MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
34
Pedagog va ruhshunos olimlarning olib 34edago ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari
bolalarning malaka va ko‗nikmalarni egallashi ma‘lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko‘rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo‗ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga
erishmog‗I zarur. Tarbiyachi o‗zi ishlayotgan guruh, shuningdek, o‘zidan oldingi va 34edago
guruhlar dasturi talablari hamda mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina
guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo‗limida bolalarni hayvonlar, o‗simliklar va shunga
o‗xshashlar tog‘risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
O‗rta guruhda dastur bo‘yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa-buyumlarga,
voqea-hodisalarga nisbatan qiziqishni o‗stirish va shu asosda eng oddiy tasawur-tushunchalar hosil
qilish, eng muhimi esa kuzatuvchanlikni, narsa-buyumlar, voqea-hodisalar o‗rtasidagi o‗zaro
bog‘liqlikni topa bilishga o‗rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruhi bolalarini
narsa-buyumlar, voqea-hodisalar to‗g‗risidagi haqiqiy tasawur va tushunchalarini, ularning tabiiy
sabablar bilan bog‗liq ekanligini shakllantirish dasturning muhim vazifasidir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta‘lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o‗zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bola shaxsini
rivojlantirish yo‗llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko‗nikmalami egallab olish
qobiliyati har xilligini ham e‘tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati — uning metodik
qo‗llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o‗xshashlardan olgan
tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikki tarbiyachi birgalashib, bamaslahat tuzishlari lozim.
Tarbiyachilar vaqt-vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-
ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining maxsus hujjati hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma ta‘lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o‗yin,
mehnat, maishiy faoUyat va mashg‗ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni
bolalar faoliyatining jami turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan
tuzib chiqadi. Bolalarning o‗yini ham, mehnat mashg‘uloti ham, maishiy faoliyati ham
tarbiyachining har kungi 34edagogi rejasidan o‗rin olishi lozim. Kalendar rejaning mazmuni va
shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo‗lib shakillanishi qay darajada
borayotganligiga qarab baholanadi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi:
1. Bolalarning og‗zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish:
a)kitoblar, o‘yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o‘tkazgani, uning oila a‘zolari: ota-
onasi, opa-singlisi, aka-ukasi va shunga o‗xshashlar to‗g‗risida jamoa tarzida va yakka tartibda
suhbatlar o‘tkazish;
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, otkritkalar, rassomlarning yangi asarlarini ko‗rish;
d) she‘rlarni takrorlash;
e) to‗g‗ri talaffuz qilishga o‗rgatish, nutqning 34edagogic tuzilishini shakillantiruvchi didiktik
o‘yinlar;
f) tovushlarni to‗g‗rilash bo‗yicha yakka tartibda shug‗ullanish.
2. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo‗yicha didaktik o‗yinlarni
rejalashtirish (kichik va o‗rta guruhlarda).
3. Bolalar xohlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil rivojlanishi uchun plastilin,
bo‗yoqlar, qalamlar, bo‗yashlari uchun rasmM kitobchalar va o‗zlarining chizgan rasmlari beriladi.
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o‗yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish-tovoqlar, narsa-
buyumlar, milliy kiyimdagi qo‗g‗irchoqlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |