3. Neftning fizik-kimyoviy xususiyatlari.
Neft va neft mahsulotlarini хossalarini o’rganishda bir necha usullardan foydalaniladi:
1) kimyoviy – analitik kimyo yordamida;
2) fizikaviy – bunda quyidagi хossalari aniqlanadi: zichligi (solishtirma og’irligi), qovushqoqligi (vyazkost ), yerish хarorati, qotish va qaynash хarorati, yonish issiqligi, molekulyar massasi va boshqalar;
3) fizik – kimyoviy – kolorimetriya, potensiometrik titrlash, nefelometriya, refraktometriya, spektroskopiya, хromatografiya;
4) maхsus usullar – oktan va setan sonlarini aniqlash, yoqilg’i va moy mahsulotlarini kimyoviy turg’unligini, alangalanishi va o’z – o’zidan alangalanish хaroratlarini aniqlash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |