Ma`ruza mavzulari



Download 374,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana12.05.2020
Hajmi374,58 Kb.
#48943
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
qishloq xojaligi infratuzilmasi

Adabiyotlar 

1.Pulatova  R.X."Agrosanoat  majmuasida    infratuzilma  faoliyatini  tashkil 

etish".O'quv qo'llanma. ToshDAU. 2006y. 

2.Pulatova  R.X.,  Raximov  T.  "Qishloq  xo'jalik  ishlab  chiqarish  infratuzilmasi  - 

qishloq  xo'jaligi  rivojlanishining  asosiy  omili".O'zbekiston  Respublikasi  Fan  va 

texnika  taraqqiyotida  olma  ayollarning  roli  mavzusidagi  olima  ayollar  forumi. 

ToshDAU.25-26 iyun 2004 y. 

 

Ma’lumki,  moddiy  ishlab  chiqarish  jarayoni  faqat  unumdor  (ishlab 



chiqaruvchi)  mehnatning  amal  qilishi  emas, balki bizning holatimizda  mahsulotni 

sotish bo'yicha qilingan mehnat kabi unumsiz (noishlab chiqaruvchi) mehnat ham 

uning  tarkibiy  qismi  bo'lib  hisoblanadi.  Mehnatning  bu  ikki  ko'rinishi  o'rtasida 

teskari bog`liqlik mavjud. Unumli (ishlab chiqaruvchi) mehnat bilan band bo'lgan 

shaxslarning  unumsiz  (noishlab  chiqaruvchi)  funksiyalari  qancha  kam  bo'lsa, 

mehnat  shunchalik  unumdor  bo'ladi.  Shu  jihatdan  qishloq  xo'jaligida  sotish 

bo'yicha  asosiy  bo'lmagan  ikkilamchi  funksiyalarni  unumdor  mehnatdan  ajratish 

ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishning  muhim  sharti  bo'lib  qoladi. 

Mahsulotni  sotish  bo'yicha  mehnat  esa  takror  ishlab  chiqarishning  boshqa 

ishtirokchilarining funksiyasi bo'lishi kerak.  

Shunday  qilib,  tayyorlov  tizimining  ahamiyati  dehqon  va  fermer 

xo'jaliklarining tarmoqlanishi bilan oshib boradi. Shu jihatdan bu tizim zamonaviy, 

balki  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilishning  yangi  progressiv  shakllari  tomonidan 

qo'yilayotgan  kelajakdagi  talablarga  ham  javob  berishi  juda  muhim.  Zamonaviy 

sharoitlarda 

bunday 


talablarning 

kuchayishi 

agrosanoat 

kooperatsiyasi 

(hamkorligi)  jarayonining  ishlab  chiqarishni  yangi  tashkiliy  shakli  sifatida 

namoyon bo'lishi bilan bog`liq holda kuzatilmoqda. 

Agrosanoat  kooperatsiyasi  va  ishlab  chiqarishni  sanoat  asosida  tashkil 

qilinishi  sharoitida  sotishning  texnologik  jarayondagi  roli  taqqoslab  bo'lmas 

darajada ortib ketadi. Ishlab chiqarishning xo'jaliklararo va agrosanoat korxonalari, 

kombinatlar  va  birlashmalar  shaklida  tashkil  qilinishi  maxsus  sotish  bo'g`inlarini 

tashkil etish zaruriyatini tug`diradi.  

Sotish  bo'yicha  ixtisoslashgan  tashkilotlarda  realizatsiyani  yaxshiroq  tashkil 

qilish  imkoniyati  tug`iladi.  Bu  mahsulot  yo'qotilishi  va  sotish  xarajatlarini 

kamaytiradi. Pirovard natijada bunday tizimda bevosita aloqalar ahamiyati ortadi. 

Qishloq  xo'jaligi  korxonalarida  xususiy  (o'z)  ombor  inshootlarining  qurilishi 

bilan  tayyorlov  tashkilotlari  punktlarida  saqlash  uchun  ba’zi  mahsulot  turlarini 

shaharlarga darhol jo'natish zaruriyati yo'qoladi. Mahsulot (don, sabzavot, meva va 



 

38 


h.z.)larning  bir  qismi  xo'jaliklarning  o'zida  saqlanishi  va  zarur  holda  iste’mol 

joyiga  jo'natilishi  mumkin.  Ta’kidlab  o'tamizki,  tayyorlovlarni  tashkil  etishning 

bunday shaklidan keladigan foyda (yutuq)lar ancha sezilarli darajada katta bo'ladi. 

