MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
37
guruhlarda solishtirishga moMjallangan buyumlardagi belgilar soni ko‗payadi va bolalardan
buyumlarni kuzatib, ulardagi belgilarni ma‘lum izchillikda bayon qilish talab etiladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan faqat ular ko‗rib turgan buyumlarning
belgilarini so‗rash bilan chegaralanib qolmay, ularni solishtirishda tasawurlaridan foydalanish ham
talab etiladi. Solishtirishning bu murakkab shakli — bolalarning yoshiga mos bo‗lib, ularning aqliy
rivojlanib borishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi mashg‗ulotlarda o‗yin usulidan keng foydalanadi. O‗yin usuli mashg‗ulotning
qiziqarliroq, jozibaliroq, o‗tishini ta‘minlaydi, mashg‗ulot jarayonida yuzaga keladigan
qiyinchiliklarni bola osonlik bilan yengadi.
Mashg‗ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, rivojlanish darajasiga qarab, yakka
tartibdagi ishlar ham rejalashtiriladi. Umumiy rivojlanish biroz orqada qolayotgan, diqqati tarqoq,
o‗ziga ishonchi yo‗q yoki o‗zi to‗g‗risida yuqori flkrli bolalarga ko‗proq e‘tibor berish kerak.
Shunday qilib 37edagogi rejaga mashg‗ulotning dastur mazmuni, metodik usul unga kerakli
ko‗rgazma va tarqatma materiallar, bolalar bilan individual ishlash rejalashtiriladi.
Sayrni rejalashtirish
.
1. Qoidaviy o‗yinlarning ta‘lim-tarbiyaviy vazifasi ko‗rsatilgan holda rejalashtiriladi. Kichik
guruhda bitta yangi o‗yin yoki tanish o‗yinni rejalashtirish mumkin. Katta guruhda ham bolalarga
tanish bo‗lgan ikki o‘yinni sayrni boshida va oxirida rejalshtirgan ma‘qul.
2. Tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish rejalashtiriladi. Masalan,
harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko‗chani, farroshning ishini va shunga
o‗xshashlarni kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan o ‗simliklarni, yog‗ayotgan qor va
hokazolarni kuzatish rejalashtiriladi. Bular haftasiga 5—6 marta kuzatiladi. Ob-havoni kuzatishni
oldindan rejalashtirib bo‗lmaydi. Buni 37edagogi rejasiga quyidagicha yoziladi: yaqin orada (hafta
davomida) qor yog‗ishini kuzatish. Bu tadbir o‗tkazilayotgan mashg‗ulot bilan uzviy bo‗gliq boiishi
kerak.
3. Bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat (daraxt o‗tqazish, suv quyish, chopiq qilish, o‗simlik urug‗ini terish,
hayvonlarni parvarish qilish va hokazolar.)
b) maishiy-xo‗jalik mehnati (barglarni yig‗ish, qorni tozalash, ayvonchani supurish, qafasni
tozalash, yo‗lkalarga qum sepish va shunga o‗xshashlar).
4. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni
mashq qildirish, san‘at, ona tilini o‗rganish va boshqalar.
Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo‘yicha tadbirlar yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan,
qishda yugurish, sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; emaklab, sirpanib yurish, gimnastika
narvonchasidagi muvozanatni saqlashga o‗rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi.
5. Sport o‗yinlari (voleybol, stol 37edago, badminton va shunga o‘xshashlar), sport ermak o‗yinlari
(chang‗I, konki, chana, velosiped va boshq.).
6. Maqsadli sayrlar maydoncha bo‗ylab va maydonchadan tashqarida o‗tkaziladi. Awal
ekskursiyaga borib kelingan joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. (Masalan, bahorda mana shu
o‗tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko‗p narsalar o‗zgaribdi.)
7. Qurilish o‗yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar.
Sayrda bolalarning sujetli-rangli o‗yinlari yuzaga kelishi va rivojlanishi, o‗yin harakatlariga
bolalarni o‗rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi 37edagogi rejasida o‗yin uchun olib
chiqiladigan o‗yinchoqlarni, ularning ayrim qismlarini ham ko‗rsatadi. Sayrga chiqishdan oldin
tarbiyachi bugun sayr vaqtida nima bilan shug‗ullanishlari, qanday mehnat faoliyatini bajarishlari
yoki qanday o‗yin materiallarini olib chiqishlari kerakligi to‗g‗risida bolalar bilan gaplashib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |