Ma'ruza korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish


Qisqa muddatli rejalashtirishda



Download 37,56 Kb.
bet9/15
Sana16.04.2022
Hajmi37,56 Kb.
#557520
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
MBEdXSEHgZ3083UD24

Qisqa muddatli rejalashtirishda korxona faoliyati va rivojla-nishi 1-3 yilga mo’ljallab rejalashtiriladi. Uning o’ziga xosligi shundaki, birinchi yil ko’rsatkichlari har chorakda, ikkinchi va uchinchi yil ko’rsatkichlari esa har yarim yil yoki bir yilda aniqlashtiriladi va to’g’rilashlar kiritilib boriladi. Buning maqsadi sifatida esa, reja ko’rsatkichlarining iqtisodiy muhit, bozor va fan-texnika taraqqiyotida yuz berayotgan o’zgarishlarni to’laroq aks ettirishga intilishni ko’rsatish mumkin.
Bozor munosabatlarida raqobatchilikni kuchaytirish hamda xo’jalik yuritish va hayotiy jarayonlar dinamikasi hisobiga joriy rejalashtirish amalga oshirilib, unga choraklarga bo’lingan yillik rejalar asos qilib olinadi. Ushbu rejalar qoidaga ko’ra, o’zgaruvchan bo’lib, joriy yilning birinchi uch oyi uchun qat’iy, hayotiy ko’rsatkichlar belgilanib, keyingi to’qqiz oy davomida ularga to’g’rilashlar
(korrektirovka) kiritiladi. Ular qisqa muddatli rejalarga qaraganda, ayniqsa, ishlab chiqarish harakati va moddiy-tovar boyliklari zahirasi, bahoni shakllantirish qismida yanada aniqroq hisoblanadi. Umuman olganda, korxonaning turli bo’lim va xizmatlari vazifalari bunday rejalarda o’zaro bog’lanadi.
Rejalashtirishning istalgan turi korxona faoliyatining biron-bir jihatini aks ettiruvchi, umumiy va xususiy, sifat va miqdor ko’rsatkich-lariga asoslanadi.
Umumiy va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar korxonada ishlab chiqarish rivojlanishining yo’nalishi va darajasini aks ettiradi. Bunday ko’rsatkichlar qatoriga ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi, mehnat, tannarx va jamg’armalar bo’yicha ko’rsatkichlarni kiritish mumkin.
Xususiy ko’rsatkichlar umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar asosini tashkil qiluvchi alohida elementlarni, masalan, material, yoqilg’i, energiya va shu kabilarning mahsulot tannarxidagi salmog’ini tavsiflaydi. Shuningdek, bu ko’rsatkichlar asosiy ko’rsatkichlar darajasiga ta’sir o’tkazuvchi alohida omillarni ham tavsiflab beradi. Masalan, yordam ko’rsatuvchi ishchilar salmog’ining mehnat, ishlab chiqarishi darajasiga ta’siri; asbob-uskunalarni ish bilan ta’minlash koeffisiyentining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi va korxona ishlab chiqarish dasturining bajarilishiga ta’siri; xom ashyo va materiallardan foydalanish koeffisiyentining mahsulot tannarxi pasayishiga ta’siri va hokazolar.
Umumlashtiruvchi hamda xususiy ko’rsatkichlar ikkita kategoriyaga - miqdor (absolyut) va sifat (nisbiy) kategoriyalariga bo’linishi mumkin.

Download 37,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish