Ma`ruza mavzulari


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 374,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana12.05.2020
Hajmi374,58 Kb.
#48943
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
qishloq xojaligi infratuzilmasi

Nazorat va muhokama uchun savollar: 

1.  Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika bazasi deb nimaga aytiladi? 

2.  Moddiy-texnika ta’minoti deb nimaga aytiladi? 

3.  O'zbekiston  Respublikasida  moddiy-texnika  ta’minoti  qanday  amalga 

oshirilgan? 

4.  Moddiy-texnika 

ta’minotini 

rivojlantirishning 

asosiy 

yo'nalishlari 

nimalardan iborat bo'ladi? 

5.  Lizingning iqtisodiy mohiyati nimada? 

6.  Lizing operatsiyalari qanday amalga oshiriladi? 

 

5-mavzu. Qishloq xo'jaligida transport xizmatidan foydalanish 



Reja:  

1.Qishloq xo'jaligida transportning ahamiyati.  

2.Qishloq xo'jaligida transportdan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari 

3.Transportdan foydalanishni tashkil etish va rivojlantirish 



Adabiyotlar 

1.To'xliev N. "O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti".T-1998 y. 

2.Pulatova  R.X."Agrosanoat  majmuasida    infratuzilma  faoliyatini  tashkil 

etish".O'quv qo'llanma. ToshDAU. 2006y. 

 

O'zbekistonda  umumiy  foydalaniladigan  yuk  va  yo'lovchilar  tashuvchi 



transportning quyidagi barcha turi o'z rivojini topgan: 

 



 

19 


- temir yo'l transporti; 

- avtomobil transporti; 

- havo transporti; 

- shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metro); 

- daryo transporti; 

- quvur transporti. 

Respublika  mustaqillikka  erishgandan  so'ng  transportning  iqtisodiyotga  va 

aholiga  xizmat  ko'rsatishini  tubdan  yaxshilash  va  transport  boshqarish  tizimini 

takomillashtirish maqsadlarida "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi 

(1992 y.), "O'zbekiston avtomobil transporti" ("O'zavtotrans") davlat- aksiyadorlik 

korporatsiyasi  (1993  y.),  "O'zbekiston  temir  yo'llari"  davlat-aksiyadorlik 

kompaniyasi  (1994  y.)  va  boshqa  idoralar  tashkil  etildi.  Mamlakatda  transport 

korxonalari davlat ishtirokidagi aksionerlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq 

turdagi  aksionerlik,  mas’uliyati  cheklangan  jamiyatlarga,  jamoa  korxonalariga 

aylantirildi. 

Moddiy ishlab chiqarish to'rt sohadan: yer resurslarini qazib oluvchi va ishlab 

chiqaruvchi sanoat, qishloq xo'jaligi va transportdan tashkil topgan. Transportning 

boshqa ishlab chiqarish sohalaridan farqi shundaki, u yangi mahsulot yaratmaydi, 

balki ishlab chiqarilgan moddiy boylikni iste’molga yetkazadi. 

Transport  yordamida  sohalar,  soha  ichidagi  tarmoqlar,  tarmoq  ichidagi 

korxonalar  bir-biri  bilan  bog`lanib  ishlab  chiqarish  jarayoni  maromida  borishi 

uchun  barcha  sharoitlar  yaratiladi.  Transport  ishlab  chiqarish  bilan  iste’mol 

o'rtasidagi  aloqani  ta’minlaydi.  Ishchi  kuchi,  mehnat  qurollari  va  mehnat 

buyumlarini bir joydan ikkinchi joyga ko'chirib, jami iste’mol mahsuloti ko'lamiga 

ta’sir ko'rsatadi. 

Transport  vositalari  yordamida  moddiy  boyliklar  bir  joydan  ikkinchi  joyga 

ko'chirilishi  natijasida  iste’molgacha  yaqinlashadi,  bu  esa  iste’mol  qiymatining 

tashkil topishini tezlashtiradi. 

Transport vositalarining o'ziga xos xususiyatlari ulardan moddiy boylik ishlab 

chiqarishning  hamma  sohalarida  keng  ko'lamda  foydalanish  zaruriyatini  keltirib 

chiqaradi.  Transport  vositalaridan  foydalanish  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  uni 

realizatsiya  qilish  uchun  sarflanadigan  vaqtni  qisqartiradi,  mehnat  unumdorligini 

oshiradi, mahsulot tannarxini kamaytiradi. 

Qishloq  xo'jaligida  transport  vositalaridan  foydalanish  xalq  xo'jaligining 

boshqa  sohalariga  nisbatan  o'ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Bu  xususiyatlarga 

quyidagilar kiradi: 

birinchidan,  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari  keng  hududda  yetishtirilishi  tufayli 

ularni tashish bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqaradi; 

ikkinchidan,  qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishini  mavsumiyligi  tufayli  yuk 

tashishni  yil  mobaynida  bir  me’yorda  amalga  oshirib  bo'lmaydi.  Ayrim  hollarda 

katta miqdordagi yuklarni qisqa vaqt ichida tashish zaruriyati paydo bo'ladi; 

uchinchidan, turli xil transport vositalari talab etiladi; 

to'rtinchidan, tashiladigan yuklar turi, hajmi, xususiyatiga ko'ra har xildir; 

 

beshinchidan, yuk tashish masofasi har xil bo'ladi; 



oltinchidan, transport vositalari shirkat xo'jaliklariga kam boradi. 


 

20 


Qishloq  xo'jaligida  transport  vositalaridan  foydalanishning  bu  xususiyatlari 

qishloq xo'jalik mahsulotlari tannarxida transport xarajatlari miqdorining oshishiga 

olib  keladi.  Qilingan  hisob-kitoblarga  ko'ra  mahsulot  tannarxida  transport 

xarajatlari  30-40%  ni,  don  mahsulotlari  tannarxida  26  %  ni,  makkajo'xori 

tannarxida  15  %ni  tashkil  etadi.  Hozirgi  vaqtda  shirkat  xo'jaliklarida  tashiladigan 

yuklarning 80%i avtomobil transportiga, 16%i traktor transportiga va 4%i ot-ulov 

transportiga  to'g`ri  keladi.  Xo'jaliklararo  tashiladigan  yuklarning  katta  qismi 

avtomobil  transporti,  xo'jaliklar  ichida  tashiladigan  yuklarning  aksariyati  esa 

traktor  transporti  hissasiga  to'g`ri  keladi.  Qishloq  xo'jalik  ishlab  chiqarishida 

shuningdek havo, suv va temir yo'l transportidan ham foydalanilmoqda. 

Transport  vositalaridan  foydalanishning  iqtisodiy  samaradorligi  quyidagi 

ko'rsatkichlar yordamida aniqlanadi: 

  bir tonna kilometr  yuk tannarxi  - bu  ko'rsatkich  qilingan xarajatlarni  tashilgan 

tonna kilometrga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi; 

  transport  vositalarining  soatlik  yoki  smenalik  ish  unumi,  bu  ko'rsatkich 

tashilgan tonna kilometr yukning sarflangan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi; 

  mashinaning  ishda  bo'lish  koeffitsienti  -  bu  ko'rsatkich  ishda  bo'lgan  mashina 

kunlari  sonini  mashinaning  xo'jalikda  bo'lgan  mashina  kunlari  soniga  bo'lish 

bilan aniqlanadi; 

  mashinaning  yuk  ko'tarish  koeffitsienti  -  bu  ko'rsatkich  umumiy  tashilgan 

yukning yuk bilan bosilgan yo'lga nisbati yordamida aniqlanadi. 

  Bunday  ko'rsatkichlar  bilan  birga  avtomobilning  texnik  jihatdan  tayyorgarlik 

koeffitsienti,  mashinalarni  ishga  chiqarish  koeffitsienti,  mashinalarni  o'rtacha 

ishda bo'lgan vaqti, sutkalik o'rtacha yurgan yo'li, o'rtacha texnik tezligi, yukni 

o'rtacha  tashish  masofasi,  yuk  tashish  mavsumiyligi  koeffitsienti  kabi 

ko'rsatkichlardan ham foydalaniladi. 

Transport  vositalaridan  unumli  foydalanish  va  ular  xarajatlarini  kamaytirish, 

avtomashina  va  uni  boshqaruvchilarning  mehnat  unumdorligini  oshirish,  moylash 

va  yoqilg`i  materiallarini  tejab  tergash,  joriy  tag`mir  va  joriy  qarovlar  uchun 

qilinadigan xarajatlarni tejashga bog`liq. 

Transport  vositalaridan  unumli  foydalanish  qishloq  xo'jaligida  yo'llar  qurish, 

ularning  yuk  tashishga  qobiliyatini  oshirish,  ta’mir  ishlarini  muntazam  ravishda 

olib borish, yo'l xo'jaligi ixtiyoridagi texnikani takomillashtirish va ulardan unumli 

foydalanish  demakdir.  Kuzatishlar  avtomobilni  yuk  ko'tarish  qobiliyati  qattiq 

qoplamali yo'llarda qattiq qoplamasiz yo'llardagiga nisbatan 25-80%, tezligi esa 2-

3  marta  oshishini,  yonilg`i  sarfi  deyarli  2  marta  kamayishini  ko'rsatadi.  Shuning 

uchun  xo'jaliklararo  va  xo'jalik  ichidagi  yo'llarni  rekonstruksiya  qilish  va  o'z 

muddatida ta’mirlash, yo'l qurilishini kengaytirish va qishloq xo'jaligining yanada 

intensiv rivojlantirish uchun real sharoitlar yaratadi. 

 

 




Download 374,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish