Fan nomi:
Elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi
Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi:
PhD, dots. R.Ch.Karimov
Ma‘lumotlari:
TDTUOF “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi dotsenti
Telefon raqami:
+998998115138
E-mail:
raxmatillo82@mail.ru
MAVZU №6.
ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISHDA
AVTOMATLASHTIRISHNI JORIY ETISHNING MAQSADGA
MUVOFIQLIGI
Reja:
6.1. Elektr energiyasini hisobga olishda avtomatlashtirishni joriy etish.
6.2. Korxonalarda avtomatik boshqarish tizimi.
6.1. Elektr energiyasini hisobga olishda avtomatlashtirishni joriy etish
Har qanday avtomatlashtirilgan tizimi loyihalashtirilayotgan vaqtda
loyihani
ishlab
chiquvchi
– bu obyektni boshqarish tizimida
avtomatlashtirishning qanday darajasi zarur bo„ladi degan muhim savolni
yechishi kerak. Avtomatlashtirish darajasi inson omili yordamida
bajariladigan tizimlardan avtomatik amalga oshadigan tizimlaragacha keng
chegaralarda o„zgarishi mumkin. Bir tomondan, avtomatikaning zamonaviy
vositalari boshqarish tizimida inson ishtirokini doim ham almashtira olmaydi.
Ikkinchi tomondan, inson o„z chegaralangan imkoniyatlari tufayli boshqara
olmaydigan obyektlar mavjud. Boshqarish tizimlarida inson ishtiroki va
avtomatik boshqarishning uyg„unlashishi samaraliroq hisoblanadi.
Avtomatika yordamida boshqarish zarur bo„lgan sharoitlar quyidagilar:
1.
Insonning fiziologik va psixologik imkoniyatlari (mushak kuchlari,
axborotlarni qayta ishlash va qabul qilish tezligi, u yoki bu fizik ko„rinishda
kodlangan axborotlarni qabul qilish qobiliyati, ish qobiliyati va h.k.) bu
obyekt yoki jarayonni boshqarish uchun yetarli emas hisoblanadi;
2.
Tizim inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo„lgan muhitda bo„lishi
mumkin. Bu holda ishlab chiquvchi boshqarish tizimida mehnat sharoitlarini
sog„lomlashtirish va yengillashtirish, avtomatika yordamida texnika
xavfsizligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashtiradi;
3.
Obyektni boshqarishda insonning ishtiroki undan juda yuqori malakani
talab qilishi mumkin. Ba‟zi ishlab chiqarishlarda noyob mutaxassislar mavjud
bo„lib, ularning boshqarish jarayonida qatnashishi optimal yechimlarga yaqin
bo„lgan yechimlarga erishishga imkon beradi. Bu mutaxassislarni
almashtirish oson emas;
4.
Mehnat resurslarining yetishmasligi mavjud (masalan, o„zlashtirilmagan
va olisdagi tumanlarda ishlab chiqarish obyektlarini yaratishda);
5.
Avtomatika kritik va avariya holatlarida obyektni boshqarishda zarur.
Oddiy holatlarda o„z majburiyatlarini a‟lo darajada bajaradigan mutaxassis,
avariya holatlarida turli psixologik va fiziologik ta‟sirlar ostida boshqarish
bo„yicha to„g„ri yechimlarni qabul qilishga yaroqsiz bo„lib qolishi mumkin.