Ma`ruza mavzulari


-mavzu. Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika ta’minoti va xizmatlar



Download 374,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana12.05.2020
Hajmi374,58 Kb.
#48943
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
qishloq xojaligi infratuzilmasi

4-mavzu. Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika ta’minoti va xizmatlar 

Reja: 

1.Moddiy-texnika bazasi tushunchasi va tashkiliy asoslari  

2.Qishloq xo'jaligini zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlash  

3.Moddiy-texnika  ta’minotining  iqtisodiy  omillari  va  rivojlantirishning  asosiy 

yo'nalishlari 

 



 

15 


Adabiyotlar 

1.Pulatova  R.X."Agrosanoat  majmuasida    infratuzilma  faoliyatini  tashkil 

etish".O'quv qo'llanma. ToshDAU. 2006y. 

2.Samatov  G’.A.,  Yodgorov  J.Y.,  Rustamova  I.B.  "Qishloq  xo'jaligi  ishlab 

chiqarishini tashkil etish". Darslik.T-2005. 

3.Xusanov  R.M.  va  boshqalar.  "Qishloq  xo'jaligida  servis  xizmati-  muqobil 

mashina-traktor parklarini rivojlantirish muammolari". T-2001 y. 

 

Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasi deyilganda moddiy boylik ishlab 



chiqarish sharoitida bevosita band bo'lgan mehnat vositalari va mehnat buyumlari 

yig`indisi tushuniladi. 

Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasi fan-texnika yangiliklaridan keng 

ko'lamda foydalanadigan, elektrlashgan yirik mashina ishlab chiqarishidir.  

Qishloq  xo'jaligining  moddiy  bazasi  tarkibiga  yer  resurslari,  traktorlar, 

mashinalar,  mehnat  qurollari  va  buyumlari,  elektr  jihozlari,  yoqilg`i  va  moylash 

materiallari,  ta’mir  texnikasi,  ishlab  chiqarish  binolari,  melioratsiya  va  yo'l 

inshootlari,  aloqa  vositalari,  mahsuldor  va  ishchi  hayvonlar,  ko'p  yillik  daraxtlar, 

urug`lik, ozuqa va hokazolar kiradi.                            

Qishloq      xo'jaligi    korxonalari      moddiy      ta’minotining     tashkiliy  asoslari 

asosan "Korxonalar to'g`risida"gi qonunga muvofiq olib boriladi. 

Qishloq    xo'jaligi      korxonalari      moddiy-texnika  ta’minotining    tashkiliy 

omillari qishloq xo'jaligining bir qator xususiyatlariga bog`liq. 

Birinchidan,  xo'jalik  moddiy-texnika  bazasida  asosiy  rolni  yer  o'ynaydi.  Yer 

qishloq  xo'jaligida  asosiy  ishlab  chiqarish  vositasidir.  Boshqa  ishlab  chiqarish 

vositalarining  rivojlanishi bevosita  undan foydalanishga  bog`liq. Yer unumdorligi 

har xil bo'lib, mahsulot birligini yetishtirish uchun har xil miqdorda xarajat qilish 

talab etiladi. Bu esa har xil unumdorlikka ega bo'lgan yerdan bir xil miqdorda hosil 

yetishtirish  uchun  har  xil  miqdorda  asosiy  va  aylanma  fondlarga  ega  bo'lish 

zaruriyatini keltirib chiqaradi. 

Ikkinchidan,  qishloq  xo'jaligining  moddiy-texnika  bazasi  tabiiy  sharoitlar 

ta’siriga  uchrab  turadi.  Qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishi  hududiy  xarakterga  ega 

bo'lib, har bir hudud tuproq-iqlim sharoiti har xil bo'lishi tufayli har xil rusumdagi 

mashinalardan  foydalanishga  to'g`ri  keladi.  Shuning  uchun  hududlarda  va  ular 

ichidagi  xo'jaliklarda  moddiy-texnika  bazasi  tuzilmasi  hamda  ishlab  chiqarishni 

intensivlashtirish darajasi har xil bo'ladi. 

Uchinchidan,  qishloq  xo'jaligida  ish  davri  bilan  ishlab  chiqarish  vaqti  bir-

biriga  mos  kelmasligi  tufayli  ishlab  chiqarish  mavsumiy  xarakterga  ega.  Bu 

moddiy-texnika  vositalaridan  unumli  foydalanishga  salbiy  ta’sir  etadi.  Xo'jalik 

mashinalardan  o'simlikchilikda  yil  mobaynida  bir  necha  oy  foydalanadi.  Ishlab 

chiqarishning mavsumiy bo'lishi urug`lik, ozuqa, yoqilg`i va moylash materiallari 

va boshqa mehnat buyumlari zahirasiga ega bo'lish zaruriyatini vujudga keltiradi. 

To'rtinchidan,  qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishi  biologik  jarayonlar  bilan 

chatishib  ketadi,  qishloq  xo'jaligi  moddiy-texnika  bazasining  bir  qismi  jonli 

organizmlardan  (ishchi  va  mahsuldor  hayvonlar,  parrandalar  bilan  hayvonlar, 

boquvga  qo'yilgan  hayvonlar,  ko'p  yillik  daraxtlar  va  boshqalar)  iborat.  Ulardan 




 

16 


samarali  foydalanishga  erishmoq  uchun  tegishli  ishlab  chiqarish  vositalariga  ega 

bo'lmoq  kerak.  Qishloq  xo'jaligi  moddiy-texnika  bazasining  o'sishi  jamoa 

xo'jaliklari  va  boshqa  qishloq  xo'jaligi  korxonalarining  ishlab  chiqarish 

fondlarining o'sishiga olib keladi. 

Qishloq  xo'jaligi  korxonalari  muvoffaqiyatli  faoliyatining  asosiy  shartlaridan 

biri  ularni  o'z  vaqtida  barcha  zaruriy  vositalar  va  mehnat  qurollari  bilan 

ta’minlashdan iboratdir. 

  Qishloq  xo'jaligi  korxonalarini  moddiy-texnik  jihatdan  takomillashtirish 

quyidagi asosiy tadbirlarni qamrab oladi: 

  xo'jalikning ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan ehtiyojini aniqlash; 

  ular  uchun  asosiy  talabnomalarni  tuzish  va  taqdim  etish,  talabnomalarni 

ta’minot tashkilotlari, tayyorlovchi zavodlar hamda moddiy - texnik resurslarni 

yetkazib beruvchilarga o'z vaqtida topshirish; 

  ishlab chiqarish vositalarini yetkazib berish bo'yicha shartnomalar tuzish va bu 

shartnomalarni  o'z vaqtida muvoffaqiyatli bajarish. 

Qishloq  xo'jalik  korxonalarini  moddiy-texnik  ta’minlashda  ta’minot 

tashkilotlarining  faoliyatini  zamonaviy  shart-sharoitlarga  mos  ravishda  qayta 

tashkil etish muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Bu  sohada  Vazirlar  Mahkamasining  2000  yil  2  noyabrdagi  "Qishloqni  lizing 

shartlarida qishloq xo'jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to'g`risida"gi 

P1  424-sonli  qarorining  qabul  qilinishi  ayni  muddao  bo'ldi.  Darhaqiqat,  mazkur 

hujjatga  asosan  "O'zqishloqxo'jalikmashlizing"    kompaniyasi  tashkil  etildi,  uning 

tuzilmasi  tasdiqlandi, eng  muhimi, 2001-2007  yillar  mobaynida,  tajriba tariqasida 

"O'zqishloqxo'jalikmashxolding"  kompaniyasi  zavodlari  va  qo'shma  korxonlari 

tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo'jaligi mashinalarini (birinchi navbatda 

traktorlar va o'rim-yig`im texnikasini) mashina-traktor parklariga, qishloq xo'jaligi 

kooperativlari  (shirkatlar)ga  va  fermer  xo'jaliklariga  7  yil  muddatga  lizingga 

berishning  tashkiliy,  iqtisodiy  hamda  texnikaviy  mexanizmlari  aniq  va  ravshan 

belgilab qo'yildi. 

Lizing  operatsiyalarda  "O'zqishloqxo'jalikmashlizing"  kompaniyasi  (lizing 

beruvchi),  MTP  viloyat  hududiy  birlashmalari,  muqobil  mashina-traktor  parklari, 

qishloq xo'jalik kooperativlari (shirkatlar), fermer xo'jaliklari (lizingga oluvchilar), 

qishloq  xo'jaligi  mashinasozligi  zavodlari  va  qo'shma  korxonalari  (texnika 

vositalarini  ishlab  chiqaruvchilar)  bilan  bir  qatorda  Moliya  vazirligi  huzuridagi 

qishloq  xo'jaligini  texnika  bilan  ta’minlashni  davlat  tomonidan  qo'llab-quvvatlash 

jamg`armasi,"Paxtabank" va "O'zagrosug`urta" kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. 

Hozirgi  paytda  Respublika  qishloq  xo'jaligi  tarmoqlarida  qishloq  xo'jaligi 

korxonalarini  moddiy-texnik  ta’minlashni  tashkillashtirishning  lizing,  dilerlik 

firmalari, ulgurji savdo, mashina texnika stansiyalari, texnika ijarasi shahobchalari 

va boshqa usullari keng yoyilib bormoqda. 

Lizing  kompaniyasi  zavod-tayyorlovchidan  mahsulotlarni  sotib  olib,  ularni 

iste’molchilarga  ijara  sifatida  taqdim  etadi.  Mulk  shartnomada  ko'rsatilganidek 

ma’lum bir muddatga, iste’molchining belgilangan to'lovini to'lashi bilan beriladi. 

Shartnomada  iste’mol  qiymati,  xizmat  ko'rsatish  bahosi  va  kompaniya 

qo'shimcha  qiymatining  bir  qismi  ham  ko'rsatiladi.  Ayni  paytda  mulk 



 

17 


kompaniyaning  shaxsiy  mulki  bo'lib  qolaveradi,  ammo  shartnomada  ko'rsatilgan 

muddat tugashi bilan uni qoldiq qiymati bilan iste’molchiga o'tkazish mumkin. 

Demak, lizing usuli asosida ishlab chiqarish vositalarini sotish, xarid qilish va 

ijaraga berish operatsiyalari yotadi. Quyidagilar lizing operatsiyalarining majburiy 

ishtirokchilari hisoblanadi: 

korxona-texnikani tayyorlovchi; 

lizing kompaniyasi-lizing beruvchi; 

qishloq xo'jaligi korxonasi-lizing oluvchi. 

Lizing operatsiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun kompaniyalar Qishloq va 

suv  xo'jaligi  vazirligi  huzurida  tashkil  etilgan  lizing  jamg`armasi,  bank  kreditlari 

va  mahalliy  moliya  organlaridan  foydalanishadi.  Shu  sababli,  lizing,  qishloq 

xo'jalik  korxonalarini  zaruriy  texnika    va  boshqa  ishlab  chiqarish  vositalari  bilan 

ta’minlashning ilg`or usullaridan biri hioblanadi. 

Qishloq  xo'jalik  korxonalarini  moddiy-texnik  ta’minlashning  tashkiliy  shakli 

sifatida  lizing  qator  ijobiy  tomonlar  bilan  birga  kamchiliklarga  ham  ega.  Ijobiy 

tomonlari:  zaruriy  texnikaga  bir  zumda  katta  xarajatlarsiz  ega  bo'lish;  lizing 

to'lovlari  muddatini  uzaytirish;  lizing  predmeti  qiymatining  indeksatsiyalanishi 

xavfi yo'qligi; lizing xizmatlariga faqat pul emas balki natura shaklida ham to'lash 

mumkinligi;  lizingda  qishloq  xo'jalik  korxonalariga  imtiyoz  berish;  lizing 

to'lovlarini joriy zararlarga kiritish; ijara texnikasidan yuksak samarali foydalanish 

va boshqalar kiradi. 

Lizingning  asosiy  kamchiliklari:  lizing  faoliyatini  monopollashtirish 

mumkinligidadir.  Lizing  shartlari  ko'pchilik  hollarda  qishloq  xo'jaligi  korxonalari 

uchun  juda  og`ir  bo'ladi.  Dastlabki  to'lovlarda  texnika  qiymati  25-30%ga  yetishi 

mumkin.  Bunda  faqat  xizmat  haqlarini  emas,  balki  lizing  kompaniyaining 

qo'shimcha  qiymatini  ham  to'lashga  to'g`ri  keladi.  Lizing  mexanizmi  qishloq 

xo'jaligi  korxonalarining  qiyinchiliklarini  to'la  hiobga  olmaydi.  Ushbu 

kamchiliklarni bartaraf  etish  darajasiga qarab,  lizing  amaliyotda  keng qo'llanilishi 

mumkin. 

Qishloq 


xo'jaligi 

korxonalarining 

moddiy-texnika 

ta’minotini 

rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari quydagilardir: 

  har  bir  qishloq  xo'jaligi  zonasiga  mos  keladigan  va  iqtisodiy  jihatdan  qulay  

bo'lgan  texnika  ishlab  chiqarish    va  shu  asosda  ishlab  chiqarishni  kompleks 

mexanizatsiyalashtirish; 

  ishlab chiqarishni avtomatlashtirish     vositalaridan keng ko'lamda foydalanish; 

  qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishini  kimyolash  darajasini  oshirish  va  iqtisodiy 

jihatdan qulay bo'lgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga urinish; 

  ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurilishini keng  ko'lamda avj oldirish va 

qurilish ishlarini takomillashtirish; 

  erlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash  va  qishloq    xo'jaligini  suv  bilan  to'la 

ta’minlashga  erishish,  ya’ni  yerlarga  mahalliy  o'g`itlar  solish  hamda 

sug`orishning  ilg`or      texnologiyalarini  (masalan,  Isroilning  tomchilatib 

sug`orish texnologiyasini) qo'llash   orqali; 



 

18 


  chorvachilik  fermalarini  mahsuldor  zotli  hayvonlar  bilan  ta’minlash  va 

elektrlashtirish darajasini oshirish; 

  qishloq  xo'jalik  ekinlari  kasalliklariga  bardosh  bera      oladigan  yuqori 

hosildorlikka ega, tezpishar urug` navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy 

etish; 

  qishloq xo'jalik korxonalariga xizmat qiluvchi korxonalarning (ta’mir, qurilish, 

ilmiy-tekshirish 

institutlari 

va 

hokazo) 


moddiy-texnika 

bazasini 

mustahkamlash. 

Hozirda  O'zbekistonda  rivojlanayotgan,  ammo  moddiy-texnik  bazasi  kuchsiz 

bo'lgan fermer, shirkat xo'jaliklari uchun mulkchilikning turli shaklidagi mashina-

texnika  stansiyalari  tarmoqlarini  rivojlantirish  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Bunda 

iste’molchiga  texnikani  ijaraga  lizing  yoki  oddiy  shaklda  berish  mumkin.  Ushbu 

sharoitda  lizing  shartlaridagi  ijara  to'lovi  amaldagi  me’yoriy  hujjatlar  bilan 

aniqlanadi. 

Qishloq xo'jaligi korxonalarini moddiy-texnik jihatdan texnika ijarasi usulida 

ta’minlash ham yuqorida tag`kidlanganidek bo'ladi. 

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo'jaligi korxonalarini moddiy-texnik jihatdan 

ta’minlashni  tashkiliy  shakllari  va  yo'llari  rang-barangdir.  Shu  sababli,  qishloq 

xo'jaligi  korxonalariga  har  bir  aniq  holatda  bu  shakl  va  yo'llarning  yutuq  va 

kamchiliklarini  hisobga  olgan  holda  asoslangan  eng  qulay  variantini  tanlash 

tavsiya qilinadi. 

 


Download 374,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish