TARBIYAVIY ISHLAR NAZARIYASI VA MЕTODIKASI
moduli bo‘yicha beriladigan masofaviy ta’lim topshirig‘i
1-amal: “Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi” moduliga oid matnlar diqqat bilan o‘qiladi, tavsiya etilgan adabiyotlar va internet saytlardan ham ma’lumotlar olinadi.
2-amal: Taklif etilayotgan mavzulardan istalgan birontasi tanlab olinadi:
• Hayotdagi yangicha siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar davrida yosh avlodni tarbiyalashga e’tibor kuchayib borishining sabablari, talablari.
• Tarbiya jarayoni ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayoni.
• Tarbiya jarayoning maqsadi va vazifalari.
• Tarbiya jarayonida amal qilinadigan asosiy tamoyillar.
• Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning maqsadi va vazifalari.
• Pedagogik mahorat tushunchasining mohiyati, maqsadi, vazifalari.
• Pedagogik mahorat prinsiplari.
• Pedagogik mahorat elementlari.
• Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari.
• Nutq texnikasi va uni egallash yo‘llari.
• Guruh rahbarining shaxsni shakllanishidagi o‘rni.
• Guruh bilan ishlash va unga rahbarlik qilish.
• Ma’naviy- tarbiyaviy ishlar tizimining mazmuni.
• Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda tarbiya turlari va ularning mohiyati.
• Mehnat tarbiyasi professional kasbiy ta’lim-tarbiya asosi ekanligi.
• Tarbiya turlari yordamida o‘qitishning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha innovatsion g‘oyalar, yondashuvlar, tashabbuslar, yechim va takliflar.
• Ma’naviy madaniyat.
• Shaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirishga yangicha yondashuv.
• Sharq mutafakkirlari ijodida ma’naviy madaniyatni shakllantirish.
• Ma’naviy qadriyatlar. Ularning shaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirishdagi roli.
• Guruh rahbari tarbiya jarayonida qo‘llaydigan metod va usullar.
• Tarbiya metodlari mohiyati va uning tasnifi.
• Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari.
• Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish metodlari.
• Rag‘batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari.
• Tarbiyada nazorat, o‘z-o‘zini baholash va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.
• Tarbiya metodlarini tanlashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.
• Ota-onalar bilan ishlash metolikasi.
• Oilaviy tarbiya.
• Ota-onalar bilan samarali muloqot o‘rnatish texnikasi.
• Guruh rahbarining ota-onalar bilan guruhli va individual ish olib borishi.
• Ota-onalar bilan psixologik-pedagogik savodxonligini oshirish.
• Ota-ona yig‘ilish (majlis)larini o‘tkazish metodikasi.
1-topshiriq:
Tanlab olingan ma’lum bir mavzuni quyidagi tuzilma asosida yoriting:
Mavzu: SWOT tahlil jadvali asosida tahlil qilish:
2-topshiriq:
Guruh rahbari sifatida ushbu mavzuni amalga oshirish bo‘yicha takliflaringizni birma-bir qayd eting:-
-
-
-
-
-
Diqqat!
Ism-sharifingizni, ta’lim muassasangizni, qaysi guruhda rahbar ekanligizni yozishni unutmang!
Fikrlaringizni qisqa va lo‘nda ifoda eting, asoslab bering, amaliy yondoshing!
Mavzuni ijodiy yondoshgan holda rasm, chizma, sxema, jadval yoki she’r, ashula, ertak, hikoya, ssenariy orqali yoritib ko‘ring.
Tayyor shablon yoki ko‘rinishlardan qoching!
Yordamchi savollar: siz tekshiruvchi bo‘lganingizda guruh rahbarini attestatsiyadan qanday o‘tkazgan bo‘lar edingiz, qanday talablar, mezonlar qo‘ygan bo‘lar edingiz, uning ruhiy-pedagogik mahoratini qanday o‘lchar edingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |