Instagram
– videoyozuv va rasm, grafik axborotlarni almashinish uchun yaratilgan bepul
ijtimoiy tarmoq dasturi hisoblanadi. Instagram
rasmlarni tezkor olib, ularga turli xil fil‟trlar
qo„llab, kvadrat shaklda yuborish xususiyatlariga ega.
Ijtimoiy tarmoq 2010 yil 6 oktyabrda iOS tizimi uchun ishga tushgan bo‟lib, asoschisi Kevin
Systrom va Mayk Krigerlardir. 2012 yil Android platformasi uchun
yaratilgan va bir sutka
davomida million martadan ko„p yuklab olingan. 2013 yilning 21 noyabrida Windows Phone 8
uchun Instagram versiyasi ishlab chiqildi. Dastlab, jo„natiladigan videolar hajmiga to„siq bor edi
(15 sekund), 2013 yil iyunda bu to„siq olib tashlandi. Dastur Python dasturlash tilida yozilgan.
iOSdagi iPhone, iPad va iPod Touch, Android va Windows Phone tizimlarida ishlaydi.
Dastur
AppStore va Google Play mobil bozorlari orqali tarqatiladi. 2017 yil 1-yanvar holatiga ko‟ra
ijtimoiy tarmoq aktiv foydalanuvchilar soni 600 mln.dan oshib ketgan.
2012 yil aprel oyida Facebook bu mobil dasturni 1 mlrd AQSH dollariga sotib oldi va shu yili
Instagramning 2.5.0
versiyasi chiqdi, unda Instagram Facebook integratsiya qilindi. 2014 yil
Sukerberg (Facebook asoschisi) 200 millioninchi foydalanuvchi ro„yxatdan o„tganini e‟lon qildi.
Ijtimoiy tarmoqning 60% foydalanuvchilari AQSH dan tashqarida istiqomat qilishadi (bu degani
asosiy foydalanuvchilar AQSHda), uning 90% foydalanuvchilari 35 yoshdan kichikdir.
2016 yil Instagramdagi eng mashhur brendlar: Nike, Starbucks, NBA,
Adidas Originals,
TopShop, Forever 21, Vans, NFL, Michael Kors va GoPro.
2013 yil 8 avgustda Instagram Vkontakte ijtimoiy tarmog„i bilan bog„landi.
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog’i
"Odnoklassniki.ru" – sinfdoshlar,
kursdoshlar, sobiq bitiruvchilar hamda qarindosh va
yaqinlarni izlab topish va ular bilan aloqa qilish uchun yaratilgan ko'p tilli ijtimoiy tarmoq.
Loyiha 2006-yil 4-mart kuni o‟z
faoliyatini boshlagan, muallifi esa rossiyalik veb-yaratuvchi
Popkov Albert. Saytning xususiy statistikasidagi berilgan maʼlumotlarga ko‟ra 2017-yil 1-
yanvariga ko‟ra 295 milliondan ziyod foydalanuvchi ro‟yxatdan o‟tgan.
Sayt foydalanuvchilarning asosiy yoshi 14-55 yoshni tashkil qiladi.
Dastlab bu saytdan
ro„yxatdan o„tish pullik bo„lgan, so„ng 2010 yil bu xizmat bepul deb e‟lon qilingan. 2010 yili-Jet
korxonasi bu ijtimoiy tarmoqda dastlabki o„yinlarni beta versiyasini sinovdan o„tkazgan. 2011
yildan boshlab esa foydalanuvchilarni guruhlarga bo„lish boshlangan. 2011 yilda musiqa blogi
ishga tushdi va shu yili saytning yuqori qimidagi boshqa loyihalarga o„tish (Mail.ru
Group
korxonasi xizmatlari) blogi ishlab chiqildi. Hozirgi kunda kunlik foydalanuvchilar soni 80
millionga yaqinlashdi.
2013 yilda saytda nosozliklar paydo bo„ldi: 4 aprel kuni sayt umuman ishlamadi, 5 aprel
kuni sayt ishladi, lekin ko„p xizmatlar ishlamadi va nihoyat, 7 aprel kuni sayt to„liq ishga tushdi.
2013 yil iyun oyida sayt tojik tiliga o„girildi va bu til MDH davlatlari tillariga
o„girilishning oxirgisi bo„ldi. 2013 yil iyulda nihoyat, sayt ingliz tiliga o„girildi. Sayt jahondagi
top ijtimoiy tarmoqlar 10 taligiga kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: