Ma`ruza matnlari 1 mavzu: Etika fani, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari. Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunon axloqiy ta’limotlari



Download 0,49 Mb.
bet6/13
Sana18.12.2019
Hajmi0,49 Mb.
#30838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ma`ruza matnlari 1 mavzu: Etika fani, tadqiqot doirasi, maqsadi


Tayanch iboralar

Tasviriy san’at, teatr, televidenie, kino, adabiyot, mazmun va shakl, badiiy idrok, nafosatli idrok, badiiy qiyofa, badiiy ijod, badiiy obraz, badiiy talqin, qobiliyat, talant, iste’dod, qorishma (sintez), texnika estetikasi (dizayn), teatr, kino, Haykaltaroshlik, fojea, komediya, drama, roman, qissa, ruboiy, janr. Go’zallik, xunuklik, tabiat go’zalligi, inson go’zalligi, go’zallik va san’at, ulug`vorlik va tubanlik, tabiat ulug`vorligi, fojeaviylik, fojeaviy to’qnashuv, fojeaviylik va nafosatli ideal, fojeaviy ziddiyat.


Takrorlash uchun savollar

1. Qanday san’at turlarini bilasiz?

2. San’atning nafosatli mohiyati nimada?

3. Badiiy ijod jarayoning muhim xususiyatlari nimada ifodalanadi?

4. Siz qaysi san’at turini yoqtirasiz va nima uchun?

5. Nima uchun go’zallik nafosatning asosiy mezoniy tushunchasi deyiladi?

6. Inson go’zalligini qanday tushunasiz?

7. Ulug`vorlik nimalarda namoyon bo’ladi.

8. Qaysi badiiy asarda ulug`vorlik namunalarini kuzatgansiz

9. Jamiyatdagi ulug`vorlikka qanday misol keltirasiz

10. Qaysi san’at asarida kulgu namunalarini kuzatgansiz
Adabiyotlar

1. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. T., O’zbekiston 1994y.

2. Islom Karimov.Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. “O`zbekiston ovozi ” gazetasi, 2010 yil 12 noyabr.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan sammiti yalpi majlisidagi nutqi // Xalq so’zi, 2010 yil 22 sentyabr, 1-2-b.

4. Kojinov V. San’at turlari. T., 1962.

5. Umarov E. Estetika. T., O’zbekiston 1995.

6. Abdullaev A. Jajda prekrasnogo. "Pravda vostoka" T.., 1984.

7. Qo’shjonov I. Adabiyot va estetika. T.., 1981y.

8. Mirvaliev S. O’zbek adiblari. T.., "Yozuvchi" 2000y.

9. Imomov B. Tragediya va xaraktyer. Toshkent. 1977j.

10. Yo’ldoshev S.A. Antik falsafa. Toshkent.1999j.

11. Estetika. Slovar. Moskva.1989j.




Baholash mezonlari va ko’rsatkichlari (ball)


Guruh

1 topshiriq

2 topshiriq

3 topshiriq (har bir savol 0,2 ball)

Ballar yig’indisi

(1,0)

(1,4)

1-savol

2-savol


3-savol

(3,0)

1



















2



















3





















6- mavzu: San’at tarixi, turlari, badiiy ijod va estetik tarbiya

2 soat
Mavzu rejasi va bayoni

  1. San’atning paydo bo`lishi va rivojlanishi, san’at turlari.

  2. San’at ijtimoiy ong shakli sifatida.

3. San’atda vokeylikning badiiy qiyofali ifodasi.

4. Estetikaviylik va uning o`ziga xos jihatlari mustaqillik sharoitida.

5. Estetik tarbiyaning usul va vositalari.
San’at o’zining barcha taraqqiyot bosqichlarida estetik orzu o’zgaruvchanligini, uning ijtimoiy va milliy jihatlaridan bog’liqligini nozik va sezgir ifodalab byergan. San’atda qaror topgan estetik orzuning asosiy mazmunini inson go’zalligi haqidagi turli davr odamlari, millatlar, ijtimoiy guruhlar tushunchalari bo’yicha uni qanday qiyofada ko’rish istaklari mavjudligi to’g’risidagi tasavvurlar tashkil etadi.

Ko’p asrlar davomida san’at estetik orzuni ro’yobga chiqarishning ikki asosiy yo’nalishini ishlab chiqqan. Uning birinchisi estetik orzuni ijobiy qahramon timsolini yaratish orqali ro’yobga chiqarish yo’li tashkil etadi. Ijobiy qahramon ijodkor estetik orzusining, u orqali jamiyatning namoyandasidir.

Ilg`or orzularni ularga qarama qarshi hayot hodisalarini tasvirlash orqali qaror toptirishning ikkinchi yo’li birinchisidan kam bo’lmagan samarali va estetik ahamiyatlidir. Buyuk so’z ustalaridan biri san’at orzu |ideal|dagi odamlarni emas, balki ijodkorning o’zida orzu bo’lishini taqozo etadi, deb haq gapni aytgan edi. Shunday orzu bo’lgan taqdirda eng mudhish, xunuk, pastkash hayot hodisalarni tasvirlash ham san’at asarlarining ijobiy estetik qiymatini tushurib yubormaydi.

San’atda ilg`or estetik orzuning bo’lishi san’at go’zalligi bilan bog’liq zaruriy, lekin yagona bo’lmagan omildir. San’at go’zalligi uning haqqoniyligidan ajralmagan holda qaror topadi. Badiiy haqiqat siz san’atda go’zallik bo’lishi mumkin emas. haqiqat va go’zallik birligi san’at taraqqiyotining qonuniyatlaridan biridir. Mazkur qoidani nozik faxmlash, ifoda qilar ekan, Shekspir o’zining sonetlaridan biri: "Go’zallik qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon go’zallik kashf etadi", deb yozgan edi. Go’zallikni hayot haqiqatidan ajratib tashlashga har qanday urinish san’atga halokatli ta’sir qilib, uning faol, o’zgaruvchan ahamiyatini pasaytiradi.

San’atdagi go’zallikni haqli ravishda shaklli va mazmuniy birligi bilan bog’lab mushohada etadilar. Kamolotga, go’zallikka intilish ko’p jihatlardan eng muvofiq shaklini izlab topish bilan bog’liq bo’lib, bu shakl yaratilmish narsaning mazmuniga mos kelishini taqozo etadi. Go’zallik qonunlari bo’yicha yaratish mutanosib shakl izlab topishni o’z ichiga oladi.

Shaklning mazmunga mos kelishi san’atdagi go’zallikning mezoni ekanligi haqidagi qoidaga ba’zi bir aniqliklar kiritishimiz bu yerda o’rinlilir. Masala qanday mazmun haqida gap borayotganligidadir. Yolg’on, zararli, g’oyaviy buzuq mazmun o’ziga yarasha ifoda topadi, lekin buning natijasida san’at asari go’zalligining mezonlaridan biri sifatida qarash mumkin bo’ladiki, agar gap ijtimoiy ahamiyatli, g’oyaviy, ilg`or, hayot haqiqatiga ega mazmun haqida borsa hamda unga muvofiq, barkamol shaklda bu mazmun ifodalansa.

Yuqorida bayon qilingan fikr mulohazalardan xulosa yasab shuni aytish mumkinki, san’atdagi go’zallik, uning kamolot darajasi ko’p tomonli, murakkab tizim birligini anglatib, uning tarkibiy qismlari sifatida tasvir ob’ektining go’zalligi, estetik orzuning haqqoniyligi va ilg`orligi, voqelikni bilishning haqiqiy va chuqur mazmundor ekanligi, badiiy mahoratning yuksakligi namoyon bo’ladilar. Mazkur omillar orasida estetik orzu o’zining haqqoniyligi, demokratikligi, insoniyligi bilan belgilovchi, sistema tashkil etuvchi ahamiyatga molikdir.

2. Badiiy madaniyat murakkab tizimdan iborat bo’lib, unda san’at turlari muhim o’rin tutadi. San’atning ayrim turlarga bo’linib ketganligi uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot hosilasi bo’lib, qadimda badiiy faoliyat sohalariga turlarga bo’linmagan edi. Keyinchalik san’atning bir necha turlari qaror topdi.

San’at turlari san’atga xos bo’lgan umumiy belgilarga ega bo’lib, ularning har biri: adabiyot, memorchilik, musiqa, tasviriy san’at va shu singari muhim ko’rinishda namoyon bo’ladi. San’at turlarida xususiyning umumiyga nisbatini ko’ramiz. Nafosatli tafakkurning tur hosil qilish manbalari ikki yo’nalishida vujudga kelgan. Manbaning birinchi yo’nalishi voqelikning murakkabligi, ko’p qiyofaliligi, har tomonlamaligidir. Masalan, san’at u yoki bu turining vujudga kelishi uning voqelikni qaysi tomonini aks ettirishga qaratilganligidir. Nazm va tasviriy san’at turlari bir biriga qiyoslanganda, ularning mavzulari boshqa boshqa bo’lib, mavzu xususiyatlari esa tasvir vositalaridan kelib chiqqanligini ko’ramiz. Ikkinchi yo’nalish inson his tuyg`usi boyligi, idrok etish xususiyatlari, inson ma’naviy qobiliyati bilan bog’liq.

San’at turlari vujudga kelish manbaiga ega bo’lgan bu ikki nuqtai nazarda o’zaro ziddiyat yo’q, lekin ma’lum farqlar mavjud. San’at turlarining hosil bo’lishida voqelikning hal qiluvchi ahamiyatini tan olgan holda, avvalo, inson idroki xususiyatlarini e’tiborga olib, san’atkor foydalanadigan moddiy ashyo xususiyatlarini ham nazardan qochirmaslik kerak. Moddiy ashyo ko’p jihatlardan u yoki bu san’at turiga xos bo’lgan tasvirli ifodali vositalar xususiyatlarini yuzaga keltiradi.

San’at turlari bir birining o’rnini bosolmaydi: ularning har biri mustaqil, o’zicha nodir va betakror bo’lib, voqelikning bir tomonini bevosita aks ettiradi O’sha tur u yoki bu insoniy his-tuyg`ularni ifodalashda boshqa turlarga nisbatan ustivor o’rin egallaydi va muayyan cheklanganlik xususiyatiga ega bo’ladi. Masalan, badiiy adabiyot hayotni keng va tyeran aks ettirishda, inson ruhiy aqliy tomonlarini ochib berishda tengi yo’q san’at turi bo’lsada, u ma’lum cheklanganlik xossasiga ega. Badiiy adabiyot inson his tuyg`ulari, sezgilari qirralarini ifodalashda musiqaga, tasviriy san’atga teng kelmaydi. hatto adabiyot, musiqa, tasviriy san’at "qorishmasi"dan vujudga keladigan kino san’ati ba’zi jihatlari bilan adabiyot, musiqaning o’rnini bosolmaydi. Shu bois san’atning bir turini boshqasiga qarshi qo’yish yoki ular o’rtasiga baland-past zinapoyalar tashlash maqbul emas: san’at turlari teng asosda harakat qilib, voqelikni aks ettirishda bir tur boshqa turlarga nisbatan ustivor darajada namoyon bo’ladi. Masalan, san’atning bilish vazifasi badiiy adabiyotda va u bilan bog’liq boshqa turlarda alohida bo’rtib ko’rinadi: musiqa inson his-tuyg`u madaniyati, tasviriy san’at sinchkov kuzatish madaniyati: ochiq sahna (estrada) va sirk san’ati esa ko’ngil ochish, tamosha madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. San’at amaliyoti davomida uning ikki xususiyati ajralish va jamlanishga moyillik yaqqol ko’zga tashlanadi. Ajralish san’ati yangi turlarining vujudga kelishi, ularning mustaqillikka intilishi bilan bog’liq bo’lsa, jamlanish san’at turlarining biror qorishmaga (sintezga) intilishida ko’rinadi. Bu ikki moyillik insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotining barcha davrlariga xosdir. Ammo u yoki bu davrda ulardan biri ustivor bo’lgan va har xil mazmun kasb etgan. San’atni hozir fazoli, vaqtli, ko’rinishlarga bo’lib o’rganish taomilga kirgan. Fazoli ko’rinishga tasviriy san’at, haykaltaroshlik, chiziqli rasm (grafika), amaliy san’at va me’morchilik; vaqtli ko’rinishiga badiiy adabiyot va musiqa, fazoli vaqtli ko’rinishga esa teatr, kino "oynai jahon" kiradi.

Hodisalarning aniq tuyg`uli qiyofasini aks ettirishi yoki aks ettirmasligiga qarab tasvirli va tasvirli bo’lmagan ko’rinishlarga ham egadir. Tasviriy san’at va haykaltaroshlikda hayot manzaralari voqelikning his tuyg`uli qiyofasini yaratish orqali namoyon bo’lsa, adabiyot va musiqada hayot manzaralari fikrlar va tuyg`ular oqimini umumlashtirish asosida aks ettiriladi. Masalan, adabiyot va musiqa moddiy jism (narsa) ning his tuyg`uli qiyofasi idrokini hosil qilmaydi, balki voqelikni kechinmalar, his tuyg`ular orqali aks ettirib, yuksak tasvir darajasiga yerishadi. Adabiyot va musiqa "tili"ga boshqa san’at turlari qiyofalarini "ko’chirib" ifodalash mumkin. Tasviriy san’at esa rango rang tuyg`uli idrokli jismiy olamni bevosita aks ettirishda faqat ifoda ramzidan foydalanadi. Rang, yorug’lik, nur soya kabi tasviriy ifodaviy vositalar orqali voqelikdagi sezgi va tuyg`ularni umumlashtirgan holda namoyon qiladi.

San’at turlari idrok etish jihatdan ham har xil ko’rinishlarga bo’linadi; ular ko’z bilan ko’riladigan asarlar bo’lib, tamoshali san’at turlari deb ataladi. Bularga tasviriy san’at, haykaltaroshlik, memorchilik, badiiy foto asarlari kiradi. Musiqani eshitiladigan san’at turi deymiz. Teatr san’ati esa ham tamoshali, ham eshitiladigan san’at turidir.

San’at ijtimoiy hayotning mustaqil sohasi bo’lishi bilan birga inson faoliyatining badiiy bo’lmagan sohalari bilan ham chambarchas bog’liq. San’at turlari xususiy badiiy burch vazifalari bilan birga foydali amaliy burch vazifalarni ham bajaradi. Bu jihatdan san’at turlarining foydali amaliy burch vazifalarini ikki burchli, bir burchli, tadbiqiy va "toza" burch vazifa ko’rinishlariga bo’lish mumkin. Memorchilik, amaliy san’at, xalq hunarmandchiligi, tadbiqiy burch ko’rinishiga ega. Bu san’at turlarida badiiylik foydali amaliy idrok bilan uzviy birlikda namoyon bo’ladi. Masalan, harbiy musiqa davlat madhiyasi yoki adabiyot, tasviriy san’at sohalarining (bayroq, tamg’a) axborot hujjat tomonlari shunday xususiyatga egadir.

Hozirgi davr badiiy madaniyatida san’at va boshqa sohalar o’rtasidagi chegaralar tobora yemirilib bormoqda va ular o’rtasida samarali hamkorlik jarayonlari shakllanmoqda. Ayniqsa, bu hamkorlik san’at va fan texnika aloqalarida yaqqol ko’rinadi. Og’zaki adabiyotda so’z bilan ijrochi mushtarakdir. Bir vaqtning o’zida muallif bilan ijrochi (dostonchilar, baxshilar, askiyachilar) birlashib ketadi. Binobarin so’zda ifodalangan asar (askiya, doston, tyerma) ijro va idrok uchun yaratilgan bo’ladi. Yozma adabiyot esa ijro talab qilmaydi. U eshituvchiga emas, o’quvchiga mo’ljallangan bo’ladi. Og’zaki va yozma adabiyot o’rtasidagi farq ularning inson tuyg`ulariga turlicha ta’sir o’tkazishida namoyon bo’ladi. Aytilgan so’zni eshitish, yozilganini ko’rish va o’qish uchun mo’ljallanganligidan tashqari, yozma adabiyotni idrok etish o’quvchidan ko’proq ijodiy faollikni va mustaqillikni, adabiy matndan olingan axborotni o’zining ma’naviy dunyosi va hayotiy tajribasi bilan qiyoslashni talab qiladi.

Og’zaki va yozma adabiyotning farqi ularni idrok etishda ham ko’rinadi. Og’zaki adabiyotni idrok etish odatda jamoaviy tarzda sodir bo’lsa, yozma adabiyot idroki yakka, shaxsiydir. Badiiy adabiyot san’at turi sifatida o’zining ichki tizimiga, o’ziga xos tur, xil, ko’rinishiga, uslubiga ega. Masalan, qadimgi Yunoniston badiiy madaniyati tarixida badiiy adabiyot doirasi uning uch katta adabiy turixi epik, lirik, dramatik ko’rinishlarini qamrab olgan edi. Epik tur, avvalo, voqealarni badiiy o’zlashtirish bilan, lirik tur kayfiyat yoki ruhiy holat bilan, dramatik tur harakat bilan bog’liq amal qilgan edi. Bu uch tur xilning barcha belgilari badiiy aks ettirish uchun zarur bo’lgan voqelik bilan chambarchas bog’liq.

Badiiy adabiyotning epik turida voqelik keng va ko’p tomonli holda qamrab olinadi, inson hulq atvorini shakllantiradigan va uni harakat qilishga undaydigan shart sharoitlar bilan uzviy bog’liq tarzda bayon qilinadi. Unda tashqi olam qonuni hukmronlik qiladi, tasvirlanayotgan voqelikka, narsalarga muallif munosabati, odatda, bayon qilish uslubi asar tartibi ichiga yashiringan bo’ladi. Epik asar hamma vaqt yerkin yozma bayon (insho) usulida ifodalanadi, unda ko’proq tasvirlash ustunlik qiladi. Epik asar mazmuni tasviriy qismlar, qahramonlarning fikr mulohazalari va kechinmalari tasviri orqali namoyon bo’ladi.

Epik adabiyotda voqelik tasvirining kengligi, mufassalligi, hayot manzaralarini yaxlit yaratishga intilish, voqealar tasvirini bayon qilish tarzi bu turning ba’zi shakliy belgilarini ham izohlaydi. Tasvirning bayon tarzi, uning batafsilligi qismlarining nisbiy mustaqilligi, harakat sodir bo’lishining sekin astaligi, asar badiiy tizimining yerkin tarkib topishi, harakatning tugal emasligi kabi belgilar shular jumlasidandir. Epik asarlar o’z mazmuni va shakliy belgilari jihatidan nasriy ifodaga moyil bo’lib, unda to’la va jozibali bo’y ko’rsatadi. Epik adabiyot ko’proq nasriy bayonga mo’ljallangan holda, lirik adabiyot asosan nazm orqali bayon etiladi. Agar epik asarlarda voqelikning keng manzarasi tashqi olam ruhi hukmron bo’lsa, lirik adabiyotda ko’proq inson ichki holati ifodalanadi. Arastu ta’kidlaganidek, lirik adabiyot muallifi o’zi yaratgan asari bilan yaxlit birlikni tashkil qiladi va bunda o’zligini ham saqlab qoladi. Ba’zan lirikada tasvir tomonlar zaif holda aks etib, ko’proq muallif fikr va tuyg`ulari ifodalanadi. Bu uning voqelikni aks ettirishning muhim shakli bo’lib qolishiga halal byermaydi. Lirik adabiyotda tashqi dunyo bevosita emas, bilvosita, ya’ni fikr va tuyg`ular orqali aks ettiriladi. Shoirning shaxsiy fikr va tuyg`ulari o’zi yashab turgan davrning ilg`or fikr va tuyg`ulariga hamohang tarzda umumxalq, umuminsoniy ahamiyat kasb etadi. Bunga Yassaviy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxtumquli, Muqimiy, Furqat, Cho’lpon, Abdulla Oripov, Yerkin Voqidov lirikasi yorqin misol bo’ladi. Lirikada fikr bilan tuyg`u chirmashib, tutashib ketadi. Unda sezgi bilan bezangan, his tuyg`ular bilan to’lib toshgan fikr bevosita kechinmalar shaklida namoyon bo’ladi. Lirika olam va inson haqida eng murakkab, eng tyeran fikrlarni ifodalash qudratiga ega. Lirika bevosita tasvir uslubidan foydalanmasligi jihatidan musiqa va raqsga yaqin bo’lsada, o’zining so’z bilan qat’iy birligi tufayli u inson ma’naviy hayotining hamma qirralarini ifodalash imkoniyatiga egadir. Badiiy adabiyotning ko’pgina asarlari bir vaqtning o’zida ham epik, ham lirik tur belgilariga ega bo’ladi. Masalan, o’zbek adabiyotida Cho’lpon va Usmon Nosir, Abdulla Oripov va Yerkin Voqidov lirikasida badiiy uslub xilma xilligidan qatiy nazar, ular ijodida lirik va epik tomonlar qorishmasi mavjudligini ko’ramiz. Ularning ham lirik, ham epik asarlar yaratishga moyilliklari mantiqiy tarzda bu shoirlar ijodida dramaturgik turni paydo qildi.

Badiiy adabiyotning dramaturgiya turi, avvalo, sahnalashtirishga mo’ljallangan asarlar bo’lib, uni ham adabiyot turi, ham teatr qismi deb ataydilar. Bu tur hayotning dramatik lahzalari va tomonlarini yanada to’laroq aks ettirish talab ehtiyojlaridan kelib chiqqan bo’lib, har qanday dramatik asar asosini ziddiyat (konflikt) tashkil qiladi. Drama asarlarida kundalik hayotning tub o’zgarishlarga moyilligidan dalolat byeruvchi tomonlarini to’laqonli ochib berishda mavzu asosiy o’rin egallaydi.

Dramatik asarlarda o’z oldilariga aniq ravshan maqsad va vazifalar qo’ygan irodali kishilar yuzma-yuz kelib to’qnashadilar. To’qnashuv qudrati esa ko’p jihatdan iroda namoyon bo’lishi va uning ifoda kuchiga bog’liq bo’ladi. Dramatik to’qnashuv xususiyati o’z navbatida dramatik harakat xususiyatini belgilab beradi. Dramatik harakatda esa inson ruhiy tahlili, uning fikr tuyg`usi, insoniy sifatlari namoyon bo’ladi. Dramatik asarlarda hayot uyg’unligi to’la namoyon bo’lar ekan, dramatik harakat mumkin qadar faollikka, bir maqsadga yo’nalganlikka, tamoshabinga bevosita ta’sir o’tkazishga intiladi. Bu esa suhbat (dialog) orqali amalga oshadi. Suhbat jarayonida har bir so’z, voqea hodisa, har bir xatti harakat, ibora boshqa odam (suhbatdosh) ga faol tasir o’tkazish sifatida o’rin egallaydi. Badiiy adabiyotning turlari o’z navbatida bir necha xil va ko’rinishlarga bo’linadi. Ular epik turda xalq eposi; epik doston, roman epopeya, roman, qissa; lirik turda qasida, tuyuq, ruboiy, g’azal, mustaxzod, she’r; dramatik turda fojea (tragediya), komediya, drama kabilardir. Ularning har birini janr deb atash ham qabul qilingan bo’lib, mazmun umumiyligi, hayotiy hodisalar tanlovi, g’oyaviy estetik baholanganligi, his tuyg`uli ta’sir kuchi bilan izohlanadi. Har bir janr o’ziga xos belgilari, badiiy vositalar majmuining nisbiy qaror topganligi bilan bir biridan farq qiladi. Badiiy adabiyot san’atning barcha turlariga ta’sir o’tkazib keldi va hozir ham o’tkazmoqda. Badiiy adabiyot ta’siridan holi bo’lgan badiiy ijod sohasi yo’q bo’lib, unda ilk bor qalamga olingan mavzu, g’oya, ohang, qiyofa, xulq atvor keyinroq san’atning boshqa turlariga ham ko’chishi mumkin. San’atning teatr va kino kabi qorishma turlariga ham badiiy adabiyot ilk asos vazifasini bajaradi. Nihoyat, san’at taraqqiyotining hozirgi bosqichiga xos bo’lgan badiiy qorishma vujudga kelishida ham adabiyot asosiy uyg’unlashtiruvchi va jamlovchi omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda.

Tasviriy san’at tizimiga musavvirlik, haykaltaroshlik, chiziqli rasm (grafika) mansub bo’lib, ularning vujudga kelishi insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga borib taqaladi. Qadimgi dunyo musavvirlari o’zlarining manfaat va ehtiyojlariga mos bo’lgan timsollar yaratganlar. Qoyalarda tasvirlangan jonivorlar voqelik hodisalari, hayot manzaralari o’rnini bosardi. Dastlabki tasvirdayoq estetik zarralar mavjud bo’lsa ham, ular foydali amaliy maqsadlarga bo’ysundirilgan tarzda ifodalagan edi. San’atning endigina yuzaga kelayotgan shakllarida sog’lom his tuyg`ular, idrok yorqinligi va tiniqligi, kuzatish ziyrakligi namoyon bo’lardi. Bunda insonning o’z atrofidagi olamni qiyofali yaratishga bo’lgan kuchli intilishi boshlang’ich shakllarda namoyon bo’layotgan edi. Tasviriy san’at foydali amaliy maqsadlar hukmronligidan tobora "foriqlanib" badiiy faoliyatning ixtisoslashtirilgan shakliga aylanib bordi, bu jarayon esa ko’p asrlarga cho’zilib ketdi.

Chiziqli rasm hayot hodisalarini tezroq aks ettirishi bilan ommaviylik xususiyatiga ega. Uni ko’rgazmalarda namoyish qilish bilan birga ko’p nusxalarda ko’paytirib tarqatish mumkin. Chiziqli rasm ulkan ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xalq va yurt taqdirida burilish nuqtalari, og’ir kunlar (urush, ofat v.h) bo’lganda odamlarni jipslashtirish va safarbar qilish qudratiga ega bo’ladi.

Chiziqli rasm o’z mazmuni va maqsadiga muvofiq dastgohli va amaliy ko’rinishlarga ega. Dastgohli ko’rinishi nisbiy mustaqil bo’lib, unda suv buyoqli (akvarel'), yumshoq rangli qalam (pastel'), musavvir yaratgan bosma shakldan nusxa ko’chirish (estamp), o’yib solingan (ofort), maxsus taxtachaga o’yib tushirilgan (gravyura) holatlarida yog’och, metall, ko’mir, karton va boshqa ashyolarda ifodalanadi.

Haykaltaroshlikda dastgohli va kichik shakllar ham o’rin tutadi. Dastgohli haykaltaroshlik insonning ichki dunyosi mazmuniga qiziqish ortib borayotganligi bilan bog’liq. Kichik shakllar haykaltaroshligi esa asosan sanoat va xalq hunarmandlari tomonidan tayyorlanib, maishiy turmush jarayonlarini badiiylashtirishga xizmat qiladi.

Tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida u yoki bu g’oyaviy tuyg`uli ohanglar naqshda ustivor darajada namoyon bo’ladi. Xalq hayoti va uning ruhiy holati xususiyatlari geometrik, o’simlik yoki jonivorlar mutanosibliklarida bajarilgan etakchi naqsh ohanglarida ifoda topadi. Texnika estetikasining amaliy ko’rinishi bo’lgan "dizayn"ning vujudga kelishi, Texnika loyihalarining maishiy narsa buyumlar sohasiga ham tadbiq etilishi natijasida Texnika va bezakli amaliy san’at birligi shakllandi va o’zaro ta’sir o’tkazish jarayonlari yo’lga qo’yildi.

Odamlarni nafosatli tarbiyalashda ham bezakli amaliy san’atning ahamiyati beqiyosdir. U o’zining amaliy foydali tomonlari bilan millionlarga doimiy ravishda nafosatli ta’sir o’tkazib turadi.

San’at turlari orasida me’morchilik alohida o’rin egallaydi. Me’morchilik inson yashash muhitini uyushtirishda, uning hayot faoliyatida ulkan ahamiyat kasb etadi. Unda san’at va boshqa faoliyat sohalari o’rtasidagi cheklanganlik yo’q. U ikki tomonlama bo’lib, ham moddiy, ham ma’naviy madaniyatga taalluqlidir.

Me’morchilikning badiiy tomoni amaliy tomoniga bo’ysundirilgan bo’ladi. Me’morchilikda badiiy (qiyofali ifoda) avvalo, binolar yoki ular majmuining ijtimoiy ahamiyatligida ko’rinadi. Bu hol uning badiiy imkoniyatlarini yanada oshiradi va me’morchilik xususiyatlarini belgilab beradi.

Boshqa san’at turlarida bo’lganidek, me’morchilikda ham bilish o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Alohida inshoot yoki majmua tarzidagi me’morchilik asarlari tarixiy davr yaxlit qiyofasini vujudga keltiradi. U o’z davrinig eng umumiy va o’ziga xos fikr va tuyg`ularini umumlashgan va mujassamlashgan tarzda ifodalaydi. Me’morchilik asarlari voqelikni bevosita tasvir etmaydi, balki inson kechinmalarini aks ettiradi. Donishmandlar me’morchilikni "qotishma" musiqa yoki "toshdagi doston" deb ta’riflaganlar. Bular me’morchilik to’la tavsifini anglatmasada, uning tabiatini belgilaydi. Me’morchilik musiqaga o’xshab davr qiyofasini ijtimoiy ifodali ko’rinishda yaratadi. Agar musiqada qiyofa eshitish orqali idrok etishga mo’ljallangan bo’lsa, me’morchilik ko’rishga mo’ljallangandir.

Memorchilik asarlarini idrok etish orqali odamlar turmush tarzini, maishiy hayoti va hayot faoliyati xususiyatlarini, ijtimoiy tuzum tabiatini, estetik orzuni, u yoki bu davr ijtimoiy ruhi va mafkurasini in’ikos etamiz. Me’morchilik hosil qiladigan bilimlar majmuining ahamiyati shundaki, odamlarda u yaratilgan madaniy muhiti, hayot tarzi, fikr va tuyg`ulari to’g’risida tasavvur paydo bo’ladi.

Me’morchilik binolari va inshootlarini ko’rar ekanmiz, go’yo tarixning "tosh varaqlarini" ko’zdan kechirganday bo’lamiz, boshqa olamga kirib, uni o’z yaxlitligicha anglaymiz. Eng muhimi, ular inson bilan mutanosiblikda ifodalanganini ko’ramiz. Memorchilik o’zining hajmlari va chiziqlari "tili" bilan davr va inson haqida boshqa san’at turlaridan ko’ra ko’proq hikoya qilganday bo’ladi.

Shunday qilib, me’morchilik ham boshqa san’at turlari kabi voqelikni yuksak badiiy darajada aks ettiradi, o’z majmui bilan o’z davrining umumlashgan, keng qamrovli va yaxlit qiyofasini namoyon qiladi.

Hozirgi me’morchilik ayrim binolar va hatto ular majmuini yaratishga emas, balki me’morchilik ijodining oliy ko’rinishi bo’lgan shahar bunyod etishga mo’ljallangan. Toshkent, Nukus, Samarqand, Qo’qon, Andijon, Navoiy, Guliston, Namangan, Qarshi, Jizzax shaharlaridagi me’morchilikning eng yaxshi namunalari yerkin Rejalashtirishga, yaratilgan tabiiy muhitni o’zlashtirishga qaratilgan bo’lib, engil, yerkin tarzdagi hayot sharoitlarining xilmaxil va doimiy o’zgaruvchanligiga uzviy moslasha borishi bilan izohlanadi.

Musiqa ham boshqa san’at turlari kabi ijtimoiy hodisadir. Ammo uning ijtimoiy mazmuni niqoblangan tarzda bo’lib, u xalq va maishiy hayot musiqa namunalarida yoki musiqa ijodining so’z bilan bog’liq shakllarida ochiqroq ko’rinadi.

Musiqa hayotning barcha tomonlarini aks ettira oladi. U bir vaqtning o’zida ham epik, ham lirik, ham dramatik ohanglarda jaranglayvyeradi, uning ifodali tabiatiga ko’ra, ko’proq lirikaga moyil, lirika esa musiqaning estetik asosini tashkil etadi.

Musiqa nafosat olamining insonparvar orzu umidlarini to’g’ridan to’g’ri va bevosita aks ettiradi. U insondagi eng yaxshi hislat va fazilatlarni namoyish etishga qodirdir. Musiqa ijro etiladigan san’atdir. Musiqa san’ati ijro etilishi jarayonidagina jonlanadi, "tilga kiradi". Xalq musiqa ijodida bastakor va ijrochi, ba’zan eshituvchi ham birlashib ketadi. Hozirgi davr musiqa madaniyatida ijrochilik san’ati musiqaviy ijodkorlikning nisbatan mustaqil ko’rinishini olgan. Musiqa san’atning raqs, qo’shiq turlari bilan qo’shilganda yetakchilik qilsa, sahna, kino, "oynai jahon" asarlarida yordamchi vazifani bajaradi. Musiqa inson faoliyatining eng muhim sohalari bilan aloqaga kirishadi, mehnat jarayonlari va marosimlarida qatnashadi. Maishiy hayotning muhim qismi sifatida odamlarni biror maqsad niyatga safarbar etadi, ularni yagona tuyg`u va g’ayrat atrofida birlashtiradi. Musiqa insonni tarbiyalash vositasi bo’lib, unda yuksak fikr va tuyg`ular, nafosat, didi va orzular hosil qiladi, insonning ijodkorlik qobiliyatini oshiradi.

Raqs ixtisoslashgan badiiy faoliyatning nozik va murakkab ko’rinishiga, kasbkoriga aylangan bugungi kunda u san’at turlari bilan hamkorlikda amal qiladi. Raqs musiqasiz namoyon bo’la olmaydi. Musiqa raqs to’qimasidan joy olib, uning his-tuyg`uga ta’sir etish tizimini belgilab beradi.

Raqs san’ati teatr bilan ham chambarchas bog’liq, u tomoshali teatr san’atining muhim belgilarini o’zida mujassamlashtirgan holda badiiy qiyofalar yaratadi.

Raqs uchun inson tanasining mayin egiluvchanligi asosiy omildir. Raqsni inson tanasining musiqaviy ifodali harakatlari san’ati, deyish mumkin. Zyero, inson tanasining raqs vositasida nafis mayin harakatini ifodalash imkoniyati uning badiiy qiyofasi, "tili" asosidir. Musiqa tovushlar ohangdorligi bo’lsa, raqs ohangdor va qoidalashgan harakatdir. U ohangli va qoidali harakatlar vositasi orqali inson ichki dunyosini, uning eng nozik va chuqur kechinmalarini aks ettiradi. Raqsda ifoda ustun darajada namoyon bo’ladi. Tasviriy tomon unga bo’ysunadi. Tasvir raqsda imo ishora (pantomima) ko’rinishida aks etadi. Imo ishora san’ati mustaqil maqomga ham ega bo’lib, raqs to’qimasiga uzviy bog’lanadi. Raqsda imo ishoraning ortiqcha o’rin olishi raqsning estetik imkoniyatlarini, ba’zan raqs qiyofaliligini pasaytiradi.

Hozirgi zamon raqsi bir necha ko’rinishlarga ega; xalq va bazm raqslari, sahna raqslari, akrobatik, vaznli, imo ishorali raqslar va boshqalar. Xalq raqslari bir vaqtning o’zida ham san’at turi, ham faoliyat turi tarzida namoyon bo’ladilar. Sahna raqslarida ba’zan tasviriy tomon ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ovrupo raqs san’atining oliy ko’rinishi balet raqsi hisoblanadi. Baletda raqs teatr va dramaturgiya (libretto) bilan tarkibiy birlikni tashkil qiladi. Balet bir vaqtda ham raqs turi, ham sahna asaridir. Balet badiiy qorishmaning eng murakkab xili hisoblanadi va unda musiqa hamda raqs kuchi mujassamlashgan bo’ladi.

Tomosha qorishma san’at turlari tizimiga teatr, ochiq sahna, (estarada), sirk., kino, "oynai jahon" (televidenie) kiradi. Badiiy madaniyatning bu sohalari o’rtasida muayyan farqlar bo’lishiga qaramay., ularga xos bo’lgan umumiy belgilari jihatining memorchilik va rassomchilikdagi qorishma xususiyatlaridan farq qiladi. Memorchilik, musavvirlik, haykaltaroshlikda qorishma o’rni qanchalik katta ahamiyat kasb etmasin, ularning har biri alohida mustaqil san’at turi sifatida namoyon bo’la oladi. Tomosha qorishma san’at turalrida esa tarkibiy qorishmaning barcha ko’rinishlari birlashmasa (masalan, kinoda teatr, musiqa, tasviriy san’at qatnashmasa) ularning birortasi mavjud bo’lolmaydi. Teatr, ochiq sahna, sirk., kino "oynai jahon" ko’rinishlarini qorishmalilik bilan birga "o’yin" ham birlashtirib turadi. Bu san’at turlarining odamlarni birlashtirish, ularni faol hamkorlik va ijodkorlikka tortish qobiliyati ularni axloqiy estetik ta’sir o’tkazishning eng qudratli vositasiga aylantiradi. Texnika, aloqa vositalari, texnik jihozlar taraqqiyotining hozirgi bosqichi tufayli tomoshali qorishma san’at turlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Teatr san’ati fazo va vaqt belgilariga ega. Spektaklda juda ko’p fazoli tomonlar mavjud. Undagi buyum jihozlar muhiti, sahna bezaklari, kiyim-kechak va nihoyat, aktyorning o’zi muayyan fazoli xususiyatga ega. Spektaklda vaqt mezoni ham muhim o’rin tutadi. Sahna asari doimo biror vaqt oraliqida sodir bo’ladigan alohida harakatni namoyish etadi. O’zida fazoli va vaqt mezonlarini mujassamlashtirilgan teatr fazo va vaqt uzviy birligi amal qiladigan san’at ko’rinishidir. Teatrning fazo va vaqt tomonlarini aktyor birlashtirib turadi. Aktyordan alohida iste’dod, xotira, ehtiros, ma’noli tasavvur hayoli, ifoda kuchi talabi kabi mahorat talab etiladi. Aktyor mahorati teatr san’atining barcha shakllari uchun muhim xususiyatdir. Aktyor mahorati teatr san’atining tub va nodir xususiyatidir. Teatr san’atining boshqa qismlari aktyor ijodiga xizmat qiladi. Aktyor sahnada bir vaqtning o’zida ham ijodkor, ham qiyofa (obraz) yaratuvchi, ham ijrochi bo’la oladi.

Aktyor sahna qiyofasini yaratayotganida dramatik syujetga asoslanadi. Bu o’rinda aktyor san’ati dramaturg yaratgan rolni ijodiy talqin qilish san’atiga aylanadi. Ammo, asl san’atkor aktyor uchun dramatik qiyofa yangi sahna qiyofasini yaratish uchun asos bo’la oladi, xolos. Aktyor mazkur rolni har safar ijro etganida, uni yangi hayotiy kuzatishlar, o’y-hayollar, ifoda vositalari bilan to’ldirib, sayqal byerib, boyitib boradi.

Aktyor ijodining mohiyati maullif badiiy Rejasiga bo’lgan e’tiqodi, u bilan qo’shilib qorishib ketishi, dramaturg taklif qilgan fikrlar, tuyg`ular, kechinmalar og’ushiga g’arq bo’lib, ularni sahna vositalari orqali namoyon qilishi bilan izohlanadi. Aktyor dramaturg asarini o’zicha "qayta yaratadi", muallifga "sherik" darajasiga ko’tarilishi mumkin. Aktyor so’zlar zamiriga yashiringan mazmunni ochib beradi, matnga o’z talqini bilan aralashadi, odamlar va ular hayot tarziga o’z munosabatini bildiradi, ularning barchasini o’zining ijodiy tasavvurlari bilan boyitadi.

Kino san’atining texnik asosini suratga tushirish (fotografiya) va kinokamyera tashkil etadi. Ular hayotning xilma xil ko’rinishlarini badiiy o’zlashtirish orqali kino asarining vazifasini ado etadi.

Kinoning texnik vositalari (oddiy kinokamyera, harakatlanuvchi kinokamyera, ovoz, rang, fazoli ovoz, keng ekran, o’ta sezgir kinoplyonka, hajimli tasvir) maishiy hayot sohalarining chuqur qatlamlarini aks ettirish imkoniyatiga egadir.

Kino boshqa san’at turlari, xillari, ko’rinishlari ifoda vositalaridan qorishma hosil qiladi. Kinoda adabiyot asari kinosenariyga, teatr kinoaktyor san’atiga, musiqa filmning vazn ohangiga aylanadi, musavvirlik film tasviriy echimiga asos bo’ladi va h. Shu tariqa kino qiyofasi o’zida boshqa san’at xossalarini jamlab, ularning muhim xususiyatlarini yangi sifat darajasiga ko’taradi.

Kino san’atiga adabiyot ta’siri juda kuchli. Etuk adabiy manba etuk kinofilm yaratish garovidir. Kinofilm dramatik asarga nisbatan qilinganda romanga yaqin turadi. Kinosenariy asosini dramtik to’qnashuvlar va ziddiyatlar tashkil etsada, kino romanga qiyos qilinganda voqelikni keng qamrovli aks ettirishi jihatidan epik adabiyotga yaqinlashadi. Kino san’atida fazo va harakat yerkin ifodalanadi, qiyofalar uzoq muddatda rivojlanadi, voqea va inson ichki dunyosi tabiiy qo’shilib ketadi. Ana shu xususiyatlari bilan adabiyotning roman janrini eslatadi. Senariy yangi adabiy ijod mahsuli hisoblanadi.

Kino san’atining ifoda vositalaridan yana biri harakatdagi kinokamyeradir. U film yaratuvchisi qo’lida harakatni mehanik tarzda plyonkaga tushiradigan texnik uskunagina bo’lib qolmay, balki eng muhim ijod quroli hamdir. Harakatdagi kinokamyera kino san’ati imkoniyatlarini oshiradi, inson hayoti siru asrorlarini, hulq atvorining yashirin tomonlarini ochib berishga omilkor vosita sifatida xizmat qiladi.

XX asrning ikkinchi yarmida oynai jahon (televidenie) turi ravnaq topdi. Televidenie ham ilmiy texnik inqilob mahsulidir. "Oynai jahon" o’zining ijtimoiy ahamiyati jihatidan kengroq miqyosdagi san’at bo’lib, u siyosiy, ilmiy texnik, estetik va boshqa axborotning tezkor etkazib berishning eng muhim vositasi hisoblanadi. "Oynai jahon" millionlab odamlar bo’sh vaqtini uyushtirishga, turmush tarziga ta’sir o’tkazishga qodir bo’lib, u insonning hayotidan mustahkam o’rin oldi.


3. Badiiy qiyofaning asosiy tavsifi uni harakatga keltiradigan san’atkor g’oya rejasining tug’ilishi, uning asar tizimidan o’rin olish va nihoyat tomoshabin, o’quvchi, eshituvchi, tinglovchi idroki bilan bog’liq jarayonlar tavsifi bilan to’ldirilishi lozim. Mazkur bosqichlarning har biri muayyan vaqtda amalga oshadi. Bu bosqichlar orasida san’atkor g’oya rejasi va uning sifati ko’p jihatdan asarning istiqbol taqdirini belgilab beradi. Badiiy reja o’zida voqelikning ichki va tashqi, yakka va umumiy tomonlarini singdirgan bo’ladi. Badiiy reja g’oya san’atkor miyasida avval boshdanoq mavhum tushuncha tarzida emas, balki jonli taassurotlar, voqea hodisalar bilan bog’liq holda vujudga keladi. Fikr muddaoni amalga oshirish g’oya rejaning o’zidanoq boshlanadi.

Tadqiqotchilar fikricha katta iste’dod sohiblari, jumladan, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Oybek odatda o’z asarlari ilk rejalarini tuzib chiqar ekanlar, ularda bo’lajak asar to’qimasini asosi, voqealar rivoji, ayrim qismlarning ifoda rejasini oldindan belgilab qo’yganlar. San’atkorning ilk rejasi uni g’ayratlantirgan voqea hodisalar bilan tasodifan to’qnashishi natijasida vujudga keltirishi mumkin. Ammo bu hodisalar bir san’atkorni chuqur ta’sirlantirib, boshqasini beparvo qoldirishi zaruriyat (qonuniyat) tarzida namoyon bo’ladi.

San’atkor tasavvuri ishonchli bo’lishi uchun uning tajribasi, hayotni yaxshi bilishi lozim bo’ladi. Yozuvchi kundalik hayot muammolarini o’rganishdan chekinsa, xohlamasa, tasavvuri so’nib boravyeradi yoki bema’ni, guruh xomhayolga aylanib qoladi.

Ijodkor ruhiy hayotining muhim bo’lagi bo’lgan tasavvur va fahm farosat o’zaro bog’langan bo’lib, ular ishtirokisiz ijodiy faoliyatning biror sohasida samaraga yerishish qiyin. Keng ma’nodagi fahm-farosat hayot haqiqatini bevosita idrok etish qobiliyatidir. Odatda fahm-farosatni his-tuyg`u va aqliy bo’laklarga bo’lib mushohada qiladilar. His tuyg`uli fahm-farosat haqiqatni tashqi, masalan, ko’rish yordamida anglashni, aqliy fahm-farosat esa haqiqatni aql yordamida anglashni bildiradi.

San’atkorning o’tkir fahm-farosati uning badiiy iste’dodliligi belgisidir. San’atkor o’tkir fahm-farosat va quvvat xofizasi yordamida badiiy qiyofa, ba’zan butun bir tarixiy davrni qayta yaratadi, ba’zan esa o’z tajribasida ko’rilmagan, ammo hayotda mavjud bo’lgan narsalarni topishga muvaffaq bo’ladi.

San’atkorning hayotiy, his tuyg`uli va aqliy tajribasi qanchalik boy va xilma xil bo’lsa, uning fahm-farosati ham shunchalik samarali va mazmundor bo’ladi. San’atkor voqea hodisalarni yaxshi bilishi boy taassurotlarga ega bo’lishi fahmu farosat amaliyotiga katta yo’l ochadi. hayotdagi "to’satdan", "kutilmagan" haqiqatni fahm-farosat bilan ochish aslida san’atkor ruhiy qatlamlarida yashirinib yotgan axborot va ma’lumotlarini birlashtirib, shu zahotiyoq ishga solish qobiliyatining mahsuli tarzida namoyon bo’ladi.

San’atkor o’zining fikr mulohazalari, his-tuyg`ulari, kechinmalari boshqalarning ham fikri, tuyg`usi, kechinmasiga aylanib ketishiga, o’zi ko’rganini boshqalar ham ko’rishiga, o’z ma’naviy mulki boshqalarning ham ma’naviy mulki bo’lib qolishiga intiladi. Piravord natijasida san’atkor o’zining badiiy rejasini asar badiiy to’qimasiga ko’chirilishiga yerishadi. Badiiy asarning vujudga kelishi bilan badiiy ijod jarayoni tugallanadi va badiiy qiyofa hayotining yangi bosqichi badiiy idrok jarayoni boshlanadi. Shundan e’tiboran badiiy qiyofaga "jon" kiradi va u harakatga keladi. Agar u idrok etilmasa, u moddiy narsa holatida qolib ketavyeradi.

Shuningdek, shaxsning ruhiy olamiga ta’sir etish, uni badiiy nafosatli jihatdan yuksak pog’onalarga olib chiqish nafosatli idrokning asosiy muammolaridan hisoblanadi. Mazkur muammo esa o’z navbatida insonning voqelikka hissiy aqliy munosabati hamda uning nafosatli tarzda idrok etish qobiliyatiga, asar qahramonlarining kechinmalarini his qilish layoqatiga hamda ularni ongli tarzda mushohada etish madaniyatiga ega bo’lmog’i lozim. Shuningdek, badiiy idrokning mazmuniga dahldor bo’lgan badiiy qadriyatlar yaratish jarayoniga zamonaviy tarixiy bosqichlardan kelib chiqqan holda nafosatli nazariyalar asosida munosabat bildirmoq maqsadga muvofiq sanaladi. Negaki, badiiy asar millat ravnaqi uchun qanday hissa qo’shadi, u millat badiiy tafakkurini o’stirishda qanday ahamiyat kasb etishini to’g’ri anglamoq uchun ham nafosatli nazariyalarga murojaat etish o’rinli bo’ladi. Vaholangki, ana shu jihatlarga ko’ra badiiy idrok insonning hayotga nisbatan bo’lgan qiziqishini doimo kuchaytirib boradi va o’zi ham shu asosda rivojlanadi.

Mazkur holatlar badiiy idrokning nafosatli idrokdan ayri holda mavjud bo’lmasligining belgisidir. Xo’sh, unda nafosatli idrok qanday xususiyatlarga ega?

Nafosatli idrok ham badiiy idrok singari nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadigan tushunchadir. Negaki, nafosatli idrokni tadqiq etmay turib, badiiy ijod nazariyasini to’laqonli tarzda anglab etish hamda san’atning ijtimoiy tabiatini ochib berish mumkin emas. Zotan, "Nafosatli"ni "san’at", "badiiyot","nafosat" tushunchalarini mazmunan boyitib boradi. Inchunun, nafosatli idrok masalasi to’g’ridan to’g’ri inson nafosatli tarbiyasiga dahldorlgi bois inson va jamiyat, inson va davlat, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar rivojida sezilarli ta’sirga ega. Chunki, nafosatli idrokning o’ziga xos xususiyati avvalo, badiiy ijodning tabiatiga hamda san’atning ijtimoiylik mohiyatiga ta’sir ko’rsatishi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, nafosatli idrok qonuniyatlarini tadqiq qilish san’at va badiiy ijod mazmuni va mohiyatini to’laqonli tarzda namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadi. Bir so’z bilan aytganda, nafosatli idrok mohiyatan insonni voqelikni badiiy obrazlar orqali o’zlashtirishi bilan namoyon bo’la boradi.

Shuningdek, nafosatli idrok jarayonlarida nafosatli masofa va shu singari boshqa omillarning ham sezilarli o’rni mavjud. Ma’lumki, san’at turlarining barchasi ijodkor va tomoshabin nigohidan o’tgandagina qadriyatga aylanadi. qususan, tomoshabinbadiiy asar bilan yaqindan aloqa qilib borii natijasida badiiy jarayonga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsata olishi mumkin. Shunday ekan ijodkor qohlaydimiyo’qmi tomoshabinning didi bilan hisoblashishga maybur. Ana shunday talablarni his qilgan ijodkor agar u dramaturg bo’lsa sahna bezaklaridan boshlab toki aktyorlarning qilayotgan barcha xatti harakatlarigacha sinchiklab nazar tashlaydi, ularni e’tibor bilan kuzatadi.

San’at asarlarida rangni idrok etish murakkab jarayon hisoblanadi. Bu esa insondan san’at asariga nisbatan ongli munosabatda bo’lishni, hattoki, rangning milliylik xususiyatlariga ham e’tibor berishni talab etadi. Zotan, rangni idrok qila bilish tomoshabin tasavvurining asosi sifatida namoyon bo’ladi. Bu esa o’z navbatida san’at asarini to’laligicha idrok etishning muhim tarkibi sanaladi. Bu boradagi fikrlarimizni biroz kengroq tarzda bayon qilish maqsadida haykaltaroshlik san’atiga murojaat etishni lozim deb topdik.

Ma’lumki, rassom biror bir mavzudagi asarni istagan hajmda chizib berishi mumkin. Masalan, tabiat manzarasining tasviri goh katta goh kichik ishlanishidan qat'iy nazar tomoshabin uni tabiat go’zalligi (yoki xunukligi) tarzida idrok qiladi. Negaki, tomoshabin uni uzoqdan tomosha qilib bir ma’no uqsa, o’sha asarni yaqindan tomosha qilishga mo’ljallangan haykaltaroshlik asari ham namoyon qilib o’zga bir ma’noni anglaydi. Qiziqarli tomoni shundaki, mazkur san’at turiga xos shunday asarlar borki, uni faqat uzoq masofadan tomosha qilish bilan uning mazmuni va mohiyatini to’laqonli tarzda idrok eta olish mumkin. Poytaxtning "Markaziy xiyobon"ida Soqibqiron Amir Temurga bag’ishlab o’rnatilgan yodgorlik haykali shunday xususiyatlari bilan ajralib turadi. Agar haykalni oqshom paytida uzoqroqdan tomosha qilsangiz Jahongir Temurning salobati, ulug`vor siymosi o’zining bo’y-bastini ko’rsatadi. Aksincha, uni yaqindan tamosha qilish natijasida bunday xususiyat paydo bo’lmaydi. Gap haykalning hajmi va ko’lamining kattaligida ham emas. Zotan, Soqibqironning mazkur haykali kichikroq qilib ishlangan taqdirda bizga yuqoridagi mazmunni byera olmaydi.

2. Har bir xalq, millat, davlat o’z fuqarolari orasidan buyuk kashfiyotchilar, yuksak iste’dod sohiblari tengi yo’q san’atkorlar yetishib chiqishini orzu qiladi va shu ulug`vor maqsad sari intiladi. Bu tabiiyki, o’z-o’zidan yuzaga kelmaydi. Uning uchun avvalo, fuqarolarda ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy nafosatli jihatdan tarbiyani, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini shakllantirish lozim.

Bugun O’zbekiston huquqiy demokratik davlat, yerkin, fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lidan bormoqda. Hozirda amalga oshirilayotgan barcha ishlar, ishlab chiqilayotgan dasturlar mohiyatan insonparvar jamiyat fuqarosining tarbiyasi masalasiga qaratilgan. Zotan, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, "yerkin fuqaro ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxs ma’naviyatini kamol toptirish bizning bosh milliy g’oyamiz bo’lishi zarur."

XX asr qanday nom bilan atalishidan qat'iy nazar, buyuk kashfiyotlar asri sifatida tarixda muhim iz qoldirdi. Bu asrda inson avvalgi davrlarga qaraganda o’zining yuksak salohiyatini namoyon qilishga muayyan ma’noda yerishdi, desak mubolag’a bo’lmaydi; zamonaviy ko’rinishdagi shaharlar bunyod etdi, ko’rkam, salobatli, osmono’par binolar barpo qildi, ehtiyoj uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlarni ishlab chiqdi. Ayni paytda ana shularning barchasi ison tafakkurining mahsuli sanaladi. Tafakkurni to’g’ri yo’naltirish esa bevosita tarbiya masalalari bilan bog’liq jarayon. Nafosatli tarbiya ana shu jarayonda tafakkurni go’zallashtirishga xizmat qiladi.

Ma’lumki, tarbiyaning bosh vazifasi inson borlig’ining kamol toptirishdan iborat. Zyero, huquqiy, axloqiy, iqtisodiy, siyosiy kabi qator tarbiya shakllarining barchasida inson masalasi yotadi. Ularning har biri o’z tadqiqot doiralaridan kelib chiqib inson tarbiyasiga u yoki bu tarzda ta’sir ko’rsatadi. Bu borada nafosatli tarbiya shaxsning didini, tuyg`ularini, tasavvurlarini muayyan vositalar orqali tarbiyalashni o’z zimmasiga oladi. Shuningdek, tarbiya oluvchi o’z navbatida ana shunday tarbiyaga amal qiluvchi bo’lishi lozim. Shunday ekan, nafosatli tarbiya nazariyasi tabiat va inson o’rtasidagi nafosatli mohiyat orqali izohlanadi va shaxsning hayot faoliyatiga chuqurroq nazar tashlashga undaydi.

Ta’kidlab o’tilganidek, nafosatli tarbiya o’z-o’zidan paydo bo’lib, rivojlanadigan "mikroorganizm" emas va ayni paytda birdan to’xtab qoladigan "mehanizm" ham emas. U sekin asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko’nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Ikkinchidan, nafosatli tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning muayyan jabhalarida aniq maqsadlarga yo’naltirilgan faoliyat sifatida ish olib boradi. Bundan tasqari tarbiyaning mazkur shakli ayrim kishilarning yoxud birorbir guruhlarning turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin.

Nafosatli tarbiya mohiyatiga ko’ra, insoniy a’mol (ideal) bilan bog’liq bo’lib, mazkur a’mol egasi bo’lgan shaxs boshqalar orasida nafis didga, pokiza tuyg`ularga egaligi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, shaxs ijtimoiy taraqqiyotning turli xil jabhalarida ishtirok etishi barobarida bevosita mazkur tizimda faoliyat olib boradi. Pirovardida shaxs bu bilan ijtimoiy taraqqiyotning nafosatli sub'ektiga aylanadi. Shunga ko’ra, aytishimiz mumkinki, jamiyatda yashayotgan biror bir shaxs nafosatli jarayonlardan chetda turmaydi, aksincha, o’zining muayyan xatti harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadi. Nafosatli tarbiyaning maqsadi ana shunday ta’sirlarni go’zallik, ulug`vorlik, nafosat asosida yo’naltirishdan iborat.

Chunonchi, nafosatli tarbiyani shakllantirish jarayonlarida nafosatli ravnaq masalasi g’oyatda dolzarbligi bilan ajralib turadi. Nafosatli ravnaq gohida insonning o’zigagina dahldor bo’lgan omillar orqali, goho unga tegishli bo’lmagan tashqi kuchlar ta’sirida yuzaga keladi. Shunday bo’lsada, nafosatli ravnaq mohiyatan insonning mavjud ekanligidan dalolat beradi. Zyero, har ikki holatda ham inson o’z tirikligini namoyon qiladi. Bu esa o’z navbatida insonning voqelikka nisbatan bildirayotgan nafosatli munosabat orqali izohlanadi.

Shuni ta’kidlash joizki, nafosatli tarbiya badiiy tarbiya bilan doimiy tarzda aloqada bo’lib keladi. Biroq, bu "nafosatli tarbiya badiiy tarbiya bilan bir xil ma’no kasb etadi" degan gap emas. Negaki, badiiy tarbiya ijod jarayonidagi rang-barangliklar olamini inson tomonidan nafosatli tarzda anglash va o’zlashtirishning bir qismi, xolos. Nafosatli tarbiya esa jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak byeruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.

Inchunun, tarbiyaning nafosatli shakli ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, u o’z navbatida kishilarga jamiyatda olib borilayotgan ijobiy ishlarga nisbatan zavqlanish, demokratik munosabatlarga nisbatan qiziqish tuyg`usini uyg’otishni o’zining asosiy maqsadi deb biladi. Shuning uchun ham nafosatli tarbiyaning pirovard maqsadi inson ma’naviy olamini boyitishga qaratilgan bo’lmog’i lozim.

Nafosatli tarbiyaning vazifasi shundan iboratki, u insonlarni yangiliklar yaratishga undabgina qolmay, ayni paytda ularni nafosat tamoyillari, go’zallik talablari asosida rivojlantirishga o’rgatadi ham. Negaki, inson dunyoga nafosatli qarashi boy, tuyg`ular va didi tarbiyalangan holda kelmaydi. Aksincha, bu ko’nikmalarni voqelikni kuzatishi, o’rganishi va ulardan tegishli xulosalar olishi natijasida yuzaga keladi. Pirovardida inson ana shu tuyg`ular ta’sirida o’zi uchun mutlaqo yangi bo’lgan olamni kashf etadi. Shunday ekan, o’z-o’zidan ma’lumki, mazkur zaruriyatni tyeran anglagan inson jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga qo’shilmaslikka, unga beparvo munosabatda bo’lishga ma’nan haqqi yo’q. Aytish mumkinki, inson yashar ekan, u yangiliklar sari intilishi, zamonaviy bilimlarni egallashi, do’stona munosabatlarni tashkil etishi, bilim olishi zaruriy talabdir.

Hozirda nafosatli tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, nafosatli tarbiya o’z oldiga talaygina ulug`vor vazifalarni qo’ygan:

Kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning nafosatli mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;

Jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg`usini uyg’otish;

Tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg`u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish;

O’tmish ma’naviy me’rosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftiqor tuyg`ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;

Ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdek dolzarb vazifalardir.

Ko’rinib turibdiki, nafosatli tarbiyaning chinakam vazifasi nafosatli tuyg`u va nafosatli didning inson barcha faoliyatlarida ustuvor bo’lishini ta’min etish bilan izohlanar ekan. Shuning uchun ham nafosatli tarbiya o’z vazifasini to’laqonli ravishda insoniy munosabatlarga, uning imkoniyatlariga singdirib borgandagina yakun topadi. Zyero, bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligiga katta e’tibor qaratilayotganligi shundan dalolat beradi.

3. San’at mohiyatan shaxsning his-tuyg`ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim jarayon hisoblanadi. Shuning barobarida, u insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg`ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo’lib kelgan.

Ma’lumki, ehtiroslar, tuyg`ular, kechinmalar insonning tirik mavjudot ekanligidan dalolat beradi. Mazkur jarayonlarni boshqarish asosi esa uning voqelikni kuzatishi va baholay olishi bilan belgilanadi. San’atni "bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir", deb bilgan taniqli jadid mutafakkiri professor Abdurauf Fitrat san’at va uning insonga ko’rsatajak ta’siri to’g’risida mulohaza yuritib, shunday degan edi: "Buyuk bir shodlik ko’rgan kishi o’zining shod tuyg`ularini boshqalarga bildirib, shodligini orttiradir. Ulug` bir qayg’uga uchragan esa, o’z dardini boshqalarga o’tkazib, o’zini ovuntirgan bo’ladir. Miyasi yuksalmagan bolalar san’atdan xabarsiz kishilar shodli qayg’uli tuyg`ularini sakrab, o’ynab, kulib, jig’lab, talpinib jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib boshqalarga anglatadilarda, shu yo’l bilan ovuntirilgan bo’ladilar, san’at egalari esa turli tovar (matyerial) lar yordami bilan o’zlarining tuyg`ularini jonlantirib maydonga chiqaradir. Shu yo’lda boshqalarni o’z tuyg`ulari bilan tuyg`ulantirishga tirishadir".

Borliqdagi har bir hodisa inson tomonidan idrok qilinar ekan, san’at prizmasidan o’tib yanada lazzatlanish ob'ektiga aylanadi. Biroq, bu jarayonda ma’naviylik, xususan, nafosatdor tushunchalarni qadriyat tushunchasi bilan qorishtirib yuborish maqsadga muvofiq emas. Qadriyatlar bilan bog’liq masalalar hayotning eng asosiy mavzusi bo’lib hisoblanadi va ular borliq, jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha bo’lib xizmat qiladi. Nafosatli tushunchalar (go’zallik, xunuklik, ulug`vorlik, tubanlik, fojeaviylik, kulgulilik) esa o’z navbatida insonga yaqindan ta’sir ko’rsatishi bilan ajralib turadi.

Shuningdek, ijobiy fazilatlar, badiiynafosatli a’mollar (ideallar) inson hayotining mazmuniga ko’rk bag’ishlaydi. Tarbiyada ayniqsa, axloqiy va nafosatli tarbiyada hayotning mazmuni va maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. Gohida maqsad mavhum tushunchaga aylanib shaxsning tabiatiga mutlaqo zid bo’lgan holatlarni keltirib chiqaradi. Pirovardida inson bunday maqsadlarning ta’siridan zarar ko’radi. Yashashdan maqsadi o’z shaxsiy manfaatlarini qondirishga qaratilgan, payti kelganda birovning nomini sotib bo’lsada ehtiyojini qondirishga zo’r byeruvchi kimsalar ana shunday holatga tushib qoladilar va nafaqat o’zlariga balki yon atrofdagilarga, hatto jamiyatga buyuk zararlarni olib keladilar. Hayotiy munosabatlarni ijobiy hulq atvor bilan yo’g’rilmaganligini bu kabi holatlarni yuzaga keltiradigan asosiy sabab deb bilish mumkin. Bugungi kun esa insonlardan maqsadlar, tuyg`ular, ishlar va fikrlar uyg’unligini hamda olamning go’zalligi bilan birga uning murakkabliklarini yengib o’tishni talab qilmoqda. Zotan, bu milliy mafkurani shakllantirishdek dolzarb vazifani tyeran his etishda katta ahamiyatga ega. Negaki, "mafkurani shakllantirish jarayonida avvalambor, mamlakatni bugungi hayoti, o’tmishi, kelajagi, butun taqdiri uchun qayg’uradigan, Vatan qismatini o’z qismati deb biladigan keng jamoatchilikning ilg`or dunyoqarash va tafakkuriga asoslanishi lozim" (Islom Karimov) deyilishi bejiz emas.

Ana shunday jarayonlarni amalga oshirishda san’at asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Zotan, san’at nafaqat go’zallikni, balki jamiyatdagi va insoniy munosabatlardagi jamiki ikir chikirlargacha badiiy qiyofalar orqali aks ettirishga harakat qiladi. Bir so’z bilan aytganda san’at insonga eng yaqin va ayni paytda undan ajralmaydigan hodisadir.

Zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalashda san’atning muhim vosita sifatida o’rni shu bilan belgilanadiki, agar inson o’zining nafosatli tuyg`ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo’naltira olgan bo’lsa, bu uning kelajakda buyuk ishlarni amalga oshirishiga ko’mak beradi. Biroq, tuyg`ulari hali shakllanib ulgurmagan, nafosatli didi risoladagidek tarbiya ko’rmagan odam mavjud hayotiy qiyichilik va tashvishlar qarshisida ojizlik qilib qoladi va natijada yot g’oyalar ta’siriga tushib qoladi. Ana shunday salbiy holatlarning paydo bo’lmasligi uchun ham san’at o’zini tobora insonga yaqinlashtirib boradi. Chinakam san’at insonni anashunday salbiy holatlarga tushib qolmasligini kafolatlaydi. Shuningdek, shaxsning nafosatli tarbiyasini san’at vositasida amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin. Birinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta’sir ko’rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san’at insonni nafosatli jihatdan kamolotga etkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag’ishlashi bilan birga inson ma’naviy qadriyatlarini ro’yobga chiqarishda yaqindan yordam ko’rsatadi.

San’at o’zining nafosatli bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish nafosatshunoslikning tadqiqot ob'ekti hisoblansa, nafosatdor tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan nafosatli anglash nafosatli mushohada qilish bilan belgilanadi.

Nafosatli anglash insonning turli xil faoliyatlari ta’sirida yuzaga keladigan hodisa bo’lib, u inson nafosatli munosabatlarining sub'ektiv tomoni hisoblanadi. Inson o’z navbatida nafosatli anglashning sub'ekti hamdir, inchunun, nafosatli did nafosatli anglashning o’ziga xos xususiyati sifatida maydonga chiqadi.

Ta’kidlab o’tilganidek, shaxsni nafosatli hamda badiiy jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va syerqirra jarayondir. Bugungi kunda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning barchasi ana shu maqsadni tug’ri yo’naltirishga qaratilgan. "Ta’lim to’g’risidagi qonun" va "Kadrlar tajyorlash Milliy Dasturi"ni qabul qilishdan maqsad ham insonparvar jamiyat qurishdek ulug`vor vazifani amalga oshirishga qaratilgan. Chunonchi, "Kadrlar tajyorlash Milliy Dasturi"da ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarda nafosatli boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish" alohida ta’kidlab o’tilganligi fikrimizni isbotlaydi. Shuni aytish lozimki, so’nggi yillarga kelib san’at va madaniyatga jamiyat hayotini o’zgartiruvchi, unga xizmat qiluvchi, fikrlar almashinuvini ta’minlovchi hamda nafosatdor ahamiyat kasb etuvchi murakkab ijtimoiy jarayon sifatida munosabat bildirilayotganligi diqqatga sazovor. Negaki, turli tuman madaniy, ma’rifiy tadbirlar, rang-barang ko’rik tanlovlar, san’at bayramlari va festivallarini o’tkazish o’z navbatida kishilarni tayyor ma’naviy "mahsulotning iste’molchisi"ga aylanib qolishidan saqlaydi. Shuningdek, san’atning inson nafosatli tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan izohlanadiki, san’at avvalo, voqelikni badiiy qiyofalar yordamida aks ettiradi, o’zida moddiylik va ma’naviylikni nafosatli mazmunini namoyon qiladi, ijtimoiy hayotga yangicha ko’rk bag’ishlaydi, ularni qaytadan tashkil etadi va o’zgartiradi. Ana shunga ko’ra, insonning bilimlilik tomoni san’atning ko’rinishlarini namoyon ettirish holatlarini amalga oshiradi. Mazkur holatlar natijasida nafosatning tarbiyaviylik xususiyati o’z ifodasini topadi.

Demak, ko’rinib turibdiki, san’at voqelikka nafosatli munosabatning keng qamrovli jabxasi bo’lib, u insonni nafosatdor hamda badiiy didini shakllantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi. San’atning tarbiyaviy g’oyaviy funksiyasi hayot haqiqatlarini qaytadan tiklash orqali namoyon bo’ladi. Nafosatli haqiqatning o’zi esa hayotni badiiy ijod qonunlari bilan aks ettirishi natijasida vujudga keladi.

San’atning insonga ko’rsatajak yana bir muhim ahamiyatini yana shu bilan belgilash mumkinki, badiiy ijod nafaqat hayot haqiqatlarini ochib berishga ko’maklashadi, balki millionlab odamlarni mazkur haqiqatdan xabardor qiladi. Bu bilan san’at insonlar tafakkurida har qanday bo’shliqning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.

4. "Bugungi hayotimizning kechagi kunimizdan asosiy farqini topmoqchi bo’lsak, deya ta’kidlagan edilar yurtboshimiz, bu avvalo odamlar tafakkuri o’zgarib, aniqrog’i yuksalib borayotgani bilan belgilanadi." Darhaqiqat, zamonning o’zgarishi bilan insonning jamiyatga, tabiatga bo’lgan munosabati ham o’zgarib boradi. Bu esa shubhasiz, insonning tafakkuri bilan bog’liq jarayondir. Zotan, insoniy munosabatlarga dahldor bo’lgan biror bir jarayon yo’qki, u yerda tafakkur ishtirok etmasa. Shunday ekan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashining voqelikka ko’rsatadigan ta’siri bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo’lib turgan milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishning sharti sifatida alohida e’tirof etilishi bejiz emas.

Mazkur jarayonlarda nafosatshunoslik amaliy jihatdan o’zini nafosatli tarbiya orqali namoyon qiladi. Zyero, avval boshda uqtirib o’tganimizdek, nafosatli tarbiya insonda hayot va san’atdagi go’zalliklardan bahramand bo’lish, ularni baholay bilish hamda o’zi ham go’zalliklar yaratish tuyg`ularini shakllantirishga ko’mak beradi. Ammo, bu jarayon o’z o’zicha emas, balki bir qator omillar va vositalar ishtirokida amalga oshiriladi. Jumladan, oila, mahalla, maktabdan tashqari muassasalar (bog’cha, bog’cha gimnaziyalar), maktab (akademik litsey, kasb hunar kollejlari) badiiy havaskorlik to’garaklari, oliy o’quv dargohlari, hamda jamoalari nafosatli tarbiyani shakllantiruvchi asosiy omillar bo’lib sanaladi.

Jumladan, mahallaning muhim omil sifatida shaxs nafosatli tarbiyasiga ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak byeruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyatga molikdir. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla ko’ydagi maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi;

Mahalla o’ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko’rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta’minlashi bilan;

Turmush nafosati va muomala nafosatini shakllantirib, insonlar qalbida ijobiy tuyg`ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi bilan;

Mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo’l qo’ymasligi hamda qo’shnichilik madaniyatini kamol toptirishi bilan;

San’at, madaniyat, ma’rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida bo’ladigan rang barang mavzulardagi ma’ruzalarni, suhbatlarni uyushtira olishi bilan;

Isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo’l qo’ymagan holda urfodatlar, an’analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli o’tishini ta’minlashi va hokazo shu kabilar bilan inson nafosatli tafakkurini shakllantirishda birlamchi maskan bo’lib hisoblanadi.

Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini nafosatli jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustivor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan bir vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi.

Ma’lumki, inson o’zining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go’zalliklardan bahramand bo’lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o’zlashtirishga, inchunun, mavjud xunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, afsuski, aksariyat hollarda shaxsning tabiat bilan bo’ladigan nafosatli tafakkuri to’g’ri tarbiyalanmaganligi hamda uning nafosatli "no’noqligi" bois ular o’rtasida katta bo’shliq yuzaga keldi; bu bo’shliq insoniyat boshiga misli ko’rilmagan talofotlarni soldi. Bunga ma’lum ma’noda "Biz tabiatdan in’om exson kutib o’tirmaymiz, balki undan o’zlashtirish bizning burchimizdir" shiori ostida olib borilgan no to’g’ri ishlarga ham bog’liq.

Shuning natijasi o’laroq, aytish joiz bo’lsa, xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Jumladan, yyer sifat tarkibining to’xtovsiz ravishda pasayib borayotganligi, suv zaxiralarining (yer osti va yer usti) keskin taqchinligi, havo bo’shlig’ining ifloslanishi va albatta, orol dengizining qurib borishi va hokazo shu singari xavfli holatlar bilan izohlash mumkin. Mazkur vaziyatlarni e’tiborga olgan holda tabiat moddiy boyliklardan oqilona foydalanish va unga ongli, nafosatli tarzda munosabatda bo’lish bugungi kunning eng dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Ushbu muammoni zudlik bilan ijobiy hal qilish pirovardida inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ko’plab tabiiy moddiy boyliklarni tejab qolishga, atrof muhit musaffoligini ta’minlashga, o’simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining yo’q bo’lib ketish xavfining oldini oladi.

Nafosatli tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqelikka nafosatdor munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo’lib, u o’ziga xos ta’sirchanlik, tug’yoniylik kuchiga ega. Busiz inson bilish ko’lamining vujudga kelishi mumkin emas. Shuningdek, inson badiiy tafakkur qobiliyatni o’stirish ayni paytda nafosatli tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. Shunga ko’ra, nafosatli tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, u voqelikda sodir bo’layotgan hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni insonga tushunarli tarzda etkazishi bilan. Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning nafosatli xususiyatlarni hissiy idrok qilishning faol, tajribalar asosida etkazib berishi bilan diqqatga sazovordir. Shunga ko’ra, san’at, tabiat, urf odatlar, mehnat, ommaviy axborot vositalari, sport nafosatli tarbiyani shakllantiruvchi hamda uning rivojlanishiga ko’mak beruvchi asosiy vositalar sifatida e’tirof etiladi.

Jumladan, mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan nafosatli tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hamdir.

O’zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosiy ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo’lgan yangicha tuyg’uni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag’batlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o’z navbatida mehnatga bo’lgan munosabat orqali rivojlanib boradi. Negaki, odamlarda ko’p ukladli, turli mulk tizimlarini barpo etishga bo’lgan rag’bat tarbiyasi insonni bir tomonlama fikrlashdan, boqimandachilik kayfiyatlaridan xalos qilib, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, odamning o’z kuchi va salohiyatiga suyanishini kuchaytiradi, mehnatga hurmat, sadoqat va fidoiylik tuyg`ularini shakllantiradi. Bu pirovardida xalq turmush darajasining o’sishiga olib keladi. Mehnatga bo’lgan yangicha munosabat o’zining ana shunday xususiyatlariga ega ekanligi bilan nafosatli tarbiyaning muhim vositasi bo’lib sanaladi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari inson nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televidenie shaxs hamda ommani etetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang barang mavzulardagi ko’rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy ma’naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tarbiyani maqsadli yo’naltirishda, insonlar tafakkurida go’zallikka bo’lgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi.

Sport nafosatli tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Bugunda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’zbekiston ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatida ko’zga ko’rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog’lomlashtirishiga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport nafosatli tarbiyaning muhim vositasi sifatida "Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq bo’ladi" degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi.

Bugungi kunda milliy g’oya va milliy mafkura hayotiy ehtiyoj darajasiga ko’tarildi. Shunday ekan, har bir inson jamiyatda o’z o’rnini bilishi, o’zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura dunyosida paydo bo’ladigan bo’shliq pirovardida jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta havf solishini anglamoqdamiz. Tarbiyaning nafosatli shakli esa mazkur jarayonlarda yosh avlodni go’zallik haqidagi tuyg`ularini, tabiatga bo’lgan munosabatini, badiiy adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma’naviy rivojidagi yangicha qarashlarni go’zallik va ulug`vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’p masalalardan iborat"

Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, har bir inson jamiyatda o’z o’rnini bilishi, o’zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Zero, bugungi kunning talabi ana shundan iborat. Mazkur talabga javob berish esa insondan har tomonlama tarbiyalanganlikni talab qiladi. Tarbiyaning nafosatli shakli esa mazkur jarayonlarda insonni go’zallik haqidagi tuyg`ularini, tabiatga bo’lgan munosabatini, badiiy adabiyotga qiziqishini, jamiyatga bo’lgan qarashlarini go’zallik va ulug`vorlik asosida tarbiya qilishi bilan diqqatga sazovordir.

Estetik tarbiya shaxsning estetik kamolotiga ta’sir o’tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bog’liqdir Estetik tarbiya yositalri deb shaxsning voqelikka estetik munosabatini rivojlantirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat shakllariga aytamiz. Estetik tarbiya omillari va vositalari o’rtasidagi chegara nisbiy va shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik omillari estetik vositalari vazifasini o’tashi va aksincha bo’lishi ham mumkin.

Yoshlarni go’zallikka oshno qilish ularda hayotiu voqealarni to’g’ri tushunish, olijanob his-tuyg’ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Yoshlarda g’ozallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish , kishilarning xursandchiliklariga sherik bo’lish, qayg’usini birga baham ko’rish kabi xususiyatlar shakllantiriladi.

Ayrim yoshlar yasama so’niy go’zallik bilan o’zlarini badbashara qilib qo’yadilar, ular haqiqiy g’ozallik yuzning tabiiy latofatida, soda va xushbichim kiyimda ekanini unutib qo’yadilar. Kishining tashqi g’ozalligi kiyim ranglarining bir-biriga mos kelishida, tabiiylik va soddalikda yaqqol ko’rinadi. Ko’zga tashlanmagan holda husniga tabiiy latofat va nafosat beradigan, ayrim kamchiliklarini bilintirmay ketadigan ust-bosh kiygan inson ko’rkam va go’zaldir.

Insonning did farosati kiyim-boshida, xatti-harakatlarida, o’zini tuta bilishda ko’zga tashlanadi. Samimiy oqko’ngil o’ziga talabchan tarbiyalangan inson tashqi ko’rinishida so’niylik, qalbakilikni ko’rsatuvchi biron-bir be’manillikka yo’l qo’ymaydigan tarzda kiyinishga, o’zini shunga munosib tutishga harakat qiladi. Didli farosatli kishi hamisha ana shu qiyofani saqlab qoladi. Tashqi qiyofaga et’bor berish ichki, ma’naviy go’zallikning ifodasi hisoblanadi.

Estetika taraqqiyot shaxsni estetik ongi va estetik faoliyatining shakillanishi takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o’zlashtirish natijasida yuzaga keladigan. Bu har xil yo’llar va shakllar orqali amaliga oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishiga ta’lim va tarbiya hal etuvchi rol o’ynaydi.

Xalq pedagogikasi estetikaning “go’zallik-hayot demakdir” degan qoidadan kelib chiqib, o’sib ketayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar munosabatidagi go’zallikda ishtirok etishini, uning hayotni, san’atni idrik eta bilish qibiliyatini shakillantirishni o’zining bosh vazifasi deb hisoblanadi.

Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo’lsa, u har qanday qiyin ishda ham go’zallikni ko’ra oladi va unung shavq-zavq bilan bajaradi.

Estetik kechinmalarda har doim hayol ishtirok etadi, busiz go’zallikni idrok etish ham, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emes. Xayol faoliyat jaroyonida shakillanadi. O’yin, rasm chizish, ertaklarni eshitish hayolning ishlashini talab qiladi. Dastlabki vaqtlarda hayol faoliyati jarayonida narsalar bilan ta’sir etish natijasida yuzaga keladi. Keyingi bosqichilarda esa ijodiy faollikning tashqi shakllaridan sekin-asta fikirlashga o’tadi.

Estetik tarbiya-o’quvchilarning estetik faoliyati orqali amalga oshriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni, estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o’z ichiga oladi.

Bular o’yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish orqali san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya borishdan iborat.

Estetik tarbiyaning asosiy vositalari qo’yidagilardir:

-badiy adabiyot, tabiat;

-insonlarni o’rab turgan muhit, turmush estetikasi

-tabiat manzaralaridan olingan taassurotlar

-san’at asarlari

-o’quvchilarning tasviriy faoliyatlari

-bayramlar, ko’ngil ochish tadbirlar,urf-odatlar, an’analar

-ma’lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amaga oshiriladigan tadbirlar

Bunday ta’lim- tarbiya va go’zalik muhiti insonlarning har tomonlama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yordam beradi.

Pedagogika tizimiga xos bo’lgan estetika va etikaning tarbiyaning usullarini birgalikda oila hamda maktab ta’lim-tarbiya jarayonida bemalol qo’lash mumkin.Haqiqiy turmush estetikasini yaratish uchun esa o’qituvchi va ota-onalarning yuqori madaniyatli, yaxshi xulqli, yuksak badiiy didli, xushmomila bo’lishlari talab qilinadi

Bolalarni o’rab turadigan chiroyli narsalarning o’zi bolaga hech narsa bo’lmaydi, shuning uchun bolalarni ularni ko’rishga, qadirlashga, baholay bilishga o’gatish kerak. O’qutuvchi bolalarning diqqatini polning tozaligiga, yaxshilab joy-joyiga qo’yilgan mebelga, chiroyli idishlarga, gullarga qaratadi. Har bir yangi narsa, yangi bezak bolalar bilan birga ko’rib chiqiladi. Eng muhimi, narsalarni bolalarda estetik zavq uyg’ota oladigan qilib ko’rsatish kerak.

Estetik zavq uyg’otish uchun kuzatilayotgan narsaning mazmuni va ahamiyatini tushintirish kerak. Bolalarning hislariga ta’sir etish uchun bu hali yetarli emas, muhumi bu yerda kattalarning namunasidir. O’qituvchining o’zi zavqlansa, ortiqcha so’zlarsiz o’quvchilarda go’zallikga qiziqish uyg’ota oladi va ularda estetik kechinmalar paydo qila oladi.

Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi va manbaidir. Tevarak-atrofidagi tabiat go’zalligi hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Tabiatning tuyg’ular va hayollarda saqlangan go’zalligi ayniqsa, bolalikda yorqin va chuqur idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davimida esidan chiqarmaydi.

Yoshlarni estetik tomondan tarbiyalashda san’atning har xil turlari va janirlardan (musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati, badiiy adabiyot va h k) keng foydalanadi.

San’at yuksak estetik zavqning, kishi xursanchiligining tuganmas manbai bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda u har bir insonning rivojlanishi, ma’naviy boyishi uchun ham zarur vositadir.

Badiiy asar kishining his –tuyg’ularga ta’sir etsa, bu hissiy kechinmalar unda fikirlashni uyg’otadi. Badiiy asarda hayajonlanish fikirlashni faollashtiradi.

Gilamchilik, to’qimachilik, kulolchulik, zardozlik, kashtachilik, popopchilik maxsulotlari, badiiy oyna, metall patnislar, to’qilgan va tikib gul solingan buyumlar tasviriy san’atning manzarali shakliga kiradi.

Ta’lim-tarbiya ishlarida o’zbek xalq amaliy san’ati namunalaidan foydalanish katta ahamiyatga egadir. O’zbek naqishlari tushirilgan chiroyli guldor matolar, oyna pardalari dasturxon kabilar kishilada estetik zavq uyg’otadi.

Bolalarda estetik idrokning rivojlanishi uchun ularni haqiyqiy san’at asarlari bilan tanishtirish zarur. Radio va “oynai jahon”da san’at ustalari hamda tengdoshlari ijro etgan asarlardan baxramand bo’lishi bolalarning estetik rivojlanishida katta yordam beradi.



Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish