FAN-TEXNIKA INQILOBI
Fan-texnika inqilobi, ilmiy-texnika inqilobi — ishlab chiqaruvchi kuchlarning tub sifat oʻzgarishlarida fanning asosiy ishlab chiqarish omili boʻlishi. 20-asrning oʻrtasida boshlangan. Fan-texnika inqilobi mehnatning mazmuni, xarakteri va sharoitini, ishlab chiqaruvchi kuchlar strukturasini, mehnat taqsimotini, jamiyatning professional strukturasini oʻzgartiradi; mehnat unumdorligining oʻsishiga olib keladi; jamiyat hayotining hamma tomonlariga, madaniy-maishiy hayotga, inson psixologiyasiga taʼsir koʻrsatadi. Xodimlarning maʼlumot darajasi, malakasi, madaniyati, uyushqokligi va masʼuliyatiga katta talablar qoʻyadi.
Elektron hisoblash mashinalari Fan-texnika inqilobining ramzi hisoblanib, uning paydo boʻlishi inson funksiyalarini asta sekinlik bilan mashinalarga berishga, ishlab chiqarish va boshqaruvni kompleks avtomatlashtirishga olib keldi. Hozirgi davrda Fan-texnika inqilobi quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi; shu bilan bogʻliq ravishda ijtimoiy mehnat taqsimotida yangi davrning boshlanishi; mehnatning xarakteri va mazmunida ijodiy elementlarning kuchayishi; yangi energiya manbalari yordamida sunʼiy materiallarning yaratilishi; axborotning ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi ahamiyatining kuchayishi, ommaviy kommunikatsiya vositalarining misli koʻrilmagan taraqqiyoti; umumiy va maxsus taʼlim hamda madaniyat darajasining oʻsishi; fanlararo oʻzaro bogʻliq murakkab muammolarni kompleks hal qilish, ijtimoiy fanlar rolining ortishi; ijtimoiy taraqqiyotning keskin tezlashishi, planeta miqyosida integratsiyalashuv; ekologik muammoning paydo boʻlishi va u bilan bogʻliq holda jamiyat tabiat tizimini ilmiy boshqarishning zarurligi.
Fan-texnika inqilobi global muammoga aylangan ayrim salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Bu muammolar (ekologiya, xalqaro terrorizm, demografiya, energiya tanqisligi bilan bogʻliq va boshqalar)ni hal qilish uchun kuchlarni birlashtirish taqozo qilinadi.
FTİ ning kengayishi va chuqurlashishi natijasida dunyodagi ko’pchilik
asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning yangi post-industrial
turi shakllana boshladi. Shunday turda noishlab chiqarish tarmoqlari ayniqsa,
xizmat korsatish sohasi tez rivojlana boshlaydi
Fan-texnika inqilobi haqida tushuncha. Asosiy xususiyatlari: ko'p qirraliligi, qayta qurishni nihoyatda tezlashib yuborishi, insonning ishlab chiqarishdagi o'rnining tubdan o'zgarishi, ilmiy-texnika inqilobi sifatida paydo bo'lganligi. Tarkibiy qismlari: a) fan;.b) texnika va texnologiya; v) ishlab chiqarish; g) boshqaru tarmoqlar. Texnika va texnologiyaning evolyutsion va inqilobiy taraqqiyoti. Ishlab chiqarish taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari: elektronlashtirish, kompleks avtomatlashtirish, energetika xo'jaligini qayta qurish, yangi materiallar ishlab chiqarish, biotexnologiyaning jadal rivojlanishi, koinotni o'zlashtirish.
Ilmiy texnika inqilobining asosiy yo’nalishlari 1-energetika bazasida, 2-mexnat vositalarida, 3-
mexnat predmetlarida va 4-mehnat vositalarida yuz bermoqda.
Bugungi energetika sanoati tarmog’i juda murakkab tizimdagi va qator
kichik tizimlardan iborat.
Yoqilg’i energetika kopleksi xo’jaligining rivojlanishi, tarkibi va darajasiga
kuchli tasir ko’rsatdi. Energetika bilan juda ko’plab muammo, birinchi navbatda
energiya bilan taminlash muaommasi turadi. Jahon energetika resursi juda katta.
Akademiklar Krillin V.N. va Shkolnikov N.V. baxosiga qaraganda ananaviy
yoqilg’ilar o’tin, ko’mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slanets 12,5 trln yoqilg’idan
iborat. Bugungi jahon energiya iste’mol qilish darajasi o’rtacha yiliga 11-12 mlrd.
T.Sh.E.B teng bo’lsa, 1000 yilga etadi. Gidroenergi resurslarining potentsial
zaxirasi esa 33 trli kvts bo’lib, uning 1/10 qismi foydalanilmoqda xolos. Ammo
shu narsa xarakterliki, XX asr 70 yillaridan boshlab dastlab iqtisodiy jihatdan
rivojlangan mamlakatlarda, so’ngra sobiq satsiolistik mamlakatlarda energiya
qashshoqligi ko’zga tashlanib qoldi. Chunki bugungi texnika imkoniyatlari mavjud
energiya resurslarining faqatgina 1/3 qismdan foydalanish imkoniyatini beradi
xolos. Ko’pgina mamlakatlarda energiya resurslarni qazib olish sharoiti tobora
murakkablashmoqda. Oldin energiya resurslardan foydalanish koeffitsienti 30% dan
oshmas edi. Jaxon bo’yicha energiya iste’mol qilish darajasi esa har 15-18 yilda 2
marta oshmoqda. XXI asr boshlarida 20-25 mlrd t.e.b ortishi mumkin. Natijada
ko’pgina ming yillar to’g’risidagi bashoratlar kuchga chiqadi va energiya resurslar
zahirasi 100-200 yilga etadi xolos.
Keyingi vaqtda jahon enegiya etikasida mutlaqo yangi energiya atom
energiyasidan foydalanish imkonini ochdi. 1960 yil dunyo mamlakatlari bo’yicha
20 AES bergan quvvati 1 mln kvt bo’lsa, 1980 yil AES bergan quvvati 200 mln
kvt, 1990 yil 300 mln kvtga etdi. XX asr boshlarida 10-15 marta ortishi
kuzatilmoqda.
Shuningdek, alternativ energiya resurslar gazsimon yoqilg’i olish, bitumlashgan
qumlardan Kanada geotermal (A+Sh, Rossiya. İtaliya, Yangi Zelandiya, Meksika,
Yaponiya, İspaniya) dengiz suvini ko’tarilishi va qaytishi (Farntsiya, Rossiya)
quyosh va shamol energiyasidan foydalanish, vodoroddan yoqilg’i sifatida
foydalanish, istiqbolda boshqariladigan termoyadro sintezi orqali insoniyatni elektr
energiyasi bilan to’la taminlashga qaratilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |