Adidas AG (Adidas deb talaffuz qilinadi) – dunyoga mashhur sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nemis kompaniyasi. Bosh ofisi Germaniyaning Herzogenaurach shahrida joylashgan. Kompaniyaning bosh direktori – Gerbert Hayner. Hozirgi vaqtda kompaniya Adidas, Reebok, Rockport, Y-3, RBK & CCM Hockey, shuningdek, Taylor-Made Golf kompaniyalari mahsulotlarini mijozlarga yetkazib berish xizmati bilan shugʻullanadi[2]. Kompaniyaga Adolf Dassler tomonidan onasining uyida asos solingan; 1924-yilda akasi Rudolf bilan birgalikda Aka-uka Dassler oyoq kiyim fabrikasi nomi bilan nomlashgandi. Dasslerlar koʻplab sport turlari uchun moʻjallangan temir tishli oyoq kiyimlar ishlab chiqish va rivojlantirishga hissa qoʻshishdi. Sport oyoq kiyimlari sifatini oshirish maqsadida Adolf oldingi ogʻir boʻlgan temir tishlar oʻrniga qayta ishlanuvchi rezina va charmdan foydalandi. Dassler AQShlik sprentir Jasse Owensni 1936-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida shaxsan oʻzi tayyorlagan butsilardan foydalanishga koʻndirgan. 1949-yilda ikki aka-uka oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli Adolf Adidasni yaratadi, Rudolf esa Adidasga raqobatchi boʻluvchi Pumani.
1947-yilda aka-uka munosabatlarining yomonlashuvi orqasidan Rudolf yangi kompaniya tuzdi va uni RUdolf DAsler nomida atab RUDA deb nomladi, keyinchalik esa uni Puma deya rebrending qildi. Adolf ham 1949-yil 18-avgustda kompaniyaning eski nomi Adi Daslerdan rasman Adidas AG nomiga oʻzgartirdi. Unchalik ishonchli boʻlmagan afsonalarda Adolf kompaniya nomi bilan “Kun davomida sportni oʻylayman” (All Day I Dream About Sports), demoqchi deyiladi. Ajralishdan soʻng Puma va Adidas keskin va shiddatli biznes raqobatga kirishadilar. Vaziyat shu darajaga yetib bordiki, shahar ikkiga boʻlindi va begona kishining qanaqa oyoq kiyim kiyganliga qarab yurganidan shaharga “egilgan boʻyinlar” deb laqab berishadi. Hattoki, shaharning futbol klublari ham ikkiga boʻlingan edi: ASV Herzogenaurach klubi Adidas, 1 FC Herzogenaurach klubi Puma mahsulotidan foydalinishar edi. Agarda biron kishini Rudolf uyga chaqirtiradiga bo’lsa u atayin Adidas oyoq kiyimida borar edi. Rudolf esa ularga yerto’laga tushib o’zlari uchun tekinga Puma oyoq kiyimidan olishni aytar edi. Ikki aka-uka hech qachon qayta yarashmadi va hattoki bir qabristonning bir-biridan qanchalik uzoqqa dafn qilish imkoni bo’sa shuncha uzoqqa dafn qilindilar. 1948-yilda Ikkinchi jahon urushidan so’ng G’arbiy Germaniya milliy terma jamoasining ilk o’yinida bir qancha futbolchilar va shuningdek G’arbiy Germaniyaning urushdan keyingi dastlabki golini urgan Herbert Burdenski Puma butsilarini kiygan edi. To’rt yildan keyin Helsinkidagi 1952-yilgi Yozgi Olimpiada o’yinlarida 1500 metrga yuguruvchi Josy Barthel Pumaga birinchi Olimpiada medalini taqdim etdi.