MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
40
4. Metodistning metodik ishlarga rahbarligi
Tayanch tushunchalar:
medik-Pedagogik kengash,
programm-metodik contingent, metodist
operativ masalalar, metodik ish kompleksi, tahlil, qiyosiy nazorat.
1. Mаktаbgаchа tа‘lim muаssаsаlаri tаrbiyachi metodist lаvozimining mаlаkа tаvsiflаri
Lavozim vazifalari:
· maktabgacha taʼlim muassasasi jamoasi uquv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;
· barcha yosh guruxdarda bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturlarining bajarilishini taʼminlash
va nazorat qilish;
· tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo‘naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan
ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko‘rsatish:
· maktabgacha taʼlim muassasasida metodik kabinet ishini
tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash
va uqitish bo‘yicha yuriqnoma-metodik materiallarni umumlashtirish;
· ilg'or tajribalarni o'rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish
ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish
maqsadida maslahatlar
o'tkazish;
· bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengash muhokamasiga kiritish,
pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning maqsadli ishtirokini
ta‘minlash;
· maktabgacha ta‘lim muassasasida qabul qilingan buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish:
· ota-onalar orasida pedagogik bilimlariing tashviqoti bo'yicha hamda maktabgacha ta'lim
muassasasida turli yosh guruhlar bo'yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta'minlash;
· ta‘lim muassasasi faoliyatiga qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablari,
mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
· tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta‘minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-
gigiyena talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
· O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida‖gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to'g'risida"gi va ―Bola huquqlarining . kafolatlari to'g'risida"gi
qonunlarini;
· hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta‘lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-
huquqiy hujjatlarni;
· maktabgacha yoshdagi bolalarnining rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablarining; mazmunini,
bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
· maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va
tarbiyalash
shakl va metodlarini;
· maktabgacha ta'limga davlat talablarini bajarilishini nazorat qilish shakllari va metodlarini,
bolalar hayoti va sog'ligini muhofaza qilish qoidalarini;
· pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o'quv va tarbiya jarayonida
o'qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini.
Malaka talablari:
· o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot yoki kamida bakalavr
darajasidagi oliy ma‘lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni
tugatganlik
· xorijiy
tillardan
birining
boshlang'ich
bosqichini
va
axborot-
kommunikatsiyatexnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
· uch yildan kam bo'lmagan pedagogik ish staji.