Konsepsiyada tanlangan tovar bozoridagi ahvol; korxonaning tanlan-gan biznes sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlari; boshqa bozorga chiqish imkoniyatlari; bozorga ta’sir o’tkazuvchi qonunchilik, siyosat, demografik holat kabi omillar aks ettiriladi. Bundan tashqari konsepsiya bahoning o’zgarishi, inflyasiyaning o’sishi, kapital olib chiqish yoki mahsulot olib kirishni cheklovchi qonun hujjatlarini qabul qilinishi kabi sharoitlarda, mahsulotni sotishni ko’paytirish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ham o’z ichiga oladi. Ushbu bo’lim tanlangan biznes yo’nalishi maqsadlari va niyatlarining shakllanishi bilan yakunlanadi.
Korxona, uning mahsulot va xizmatlari tavsifnomasi bo’limida korxonaning joylashgan manzili, bozorga chiqish shakli, bozordagi ulushi, asosiy raqobatchilari va ularning kuchli tomonlari, texnologiya darajasi va xarajatlar tahlili aks ettiriladi.
Mulkchilik shakli, xodimlarning malakasi, tashqi muhit bilan munosa-batlar
“Boshqaruv” bo’limida ko’rsatiladi.
“Bozor tadqiqoti va tahlili” bo’limida tanlangan bozor asoslab beriladi, xaridorlarni korxona mahsulotlariga jalb etuvchi raqobatchilik usullari hamda bozorda bahoni shakllantirish va hokazolar ko’rib chiqiladi.
Marketing rejasining asosiy vazifasi korxonaning bozordagi imkoniyatlariga baho berishdadir. Marketing rejasining asosiy elementlari sifatida tovarlarni tarqatish tizimi, bahoni shakllantirish, reklama, savdoni rag’batlantirish usullari, sotilgandan keyingi xizmat ko’rsatishni tashkil qilish, korxona (firma) va uning mahsulotlari haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish kabilarni ko’rsatib o’tish mumkin.
“Ishlab chiqarish rejasi” potensial xaridorlarga kerakli mahsulotlar hajmini o’z vaqtida ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligini ko’rsatadi. Mazkur bo’limda quyidagilar o’z aksini topadi: yangi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotgan korxonada tovar ishlab chiqarish joyi; buning uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish quvvatlari va ularning o’sish istiqbollari; xom ashyo va material yetkazib beruvchilar; ishlab chiqarish kooperasiyasi; ishlab chiqarish oqimlari tizimini tuzish; sifatni nazorat qilish jarayoni; foydalaniladigan standartlar; vujudga kelishi mumkin bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari.
“Tavakalchilik va sug’urtalashni baholash” bo’limi ikki qismga bo’linadi. Birinchi qismda tavakkalchilikning barcha turlari (yong’in, zilzila, soliqni boshqarishdagi o’zgarishlar va valyuta kursining tebra-nishi) oldindan hisoblab chiqiladi. Ikkinchi qismda esa tavakkalchilik xavfining oldini olish, ya’ni tavakkalchilik va zararlarni qisqartirish chora-tadbirlari ko’rsatiladi, shuningdek, tavakkalchilik xavfidan sug’urta-lash dasturi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |