Ma`ruza mavzulari



Download 374,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana12.05.2020
Hajmi374,58 Kb.
#48943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
qishloq xojaligi infratuzilmasi

Infratuzilma  -  lotincha  so'z  bo'lib,  infra-quyi,  asos,  structure  (tuzilma)-

tuzilish,  o'zaro  joylashuv  ma’nosini  ifodalaydi.  Infratuzilma  mohiyati  milliy    

xo'jalik    ishlab    chiqarish    tarmoqlari  va  ijtimoiy  sferaning  umumiy  sharoitini 

ta’minlash uchun xizmat qiladigan sohalar majmuasini ifodalaydi. 

U  ishlab  chiqarish,  texnologik,  iqtisodiy  va  tashkiliy  aloqalar  jarayonida  vujudga 

keladigan  realizatsiya  orqali  qishloq  xo'jaligining  samarali  ishlashini  ta’minlaydi. 

Infratuzilma  jamiyat  ishlab  chiqarish  kuchlarning  bo'linmas  qismi  hisoblanadi.  U 

korxonaning  samarali  faoliyatini  ta’minlaydi  va  qishloq  xo'jaligining  pirovard 

mahsuloti  miqdoran  ko'p  va  sifatan  yuqori  bo'lishga  yo'naltiradi.  Infratuzilma 

qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligini o'sishining 

muhim  omili  hisoblanadi.  Ko'p  qirrali  xizmat  ko'rsatuvchi  infratuzilmalar    

faoliyatini  rivojlantirish  bozor  iqtisodiyotiga  xos  muammolarni  hal  etishda  keng 

imkoniyatlar yaratadi. 

Agrar 


sohada 

xo'jalik 

yuritishda 

xizmat 


ko'rsatuvchi                    

infratuzilmalarning  o'rni  va  ahamiyati  juda  beqiyosdir.  Chunki  qishloq  xo'jaligi 

mahsulotlari yetishtirish jarayonlarida, ya’ni yerni ekin ekishga tayyorlashdan, toki 

urug`ni  yerga  qadashdan  boshlab,  zarur  agrotexnik  tadbirlarni  amalga  oshirish, 

yetishtirilgan  mahsulotlarni  yig`ib  olish va  boshqa  bo'ladigan barcha  jarayonlarda 

turli  xizmat  ko'rsatuvchi  infratuzilmalar  ishtirok  etadi.  Bundan  tashqari  qishloq 

xo'jaligining  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  albatta  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy 



 

infratuzilmalarni  qanchalik  taraqqiy  etganligiga  bog`liqdir.  Qishloq  xo'jaligida 



mahsulot  hajmini  oshishi,  ishlab  chiqarish  infratuzilmalarini  rivojlanishi  xizmat 

turlarining  ko'payishi  bilan  bog`liq.  Hozirgi  vaqtda  nisbatan  rivojlangan  qishloq 

xo'jaligiga  xizmat  ko'rsatuvchi  infratuzilmalar,  xususan  texnika,  agrokimyo, 

melioratsiya va oqar suv bilan ta’minlash, zooveterinariya, transport, seleksiya va 

urug`chilik,  yoqilg`i-moylash  materiallari,  mahsulotlarni  saqlash  va  qayta  ishlash 

hamda ixtisoslashgan bank xizmatlarini sanab o'tish mumkin.  

Demak,  qishloq  xo'jaligida  infratuzilma  faoliyatini  rivojlantirish  hozirgi 

zamon  talablariga  javob  beradigan  infratuzilma  tizimini  yaratish  orqali  nafaqat 

iqtisodiyotda asosiy vazifalarni hal etish mumkin, balki eng asosiy makroiqtisodiy 

barqarorlik  va  iqtisodiy  o'sishni  ta’minlash,  ko'p  ukladli  iqtisodiyotni  va  haqiqiy 

mulk  egasini  shakllantirish,  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  va  valyuta  bozorini 

bosqichma-bosqich erkinlashtirish, samarali mehnat bozorini shakllantirish hamda 

aholi  moddiy  turmush  sharoitining  barqaror  o'sishi  ta’minlanishiga  erishish 

mumkin. 


 


Download 374,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish