Davra.uzda qisqa vaqt ichida 10000 ga yaqin foydalanuvchi ro„yxatdan o„tganligi, turli
qiziqishlar bo„yicha 340 dan ortiq sahifa va 150 dan ortiq guruhlar yaratilganligi unga bo„lgan
e‟tibor va qiziqish juda yuqoriligidan dalolat bermoqda.
Davra milliy ijtimoiy tarmog‟i ishga tushirilishi UzNetda katta voqea bo‟lib, uning ishlab
chiqilishi milliy internet segmentimizda kundan-kunga yoshlarni erkin muloqotlarini
rivojlantirishga qaratilganini ifodalaydi.
Xo‟sh, foydalanuvchilar uchun Davra.uz ning asosiy qulayliklari nimada?
Birinchidan
, Davra.uz Tas-IX tarmog„ida joylashganligi Internet trafigini tejashni va
ijtimoiy tarmoqning ishlash tezligi yuqoriligini ta‟minlab berishi;
Ikkinchidan
, Davra.uz mashhur ijtimoiy tarmoqlarining eng ommabop va qulay bo„lgan
elementlari va funksiyalarini o„zida jamlagan;
Uchinchidan
, Davra.uz boshqa ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan salbiy xarakterdagi
ma‟lumotlardan yiroq;
To‘rtinchidan
, Davra.uz ning qulay mobil ko„rinishi, undan bemalol mobil qurilmalar,
smartfon va planshetlar orqali foydanish imkoniyatini yaratib beradi.
Davra.uz interfeysi foydalanuvchilar diqqatiga o„zbek, rus va ingiz tillarida havola etilgan.
Tizimdan ro„yxatdan o„tish ID.UZ tizimi orqali tashkil etilganligi, 500 mingga yaqin ID.UZ
foydalanuvchilarining Davra.uz da ro„yxatdan o„tmasdan avtorizatsiyadan o„tib, muloqotga
kirishish imkoniyatini yaratib beradi.
Fayl almashinuvi yordamida xat jildini yaratish va unga faylni yuklash mumkin, dunyoning
har qanday nuqtasidan turib har qanday qurilmada ijtimoiy tarmoqdan kelgan fayllarni do‟stlarga
ulashish va kerakli axborotni saqlash mumkin.
Fayllarni almashish uchun har bir foydalanuvchi uchun ajratilgan hajm miqdori - 500 MB,
lekin imkoniyatlarni kengaytirish mumkin.
Shunday qilib, biz quyidagi afzalliklarni ko‟rishimiz mumkin:
Sayt tilini tanlash imkoniyati (o‟zbek (kirill / lotin), rus);
Qulay yirik shrift, foydalanuvchilar ko‟zini toliqtirmaydigan, boshqa zamonaviy ijtimoiy
tarmoqlardagidek tushunib bo‟lmaydigan tugma va bo‟limlardan holi;
ТAS-IХ tarmog‟ida fayl almashinuvini ko‟pligi, internet-trafik to‟lovini sezilarli tejash.
Hozir Davra.uz da foydalanuvchilar tomonidan «Potrebiteli.uz», «Fotolyubiteli»,
«O„zbekiston tarixi va madaniyati», «Layfxaking» guruhlari eng ommabop bo„lib turibdi.
Axborot xavfsizligini ta‟minlash markazi mutaxassislari tomonidan Internet madaniyatini yanada
rivojlantirish va tashviqot qilish maqsadida yaratilgan «Onlayn tarbiya» guruhi Internet
foydalanuvchilari, ayniqsa, yoshlarga ko„plab foydali maslahatlarni berib kelmoqda. Tarmoq
doirasida ochiq va yopiq tadbirlarni tashkil etib, ularga do„stlarni yoki tanishlarni taklif etish
mumkin. Ijtimoiy tarmoqning Tas-IX hududida joylashganligi foto va videomateriallarni tezda
yuklash hamda tomosha qilish imkoniyatini beradi. Nashr qilingan havolalar, sahifasidagi
yangilik sarlavhasi va undagi fotosuratni avtomatik tarzda tortib olishi nashrlarning qiziqarli va
chiroyli ko„rinishini ta‟minlab beradi. Sayt egalari esa, saytlaridagi ma‟lumotlarni Davrada
ulashish imkoniyatini beruvchi vidjetlarini saytlariga joylashtirishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: