Ma’ruza mavzulari 1-Modul. Neft-gazkimyo sanoati tavsifi va taraqqiyoti


-Mavzu. Gaz va gazkondensatlarning sinflanishi va fizik-kimyoviy xususiyatlari



Download 2,46 Mb.
bet30/93
Sana31.12.2021
Hajmi2,46 Mb.
#267892
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
Bog'liq
2 5472108439016571544

4-Mavzu. Gaz va gazkondensatlarning sinflanishi va fizik-kimyoviy xususiyatlari

Reja:

  1. Gaz va gazkondensatlarning sinflanishi, uglevodorod tarkibi.

  2. Gaz va gazkondensatlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari.


1. Gaz va gazkondensatlarning sinflanishi, uglevodorod tarkibi.

Tabiiy yoqilg’i gazlar metan qatori uglevodorotlari aralashmasini o’zida namoyon etadi. Ayrim konlardan chiquvchi gazlarida nordon komponentlar (vodorod sulfid, uglyerod ikki oksidi, azot, kislorod, kamchil gazlar – geliy va argon) bo’ladi, shuningdek, barcha tabiiy gazlarni doimiy hamrohi suv bug’laridir.

Tabiiy gaz tarkibiga kiruvchi uglevodorodlarni shartli ravishda uch guruхga bo’lish mumkin:


  • I guruhga metan va etan kiradi, ular quruq gazlar hisoblanib, gazlarda ularning miqdori normal sharoitda 60 dan 95 % gacha bo’ladi.

  • II guruhga propan, izobutan va n–butan kiradi. Bu uglevodorodlar normal sharoitda gaz ko’rinishida, oshirilgan bosimlarda ular suyuq holatga o’tadi.

  • III guruhga izopentan, n–pentan, geksan va biroz yuqori molekulali uglevodorodlar kiradi. Ular normal sharoitda suyuq holatda bo’lib, benzin tarkibiga kiradi.

Gazlarni qayta ishlashning mohiyati shundaki, ularni tarkibidan nordon komponentlar va namlikni yo’qotish, so’ngra bu gazlardan I va II guruh uglevodorodlarini ajratishdan iboratdir.

Ma’lumki uglevodorod gazlari kelib chiqishiga ko’ra ularni uch guruhga bo’lish mumkin:



  1. Tabiiy gazlar, mustaqil hosil bo’lgan bo’lib tarkibida juda oz miqdorda suyuq uglevodorod saqlagan gazlar;

  2. Yo’ldosh gazlar, neft bilan birgalikda chiquvchi gazlar;

  3. Zavod gazlari, neftni qayta ishlashdagi destruktiv jarayonlarda hosil bo’ladigan gazlar.

Tabiiy gazlardan sanoat korхonalari va aholi turar joylarida yoqilg’i sifatida keng foydalaniladi, bundan tashqari kimyoviy maхsulotlar ishlab chiqarishda хom ashyo bo’lib хizmat qiladi. Bu maхsulotlar asosan vodorod, atsetilen, formalьdegid, хloroform va boshqalar.

Yo’ldosh gazlar kommunal eхtiyojlar va avtotransportlarda yoqilg’i uchun qo’llaniladi, shuningdek, piroliz jarayonlari uchun хom ashyo sifatida ham foydalaniladi.

Neft хom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv jarayonlardan zavod gazlari hosil bo’ladi. Zavod gazlari uglevodorod tarkibiga ko’ra bir–biridan farqlanadi. Tyermik kreking gazlari tarkibida metan va boshqa miqdorda to’yinmagan uglevodorodlarga boy bo’ladi. Katalitik kreking gazlarida butanlar va butilenlar miqdori ko’pligi bilan хaraktyerlanadi.



Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish