Ma'ruza korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish



Download 37,56 Kb.
bet5/15
Sana16.04.2022
Hajmi37,56 Kb.
#557520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MBEdXSEHgZ3083UD24

Komplekslilik tamoyili ishlab chiqarishni, birinchidan, zamon va makonda, ikkinchidan, ishlab chiqarishni boshqarishning gorizontal va vertikalida, uchinchidan, ishlab chiqarishning resurs asoslarini ta’minlashda, to’rtinchidan, ishlab chiqarishdagi “tor joylarni” hisobga olish va ularni yo’qotish chora- tadbiralrida, beshinchidan, xodimlarning o’z mehnat-lari natijasidan moddiy va ma’naviy qoniqishida, oltinchidan, korxonaning mo’ljallanayotgan daromad yoki foyda olishini amalga oshirishni ko’zda tutadi.
Proporsionallik nafaqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda, balki ishlab chiqarishni boshqarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zarur proporsiyalarga amal qilish ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchining sexlar va ish joylari bo’yicha hamda ishlab chiqarish bosqichlarida to’g’ri taqsimlanishiga va ulardan to’g’ri foydalanishga ko’maklashadi.
Proporsiyalarga amal qilmaslik esa, aksincha, ishlab chiqarishning ba’zi uchastkalarda kuchayib, boshqalarida pasayishiga, ya’ni disproporsiyalarning vujudga kelishiga hamda korxonalarning noritmik tarzda faoliyat yuritishiga sabab bo’ladi. Zaruriy proporsionallikni ta’min-lashda ishlab chiqarishni tashkil etishni texnik-iqtisodiy normalashtirish katta rol o’ynaydi.
Rejalashtirishning uzluksizligi ishlab chiqarishni va umuman, korxona faoliyatini tashkil etishning muhim tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyil amalda joriy rejalarning istiqboldagi rejalar bilan, istiqboldagi rejalarning esa bashoratlar (prognoz) bilan bog’liq bo’lishida o’z aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, rejalashtirish qisqa muddatli tavsifga ega bo’lgan indikativ reja tabiatiga mos kelmovchi, yanvardan martgacha yoki martdan dekabrgacha, ya’ni “...dan” “...gacha” tamoyili asosida amalga oshirilmasligi lozim. Rejalashtirishning “...dan” “...gacha” tamoyilini inkor qilganda biz avvalo vaqt bo’yicha rejalashtirish
uzilishining oldini olishni ko’zda tutamiz. Masalan, o’sha indikativ reja o’z davomiga ega bo’lishi, ya’ni korxona o’z faolitini yanvar-mart oylariga rejalashtirganda keyingi davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vazifalarni ham, albatta, bozor kon’yunkturasi, iste’molchilar manfaati va ishlab chiqarish holatlarining o’zgarishini ko’zda tutishi lozim. Bu vazifa asosan yil davomida amalga oshiriluvchi rejalarni aniqlashtirish va muayyan-lashtirish yo’li bilan bajariladi.
Optimallik ham rejalashtirish tamoyillari qatoriga kiradi. Rejalar barcha ishlab chiqarish resurslaridan chiqitlar va yo’ldosh mahsulotlardan keng foydalanishni inobatga olgan holda iloji boricha rasional va unumli foydalanishni ta’minlashi hamda yuqori natijalarga erishish uchun eng samarali yo’llarni tanlashi kerak.
Rejalashtirishning optimalligiga iqtisodiy-matematik usullar va elektron hisoblash mashinalarini qo’llash, rejalarning bir nechta variantlarini ishlab chiqish yordamida erishiladi. Ko’p variantlilik eng tejamkor reja varianti yoki korxona faoliyati dasturini tanlashga imkon yaratadi.

Download 37,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish