqlashni  rivojlantirishda  davlatga  muhim  rol  berilishi  quyidagi 

uchta asosiy sharoitlar bilan asoslanadi: birinchidan, kambag`allikni qisqartirish va 

xizmat  uchun  esa  o'zi  haq  to'lay  olmaydigan  shaxslarni  tibbiy  yordam  bilan 

ta’minlashning  zaruriyati;  ikkinchidan,  tibbiy  xizmatlarning  ba’zi  ko'rinishlari 

ijtimoiy  ne’mat  hisoblanadi  va  u  tashqi  samaraga  ega,  masalan,  kasallik 




 

45 


tarqatuvchilar  bilan  kurashgan  holda,  sog`lom  turmush  tarzini  targ`ibot  qilish  va 

tibbiy bilimlarni tarqatish; va nihoyat, uchinchidan, sog`liqni saqlash hamda tibbiy 

sug`urta  bozori  mexanizmining kamchiliklari  (kasallanish xavfining  turli darajasi, 

axborot assimmetriyasi: tibbiy xizmatchilar faqat xizmat ko'rsatibgina qolmay, shu 

bilan birga qanday xizmat ko'rsatilishi lozimligi haqida ham qaror qabul qiladilar). 

Shu  sababdan  ham  barcha  mamlakatlarda  davlat  sog`liqni  saqlash  tizimiga 

aralashadi.  Biroq,  bu  aralashuv  darajasi  sog`liqni  saqlash  tizimi  faoliyatining 

asosiy yo'nalishlari bo'yicha turlichadir. 

O'zbekiston  sog`liqni  saqlash  tarmog`i  hozirgi  davrda  xalqaro  maydonga 

chiqdi  va  BMT  ixtisoslashgan  agentliklari  faoliyatida  faol  ishtirok  etmoqda. 

Birinchi navbatda, bu umumjahon sog`liqni saqlash tashkiloti, YUNISEF, PROON 

va bir qator xalqaro jamiyatlar bilan hamkorlikda ko'zga tashlanmoqda. 

Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida kechgan so'nggi mashaqqatli 

yillar mag`lum ijobiy natijalarga erishish imkonini berdi. Mamlakatda umr ko'rish 

darajasi uzaydi, aholi o'limi kamaydi, ayniqsa, onalar va bolalar o'limi kamayishiga 

erishildi. 

 


Download 374,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish