Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,88 Mb.
bet1/16
Sana26.06.2022
Hajmi0,88 Mb.
#707353
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Davletov Zafarbek Jahon geo kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Geografiya yo’nalishi 192-guruh talabasi
Davletov Zafarbekning
Jahon geografiyasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Jahoning urbanizatsiyasining mintaqaviy xususiyatlari.

Topshirdi : Davletov Zafarbek

Qabul qildi : Xayitbayev Abror

Urganch – 2022
Reja:

  1. Kirish

Kurs ishi maqsadi va obyekti

  1. Asosiy qism

BRINCHI BOB. URBANIZATSIYA HAQIDA TUSHUNCHA
1.1. Urbanizatsiya jarayonining global va regional jihatlari
1.2. Aglomeratsiya va Megapolislar
1.3. Urbanizatsiyaning mintaqaviy xususiyatlari
IKKINCHI BOB. URBANIZATSIYA JARAYONING HUDUDIY TAFOVUTLAR VA SABABLARI

    1. Urbanizatsiya haqida tushuncha va uning shakilanishi

    2. Urbanizatsiya jarayoniga tasir etuvchi umumiy geografik omillar

    3. Urbanizatsiyaning tarixiy tavsifi

    4. Duyo mintaqalarida urbanizatsiya jarayoni

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar

  3. Mundarija

Kirish
Kurs ishining maqsadi Urbanizatsiya (frans. urbanisationlot. urbanus — shaharga mansub, urbs — shahar) — jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq.
Urbanizatsiya — tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir boʻlgan koʻp qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. Urbanizatsiyaning torroq doiradagi demografik-statistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar aholisi salmogʻining koʻpayib borishini anglatadi.
Dastlabki shaharlar miloddan avvalgi 3—1ming yilliklarda Misrda, MesopotamiyaSuriyaHindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning Oʻrta dengiz sohillarida vujudga kelgan. Yunon-rim dunyosida esa Rim va Karfagen shaharlarining mavqei yuqori boʻlgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrida kapitalistik ishlab-chiqarish unsurlari shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining oʻsib borishiga, konsentratsiyalashuviga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo boʻla boshladi.
Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi shaharlarning oʻsishi va shahar aholisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy oʻsishi, shahar atrofi hududlarining maʼmuriy jihatdan shaharga qoʻshilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bogʻliqdir. Shaharlarning oʻsishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, yaʼni urbanizatsiya jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo boʻlib, katta shaharlarga qoʻshilib boradi va shaharlar aglomeratsiyasi hosil boʻladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayoni avj olgan, alohida aglomeratsiyalarning qoʻshilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda.
Urbanizatsiyaning asosiy koʻrsatkichi shaharliklar sonining oʻsishi va jami aholi tarkibida shahar aholisi salmogʻining ortib borishidir. 20-asrning oxiri va 21-asr boshlarida dunyoda shahar turmush tarzining qishloq joylariga tarqalishi, yaʼin urbanizatsiya jarayoni kuzatilmoqda. Bu esa shahar aholisi salmogʻining ortib borishiga olib kelmoqda. 1950 yil dunyo aholisining 28,9% shaharlarda yashagan. 1960 yil bu koʻrsatkich 33,9% ni, 1970 yil 37,4%, 1980 yil 41,1%, 1990 yil 45,8% va 2000 yil 51,2% ni tashkil etdi. Shahar aholisining salmogʻi rivojlangan mamlakatlarda ancha yuqori (2000 yilda AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shvetsiyada 75% va Germaniyada 94%, Rossiyada 73% boʻlgan). Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda urbanizatsiya jarayoni dunyoning oʻrtacha koʻrsatkichidan ancha past. 2000 yilda shahar aholisining salmogʻi Afgʻoniston va Efiopiyada 11 — 14% ni, Miyer va Turkiyada 45% ni tashkil etdi.
Urbanizatsiyaning hozirgi bosqichida katta shaharlarda aholi konsentratsiyalashuvining oʻsishi kuzatilmoqda. Bu jarayonda millioner (1 million va undan ortiq aholi yashaydigan) shaharlar alohida oʻrin egallaydi. 1900 yilda dunyo boʻyicha millioner shaharlar soni oʻnta boʻlgan boʻlsa, 21-asrga kelib bu koʻrsatkich 200 dan oshdi. Dunyoda aholisi 10 milliondan ortiq yirik shaharlar Mexiko (25 million), Tokio (20 million), Seul (13 million), Pekin (11 million), Parij, Qohira, Buenos-Ayres va London (10 million) mavjud.
Oʻzbekistonda urbanizatsiya jarayoni oʻz tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega. Uning rivojlanishi oʻlkaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va demografik xususiyatlari bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda eng qadimiy shaharlar bilan birga 20-asrning 2-yarmida vujudga kelgan shaharlar ham mavjud. 1913—80 yillarda Oʻzbekiston SSR shaharlari soni va shahar aholisi salmogʻi oʻsdi. Oʻzbekistonda 120 ta shahar boʻlib, ularda 8.249,3 ming kishi yashaydi (2003). Ularning 38 tasida aholi soni 20 minggacha boʻlgan kichikroq shaharlar, 65 tasi 20 mingdan 100 minggacha boʻlgan oʻrta shaharlar, 16 tasi aholisi 100 mingdan 500 minggacha boʻlgan yirik shaharlar va Toshkent millioner shahardir. 19-asrning oxiri - Rossiyaga toʼbelik davridan boshlab Oʻzbekiston hududida urbanizatsiya jarayoni rivojlanib kelmoqda.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish