WatsApp messenjeri, uning xarakteristikalari
WhatsApp – matnli xabarlarni bepul hamda mobil platformalarda
ovozli axborotlarni
almashinish uchun mo‟ljallangan mashhur messenjerdir. Ilova orqali matn, rasm, video va audio
ma‟lumotlar internet tarmog‟i bo‟ylab uzatiladi. WhatsApp klient qismi Android,
BlackBerry
OS, BlackBerry 10, iOS, Series 40, Symbian (S60) va Windows Phone platformalarda ishlaydi.
WhatsApp ning server qismi Erlang dasturlash tilida yozilgan.
WhatsApp Inc. kompaniyasiga Yan Kum va Brayan Ektonlar tominidan 2009 yil 24
fevralda asos solingan, uning bosh ofisi Kaliforniya shtati, Santa Klara shahrida joylashgan.
WhatsApp orqali 2012 yil aprel oyida kuniga 2 milliard xabar, 2012 yil avgust oyida kuniga 10
mlrd, 2013 yil iyun oyida esa kuniga 27 mlrddan ko„p sms xabarlari jo„natilgan. Bundan oldingi
rekord xam WhatsApp ga tegishli bulib, 2012 yil 31 dekabrda o„rnatilgan edi. O„shanda 24 soat
ichida 18 mlrd sms yuborilgan edi.
WhatsApp ning kunlik aktiv foydalanuvchilari soni bo„yicha ham rekordsmen
hisoblanadi. Uning kunlik aktiv foydalanuvchilari soni 200 mlndan ko„proqni tashkil etadi, bu
vaqtning o„zida Nimbuzz da 150 mln.ni, KakaoTalk da 90 mln.dan ortiqni, Viberda esa 50
mln.dan ko„proqni tashkil etadi.
Financial Times jurnalining xabar berishicha Skype xalqaro telefon qo„ng„iroqlariga
qanday ishlov bersa WhatsApp sms xabarga shunday ishlov beradi.
WhatsApp da ham VoIP-
qo„ng„iroqlarni amalga oshirish imkoni mavjud (xizmat 2015 yil mart oyida ishga tushdi).
Shuningdek, ilova video qo‟ng‟iroqlar uchun ham xizmatlarni qo‟llab-quvvatlaydi (video
qo‟ng‟iroq xizmati 2016 yil oktabr oyida ishga tushdi).
2014 yil 19 fevralda Facebook kompaniyasi WhatsApp ni 16 mlrd. dollar evaziga sotib
oladi.
Boshqa kompaniya smartfonlariga (Android, BlackBerry,
Windows Phone, Nokia)
o„rnatilgan WhatsAppdan birinchi yil davomida bepul foydalanishlari mumkin. Keyingi yillar
uchun esa yiliga 99 sent to„lagan holda foydalanishlari mumkin.
Ilova yaratuvchisi Yan Kumning aytishicha hozirda WatsApp ning 1 mlrd.dan
ortiq
(2017 yil yanvar) ktiv foydalanuvchilari bor. Har oyda 25 mln. yangi foydalanuvchilar
ro‟yxatdan o‟tishadi (yoki kuniga 833 000 foydalanuvchi). WatsApp
mijozlarining katta qismi
Hindistob hissasiga to‟g‟ri keladi.
Mustaqil o’rganish uchun savollar:
1.
Komp`yuter tarmoqlari deganimiz nima?
2. Lokal va global aloqa tarmoqlarining farqi nimada?
3. Tarmoq topologiyasi deganda nimani tushunasiz?
4. Lokal tarmoqlar dasturiy ta`minoti haqida tushuntiring.
5. Internet tarmog`ining tuzilishi
6. O‟zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog`ining rivojlanishi