Birinchidan,  bu  tayyorlovlardagi  tig`izlikni  kamaytiradi,  transportni 

bo'shatadi,  mahsulotning  oqilona  ishlatilishini  ta’minlaydi  va  pirovard  natijada 

mamlakatdagi xom ashyo va isteg`mol fondlari hajmini oshiradi. 

Ikkinchidan,  agrosanoat  integratsiyasi,  qishloq  xo'jalik  korxonalarining 

bevosita  o'zida  qayta  ishlash  quvvatlarining  rivoji  ba’zi  qishloq  xo'jaligi   

mahsulotlari      turlarini      nafaqat      natural      ko'rinishda  balki  qayta  ishlangan 

ko'rinishda  ham  sotib  olish  rejalarini  yetkazish  haqidagi  masalalarni  yuzaga 

chiqaradi. Bu pirovard  mahsulot  bo'yicha korxonalarning  faoliyatini  baholashdagi 

iqtisodiyot mo'ljaliga muvofiq keladi. 

Bevosita  aloqalar  bu  -  bir  tomondan,  shirkat,  dehqon,  fermer  xo'jaliklari  va 

birlashmalar,  va  boshqa  tomondan,  tayyorlov  va  savdo  tashkilotlari,  qishloq 

xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar o'rtasida o'rnatiladigan mahsulot 

sotish bo'yicha o'zaro munosabatlar tizimidir. Bu tizim shunday aloqalar o'rnatishni 

nazarda  tutadiki,  ular  mahsulot  sotish,  uning  sifatini  saqlash  bo'yicha,  ikkala 

kontragentning  iqtisodiy  samarali  ishini  ta’minlovchi  masalalarni  (vazifalarni) 

operativroq hal qilishga imkon beradi. Bunda bevosita aloqalarning samaradorligi, 

amal  qilishi  kontragentlarning  davomiy  va  doimiy  o'zaro  munosabatlarida  ortib 

boradi. 

Ammo  kontragentlarning  o'zaro  munosabatlarining  tashkiliy  shakli  faqatgina 

tashkiliy-texnik  tomonini  tavsiflaydi.  Bevosita  aloqalar  bu  -  shunday  o'lchovdagi 

jamiyatning rejali rivojlanishi sharoitlarida tovar-pul munosabatlarini ishlatishning 

amaldagi  iqtisodiy  omillari  bo'lib  hisoblangan  taklif  va  iste’mol  talabi  o'rtasidagi 

muvofiqlik  asosida  mahsulotni  realizatsiya  qilish  va  ishlab  chiqarishni  tez 

yaxshilashning iqtisodiy sharti hamdir. 

Qishloq  xo'jaligi  korxonalari  iqtisodiyotining  mustahkamlanishi,  ishlab 

chiqarish  birlashmalari  yaratilishi  bilan  xo'jaliklarda  muzlatgichlar  va  sabzavot 

omborlari  barpo  etish  imkoni  tug`iladi.  Bu,  shuningdek,  savdo  tashkilotlarining 

bunday  xo'jaliklar  bilan  mustahkamroq  munosabatlar  o'rnatish  manfaatdorligini 

hosil  qiladi,  chunki  saqlash  joylarining  mavjudligi  mahsulotning  bir  muncha 

tekisroq  yetkazilishini  ta’minlaydi.  Bevosita  aloqalarning  rivojlanishida  o'z 

mahsulotlarini bevosita savdo tashkilotlariga realizatsiya qilganda to'lovni chakana 

narxlarda  (savdo  chegirmasini  ayirib  tashlagan  holda)  oladigan  korxonalar  va 

birlashmalar ham manfaatdor, zero bu ularning iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir qiladi. 

Qishloq  xo'jalik  mahsulotlarini  yig`ish,  tashish,  saqlash  va  qayta  ishlashni 

ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg`or tajribaga tayanib 

ish  ko'rilsa, mahsulotning  isrof  bo'lishi  ancha kamayadi. Shu hisobdan  aholi  20% 

va undan ham ko'proq qo'shimcha qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta’minlanishi 

mumkin. 

Hozirgi  vaqtda  mahsulotni  uzoq  vaqt  saqlashga  imkon  beradigan 

takomillashtirilgan  texnologiyalar  ishlab  chiqilgan.  Bu  borada  kimyo,  fizika, 

biokimyo,  biotexnologiya,  fitopatologiya,  entomologiya  va  boshqa  fanlarning 

yutuqlaridan ijobiy foydalanilmoqda. 



 

39 


O'zbekiston  sharoitida  hanuzgacha  qishloq  xo'jalik  ekinlarining  hosilini 

yig`ishtirish,  tashish,  saqlash  va  qayta  ishlash  masalalari  chuqur  o'rganilmayapti, 

bu  boradagi  fan-texnika  yutuqlari  ishlab  chiqarishga  keng  joriy  etilmayapti. 

Mavjud  omborxonalar  ham  mahalliy  ob-havo  va  iqlim  sharoitlarini  hisobga 

olmagan holda qurilgan. 

Meva  va  sabzavotlarni  saqlashdagi  asosiy  vazifa  -  ularning  fizikaviy  va 

kimyoviy  tarkibini,  ya’ni  tashqi  ko'rinishi,  rangi,  mazasi  hamda  oziq-ovqatlik 

qiymati  va  boshqa  xususiyatlarini  saqlab  qolishdan  iborat.  Shu  sababli  meva  va 

sabzavotlarni  saqlash  va  qayta  ishlashni  to'g`ri  va  ilmiy  asosda  tashkil  qilish 

aholini  yil  mobaynida  ushbu  mahsulotlar  bilan  ta’minlanish  muammosini  hal 

qiladi. 

Meva  va  sabzavotlarni  saqlashda  ro'y  beradigan  biologik  va  fiziologik 

jarayonlarni  chuqur  o'rganish  va  bu  borada  aniq  fikrga  ega  bo'lish  mahsulotlarni 

sifatli  qilib  saqlashda  muhim  ahamiyatga  ega.  Meva  va  sabzavotlarning  sifatli 

saqlanishi  uchun  saqlash  mobaynida  ularda  qanday  jarayonlar  borishini  va  bu 

jarayonlarning  borishiga  tashqi  muhitning  qaysi  omillari  ta’sir  qilishini  bilish 

zarur.  Meva  va  sabzavotlarni  saqlashda  ular  vaznining  tabiiy  ravishda  tushishni 

atigi  bir  foizga  kamaytirish  mahsulotni  o'n  ming  tonnalab  ko'paytirishga  olib 

keladi.  Shuning  uchun  mutaxassislar  meva  va  sabzavotlarni  saqlashga  e’tiborni 

kuchaytirishlari va bu bilan bog`liq bo'lgan barcha masalalarni chuqur o'rganishlari 

lozim. 

Sabzavot  va  mevalar  tez  buziladigan  mahsulotlar  hisoblanadi.  Shu  sababli 

ularni uzoq muddat sifatli saqlash uchun qayta ishlanadi. Qayta ishlashning asosiy 

maqsadi  tez  buziladigan  meva  va  sabzavotlarni  uzoq  vaqt  undagi  vitamin  va 

boshqa  qimmatli  tarkibiy  qismlarini  saqlash  hamda  ularda  turli  xil 

mikroorganizmlar rivojlanishining oldini olishdan iboratdir. Sabzavot va mevalarni 

qayta ishlab xalqning ularga bo'lgan talabini yil bo'yi qondirish mumkin. Meva va 

sabzavotlarni ilmiy asoslangan va har bir mintaqaning tabiiy resurslaridan unumli 

foydalanilgan  qayta  ishlash  usullarini  xo'jaliklarga  keng  joriy  etish  yetishtirilgan 

mahsulotlarni  ishlab  chiqarishdagi  yo'qotishini  keskin  kamaytiradi  va  mevachilik 

hamda  sabzavotchilik  xo'jaliklarining  iqtisodiyotini  keskin  ko'tarishga  yordam 

beradi. 


 


Download 374,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish