Ma`ruza mavzulari


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 374,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana12.05.2020
Hajmi374,58 Kb.
#48943
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
qishloq xojaligi infratuzilmasi

Nazorat va muhokama uchun savollar: 

1.  Hozirgi kunda O'zbekistonda energetika tizimi holati qanday? 

2.  Qishloq  xo'jaligini  elektrlashtirishning  samaradorlik  ko'rsatkichlarini 

izohlang. 

3.  Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish jarayonini elektrlashtirish qanday yo'lga 

qo'yilgan? 

4.  Elektr energiyasidan samarali foydalanish muammolari nimalardan iborat? 

5.  Muammolarni hal etishda o'z fikringizni izohlang. 

6.  Qishloq xo'jaligida elektrlashtirish tizimini baholang. 

 

 



7-mavzu. Qishloq xo'jaligida suv resurslaridan foydalanish. 

Reja: 

1.Melioratsiya va suv xo'jaligi. 

2.Suv  resurslaridan  foydalanishda  hududiy  prinsipdan  havza  prinsipga  o'tish 

afzalliklari. 

3.Sug`orishning yangi texnologiyalarini  qo'llash. 

                Adabiyotlar 

1. To'xliev N. "O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti".T-1998y. 

2. Eshonov H."Hududiy prinsipdan havza prinsipiga". 

    O'zbekiston qishloq xo'jaligi. 2004y. 3-son. 

3.  Shoxxo'jaev  F.  "Suvdan  foydalanishda  yangicha  munosabatlar".  O'zbekiston 

qishloq xo'jaligi. 2004y. 7-son. 

 

Respublikada iste’mol qilinayotgan suv miqdorining 95% daryo va soylardan 



olinadi.  Suvni  iste’molchilarga  yetkazib  berish  maqsadida  ko'plab  kanal,  zovur, 

gidrouzel,  gidrotexnika  inshootlari,  suv  omborlari,  doimiy  nasos  stansiyalari 

qurilgan. Respublikada qishloq xo'jalik sug`orma dehqonchilikka asoslangan. Suv 

xo'jaligida umumiy suv sarfi soniyasiga 2500 m3 dan ortiq bo'lgan 75 yirik kanal, 

umumiy  hajmi  18,6 mlrd.  m3  bo'lgan  53 suv va 25 sel  omborlari, 32,4  ming  km. 

xo'jaliklararo  kanallar,  4889  nasos  agregatlari  o'rnatilgan,  1479  doimiy  nasos 

stansiyalari,  10180  tik  drenaj  va  suv  chiqarish  quduqlari,  30,4  ming  km. 

xo'jaliklararo  kollektorlar  mavjud.  Suv  inshootlarini  ekspluatatsiya  qilish  va 

yerlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash  bilan  bog`liq  barcha  ishlarni  Respublika 

Qishloq  va  suv  xo'jaligi  vazirligi  va  uning  joylardagi  tashkilotlari  tomonidan 

amalga oshiriladi. 

O'zbekiston suv xo'jaligi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan 

biri sifatida shakllandi va aholi hamda iqtisodiyotning suvga bo'lgan ehtiyojini to'la 

qondirishga xizmat qiladi. 

Suv xo'jaligi tizimida melioratsiya qurilishini Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi 

va  "O'zsuvqurilish"  davlat  konserni  olib  boradi.  Suv  xo'jaligi  qurilishi  sohasida 

keyingi 25-30 yil davomida mavjud sug`oriladigan 4,2 mln. ga yerning qariyb 2,0 

mln.  gektari  Qishloq  va  suv  xo'jaligi  vazirligi  va  "O'zsuvqurilish"  davlat 

konsernining  qurilish  tashkilotlari  tomonidan  o'zlashtirildi.  Sug`oriladigan 



 

26 


yerlarning  3  mln.  gektarga  yaqini  drenaj  tarmoqlari  bilan  ta’minlangan,  2  mln. 

gektardan ortiqroq yer nasos stansiyalari yordamida sug`oriladi. 

Melioratsiya va suv xo'jaligi tizimida bir qancha korporatsiya, ishlab chiqarish 

birlashmalari,  ilmiy  ishlab  chiqarish,  ilmiy  tajriba  korxonalari  faoliyat 

ko'rsatmoqda. Korporatsiya va birlashmalarning har biri o'z tizimida o'nlab sanoat 

va qurilish industriyasiga ega. 

Sug`oriladigan  dehqonchilikda  mulkchilikning  har  xil  turlari  paydo  bo'lishi, 

fermerchilikning taraqqiy etishi, suv tanqisligining kuchayishi va boshqa sabablar 

tufayli respublikada suvdan va unga bog`liq xizmatlar uchun pullik foydalanishga 

o'tish  sohasida  tegishli  ishlar  olib  borilmoqda.  Suvni  tejash  maqsadida  kanallar 

o'zanida suv sizishini kamaytirish uchun qoplamalar yotqizilmoqda, tomchilatib va 

tuproq ustidan namlatib sug`orish usullari qo'llanilmoqda. 

O'zbekiston  Respublikasidagi  suvga  doir  barcha  munosabatlar  O'zbekiston 

Respublikasining  "Suv  va  suvdan  foydalanish  to'g`risida"gi  Qonuni  (6  may, 

1993y.) bilan tartibga solinadi. 

Irrigatsiya  tizimi  va  suv  resurslarini  ko'p  yillardan  beri  ma’muriy-hududiy 

prinsip asosida viloyatlar va tumanlar bo'yicha boshqarishga asoslangan amaldagi 

tizimi  suv  resurslarining  cheklangani  va  unga  bo'lgan  talabning  yildan-yilga  ortib 

borayotganligi holida, iste’molchilarni ularning talabi asosida, o'z vaqtida mavjud 

suv  resursi  doirasida  o'rnatilgan  limit  bo'yicha  suv  bilan  kafolatli  ta’minlashni, 

suvdan  maqsadli  va  samarali  foydalanishni,  mablag`larning  cheklangani  holida, 

suv  xo'jaligi  tizimini  o'z  vaqtida  ta’mirlash  va  ularni  ishonchli  va  tezkor 

boshqarishni  tashkil  etishni,  suvdan  foydalanishda  bozor  munosabatlarini 

shakllantirishga va rivojlantirishga javob bermay qo'ydi. 

Respublika  Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  21  iyuldagi  "Suv  resurslarini 

boshqarishni  tashkil  etishni  takomillashtirish  to'g`risida"gi  qarori  bilan  Markaziy 

Osiyoda  birinchi  bo'lib,  mamlakatimizda  irrigatsiya  tizimlarini  boshqarish 

ma’muriy-hududiy prinsipidan havza prinsipiga o'tkazildi.  

Respublikada suv resurslari boshqaruvi bilan shug`ullanuvchi mavjud 230dan 

ortiq suv xo'jalik tashkilotlar va xizmatlar negizida: 10ta irrigatsiya tizimlari havza 

boshqarmalari va birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo'lgan Farg`ona vodiysi 

magistral  kanallari  tizimi  boshqarmasi  tashkil  etildi.  Irrigatsiya  tizimlari  havza 

boshqarmalari  tarkibida,  shuningdek,  3ta  magistral  tizim  boshqarmasi,  4ta 

magistral  kanallar  boshqarmasi,  52ta  irrigatsiya  tizimi  boshqarmasi,  birlashgan 

irrigatsiya  markaziga  ega  bo'lgan  Farg`ona  vodiysi  magistral  kanallari  tizimi 

boshqarmasi tarkibida esa 3ta magistral kanal boshqarmalari tuzildi. 

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan havza boshqarmalariga: 

-  suvdan  foydalanishning  bozor  prinsiplari  va  mexanizmlarini  joriy  etish 

asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etish; 

-  ilg`or  texnologiyalarni  joriy  etish  asosida  suv  xo'jaligida  yagona  texnika 

siyosatini o'tkazish; 

 

- iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o'z vaqtida ta’minlashni tashkil etish; 



-  irrigatsiya  tizimlari  va  suv  xo'jaligi  inshootlarining  texnik  ishonchliligini 

ta’minlash; 




 

27 


- havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini 

oshirish; 

- suv iste’molchilari bo'yicha suv resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va 

hisobotini ta’minlash kabi muhim vazifalar yuklatildi. 

Amalga oshirilgan islohot quyidagi imkoniyatlarni berdi: 

-  suv  manbai  bilan  suvni  bevosita  iste’molchilari  o'rtasidagi  ortiqcha  oraliq 

bo'g`inlarni yo'qotdi; 

-  suvdan  foydalanishni  rejalashtirish  va  taqsimlashni  hamda  boshqarishni 

ilmiy asosda ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini berdi; 

-  suv  manbai  bo'yicha  barcha  iste’molchilarni  ularning  talabiga  qarab 

proporsional  ta’minlash  imkonini  yaratdi,  suv  xo'jaligi  tashkilotlari  rahbar  va 

xodimlarining masuliyatini oshirdi; 

- byudjet mablag`laridan maqsadli foydalanishni nazorat qilishni osonlashtirdi 

va uning samaradorligini oshirish uchun shart-sharoit yaratdi; 

-  suvdan  foydalanishda  bozor  prinsiplarini  joriy  qilish  uchun  puxta  zamin 

yaratdi. 

Respublikamizda Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar 

(tizimlar)  va  Irrigatsiya  tizimi  boshqarmalari  to'liq  shakllandi.  Hududiy  Nasos 

stansiyalari,  energetika  va  aloqa  boshqarmalari,  Gidrogeologiya  meliorativ 

ekspeditsiyalar, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tasarrufiga o'tkazildi, 

Suv xo'jaligida o'tkazilgan ushbu islohot natijasida:  

- suvdan foydalanish rejalarini ishlab chiqish, suv olish va undan foydalanish 

bo'yicha limitlarni o'rnatish, suv olish va undan foydalanish shartnomalarini tuzish, 

shartnomalarni  ro'yxatdan  o'tkazish,  suvning  kundalik  oldi  berdisini,  hisob-kitobi 

va hisobotini yuritish, suv resurslari balansini ishlab chiqishda tubdan o'zgarishlar 

ro'y berdi; 

-  Qishloq  va  suv  xo'jaligi  vazirligining  aloqador  vazirlik  va  idoralar  bilan 

kelishilgan  holda  bergan  takliflariga  asosan  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining qarori bilan O'zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish 

to'g`risida"gi qonuniga tegishli o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritildi. 

Vazirlik  tomonidan  aloqador  vazirlik  va  idoralar  bilan  kelishilgan  holda 

suvdan  foydalanishda  bozor  prinsiplarini  joriy  qilish  chora-tadbirlar  dasturining 

loyihasi,  cheklangan  suvdan  foydalanish  tartibi,  suvni  iqtisod  qilib  maqsadli 

foydalangan  holda  suvdan  foydalanuvchilarni  rag`batlantirish  tartibi  to'g`risidagi 

Nizomlar  loyihalari  to'g`risida  Vazirlar  Mahkamasining  qaror  loyihalari 

tayyorlanib, ular belgilangan tartibda ko'rib chiqilmoqda. 

O'tkazilgan  islohot  natijasida  suv  olish  va  undan  foydalanish  tartiblari 

takomillashib bormoqda. 

O'zbekistonning  sug`oriladigan  maydonlari  asosan  tuproq  ustidan  egatlar 

orqali, taxtalarga (marzalarga) bo'lib va cheklarga bo'linib bostirilib sug`orilmoqda. 

Bunday sug`orish usullari tuproq tuzilmasini buzilishiga, qatqaloq hosil bo'lishiga, 

suvning hisobdagi me’yoridan ko'p sarf bo'lishiga, tuproqni notekis namlanishiga, 

suvni  chuqur  qatlamlarga  shimilib  ketishiga  sabab  bo'lmoqda  va  tuproqning 

meliorativ holatini buzilishiga olib kelmoqda. 




 

28 


Yuqorida ko'rsatilgan sug`orish usullarining salbiy oqibatlarini tugatish uchun 

yangi sug`orish usullarini qo'llash  talab qilinadi. Bunday sug`orish usullaridan biri 

egatlab  sug`orishda  egiluvchan  ko'chma  quvurlardan  bosim  ostida  beruvchi  PPA-

165,  PPA-300,  PT-250,  TAP-150,  TPP-200  markali  sug`orish  mashinalaridan 

foydalanishdir.  Ushbu  quvurlar  o'q  ariqlar  o'rniga  ishlatiladi.  Ulardagi  har  bir 

teshik  qator  orasining  o'rtasiga  to'g`rilanadi,  teshiklarda  bir  xil  diametrli  maxsus 

klapanlar bo'lib ular yordamida egatga berilayotgan suvni rostlash mumkin. 

Sug`orish  mashinalari  yordamida  egatlarga  suv  taralganda  bir  yo'la  2-3 

gektardan  5-8  gektargacha  maydonni  sug`orish  imkoniyatini  beradi.  Sug`orishda 

mehnat  unumdorligi  2-3  barvar  oshadi,  suvning  shimilishi  esa  oddiy  usuldagiga 

nisbatan 8-10% kamayadi. 

Yomg`irlatib  sug`orish.  Bu  usulda  suv  maxsus  qurilmalar  va  mashinalar 

yordamida sun’iy yomg`ir tarzda o'simliklar ustidan purkab beriladi. 

Yomg`irlatib  sug`orishning  afzalligi  shundaki,  bu  usulda  sug`orish  jarayoni 

to'liq  mexanizatsiyalashadi,  o'q  ariqlar  soni  kamayadi,  belgilangan  suv  me’yori 

aniq  va  bir  tekisda  sarflanadi,  tuproq  yuzasida  mikroiqlim  vujudga  keladi, 

yomg`irlatib  sug`orishda  sizot  suvlari  ko'tarilmaydi,  shu  sababli  tuproqda 

sho'rlanish va botqoqlanish sodir bo'lmaydi. 

Yomg`irlatib  sug`orish  usulida  egatlab  sug`orishga  nisbatan  mehnat 

unumdorligi  3-4  barobar  oshadi  va  15-20%  suv  tejaladi.  Yomg`irlatish  uchun 

DDA-100M markali o'zi yurar agregat ishlatiladi. U bir vaqtda 120 m kenglikdagi 

maydonni  sug`oradi.  Sug`orish  me’yori  gektariga  700-800  m3  bo'ladi  va  bitta 

agregat  bir  sutka  davomida  10-13  gektar  ekin  maydonini  sug`ora  oladi. 

Respublikamizda  DKSH-64  "Voljanka",  "Fregat"  va  boshqa  markali  keng 

qamraydigan  yomg`irlatgich  mashinalaridan  ham  foydalanish  mumkin,  ular  suvni 

bir tekisda tuproqqa singish tezligida yomg`irlatadi. 

Natijada  gektariga  1000  m3  gacha  suv  berish  va  tuproqni  80-100  sm 

chuqurlikda namiqtirish imkoniyati yaratiladi. 

Tomchilatib  sug`orish.  Tomchilatib  sug`orish  usuli  ekinlarga  suv  berishning 

eng ilg`or usullaridan biri bo'lib, bunda suv o'simliklarga to'g`ridan-to'g`ri maxsus 

jihozlar va qurilmalar yordamida tomchi tarzda yetkaziladi. Bu sug`orish usulining 

asosiy  meliorativ  afzalliklari  shundaki,  suv  o'simliklarning  ildizi  tarqalgan  faol 

qatlamida  uzluksiz  mo'’tadil  namlik,  havo,  oziqa  va  tuz  rejimlarini  vujudga 

keltiradi. 

Suvdan  kecha-kunduz  davomida  foydalanish  -  bu  suvning  isrof  bo'lishiga 

qarshi ko'riladigan eng zaruriy tadbirlardan biridir. 

Barcha  xo'jaliklarda  biror  ekin  maydoni  sug`orilayotganda  unga  kechayu-

kunduz, uzluksiz suv berib turish kerak; suvni kollektor-zovur tarmoqlariga bekor 

tashlab qo'yish qat’iy man qilinadi. Buning uchun suvchilarning kunduzgi va tungi 

smenalarini  belgilab  qo'yish,  ularni  zarur  inventarlar  bilan  ta’minlash,  tunda 

sug`orish uchun maydonni o'z vaqtida tayyorlab qo'yish shart. Xo'jalikka keragidan 

ortiqcha suv oqib kelayotgan bo'lsa, uni kamaytirish zarur. 

Sug`orilmaydigan  davrda  kanallardagi  suvni  bekitib  qo'yish    bu  suv 

isrofgarchiligiga  qarshi  kurashda  suv  xo'jaligining  muhim  tadbirlaridan  biri 

hisoblanadi. 



 

29 


Chunki  kuz,  qish  va  erta  bahorda  tuproqdan  suv  juda  kam  bug`lanadi. 

Shunday  sharoitda  kanaldan  singib  kirgan  suv  butunlay  sizot  suvga  qo'shiladi  va 

uning  sathini  ko'taradi.  Shuning  uchun  sug`orish  yoki  sho'rni  yuvish  talab 

qilinganda suv qo'yishga ruxsat etiladi. 

Sug`orish  kanallarining  kuz-qish  va  erta  bahorda  3-4  oy  bekitilib  qo'yilishi 

natijasida  sizot  suv  sathi  odatdagiga  qaraganda  ancha  pasayadi.  Sug`orish 

maqsadida  suvdan  foydalanilmaydigan  davrda  kanal  suvlarini  bekitib  qo'yish 

kerak.  Xo'jalik  ehtiyojlari,  ichish  va  mollarni  sug`orish  uchun  esa  chuqur  burg`-

quduqlar  qazib,  ulardan  suv  olish  zarur.  Irrigatsiya  inshootlarini  o'z  vaqtida 

ta’mirlash  va  ishga  yaroqli  holda  saqlash,  irrigatsiya  kanallarining  juda  to'lib 

oqishiga  ruxsat  etmaslik,  kanaldagi  suv  isrofgarchiligini  kamaytiruvchi 

tadbirlaridan hisoblanadi. 

Zovur  va  yer  osti  suvlaridan  foydalanish.  O'rta  Osiyoning  sug`oriladigan 

yerlarida  qo'shimcha  sug`orish  manbalarini  qidirib  topish  muhim  vazifa 

hisoblanadi. Shu munosabat bilan sizot, zovur va yer osti (artezian) suvlaridan suv 

ta’minoti, sug`orish va sho'r yuvish  maqsadida foydalanishning katta suv-xo'jalik, 

meliorativ, ekologik ahamiyati bor. 

O'zbekistonda  zovur  suvlar  hajmi  umumiy  suv  olish  hajmini  30-35%ini 

tashkil etmoqda. 

Bu sug`orish manbalarining suvi ko'pincha minerallarga boy bo'ladi. 

Yuqorida  aytilgan  suvlardan  foydalanishning  suv  xo'jaligi  jihatidan  quyidagi 

afzalliklari bor: 

  suv resurslari, va sug`oriladigan yer maydonlari ko'payadi; 

  bu suvlardan foydalanishda magistral, taqsimlash va keng tarmoqli 

sug`orish  shahobchalari  hamda  ko'plab  gidrotexnik  inshootlar 

qurish talab qilinmaydi; 

  sug`orish  tarmoqlarining  salt  qismi  uncha  uzun  bo'lmaganligidan 

undan  suvning  filtratsiyaga  isrof  bo'lishi  kam,  foydali  ish 

koeffitsienti va sug`orish qobiliyati esa katta bo'ladi; 

  suvda  mayda  zarrachalar  juda  kam  va  minerallashganligidan 

kanallarni deyarli loyqa bosmaydi, yovvoyi o'tlar juda kam o'sadi, 

natijada ulardan foydalanish xarajatlari kamayadi. 

Meliorativ jihatdan ham bu suvlardan foydalanishning yaxshi tomonlari ko'p, 

ya’ni: 


  daryodan  irrigatsiya  tarmoqlariga  suv  olish  qisqaradi,  natijada  suvning 

filtratsiyaga sarflanishi kamayadi va sizot suv sathi pasayadi; 

  sizot va yer osti suvini olish ta’sirida ham sizot suv sathi bevosita pasayadi; 

  zovur  suvidan  foydalanilganda  kollektor  va  zovurdagi  suv  sathi  pasayadi, 

natijada ularning ish chuqurligi va samarali ta’siri zo'rayadi. 

 


Download 374,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish