Ma`ruza mavzulari


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 374,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana12.05.2020
Hajmi374,58 Kb.
#48943
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
qishloq xojaligi infratuzilmasi

Nazorat va muhokama uchun savollar: 

1.  Seleksiyaning asosiy vazifasi va ahamiyati nimada? 

2.  Urug`chilik ishlari qanday tashkil qilinadi? 

3.  "Urug`chilik 

to'g`risida" 

va 


"Seleksiya 

yutuqlari 

to'g`risida"gi    

qonunlarning ahamiyati nimada? 




 

34 


4.  Chorvachilikni rivojlantirishda naslchilikning ahamiyati qanday? 

5.  "Naslchilik to'g`risida"gi qonunning ahamiyati nimada? 

6.  Naslchilikda veterinariya xizmati. 

 

9-mavzu. Qishloq xo'jaligida agrokimyo xizmatini tashkil etish 



Reja:  

1. Qishloq xo'jaligida agrokimyo xizmati. 

2. Agrokimyo  xizmatida  iqtisodiy ekologik muammolar. 

3. O'g`itlarni qo'llash me’yorlari. 



Adabiyotlar 

1. Musaev B. "Agrokimyo". Darslik. T-2001y. 

2.  Rafiiqov  I.,  Muminov  B.  "Qishloqda  agroximservis          xizmati".O'zbekiston 

qishloq xo'jaligi.2003 y. 10-son. 

3.  Pulatova  R.X.,  To'raev  S.Q.  "Qishloq  xo'jaligini  intensiv  rivojlantirishda 

agrokimyo  xizmatini  o'rni".  O'zbekiston  qishloq  xo'jaligida  ta’lim  va  ishlab 

chiqarishni  integratsiyalashuvini  rivojlantirish  mavzusidagi  xalqaro  ilmiy-amaliy 

konferensiya. ToshDAU.2003 y. 23-25 aprel. 18-21 betlar. 

 

 Agrokimyo  -  qishloq    xo'jalik  ekinlaridan  mo'l  va  sifatli  hosil  yetishtirishda 



o'g`it,  tuproq  va  o'simlik  o'rtasidagi  munosabatlarni  o'rganadi,  o'g`itlarning 

xususiyatlari  va  tuproq  bilan  o'zaro  ta’sirini  hisobga  olgan  holda  o'simliklarning 

oziqlanishi  uchun  qulay  sharoit  yaratish  hamda  muayyan  tuproq  iqlim  sharoitlari 

uchun o'g`it qo'llashning eng samarali me’yor, usul va muddatlarini belgilaydi. 

Agrokimyoning  asosiy  vazifasi  -  o'simliklarning  oziqlanish  jarayonidagi 

moddalar  almashinuvi  va  tuproqdagi  oziq  moddalar  dinamikasini  o'rganish,  hosil 

miqdori,  mahsulot  sifati  va  tuproq  unumdorligini  oshirishda  o'g`itlardan  oqilona 

foydalanishni tashkil etishdir. 

Agrokimyo  nazariy  va  amaliyot,  fan  va  ishlab  chiqarishning  uzviy  birligida 

yuzaga keladi va rivojlanadi. 

Oziqlanish  jarayonida  tuproq  hamda  o'g`it  o'rtasidagi  munosabat  yaqqol 

namoyon bo'ladi: o'g`it kiritilgan tuproqlar tarkibida oziq moddalar miqdori ortadi, 

agrokimyoviy  va  agrofizikaviy  xossalari  yaxshilanadi,  tuproq  esa  o'g`itlarning 

eruvchanligiga u yoki bu darajada ta’sir qiladi. 

O'g`itlar  bevosita  tuproqqa  kiritilishi  sababli  agrokimyo  birinchi  navbatda 

tuproqshunoslik  fanini,  xususan  tuproqni  kelib  chiqishi  va  unumdorligi  kabi 

masalalarni mukammal bilishi talab qilinadi. 

Hukumatimiz  xizmat  ko'rsatish  sohasini  rivojlantirishga  katta  e’tibor 

bermoqda.  Jumladan,  Respublikamiz  Vazirlar  Mahkamasining  2001  yil  1 

fevraldagi  63-sonli  "Qishloq  xo'jaligi  agrokimyoviy  xizmat  ko'rsatishni 

takomillashtirish 

chora-tadbirlari 

to'g`risida"gi 

qaroriga 

asosan 

"O'zqishloqxo'jalikkimyo"  davlat    aksiyadorlik  kompaniyasiga  qarashli  viloyat 

boshqarmalari  tarkibida  452dan  ortiq  mineral  o'g`it  va  kimyoviy  vositalar  bilan 

savdo qiluvchi do'konlar tashkil etildi. 

Qishloq  xo'jaligida  kimyoviy  vositalarni  qo'llash,  zararli  vositalar  va  begona 

o'tlarni  yo'q  qilish  hamda  ekinlarga  mineral  o'g`itlarni  berish  orqali  yuqori 




 

35 


hosildorlikka erishiladi. Lekin bular shu bilan birga atrof-muhitni ifloslanishi, suv 

holati  va  tuproq  tarkibini  zararlanishi,  inson  va  tirik  organizmlar  uchun  xavfli 

bo'lgan  kasalliklarni  paydo  bo'lishiga  olib  kelishi  mumkin.  Shuningdek  kimyoviy 

vositalarni  qo'llashda  o'simliklar  himoyasi  xavfsizligi  talablariga  ko'pincha  rioya 

qilmaslik, 

pestitsidlarni 

me’yordan 

ortiq 


ishlatish 

ekologik 

holatni 

yomonlashishiga  olib  kelmoqda.  Shuning  uchun  kimyoviy  vositalar  va  mineral 

o'g`itlarni me’yorda ishlatish choralarini ko'rish lozim. Shuni aytish lozimki zaharli 

preparatlardan voz kechish, ular o'rniga tabiiy moddalar va biologik preparatlardan 

keng foydalanish kerak. 

Mamlakatimizda organomineral o'g`it (kompost)dan foydalanishga katta o'rin 

berilmoqda. Jumladan, Qizilqum fosforit unini turli sanoat chiqindilari va mahalliy 

qoramol  go'ngi,  parranda  chiqindilariga  aralashtirib  kompost  tayyorlash  yo'lga 

qo'yilgan.  Bunday kompost tayyorlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasi 2001 yil 16 maydagi 219 sonli "Qizilqum fosforit konlarini kompleks 

o'zlashtirish to'g`risida"gi qarorida qishloq  va suv xo'jaligiga aloqador idoralar va 

tashkilotlar  bilan  birgalikda  chora  tadbirlar  ishlab  chiqildi.  2002  yildan  boshlab 

yiliga 200 ming tonna organomineral o'g`it (kompost) ishlab chiqarish maqsadida 

tarkibida  12-14%  fosfor  moddasi  bo'lgan  fosforit  xom-ashyosini  kompostlashni 

tashkil etish ko'rsatib berilgan. Chunki umumiy va noorganik kimyo ilmiy tadqiqot 

instituti  dastlabki  tajribalari  asosida  1  tonna  go'ngga  100-150  kg  fosforit  unini 

aralashtirib  kompost  tayyorlaganda  fosforit  moddasini  55-65  foizini  o'simlik 

o'zlashtiradigan  holatda  o'tishi  kuzatilgan.  Shu  qatorda  paxtachilik  ilmiy  tadqiqot 

instituti  tadqiqotlarida  fosforit  uni  va  parranda  qiyi  bilan  tayyorlangan  kompost 

paxtachilikda qo'llanilganda yuqori hosilga erishildi. 

Organomineral  o'g`it  (kompost)ni  ekinlarga  qo'llashning  qulayligi  shundaki, 

birinchidan,  fosforli  va  azotli  mineral  o'g`itlarga  nisbatan  kam  xarajatli  bo'lib 

yuqori  samaradorlikka  erishiladi;  ikkinchidan,  birgina  hosildorlikni  oshiribgina 

qolmasdan  balki  ekologik  toza  mahsulot  ham  yetishtiriladi;  uchinchidan, 

organomineral  o'g`itni  fosforit  uni  va  mahalliy  o'g`it  aralashmasidan 

tayyorlanganligi sababli uning tarkibi turli xil organometrik moddalarga boy bo'lib 

tuproq unumdorligini oshirib borishga imkoniyat yaratadi. 

Agrokimyo  moddalarini  ruxsat  etilmagan  me’yorda  ishlatish  va  solish  ham 

salbiy  oqibatlarga  olib  keladi,  chunki,  "erni  bangi  qilib  qo'yish"  hamda  zararli 

organizmlarni  toksikontlarga  moslashtirib  qo'yish  mumkin.  Amerika  Qo'shma 

Shtatlari  milliy  tadqiqot  kengashining  hisoblashicha,  o'simlik  va  hayvonlar 

zararkunandalari 600 turda bo'lib ularning 500 ga yaqini immunitetga ega ekan. 

Kimyoviy  usullarni,  zararkunandalarga  qarshi  kurashishning  muqobil 

choralari  qolmagan  taqdirdagina  qo'llash  mumkin.  Bunda  sun’iy  vositalarning 

tabiiylari bilan almashtirib borish talab etiladi. 

Qishloq xo'jaligida agrokimyo xizmati ko'rsatishni iqtisodiy ekologik talablari 

asosida  rivojlantirish  uchun  quyidagi  tadbirlarni  amalga  oshirish  maqsadga 

muvofiqdir: 

-  qishloq  xo'jalik  korxonalarini  va  iste’molchilarni  mineral  o'g`it,  pestitsidlar 

va biologik vositalarga bo'lgan talabni aniqlab, shartnoma asosida to'la ta’minlash; 




 

36 


-  agrokimyo  xizmati  ko'rsatishda  ekologik  vaziyatlarni    hisobga  olgan  holda 

kimyoviy  va  biologik  vositalardan  oqilona  foydalanishning  me’yoriy  chora-

tadbirlarini ishlab chiqish; 

-  atrof-muhit  ifloslanishiga  olib  keladigan  va  inson  hayoti  uchun  xavfli 

bo'lgan  zaharli  pestitsidlarni  qo'llashdan  voz  kechish  va  ular  o'rniga  tabiiy 

vositaladan foydalanish; 

-  kimyoviy  vositalar  va  mineral  o'g`itlar  bo'yicha  iqtisodiy  ekologik 

samaradorlikni aniqlash yo'llarini ishlab chiqish. 

Demak,  agrokimyo  xizmati  ko'rsatuvchi  sohalar  faqat  kimyoviy  vositalar  va 

mineral  o'g`itlarni  yetkazib  berish  bilan  cheklanib  qolmasdan,  balki  iqtisodiy-

ekologik  samaradorlikni  oshirishga  yo'naltirilgan  zarur  tadbirlarini  ishlab  chiqishi 

va shu asosida faoliyat ko'rsatishi bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.               

Ma’lumki dehqonchilikning intensiv rivojlanishini ta’minlaydigan omillardan 

biri  ekinlarni  o'g`itlash  hisoblanadi.  Chunki  hosilning  deyarli  yarimi  o'g`itlar 

hisobiga  yetishtiriladi.  Umuman  o'g`itlarning  har  birini  o'z  o'rni  bor.  Azot 

ekinlarning  o'sishi  va  yosharishiga  xizmat  qiladi,  fosfor  hosildorlikni  oshirib, 

pishishini  tezlashtiradi,  kaliy  mahsulot  sifatini  yaxshilaydi,  ekin  chidamliligini 

kuchaytiradi, uning tuproq unumdorligini oshiradi. 

O'zbekistonda  hozirda  ham  o'g`it  faoliyati  yaxshi  bo'lib  6ta  zavod  faoliyat 

ko'rsatmoqda.  Bular  Navoiy  azot,  Olmaliq  ammofostazot,  Chirchiq,  Samarqand 

superfosfat, Qo'qon fosfat, Farg`ona fosfatdir. O'g`itga bo'lgan talab hozirgi kunda 

azot  75-80%  ga  qondirilyapti,  fosfor  50-60  foizga,  kaliy  deyarli  qondirilmayapti. 

Kaliy  tuzi  Rossiyada  "Solikans",  Ukrainada  "Bulush"  nomi  bilan  chiqariladi.  30 

sentner  paxtadan  hosil  olish  uchun  1  ga  100  kg  kaliy  solish  kerak.  Kaliydan 

hasharotlar  qochadi.  U  o'simliklarni  himoya  qiladi,  poyasini  mustahkamlaydi  va 

tanasi pishiq bo'ladi. 

Azot  bilan  fosfor  o'simlik  organlariga  kirib  ketadi,  kaliy  g`allani  sovuq  va 

qurg`oqchilikdan  asraydi.  Tuz  muzlamaydi,  namlikni  saqlaydi.  Hozirgi  kunda 

O'zbekistonda Qamashi, Xo'jandkonda kaliy bor.  

Hozirga  paytda  tuproq  unumdorligini  oshirish  dolzarb  muammolardan  bo'lib 

turibdi.  Negaki  ma’lum  bir  sabablarga  ko'ra  ekin  maydonlari  tobora  kamayib 

bormoqda.  Yangi  yerlarni  o'zlashtirish,  suv  tanqisligi  sharoitida  anchagina 

muammolarni keltirib  chiqarmoqda. Ekinlardan  mo'l  va  sifatli  hosil  yetishtirishda 

yerlar unumdorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda bu borada 

ko'p va ibratli tajribalar to'plangan. Chunonchi ekinlarni almashlab ekish, yerlarni 

shudgorlash shular jumlasidandir.  

 


Download 374,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish