Ma`ruza mavzulari



Download 374,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana12.05.2020
Hajmi374,58 Kb.
#48943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
qishloq xojaligi infratuzilmasi

Adabiyotlar 

1.Qishloq  xo'jaligida  islohotlarni  chuqurlashtirishga  doir  qonun  va  me’yoriy 

hujjatlar to'plami. T-1998y. 

2.Mahmudov  O.  "Qishloq  xo'jaligi  korxonalar  ishlab      chiqarishini  analiz  qilish". 

T-1996y. 

3.Siddiqov Z.T., Pulatova R.X., Nazirova D. "Qishloq   aholisi bandligini oshirish 

imkoniyatlari". Iqtisodiyotni modellashtirish va axborotlashtirish masalalari. Ilmiy 

ishlar to'plami. 25-son.T-2004y.131-135b.    

 

Iqtisodiy  taraqqiyotning  hozirgi  bosqichida  xo'jalik  yuritishning  yangi 



uslublari  asosida  tahlil  o'tkazishning  nazariy  negizi  korxonalar,  xo'jaliklar, 

uyushmalar ish tajribasini chuqurroq taraqqiy ettirishni talab etadi. 

Chunki  korxonalarni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 

qonuniga  muvofiq  xususiy  xo'jaliklar  tashkil  qilish  va  tadbirkorlikni  yanada 

rivojlantirish  uchun  keng  yo'l  ochib  berish  tadbirlari  belgilandi.  Bu  borada 

muhosiblik hisobi va tahlil vazifalari jiddiy ahamiyat kasb etadi. 

Tahlil  etish  samaradorligi  qishloq  xo'jalik  korxonasining  ishi  ustidan  rejali 

rahbarlikni amalga oshirish va uni nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega. 

Qishloq xo'jalik faoliyatini o'rganishda uning asosi qilib olingan uslubga ko'ra, 

taqqoslash,  tekshirish,  ma’lumotlarni  ishlab  chiqish  usullaridan  foydalaniladi. 

Korxonalarning  ishlab  chiqarish  moliyaviy  faoliyatlarini  har  tomonlama  o'rganib 

chiqish  jarayonida  qo'llaniladigan  asosiy  usullar  quyidagilardir:  taqqoslash, 

statistik  guruhlash,  o'rtacha  va  nisbiy  ko'rsatkichlar,  zanjirli  bog`lanish  usullari, 

matematik usullarni qo'llash va hokazolar. 




 

12 


Qishloq xo'jalik faoliyatini yuqorida qayd etilgan usullar yordamida o'rganish, 

xo'jalikdagi  foydalanilmayotgan  imkoniyatlarni  aniqlashga,  ularni  ishlab 

chiqarishga  joriy  etish,  ish  faoliyati  samaradorligini  oshirishga  imkon  yaratadi. 

Bunda eng ko'p qo'llaniladigan usullardan  biri taqqoslashdir. Bu  usulda bir  necha 

iqtisodiy ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Jumladan: 

  hisobot ko'rsatkichlari rejada keltirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi; 

  hisobot yilida    erishilgan    natijalar   ko'rsatkichi o'tgan yillardagi bajarilish 

ma’lumotlari bilan solishtiriladi; 

  ishlab  chiqarish  yo'nalishida  bir  necha  yil  davomidagi  o'zgarishlar  dinamikasi 

aniqlanadi; 

  qishloq  xo'jalik  bo'linmalarining  ishlab  chiqarish   natijalari  tuman, viloyat 

va  respublika  bo'yicha  erishilgan  ko'rsatkichlar  hamda  dehqon  va  fermer  

xo'jaliklari  ish    natijalari  bilan    solishtiriladi.  Bu  orqali  ishlab        chiqarish    

imkoniyatlarini        aniqlash  va  ularni  joriy        etish  choralarini  belgilash 

imkoniyati tug`iladi. 

Har  bir  taqqoslash  o'ziga  xos  ahamiyatga  ega  bo'lib,  korxonalarning  ishlab 

chiqarish  ko'rsatkichlarini  yaxshilash  yo'nalishi  uchun  zarur  yechimlarni  topishga 

imkon beradi. 

Qishloq xo'jalik faoliyatiga to'g`ri baho berish va tarmoqni takomillashtirishga 

oid  tadbirlarni  ishlab  chiqishda,  mablag`lardan  samarali  foydalanishni  yo'lga 

qo'yishda tahlil ishlarining ahamiyati katta. 

Tahlilni  to'g`ri  uyushtirish  uchun  tahlil  rejasini  ishlab  chiqib,  mavjud 

ma’lumotlarni o'rganish, oldindan tekshirish zarur. 

Qishloq  xo'jalik  korxonalarida  tahlil  ishlarini  tashkil  etishning  asosiy  shakli 

iqtisodiy  tahlil  bilan  shug`ullanuvchi  iqtisodiy  kengashdir.  Uning  asosiy  vazifasi 

xo'jalikning  va  ishlab  chiqarish  bo'linmalarining  mag`lum  davr  ichidagi  ish 

natijalarini  har  tomonlama  o'rganish,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishning  joriy 

istiqbolli rejalarini ishlab chiqishda qatnashish, imkoniyatlarni aniqlanish va ishlab 

chiqarish samaradorligini oshirish yo'llarini belgilashdan iborat. 

Qishloq  xo'jaligining  iqtisodiy  sharoiti  tahlil  etilayotganida  uning  joylashgan 

yeri,  tuman  va  viloyat  markaziga,  temir  yo'l  stansiyasiga,  mahsulot  topshiradigan 

va  sotadigan  omborga  yaqin-uzoqligi  e’tiborga  olinadi.  Yer-suv,  mehnat  va 

moddiy-texnika 

resurslari, 

turar 

joy, 


madaniy-maishiy 

binolar 


bilan 

ta’minlanganligi  ularning  gazlashtirilganlik  va  telefonlashtirilganlik  darajasi 

o'rganiladi.  Chunki  ayni  shu  omillar  ko'p  va  arzon  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari 

yetishtirish  imkonini  beradi.  Shahar  aholisining  qishloq  xo'jalik  mahsulotlariga 

bo'lgan  ehtiyojini  qondirishga,  jamoa,  davlat,  shirkat  xo'jaliklarida  sutchilik, 

mevachilik,  uzumchilik  va  sabzavot  yetishtirish  tarmoqlarini  rivojlantirishga 

sharoit yaratadi. 

Qishloq  xo'jalik  tarmoqlarini,  joylashtirishda  yuk  tashish  sharoitlari  ham 

hisobga olinishi kerak. Transport vositalari talab doirasida bo'lmasa, sut, sabzavot, 

kartoshka  va  sifati  tez  buziladigan  boshqa  mahsulotlarni  o'z  vaqtida  manzilga 

yetkazib berish va sotish qiyinlashadi. Mahsulot sifati buzilishi natijasida korxona 

iqtisodiy zarar ko'radi. 




 

13 


Korxonalar  uchun  mehnatni  tashkil  etishning  ilg`or  usullari  avvalo,  ularning 

ixtisoslashishi,  markazlashuvi,  rivojlanish  yo'nalishlari,  aholi  punktlarining 

joylashishi,  hududning  xususiyatlari  va  texnika  bilan  qurollanganligi,  qisqasi, 

mexanizatsiyalash darajasi bo'yicha tanlanadi. Bularning barchasi ishlab chiqarish 

shakllarini takomillashtirishga bevosita bog`liq. 

Bugungi  kunda  qishloq  xo'jaligida  mehnat  unumdorligi  darajasining  yuqori 

emasligi  ijtimoiy  taraqqiyotga  salbiy  ta’sir  ko'rsatmoqda.  Bozor  munosabatlari 

shahar va qishloqlar o'rtasidagi aholi migratsiyasi jarayoniga ham ta’sir ko'rsatadi, 

chunki  qishloqda  xizmat  ko'rsatish  sohasining  kam  rivojlanganligi  ko'pgina 

kishilarni, xususan yoshlarni ish axtarib shaharga kelishiga yoki ishlab qolishlariga 

sabab  bo'lishi  mumkin.  Ish  bilan  ta’minlash  sohasida  shahar  ma’lum  ustunlikka 

ega,  chunki  infratuzilma  yaxshi  rivojlangan  joyda  imkoniyatlar  ham  ko'proq 

bo'ladi. 

Qishloq  joylarida  esa  bugungi  bozor  munosabatlari  yangi  xo'jalik  yuritishga 

o'tayotganligi  bir  tomondan,  ishchi  o'rinlarining  qisqarishiga  olib  kelmoqda, 

ikkinchidan esa, yangi mehnat tarmoqlari va xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish eng 

dolzarb  vazifaga  aylanmoqda.  Qishloqda  ijtimoiy  xizmat  ko'rsatish  sohalarini 

rivojlantirishning turli shakllari har xil huquqiy asoslarda yaratilishi mumkin:  

 -xo'jaliklararo  o'zaro  xizmat  ko'rsatish  tarmoqlari  ma’lum  sohada 

ixtisoslanishi; 

 -  yakka tartibda xizmat ko'rsatish sohalari vujudga kelishi; 

 -  shahar  bilan  qishloq  o'rtasida  o'zaro  kelishuv  asosida  ma’lum  sub’ektlar 

o'rtasida  xizmat  ko'rsatish  sohalarini  yaratish  kabilar  odamlarni  ish  bilan 

ta’minlash borasida qo'shimcha imkoniyatlarini vujudga keltiradi.  

Jahondagi  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  shundan  dalolat  bermoqdaki, 

bozor  iqtisodiyoti  sharoitidagi  mamlakatlarning  barchasida  turli  korxonalarni 

davlat,  kooperativ,  jamoa  hamkorligida,  xususiy  hamda  kichik  korxonalar 

ko'rinishida  iqtisodiy  faoliyat  ko'rsatib  kelmoqda.  Bu  mamlakatlarda  qishloq 

xo'jaligi miqyosida turli korxonalarni rivojlantirish bilan birga ularning faoliyatiga 

alohida  e’tibor  qaratiladi.  Rivojlangan  industrial  mamlakatlarda  qishloq  xo'jaligi 

sektorining 80-90 foizini turli shakldagi biznes korxonalari tashkil etadi. 

O'zbekistonda  ham  jahondagi  rivojlangan  mamlakatlarni  kichik  korxonalar 

bo'yicha  qo'lga  kiritgan  yutuqlaridan  tajriba  sifatida  foydalanish  hamda 

mamlakatimizda  bir  necha  asrlar  davomida  turli  sohada  faoliyat  ko'rsatib  kelgan 

hunarmandchilik korxonalari faoliyatini, mustaqillik qo'lga kiritilganligi natijasida, 

qayta  tiklash  uchun  huquqiy  imkoniyatlar  yaratilmoqda.  Bu  ayniqsa  O'zbekiston 

Respublikasining, "Korxonalar to'g`risida"gi (1991 yil 15 fevralda qabul qilingan) 

qonunida alohida ta’kidlab o'tilgan. 

Aslida  davlat  manfaati  bilan  turli  shakldagi  mulk  egalarining  o'zaro 

manfaatlarini  bir-biriga  aynan  kichik  korxonalar  bog`laydi.  Korxonalar  aholining 

pul  mablag`lari  va  boshqa  jamg`armalarini  ishlab  chiqarishga  yo'naltiradi,  shu   

bilan      birga      davlatning      investitsiya      siyosatini      amalga  oshirishda  ishtirok 

etadi. 

Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  85ming  kichik  biznes  korxonalari  faoliyat 

ko'rsatmoqda.  Respublikamizda  biznes  korxonalari  erkin  iqtisodiy  faoliyat  olib 



 

14 


borishi uchun barcha huquqiy asoslar mavjud. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasining  58-moddasida  ko'rsatilganidek,  "Bozor  munosabatlarini 

rivojlantirishga  qaratilgan  O'zbekiston  iqtisodiyotining  negizini  xilma-xil 

shakllardagi  mulk  tashkil  etadi".  Davlat  iste’molchilarning  huquqiy  ustunligini 

hisobga  olgan  holda,  iqtisodiy  faoliyat,  tadbirkorlik  va  mehnat  qilish  erkinligini, 

barcha  mulk  shakllarining  teng  huquqliligini  va  huquqiy  jihatdan  tengligini  

muhofaza etishni kafolatlaydi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  sharoitida,  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlari  o'rtasida 

o'zoro munosabatlarni ta’minlaydigan muhit yaratish zarurligi namoyon bo'ladi. Bu 

muhit,  bozor  infratuzilmasini  yaratishni  birinchi  darajali  vazifalardan      biri 

ekanligini ko'rsatdi. 

1991-1995 

yillarda 

bozor 


infratuzilmasining 

yangi 


ob’ektlarini 

shakllantirishning  tashkiliy-huquqiy  tuzilmalari  asoslari  vujudga  keldi.  Bular 

tadbirkorlik  asoslari  bo'yicha  mutaxassislarni  o'qitish  va  qayta  tayyorlash  tizimi, 

davlat  ro'yxatidan    o'tkazish  va  hisobga  olish,  moliya  kredit  tizimi,  ulgurji-

vositachilik  tuzilmalari,  agroxizmat  bozori,  birja  bozorlari,  xizmatlar  bozorlari  va 

tashqi iqtisodiy faoliyat tuzilmalari bo'yicha amalga oshirildi. 

1996-2000  yillar  bozor  infratuzilmasining  barcha  elementlari    majmuasining 

shakllanishi,  rivojlanishi  va  atroflicha  o'z  faoliyatini    tashkil  etish  hamda  yanada 

takomillashuvi  jarayonlarini  o'z  ichiga oldi. Bu  bosqich  avvalambor  iqtisodiyotda 

pul kredit dastaklaridan faol foydalanish bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotning barcha 

tarmoqlarini  moliyalashtirish  ixtisoslashtirilgan  tijorat  banklari  zimmasiga 

yuklatildi. Birjalar  shakllanishi va rivojlanishi ham ushbu  bosqichga  to'g`ri keldi. 

To'laqonli birja bozori tashkil etildi. 

 2000  yildan  boshlab  bevosita  O'zbekistonda  iqtisodiy  islohotlarini  yanada 

chuqurlashtirish  va  erkinlashtirish  jarayoni  boshlandi.  Institutsional  tizimlar 

vujudga kela boshladi va muassasalar o'rtasida raqobat  muhiti paydo bo'ldi. 

 


Download 374,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish